Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi
Shahlo Eshmurodova
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek til va adabiyoti universiteti
Annotatsiya: Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo'lib, konkret kishi, ya'ni, muayyan jamiyatning a'zosini ifodalashga xizmat qiladi. Har bir inson tug'ilibdiki, u inson shaxs hisoblanadi. Lekin uning o'sib rivojlanishi alohida ahamiyatga ega. Yosh bolaga bir yoki ikki yoshlik paytidan unga tarbiya berish boshlanadi. Yetti yoki sakkiz yoshga yetganida esa uning yoniga ta'lim ham qo'shiladi. Har ikkalasi yillar davomida insonda shakllanadi. Bilmagan narsalari tushuntirilib, qiziqishlariga asoslanib unga biror kasb yoki hunar o'rgatiladi. Shu paytdan boshlab bola o'z kelajagi qadar bir qadamni tashlagan bo'ladi. Endilikda esa u omma ichida o'zini qanday tutish kerakligi va qanday rivojlanish kerakligi haqida fikr yurita boshlaydi. Agar bolani yoshlik paytidan odamlar ichida ko'proq olib yurilsa u tez ijtimoiy aloqaga kirishishi oson bo'ladi va u katta shaxs bo'lib yetishadi.
Kalit so'zlar: shaxs, rivojlanish, tarbiya, shaxs tarbiyasiga ta'sir e'tuvchi omillar, shaxsning ijtimoiylashuvi, ijtimoiylashuv jarayoni
Personality development, upbringing and socialization
Shahlo Eshmurodova
Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after
Alisher Navoi
Abstract: The concept of person refers to a person and serves to express a concrete person, that is, a member of a certain society. Every person is born as a person. But its growth and development is of particular importance. The upbringing of a young child begins at the age of one or two. When he reaches the age of seven or eight, education is added to him. Both are formed in a person over the years. Things he does not know are explained, and based on his interests, he is taught a profession or trade. From this moment, the child has taken a step towards his future. Now he starts thinking about how to behave in public and how to develop. If the child is carried more among people from a young age, it will be easy for him to enter into social relations quickly and he will grow into an adult.
Keywords: personality, development, upbringing, factors affecting personality upbringing, socialization of personality, socialization process
Shaxs so'zi avvalo insonga taalluqli tushunchadir. U psixologik jihatdan taraqqiy etgan bo'lib, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqa insonlardan ajralib turuvchi va muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo'lgan jamiyatning bir a'zosi hisoblanadi. Odam avvalo shaxs bo'lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o'zini yaxlit inson sifatida his etib, o'z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqa insonlardan farq qilishi lozim.
"Individ" nima? "Bola ma'lum bir yoshga qadar "individ" hisoblanadi. Individ so'zi lotincha "individium" so'zidan olingan bo'lib, "bo'linmas", "alohida shaxs" va "yagona" degan ma'nolarni anglatadi. Individ xatti-harakatlarini shartli reflex yordamidagina tashkil eta oluvchi biologik mavjudotdir.
Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun birinchi navbatda ijtimoiy muhit sharoitlari hamda tarbiya zarur. Chunki odam bu narsalar ta'siridagina inson sifatida rivojlanib, shakllanadi.
Rivojlanishning o'zi nima?
Rivojlanish deganda shaxsning fiziologik va intelektual o'sishida namoyon bo'ladigan hamda miqdor va sifat o'zgarishlari mohiyatini o'zida ifoda etadigan jarayonni tushunamiz. Rivojlanish - shaxsning jismoniy, aqliy va boshqa xislatlarning takomillashuvini namayon etadigan jarayon bo'lib, bunday xislatlar tug'ma, ba'zilari keyinchalik erishilgan bo'ladi. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga qarab, quyidan esa yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o'tib, yangilanib, yangining paydo bo'lishi, eskining esa yo'qolib borishi, miqdor o'zgarishining sifat o'zgarishiga o'tishini ifodalab kelishi mumkin. Rivojlanishning manbayi qarama-qarshiliklarning o'rtasidagi kurashdan iboratdir. Ayni vaqtda inson tirik biologik mavjudot hisoblanadi. Demak, insonning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va iitimoiv qonuniyatlar birgalikda ta'sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo'lmaydi. Chunki shaxsning faoliyati, uning hayot tarzi, yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta'sir etishi mumkindir. Inson butun umri davomida o'zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo'lsa, u jamiyat a 'zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o'ziga munosib o'rin egallavdi. Chunki rivojlanish tarbiya ta'siri ostida boradi. Shaxsning fazilatlarini to'g'ri ko'rish va uni bexato baholamaslik uchun turli munosabatlar jarayonida kuzatib borish lozim. Shaxsni rivojlantirish vazifasini to'g'ri hal etish uchun avvalo uning xulqiga ta'sir etuvchi omillarni aniqlab, so'ng shaxs xususiyatlarini yaxshilab o'rganish zarur. Tarbiya bolaga samarali ta'sir etishi uchun o'sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiva o 'rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud.
