Научная статья на тему 'SHAXS KAMOLOTIDA TARBIYANING O‘RNI VA AHAMIYATI'

SHAXS KAMOLOTIDA TARBIYANING O‘RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
5
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
shaxs / tarbiya / yosh avlod / ong / xulq-atvor / metod / faoliyat / shakllanish / rag‘batlantirish / motivatsiyalash. / personality / upbringing / the younger generation / consciousness / behavior / method / activity / formation / stimulation / motivation

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Raxmonova G.Sh.

Ushbu maqolada tarbiya shaxsni ijtimoiy hayotga tayyorlovchi, ijtimoiy tajribaga suyangan holda olib boriluvchi jarayon ekanligi, shaxs kamolotida tarbiyaning o‘rni, ahamiyati talqin etilganli, hamda tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo‘lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib topshirishga yo‘ naltirilgan jarayon haqida yozilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF EDUCATION IN THE MATURATION OF PERSONALITY

This article says that education is a process that prepares a person for public life, based on social experience, explaining the role and importance of education in the maturation of personality, as well as the process by which education is aimed at the comprehensive education of the younger generation with a specific purpose, the transfer of the content of social consciousness and behavior in it.

Текст научной работы на тему «SHAXS KAMOLOTIDA TARBIYANING O‘RNI VA AHAMIYATI»

Raxmonova G.Sh.

Buxoro davlat pedagogika instituti Umumiy pedagogika kafedrasi o 'qituvchisi https://ordd.org/0000-0002-7202-0129

SHAXS KAMOLOTIDA TARBIYANING O'RNI VA AHAMIYATI

Annotatsiya. Ushbu maqolada tarbiya shaxsni ijtimoiy hayotga tayyorlovchi, ijtimoiy tajribaga suyangan holda olib boriluvchi jarayon ekanligi, shaxs kamolotida tarbiyaning o 'rni, ahamiyati talqin etilganli, hamda tarbiyayosh avlodni muayyan maqsadyo 'lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib topshirishga yo' naltirilgan jarayon haqida yozilgan.

Kalit so'zlar: shaxs, tarbiya, yosh avlod, ong, xulq-atvor, metod, faoliyat, shakllanish, rag 'batlantirish, motivatsiyalash.

Rakhmanova G.Sh.

Teacher

of the Department of General Pedagogy Bukhara State Pedagogical Institute https://orcid.org/0000-0002-7202-0129

THE ROLE AND IMPORTANCE OF EDUCATION IN THE MATURATION OF PERSONALITY

Annotation. This article says that education is a process that prepares a person for public life, based on social experience, explaining the role and importance of education in the maturation ofpersonality, as well as the process by which education is aimed at the comprehensive education of the younger generation with a specific purpose, the transfer of the content of social consciousness and behavior in it.

Keywords: personality, upbringing, the younger generation, consciousness, behavior, method, activity, formation, stimulation, motivation

Tarbiya — muayyan maqsad asosida shaxsni ijtimoiy hayotga tayyorlovchi, ijtimoiy tajribaga suyangan holda olib boriluvchi jarayon. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo'lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib topshirishga yo' naltirilgan jarayondir. Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiyaning mohiyati turlicha bo'lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Turli makon va zamonda tarbiya g'oyasi turlicha ifodalangan bo'lsada, ammo yo'naltiruvchanlik xususiyati hamda obyektiga ko'ra yakdillikni ifoda etadi. Tarbiya xususida taniqli o'zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: «Al-hosil tarbiya bizlar uchun yo hayot yo mamot, yo najot yo halokat, yo sadoqat yo falokat masalasidur».

мЭкономнка h соцнумм №11(126)-1 2024

www.iupr.ru

456

Ushbu fikrlardan anglashiladiki, shaxs tarbiyasi xususiy ish emas, balki ijtimoiy-milliy masaladir. Zero, har bir xalqning taraqqiyoti, davlatlarning qudratli bo'lishi avlodlar tarbiyasiga ko'p jihatdan bog'liq.

Tarbiya jarayoni o'zaro bog'liq bo'lgan ikki faoliyatni — o'qituvchi va o'quvchi faoliyatini o'z ichiga oladi. Bu jarayonda o'quvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg'ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo'lgan va ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo'ladi. Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan to'g'ri uyushtirish g'oyat muhimdir. Bola tashqaridan kelayotgan tarbiyaviy ta'sirlarga nisbatan ma'lum munosabatda bo'ladi.

Tarbiyani samarali yo'lga qo'yish uchun uning harakatlantiruvchi kuchini, tarbiya jarayonining manbayini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. Bu tarbiya jarayonidagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklardan iborat. Tarbiyada o'quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini ham hisobga olish kerak, aks holda qarama-qarshiliklar vujudga kelishi mumkin. Faoliyat jarayonida hosil bo'lgan malaka va odatlar axloq me' yorlariga rioya qilishni yengillashtiradi.

