SHAXS KASB TANLASHIDA YUZAGA KELADIGAN MUAMMOLARNING
PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
P. A. Saidboboyeva
Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasi Psixologiya yo'nalishi talabasi
ANNOTATSIYA
Maqolada o'spirinlarning kasb tanlashga bo'lgan qiziqishlari va kasb tanlashdagi muammolar, emotsiyaga berilish oqibatida kasbiy tanlagan hatoga yol qo'yish hamda o'spirin yoshlarga pedagogik-psixologik yonalishlarni tushuntirish kabi jarayonlar yoritilgan va fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar: Ospirinlikda kasb tanlash muammosi, motiv, metodika, kasb-hunar maorifi, kasb-hunarga yonaltirish, kasbiy maslahat, kasbni saralash, kasbga moslashish, kasbiy tarbiya.
АННОТАЦИЯ
В статье освещаются и рассматриваются такие процессы, как интерес подростков к выбору профессии и проблемы выбора профессии, ошибки в выборе профессии в результате эмоциональной привязанности и объяснение подросткам педагогических и психологических ориентаций.
Ключевые слова: проблема выбора профессии В подростковом возрасте, мотив, методика, профессиональное обучение, профориентация, профконсультирование, профориентация, профориентация, профориентация.
ABSTRACT
The article covers and reflects on such processes as adolescents ' interests in choosing a profession and problems in choosing a profession, allowing a mistake of professional choice in the wake of exposure to emotionality, and explaining pedagogical-psychological directions to teenage youth.
Keywords:the problem of choosing a profession in adolescence, motivation, methodology, professional education, vocational guidance, professional counseling, professional qualification, professional adaptation, professional education.
Ma'lumki jamiyatda har qanday voqea va hodisa, hamda bu jarayonning sababchisi bolmish har bir shaxs ozining qaysidir bir xususiyatli tomoni yoki oz tanlagan kasbining ustasi bolish bilan kishilar ongida hamda tarixda malum bir iz
223
qoldiradi. Buyuk shaxslar tomonidan qoldirilgan "iz"lar faqatgina ularni yodga olish vositasi bo libgina qolmay, balki yosh avlodni taraqqiyot sari undovchi motiv vazifasini ham o taydi. Chunki ular tomonidan aytilgan o gitlar o smir yoshlarni to g ri yo ldan og ishmay ildam qadam bosishlarini taminlasa, ular olib borilgan ilmiy izlanishlari esa kelajak avlodni bilim zaxirasini boyitib borishlarida dastrulamal bolib xizmat qiladi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov "Tarixiy xotirasiz kelajak yo q" deya aytgan fikrlarida ham biz yoshlarni buyuk ajdodlarimiz ogitlariga quloq tutmogimiz kerakligi, ularni boy tajribalaridan oqilona foydalanmogimiz lozimligiga undaydi.
Bugungi kunda maktab oquvchilarini, qobiliyat qiziqish va moyilliklarini togri tashxislab, tashxis xulosalaridan kelib chiqqan xolda ularni togri va ongli kasb tanlashlariga erishishga komaklashish, xalq ta lim tizimining dolzarb masalalaridan biridir. O spirinlik yoshi davridagi har bir shaxsda kasblarga, kasb tanlashga bo'lgan qiziqish, ishtiyoq va moyilliklar o'zining eng yuqori bosqichiga kotariladi.Bu davrda ospirinlar psixologiyasi ozgacha emotsionallik kasb etadi.Bu holat ospirinlarda har qanday voqea va hodisalarga kuchli his-tuyg,u(ta,sirlanish) bilan munosabat bildirishlari, o ta qiziquvchanlik kayfiyati, ishonuvchanlikning ortishi, axborot to'plash va uni almashishga bo'lgan ishtiyoqning ortishi, ozi uchun nufuzli, aziz deb bilgan kishilarni ideallashtirishga bo lgan moyillikning paydo bolishi kabi ehtiyojlarning keskin namoyon bolishi va turgunlik kasb etishi tarzida korinadi.