"Tarbiya" arabcha so'z bo'lib, o'stirdi, rahbarlik qildi, isloh qildi degan ma'nolarni bildirib keladi. Islom ulamolaridan bo'lgan Rog'ib Asfihoniy tarbiyani quyidagicha ta'riflaydi: "Tarbiya bir narsani bir holdan ikkinchi holga o'tkaza borib, batamom nuqtasiga yetkazishdir. Tarbiyaning yana bir ma'nosi, insonning diniy, fikriy hamda axloqiy quvvatlarini uyg'unlik va muvozanat ila o'stirishdir".
Tarbiya insonning o'z oilasi, jamoasi va jamiyatida muhim asos bo'lib xizmat qiladi, chunki hech kim o'z onasidan "yomon" bo'lib tug'ilmaydi. Tug'ilgandan keyin ham hech bir ota-ona o'z bolasini yomon inson bo'lishini xohlamaydi, balki uni ardoqlab voyaga yetkazib, yurtga foydasi tegadigan inson bo'lishini xohlaydi. Har qanday yomonlik, gunoh ishlar esa tarbiyasizlik, bilimsizlik va ma'naviy qashshoqlikdan kelib chiqadi.
Shaxs kamolatida tarbiyaning o'rni haqida Demokritning quyidagi fikri qimmatlidir: "Insonni inson qilib o'stiruvchi narsa bu tarbiyadir"
Shaxs faoliyatida ta'lim-tarbiya va ilm asosiy rol o'ynaydi. Shu tufayli inson buyuk shaxs bo'lib yetishadi. To'gri tarbiya insonni ilmli, bilimli, ongli, madaniyatli va ma'rifatli qilishi mumkin, hattoki, komil inson darajasigacha yuksaltiradi. Inson tarbiya orqali komillik sari "ko'kka bo'y cho'zadi" va unda eng yaxshi "yo'ldosh" hayotda olinadigan ibrat-namuna va kitob mutolaa qilish orqaligina bilimli-ma'rifatli bo'la oladi.
Shaxs tarbiyasiga ta'sir etuvchi omillar. Pedagogika, psixologiya hamda falsafa fanlarida individning shaxs sifatida rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar haqida aytiladi. Bularga irsiyat (biologik omillar), muhit (ijtimoiy omillar) hamda tarbiya kabi omillarni sanab o'tadi. Fanda esa odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va iitimoiv omillarning ta'siri o'rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozaralar ko'p vaqtdan buyon davom etib kelmoqda. Fanda biologik vo'nalish deb nomlangan nuqtayi nazar yetakchi o'rinlardan birini egallab, uning vakillari bo'lgan Aristotel hamda Platonlar tabiiv - biologik omillarni yuqori qo'yishadi. Ular tug'ma imkonivatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o'rnini belgilab beradi, deb hisoblaydilar. XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs rivojlanishida naslning roliga katta ahamiyat berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etganlar. Xorij psixologiyasidagi oqimlardan yana biri - bixeviorizm. Bu oqim XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo'lib, uning namoyandalari fikricha ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o'tib, insonga u tabiatan berilgan, deb bilashadi. Mazkur ta'limot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir. Progmatizm oqimi va uning vakillari hisoblangan D.D'yul va A.Kombe ham shaxs rivoilanishini biologik nuqtayi nazarda asoslab beradilar. Ular rivojlanishni faqat miqdoriy o'zgarishdan iborat, deb hisoblaydilar. Naslning rolini esa absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb bilishadi. Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanish jarayonini biologik (nasliv) omilga bog'laydilar. Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari esa rivojlanishni
iitimoiv omil bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy psixik rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog'liq deb ko'rsatadilar. Tarbiyaga ijtimoiy muhit orqali keladigan tarbiyaviy ta'sirlarning barchasi bilan bog'liq holda, shaxs rivojlanishiga o'z ta'sirini o'tkazadi. Bunda qulay omillardan foydalanib, salbiy ta'sirlarning kuchini ham ma'lum darajada kamaytiradi. Muhitning ta'siri stixiyali, tarbiyasining ta'siri esa maqsadga muvofiq olib boriladi.
