Научная статья на тему 'SHAXS YOSHINI IFODALOVCHI NUTQNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI (O`ZBEK, QOZOQ, TOJIK TILLARI MISOLIDA)'

SHAXS YOSHINI IFODALOVCHI NUTQNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI (O`ZBEK, QOZOQ, TOJIK TILLARI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
276
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nutq madaniyati / adabiy til / o'zbek / qozoq / tojik tillari / sinonim so`zlar / fonetika / lisoniy birliklar / ko`chma ma'noli so`zlar. / speech culture / literary language / uzbek / kazakh / tajik languages / synonyms / linguistic units / phonetics / portable words.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nasiba Nurgali Qizi Rahimova, Qodirjon Abdurasulovich Mo’ydinov

Ushbu maqolada o`zbek, qozoq, tojik tillarida har bir shaxsning yoshini ifodalovchi nutqning o`ziga xos xususiyatlari mavjudligi ko`rsatilgan va har bir til o`ziga yarasha jimjimadorlikka, shiradorlikka ega ekanligi misollar orqali ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPECIFIC FEATURES OF SPEECH THAT REPRESENT A PERSON'S AGE (ON THE EXAMPLE OF UZBEK, KAZAKH, TAJIK LANGUAGES)

This article shows that the uzbek, kazakh, tajik languages have their own characteristics of speech, which express the age of each person and explain with examples that each language has its own silence.

Текст научной работы на тему «SHAXS YOSHINI IFODALOVCHI NUTQNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI (O`ZBEK, QOZOQ, TOJIK TILLARI MISOLIDA)»

SHAXS YOSHINI IFODALOVCHI NUTQNING O ZIGA XOS XUSUSIYATLARI (OZBEK, QOZOQ, TOJIK TILLARI MISOLIDA)

Nasiba Nurg'ali qizi Rahimova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Gumanitar fanlar fakulteti Ozbek tili va adabiyoti yo'nalishi 1-bosqich talabasi

Ilmiy rahbar: Qodirjon Abdurasulovich Mo 'ydinov

Ushbu maqolada o'zbek, qozoq, tojik tillarida har bir shaxsning yoshini ifodalovchi nutqning o'ziga xos xususiyatlari mavjudligi ko'rsatilgan va har bir til o^ziga yarasha jimjimadorlikka, shiradorlikka ega ekanligi misollar orqali ochib berilgan.

Kalit so'zlar: nutq madaniyati, adabiy til, o'zbek, qozoq, tojik tillari, sinonim so'zlar, fonetika, lisoniy birliklar, kochma ma'noli so'zlar.

SPECIFIC FEATURES OF SPEECH THAT REPRESENT A PERSON'S AGE (ON THE EXAMPLE OF UZBEK, KAZAKH, TAJIK LANGUAGES)

This article shows that the uzbek, kazakh, tajik languages have their own characteristics of speech, which express the age of each person and explain with examples that each language has its own silence.

Keywords: speech culture, literary language, uzbek, kazakh, tajik languages, synonyms, linguistic units, phonetics, portable words.

Til - millat ko'zgusi bo'lib, unda o'sha xalqning ko'rgan-kechirganlari, o'tmishi yaqqol ko'zga tashlanadi. O'zbek adabiy tili olimlar, ziyolilar, adiblarning og'zaki va yozma adabiyotining asosiy ijodkorlari boTgan xalqimizning asrlar osha mashaqqatli mehnati, tilga sayqal berishi, uni chuqur o'rganishi borasidagi xizmatlari evaziga turkiy tillar oilasida o'ziga xos mavqega ega boTdi. Bu tilda juda ko'p oTmas badiiy asarlar, ilmiy tadqiqotlar yaratildi. Bu ham o'zbek tilining madaniy tillar qatoridan o'rin olishini ta'minladi.1 Yuqorida ta'kidlaganimizdek turkiy tillar oilasiga mansub bo'lgan o'zbek tili asrlar davomida yanada shakllanib, rivojlanib kelmoqda. Biz buni momolarimiz aytgan allalarda, bobolarimiz aytgan ertag-u rivoyatlarida ko'rishimiz mumkin. Jonkuyar va irodali xalqimiz ona tilimizni saqlab qolish uchun har qanday