O smir oquvchilarning yuqoridagi ehtiyojlarini to g ri yo nalishda va to'laqonli qondirishga erishish, o'smirlarning komil inson bo'lib yetishlari uchun ko maklashish yo lida qo yilgan dastlabgi qadamdir.O spirinlar kasb tanlash to'g'risida yaqqol tasavvurga ega bo'lmaganliklari boisidan ko'proq xatoga yo„l qo yadilar. Tanlangan yoki tanlanishi zarur bo lgan kasb unda qanday shaxs fazilatlarini talab qilishini tushunib yetmaydilar. Tajribalardan ma lumki, ko p hollarda maktab o quvchilari kasb tanlashga amaliy yondashishga xarakat qiladilar.Ular o zlarining mavjud imkoniyatlarini hisobga olgan holda u yoki bu kasbni yoqtirganligi togrisida ham fikr bildiradilar. Lekin tanlangan kasb kishida manaviy qoniqish hissini uygotadimi yoki yoqmi jamiyat uchun qay darajada naf keltirishi oquvchilar tomonidan anglanadi degan savolga javob berilgan taqdirdagina ijobiy natija berishi mumkin.
Ammo shuni alohida takidlab otish kerakki, kasbni tasodifan tanlash bazan o quvchilarda og ir ichki kechinmalar, umidsizliklar, ikkilanishlar va ruhiy ziddiyatlarni keltirib chiqaradi.Bunday har-xil munosabatlar yuz berishining asosiy
224
sabablaridan biri maktab o'quvchilarining kasb tanlash jarayonida turli motivlarning namoyon bo' lishidir.
Motivlar o'rtasidagi kurash ularning u yoki, bu qarorga olib keladi.Voqelikka ongli munosabatda bo' lish esa o' quvchilarda ob' ektiv va qat' iy qarorni qabul qilishni keltirib chiqaradi.Shu o'rinda o'quvchining biror kasbga va fanga moyilligi, o'z oldiga qo'ygan maqsadi, unga intilishi, salomatligi, asab tizimi xususiyatlari va temperamenti bilan bog'liq motivlarni sanab o'tish mumkin.
Kasb tanlashning ijtimoiy jihatdan tashqari psixologik asoslari ham mavjuddir. Jumladan ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
- Kasblarni o'rganish metodlarini ishlab chiqish va ularni muayyan guruhlarga ajratish;
- Kasb maorifi yuzasidan tashviqot ishlarini olib borish;
- O' quvchilarni kasb guruhlari, ya' ni professiogrammalar bilan tanishtirish;
- O'quvchilarning mehnat ta'limida kasbga tayyorgarligini aniqlash va unga nisbatan mehr uyg' otish;
- Diagnostik metodikalarni amaliyotga tadbiq qilish va ularni muhitga, vaziyatga moslashtirish;
- Kasb tanlash xonalarini yuksak saviyada jihozlash;
- Professional saralash ishlarini o'tkazishda konsiliumga e'tibor berish va boshqalar.
Shuning bilan birga, o' quvchilarda tug' ma layoqat, ishtiyoq, qobiliyat, istedod o'qishga, kasbga qiziqish hamda bularning barqarorligi, ularning amaliy ifodasi va yuqorida sanab o'tilgan kasb tanlashning eng zarur jihatlari quyidagi psixologik yo'nalishlar zamirida amalga oshiriladi:
- Kasb-hunar maorifi;
- Kasb-hunarga yo'naltirish;
- Kasbiy maslahat;
- Kasbni saralash;
- Kasbga moslashish;
- Kasbiy tarbiya kabilar.
Kasbiy maslaxat - bu o'quvchilar shaxsining rivojlanishi, salomatligi darajasi, kasbiy qiziqishi, kasbga moyilligi, qunti, ularning aqliy taraqqiyoti ko'rsatgichining umumiy darajasi, u yoki bu kasbga nisbatan mahsus qobiliyatlari va nihoyat yigit-qizlarning axloqiy qiyofasini tafsiflovchi tomonlarini o'rganishni, shuningdek, aniqlangan ma'lumotlardan kelib chiqqan holda kasbga nisbatan shaxsga yuksak saviyadagi maslahat berishni ta'minlash.Turli xususiyatli qo'llanmalar, har-xil
225
usullardan foydalanish, natijalarni statistik qayta ishlash asosida savodli, ilmiy tavsiyalar, maslahatlar berish.
Kasb tanlashga yo'llash - pedagoglar, vrachlar, psixologlar, kasbga yo'naltiruvchi va boshqa mutaxassislarning yoshlarni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlashdagi maslahatlari, tushuntirishi kabi tadbirlar tizimidan iboratdir.Kasb tanlashga yo' llash o' quvchilarga turli kasblar, ularning xususiyatlari, kishidan qanday sifatlarni talab qilishni bayon qilishdir.