Shaxsning ijtimoiylashuvi. Shaxs iitimoiv munosabatlar jarayonida shakllanadi va rivojlanadi. Ta'lim jarayonida esa o'quvchilarga jamiyatda birga yashash bilan bog'liq bo'lgan holat va hodisalar o'rgatiladi. Bu jarayonda o'quvchi ijtimoiy munosabatlarga kirishadi va jamiyat a'zolari bilan o'zaro munosabatda bo'ladi. Shaxsning ijtimoiylashuvi esa uzoq davom etadigan murakkab jarayonlardan biri hisoblanadi. Har qanday jamiyatning rivojlanish jarayonida ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar, ideallar, axloqiy me'yorlar va qoidalar tizimi ishlab chiqiladi. Ijtimoiylashuv davrida har bir jamiyat a'zosi mazkur qadriyat, ideal, me'yor va qoidalarning mohiyatini anglaydi va ularga rioya qilish asosida faoliyat yuritadi. Ijtimoivlashuv iaravoni ichki qarama-qarshiliklarga ega. Ijtimoiylashgan shaxsning xatti-harakatlari va xulq-atvori jamiyat talablariga mos kelgan holda u bilan o'zaro uyg'unlasha olishi, salbiy ijtimoiy hodisalarga, individual rivojlanishiga to'sqinlik qiluvchi hayotiy holatlarga qarshi tura olishi kerak. Lekin hayotda ba'zan aksini ham ko'rishimiz mumkin: to'liq ijtimoiylashgan, jamiyatga kirishib ketadigan, ammo muhitda ba'zi salbiy holatlarga qarshi kurashishda faollik ko'rsata olmaydigan odamlar ham mavjud. Bu holat ko'p jihatdan butun jamiyat, tarbiya muassasalari, o'qituvchilar hamda ota-onalarga ham taalluqlidir.Tarbiyada esa qarama-qarshilik insonparvarlik g'oyasi yordamidagina bartaraf etilishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"da ham ta'kidlab o'tilganidek, uzluksiz ta'limni tashkil etish, rivojlantirish hamda ta'limning ijtimoiylashuviga erishish dolzarb masaladir. Ta'lim oluvchi kishilarda estetik boy dunyoqarashni shakllantirish, ularda yuksak ma'naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish kabilar muhim ijtimoiy talablardan biri hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, inson shaxs sifatida shakllanishida nafaqat tarbiya balki, ijtimoiy omillar va biologik omillar ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun ijtimoiy muhit, ta'lim-tarbiya shaxsning o'zi faol ishtirok etgandagina, uning tug'ma layoqatini uyg'otadi, iste'dod qobiliyatlarini o'stira oladi. Agar kishi o'z ishini sevsa, uning shu sohasidagi iste'dodi tezroq va kuchliroq ro'yobga chiqa boshlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Pedagogika (pedagogika nazariyasi va tarixi) (Tuz. J.Hasanboyev) Toshkent «Noshir», 2011.
2. Pedagogika (tuz. M.X. To'xtaxodjayeva, S.N, J.H, M.U, S.M, A.Q, N.N, N.S) Toshkent «O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2010
3. Tursunov I., Nishonaliev U. Pedagogika kursi. -T.: O'qituvchi, 1997.
4. Pedagogika tarixi. Maruza matni. Qo'llanma II qism T., (tuz. S.Nishonova, B.Hasanova ) TDPU 2002 y.
5. Гайдаров, С. А. (2023). ТАРИХ ДАРСЛАРИДА САНЪАТ АСАРЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ УСУЛЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(1/2), 92-96.
6. Аслонов И. (2022) «Бобурнома» бадиий - психологик тасвир муаммоси объекти сифатида. O'zMU xabarlari. Toshkent - 2022. №1/5.
7. Aslonov Ilhom Nizomovich. (2022) The Problem of Artistic - Psychological Image in Boburnoma. Eurasian Scientific Herald. Volume 7| April, 2022. ISSN: 27957365.
8. Aslonov Ilhom Nizomovich. (2022) Appearance of Zahiriddin Muhammad Bobur in "Boburnoma"Central Asian journal of theoretical and applied sciences Volume: 03 Issue: 06 | Jun 2022 ISSN: 2660-5317.
9. Sattorov V.N (2023). Umumiy pedagogika fani taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlari. ORIENTAL RENAISSANCE: INNOVATIVE, EDUCATIONAL, NATURAL AND SOCIAL SCIENCES,3, 710-719. (2023)
10. Sattorov V.N (2023). Umumiy pedagogika fanini o'qitishda inovatsialar. ORIENTAL RENAISSANCE: INNOVATIVE, EDUCATIONAL, NATURAL AND SOCIAL SCIENCES,3, 734-745 (2023).
11. Sattorov V.N (2022). Methods of shaping the culture of the teacher. Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning. vol 3 no.02. 36-41 (2022). ISSN (online): 2776-0995
12. Sattorov V.N (2023). Indicators of Pedagogical Competence and its Effectivenss. International Journal of Inclusive and Sustainable Education. vol 2 no.02. 86-88. (2023). ISSN(e): 2833-5414
13. Arapbaeva Damegul Kurbanovna, Amirova Bibisara Aubakirovna. Personal Psychological Adaptation and its Characteristics. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION. VOL. 2. NO 2. 2023. -P. 68-70.
14. Jobborova Gulnoza Kadamovna. (2022). Formation of Ecological Culture of Primary School Students. Eurasian Scientific Herald, 7, 240-242. Retrieved from
15. Jobborova Gulnoza Kadamovna. PEDAGOGIK ODOB-AXLOQ VA TALABA XULQ - MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING ASOSIY OMILLARI. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. 3(1/2), Jan., 2023. 97-105.