1 R.Rasulov, Sh.Botirova, Q.Moydinov. Oqituvchi nutqi madaniyati va notiqlik san'ati. - T.:2020. 14-bet.

ANNOTATASIYA

ABSTRACT

KIRISH

zulmga qarshi chiqqan. Hatto og'ir vaziyatlarda ham uni asrab, bugungi avlodga yetkazib berdi. Kerak bo4sa, ota-bobolarimiz, buyuk ajdodlarimiz jahon ma'naviy xazinasiga oz hissalarini qo'shdi. Shuni aytib o'tishimiz kerakki, buyuk mutafakkirlarimiz oz asarlarida o'zbek tilining mavqeyini yuksak darajaga ko4argan.

ASOSIY QISM

O zbek tilida, umuman olganda tojik, qozoq tillarida ham shunday so zlar, iboralar mavjudki, ularni eshitib shaxsning yoshini ajrata olamiz. Hattoki bu so'zlar ayol yoki erkak kishilar tomonidan aytilyotganini ham fahmlaymiz. Bunday so'zlar, gaplar yoki iboralar qo'llangan shaxsga nisbatan biz uni necha yoshda ekanligi, qanday inson ekanligini idrok eta olishimiz mumkin. Ahamiyat bersangiz keksa yoshdagi insonlar ko'proq maqollar, matallar bilan tinglovchiga oz fikr-mulohazalarini yetkazib berishga harakat qiladi. Chunki hayotning achchiq-chuchugini totgan, yaxshidan yomonni ajrata oladigan insonning nutqida bezakdorlik, shiradorlik kuchli bo'ladi va aniq xulosali mazmunga boy so'zlardan, gaplardan foydalanadi. Otkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romanini olaylik. Unda oqsoqolning bir gapi keltirilgan: " Odamzod yuz yil umr ko^radimi, ming yilmi bari bir olgisi kelmaydi. Ammo Xudo odamzodga umrni o Ichab beradi. Bir xil odamlar bor: u eshikdan kirib, bu eshikdan chiqib ketayotganda qolidan kelgancha savobli ish qiladi. Hayot degan imoratga aqalli bitta g^isht qoyib ketadi. Yana bir xillari bor: o^sha imoratdan aqalli bitta g^ishtni o^g^irlab ketgisi keladi. O^g^irlabku hech qayoqqa borolmaydi, narigi eshikka

л

borganda bari bir tashlab ketadi. Ikki orada imoratni buzgani qoladi". Ko'rinib turibdiki, yoshi ulug' insonlarning tafakkuri keng, fikrlash darajasi yuqori bo'ladi va oz firklarini til vositalari orqali yoshlarga yetkazib bera oladi. Bundan tashqari tanbeh berganda ham ularda ijobiy bo'yoqdorlik kuchli bo'ladi. Masalan, uyingga bug^doy tolgur, makkaga imom bolgur deb keksalarimiz beradigan tanbehlarda ijobiy bo'yoqdorlik kuchlidir. Yana shuni ta'kidlash lozimki, tillar tasnifida o'zining muhim jihatlari bilan ajralib turadigan qozoq va tojik tillarida ham yuqoridagi holatlarni ko'rishimiz mumkin. Qozoq tilida shunday so'zlar borki, bu so'zlar, asosan, keksa yoshdagi insonlar tomonidan ishlatiladi. Masalan, бай болгыр (boy bol), молда бол (mulla bol), кэрЫкке кулме - взщ созан царай Kemin бара жатырсыцзой (qariyalarga kulma o^zing ham bir kuni qariysan), вркенщ ecciH шыразым (unib-o^sgin chirog^im). Tojik tilida esa хонаат пури гандум шавад (uying bug^doyga tolsin), барака ёбй (baraka topgin), аз цощои назз ато кунад (yaxshi joylardan ato etsin) kabi gaplarni uchratamiz. Yoki boTmasa katta yoshdagi insonlar yosh bolalarga murojaat qilganda yoki chaqirganda ular tomonidan bolajonim, erkatoyim, ko^zmunchoglm, kichkintoyim kabi erkalash ohanggi kuchli bo'lgan so'zlar ishlatiladi.