Kasb tanlashga yo'llashda uchta muhim jihatga e'tibor qilish zarur:
1. Birinchi jihati - xalq xo'jaligining mutaxasislarga nisbatan bo'lgan ehtiyojini hisobga olish;
2. Ikkinchi jihati - o'quvchilarga hayotda to'g'ri yo'l topishida ko'maklashish hamda yoqtirda kasb bilan shug'ullanishi uchun imkoniyat yaratish;
3. Uchinchi jihati - yoshlarga jamiyatda o'z o'rni va vazifasini egallashga yordamlashish.
Kasb tanlashga yo'llash - bu o'quvchi shaxsining ko'p qirrali tashxis uslublari yordamida o'rganishdan iborat bo'lib, ushbu jarayon so'zlardan tuzilgan testlar fazoviy tasvvurda ifodalanuvchi, topishmoqli rasmlar, kompyuterga joylashtirilgan testlar, shuningdek turli tuman ko'rinishdagi anketalar va savol varaqalari orqali amalga oshirilishi mo'ljallanadi.Bundan tashqari, amaliy tashxis toifasiga kiruvchi qator usul va uslublarini qo'llash nazarda tutiladi.
O'quvchilarni kasbiy saralash uchun ,dastavval, ularning muayyan kasbga layoqati va yaroqlilik darajasini ko'rsatuvchi jismoniy hamda psixik sifatlari aniqlanadi. Natijada kasbga xos muhim fazilatlar o'quvchida qanday namoyon bo'lishi o'rganiladi,binobarin, bunday xususiyatlar o'zaro bir-biri bilan solishtiriladi. Kasbga saralashni keltirib chiqaruvchi bosh omil bu mehnat turlarining, kasb mohiyatini o'quvchilar tomonidan bir tekis egallay olmasligidir.
Maktab amaliyotining ko'rsatishicha - o'g'il-qizlar u yoki bu kasbni egallash uchun ajratilgan muddatda ko'nikmalar hosil qilish va bilimlarni o'zlashtirishni uddasidan chiqa olmaydilar.Shuning uchun ularning layoqati va kasbga yaroqliligini hisobga olish ya'ni kasbning o'quvchilardan muayyan individual-tipologik xususiyatlarni talab etishni bosh o' lchov sifatida nazarda tutish maqsadga muvofiq.
Kasbni to'g'ri tanlaganlik, tanlash me'zoni ijtimoiy sinovlar hamda shaxsiy tajribalar orqali tekishiriladi.Shu boisdan kasbning muqaddasligiga yoshlarni ishontirish ajdodlar an'analariga sodiqlik hissida ularni tayyorlash-saralashning oqilligini ta'minlaydi. Buyuk qomusiy olim sifatida barcha hadislarning mohiyatini ilmiy jihatdan ochib berishga harakat qilgan sharq mutafakkirlaridan biri Abu Ali Ibn Sinodir.Uning pedagogik-psixologik qarashlari ilmiy asosga qurilgan bo' lib, bolaning
226
fe'l atvori va tasavvurlarini shakllantirishda umuminsoniy g'oyalar qo'llanishini yaratgan hamda murabbiy, ota-onalarga uni qattiq jazosidan ko'ra, shaxsiy ibrat orqali voyaga yetkazish ma'qulligini ko'rsatgan. Shu sababli pedagogik-psixologik va ijtimoiy xususiyatli tomonlarga quyidagicha e'tibor berish maqsadga muvofiqdir:
- O'smir o'quvchilar ehtiyojlari yo'nalishini to'g'ri idrok etish va to'g'ri tashxis qo'yish;
- Ushbu ehtiyojlari qo'yilgan tashxis xulosalariga asoslangan holda, ta'sir o'tkazishning eng muhim va kompleks tarkibini ishlab chiqish;
- Bu borada o'smir o'quvchilarga berilayotgan ko'lamini kengaytirish va sifatini oshirishga erishish;
- O'smir o'quvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini psixodiagnostik metod va metodikalar yordamida o'rganish va tashxis qo'yish;
- O'smirlarni kasblarga bo'lgan qiziqishlari, moyilliklari, kasbiy yo'nalganliklarini maxsus psixodiagnostik metodikalar yordamida aniqlash va aniq tashxis qo'yish;
- Kasblarni o'rganish metodlarini ishlab chiqish, ularni tasniflash va lo„nda qilib ifodalash;
- O'qituvchining kasb maorifi yuzasidan tashviqot ishlari olib borish, o'qituvchilar bilan kasbga doir individual konsultatsiyalar - maslahatlar uyushtirish, o'spirin va uning ota-onasi bilan kasbga yo'naltirish xususida muzokaralar olib borish;
- O'spirinlarni kasbining asosiy guruhlari,turlari bilan yaqindan tanishtirish-muayyan kasb oldiga qo'yiladigan shaxsning fiziologik,psixologik fazilatlari hamda kasb o'rganishning yo'llari bilan tanishtirishni tashkil qilish;
- Mehnat ta'limi darslarida o'quvchilarda dastlabgi kasbiy tayyorgarlikni yuzaga keltirish va unga nisbatan mehr-muhabbat uyg' otish;
- Psixodiagnostik va kasb tanlashga doir metodlarni amaliyotga tatbiq qilishga moslashtirigan turlarini ishlab chiqish;
- Kasb tanlashni tashviqot qilish yuzasidan o'spirinlarni ommaviy axborot vositasiga jalb qilish va ularni psixologik jihatidan tayyorlash kabilar.