2 O\Hoshimov. Ikki eshik orasi.- T. :2017. Meriyus. 522-bet.

Bunday so'zlarni eshitganingizda beg'uborgina, jajjigina bolajonlarga nisbatan aytilyotganiga amin bo'lasiz. Ajablanarli tomoni shundaki, bunday lisoniy birliklar faqatgina o'zbek tilida emas, balki qozoq va tojik tillarida ham mavjud. Qozoq tilida ботаканым (bo'talog'im), тайыншагым (toychog'im), кошаканым (erkatoyim), кулыншагым (toychog'im), шожем (jo'jam) kabi so'zlar bilan kichkintoylarga murojaat qilinadi. Tojik tilida esa ширинаки ман (jonim), духтараки ман (qizalog^im), мисли шакар цандаки ман (shakar kabi shirinim), хушруяку лолаякам (chiroyli lolam) degan so'zlar yuqoridagi holatlarga misol boTa oladi.

Umuman olganda, inson go'daklik paytida qanday muhitda tarbiyalansa, o'sha muhitga moslashadi. Hattoki oilada so'zlashuv madaniyati, ya'ni bolaning atrofidagi insonlar qay tarzda gaplashsa, bola ham shu til orqali muloqotda bo'ladi. Bolaning tilini rivojlantirish uchun, ularning nutqini aniq va ravon qilish uchun ota-onalar, o'qituvchilar tomonidan turli xil ishlar amalga oshiriladi. Ular bunday holatlarda, asosan, bolaga ko'proq she'rlar, qiyin so'zlarni o'qitishga harakat qiladilar. Bulardan asosiy maqsad yoshlarning nutq madaniyatini o'stirishdir. Yoshlarimiz gaplari shirali chiqishi uchun, nutqini ravon qilishi uchun turli xil sinonim so'zlardan, ko'chma ma'noli so'zlardan foydalanishga harakat qiladi. Biror narsaga ta'rif berganda ham ularning qiyosiylik darajasini oshiradi. Masalan, ota-onasiga, bobosiga, buvisiga murojaat qilganda: uyimiz chirogl, tayanchim, duogo^yim, uyimiz ustuni, farishtasi kabi o'xshatishlarni qo'llaydi. Tojik tilida esa сартоци шукуфони мо (uyimiz boshi), офтоби дурахшонам бобо (quyosh kabi mehribonim), чарози нурафшони мо (bizningyorqin nurimiz), дуогуй (duogo^y) kabi so'zlar yoshlar nutqida faol uchraydi. Ko'rib turibsizki, yoshlarning nutqida, keksalarning nutqida ajralib turadigan ma'lum bir belgilar bor. Keksalarni e'zozolash, ularni hurmat qilish har bir yosh avlodning burchi hisoblanadi. Aynan shu burch va majburiyatlarni har qanday millat vakillari chin dildan ado etishsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. Ana shunday majburiyatlarni ado etayotgan millat vakillaridan biri qozoq xalqining asl farzandlaridir. Masalan, царттар -цазынамыз (qariyalar xazinamiz), дария цумсыз болмас, цария муцсыз болмас (dengiz qumsiz bolmas, qariyalar qayg^usiz bolmas), царттар - шацыразымыздыц перштелерi (qariyalar - uyimiz farishtalari) kabi qozoq yoshlarining nutqida faol bo'lgan gaplaridan ularni qariyalarni juda qattiq hurmat qiladigan xalq ekanligini bilib olishimiz mumkin. Bundan tashqari ayol va erkaklar nutqida ham ularni farqlovchi jihatlar mavjud. Yana ularda gapirish ohangi ham har xil bo'ladi. Erkak kishi qisqa, aniq gapiradi va bo'yoqdorlikka xos so'zlardan, barqaror birikmalardan kamdan kam foydalanadi. Lekin ular o'z nutqlarida tanbeh, buyruq ohangi kuchli bo'lgan so'zlarni ko'proq qo'llaydilar. Hammamiz biladigan Cho'lponning "Kecha va kunduz" asarida Razzoq so'fi indamas, kam gapiradigan inson edi. O'zining xotini Qurvonbibi bilan gaplashganda ham gaplari qisqa bo'ladi yoki gapirmasdan yuz ishoralari orqali,