Xalqimizda ajoyib odat bor: kishilarning bir-biri bilan tanishuvi hol-ahvol so'rashishdan, muomala maromidan boshlanib, kasb-hunar, kasb-korni aniqlash istagi bilan tugaydi.SHu boisdan har bir fuqaro, yakka shaxs oldida "Dunyoda qay ahvolda yashadim?(hayot faoliyat izchilligi),qanday g'aroyib ishlarni (Mehnat mahsulining sifati, o'zining mangulikka dahldorligi)amalga oshirdim?".O'z taqdirimdan xursandmanmi? Oldimda turgan vazifalarni amalga oshira oldimmi? kabi savollar tug'ilishi va muammoli vaziyatlar kelib chiqishi tabiiy hol. Shuning uchun shaxsni
227
o'rganish chog'ida uning tarjimai holiga jiddiy e'tibor berish,u bilan puxta tanishish, qanday jamoat ishlarida qatnashganligini (status,mavqe,rol,tashkilotchilik qobiliyati to'g'risida ma'lumot olish)va shu kungacha egallab kelgan lavozimini(kasbiy layoqati,unga yaroqlilik hususiyatlarini) diqqat bilan tekshirish,u yoki bu amal kursisiga loyiqligini aniqlash maqsadida uning qobiliyatlariga oqilona baho berish talab qilinadi.
Shu o'rinda yetuk ruhiyat bilimdoni Jaloliddin Rumiyning quyidagi ibratomuz fikrlarini keltirishni lozim deb bildik ."Sen hamma narsani unitishing mumkin,yolg'iz bir narsani - nechun dunyoga kelgansan, shuni unutmasang bas, shunda o'zini arzon sotmagaysan, illo bahoying doimo baland bo'lgay." Ushbu jumlalarda tafakkur qiluvchilar uchun yetarli ma'no bor deb o'ylaymiz.
Mustaqil O'zbekiston yoshlarining bugugi kunga kelib to'g'ri va ongli,o'zlarining imkoniyatlariga xos va mos kasb tanlashga erishib, har sohada erishayotgan yutuqlari ushbu fikrimizning yetarlicha dalilidir.
REFERENCES
1. Kasb psixologiyasi. E.G'oziyev , K.K.Mamedov. Toshkent-2003-yil.
2. Абдуллаева, Г. А. (2023). ЁШЛАР ТАРБИЯСИДАГИ САМАРАДОРЛИК-УМУМХАЛК, ИШИДИР!. Results of National Scientific Research International Journal, 2(1), 212-222.
3."Donishnoma"asaridan lavhalar". Sharq yulduzi "3-son,Abu Ali Ibn Sino.
4. E.G'oziyev,B.Xasanov. Psixologiya muammolari. Toshkent-Universiteti-1999-yil.
5. Садикова, Ш. О. (2022). ПЕДАГОГИК АМАЛИЁТ-ПЕДАГОГИК ФАОЛИЯТГА ТАЙЁРЛАШНИНГ МУХДМ ШАКЛИ. International Academic Research Journal Impact Factor, 7(1)
228