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2022

qarashlari orqali javob qaytarar edi. Qurvonbibi esa so'zga epchil, o'z fikrini yetkazib bera oladigan mushtipar bir ona edi. Biz bundan ko'rishimiz mumkinki, ayol kishi bilan erkak kishining nutqi orasida juda katta farq bor. Ayollar esa o'zining gapini batafsilroq qilishga va turli xil iboralardan foydalanishga harakat qiladi. Ularning nutqida ko'proq kesatiq, piching, bo'yoqdorlikka xos so'zlar kuzatiladi va gapirish ohangi ham erkaklarnikiga nisbatan past, mayin bo'ladi. Masalan, Olmas Umarbekovning "Odam bo'lish qiyin" romanida Abdullaning buvisi nutqida shunday so'zlar ishlatilgan: " Voy, ola qolay! Abdullamisan? Voy, bo^yingga qoqay! Voy, sadag^ang ketay! Sen keladigan kun ham bor ekan-ku. Voy, men olay seni tanimay! Indamay termilib oliribman-a. Esonmisan, omonmisan? Nechuk, bolam, nechuk? Oozing keldingmi?

о

Oying, dadang eson-omonmi? Voy, kel, bolam, kel!".

Ahamiyat bergan bo'lsangiz, ayollar ko'pincha his-hayajon bilan emotsiyaga berilgan holda o'z gaplarini yetkazib bera oladi. Yuqoridagi asardan olingan parchada ham ayol o'z nutqida ko'proq undov so'zlardan foydalangan va bu gaplardan taajublanish, xursandchilik, so'roq ohangi kuchli. Yana ayollar o'z nutqlarida aylanay, qoqindiq, o^rgilay kabi so'zlardan ko'proq foydalanadilar va ular, asosan, urg'uni cho'zib gapiradilar. Xuddi shu vositalar orqali erkaklar nutqi ayollar nutqidan ajralib turadi.

XULOSA

O'zbek tilida umuman olganda fors, tojik, qozoq tillarida ham shaxs yoshini ifodalovchi nutqning o'ziga xos xususiyatlar alohida ajralib turadi. Bu xususiyatlarning hammasini hayotimizda, atrofdagi kishilar muloqotida, do'stlarimizning suhbatida ko'rishimiz mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATI (REFERENCES):

1. R.Rasulov, Sh.Botirova, Q.Mo'ydinov. "Oqituvchi nutqi madaniyati va notiqlik san'ati " - T.:2020

2. O'.Hoshimov. "Ikki eshik orasi". - T.:2017. Meriyus

3. O\ Umarbekov. "Odam boyish qiyin". - T. :2018. Yangi asr avlodi.

4. Муйдинов, К. (2021). ХУКМ СУЗИНИНГ ТИЛ ВА НУТКДА ИФОДАЛАНИШИ. Academic research in educational sciences, 2(11), 1253-1258.

5. Икрамов, Р. А., & Муйдинов, К. А. (2021). ХУКУК ТИЛИ ВА НУТКИ. Academic research in educational sciences, 2(9), 719-727.

6. Муйдинов, А. (2021). ЁШЛАРНИ ТУРЛИ ТАДДИДЛАРДАН ДИМОЯ КИЛИШДА АЖДОДЛАР МЕРОСИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ АДАМИЯТИ. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(2), 132-137.

3 O\Umarbekov. Odam bolish qiyin. - T. :2018. Yangi asr avlodi. 6-bet.

338

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.