Demak, tarbiyachi bola shaxsining tez rivojlanadigan davri — o'quvchilik yillarida uning ongiga turli-tuman faoliyat (o'qish, mehnat, ijtimoiy ishlar, o'yin, sport, badiiy havaskorlik) yordami bilan maxsus ta'sir etishi muhimdir. Aks holda xulq me'yorlari, axloq talablarini yaxshi tushunolmay qolishi natijasida shaxs ijtimoiy munosabatlarda beqaror, tasodifiy ta'sirga beriluvchan bo'- lib qolishi mumkin. Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshiriladi, uning tarkibiy qismlari ham ayni bir vaqtda faoliyatning biror turi asosida uyushtiriladi.

Shaxsni shakllantirish boshqaruv, nazorat xarakteriga ega bo'lib, bu borada belgilangan vazifalar tasodifiy harakatlar orqali emas, balki oldindan belgilangan va puxta o'ylangan rejalar asosida hal etib boriladi. Tarbiya jarayonida uning maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning o'zini-o'zi tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim o'rin tutadi. Tarbiya mazmuni ijtimoiy tuzum buyurtmasi asosida belgilanib, uning amalga oshishi uchun ma'- lum shart-sharoitlarning mavjudligi talab etiladi.

Tarbiya turlari turli sohalarga ko'ra tasnif etiladi. Ko'proq umumlashgan tasnif o'zida aqliy, mehnat, jismoniy tarbiyani qamrab oladi. Ta'lim muassasalaridagi tarbiyaviy ishlarning turli yo'nalishlari bilan bog'liqlikda fuqarolik, siyosiy, baynalmilal, axloqiy, estetik, mehnat, jismoniy, huquqiy, ekologik, iqtisodiy tarbiyaga bo'linadi. Institutsional belgilariga bo'yicha oila, ta'lim muassasasi, ta'lim muassasasidan tashqari, diniy, bolalar, yoshlar tashkilotlaridagi tarbiya, maxsus ta'lim muassasalaridagi tarbiyaga bo'linadi.

Tarbiya va tarbiyalanuvchilar orasidagi munosabatlar uslubiga ko'ra avtoritar, demokratik, liberal, erkin tarbiya; turli falsafiy kontseptsiyalar bilan bog'liqlikda pragmatik, aksiologik, jamoaviy, individual tarbiya farqlanadi.

Tarbiya usullari - umumiy metodning bir qismi, alohida harakati, yanada aniqlashuvi. Obrazli aytganda, usullar - bu qo'yilgan maqsadga tezroq erishish uchun tarbiyachi o'zining tarbiyalanuvchilari bilan yo'l ochadigan o'rganilmagan

so'qmoq. Agar uni boshqa tarbiyachilar ham foydalana boshlasa, u holda asta-sekin usullar keng ustunli yo'llar - metodlarga aylanishi mumkin.

Amaliyotda tarbiya vositalari tushunchasi ham ajratiladi. Usullara degandata'sirko'rsatishlar birligi, vosita deganda, usullar yig'indisi tushuniladi. Vosita - bu usul ham emas, metod ham emas. Masalan, mehnat - tarbiya vositasi, biroq uni ko'rsatib berish, mehnatni baholash, ishdagi xatoni ko'rsatish - bu usullar. So'z (keng ma'noda) - tarbiya vositasi, biroq replika, taqqoslash - usullar. Bu bilan bog'liqlikda ba'zan tarbiya metodlari qo'yilgan maqsadni muvaffaqqiyatli amalga oshirish uchun foydalaniladigan usul va vositalar tizimi sifatida aniqlanadi. Xuddi shuningdek metodning tuzilishida usullar va vosita albatta mavjud bo'ladi.

Tarbiyalanuvchilargata'siretishi natijalariga ko'ra metodlarni ikki guruhga bo'lish mumkin:

• Axloqiy me'yorlar, motivlarni hosil qilishga, tasavvur, tushuncha, g'oyalarni shakllantirishgata'siretuvchi.

• Xulq-atvorning u yoki bu turini aniqlaydigan odatlarni hosil qilishgata' siretuvchi.

Hozirgi vaqtda o'zida tarbiya metodlaridagi yagona maqsad, mazmun va tartiblilikni aks ettiruvchi ko'proq obyektiv va qulay metodlar qo'llaniladi. Ana shunday tavsif bilan bog'liqlikda tarbiya metodlari uch guruhga bo'linadi:

• Shaxs ongini shakllantiruvchi metodlar.

• Faoliyatni tashkil etish va xulq-atvor tajribalarini shakllantirish metodlari.

• Xulq-atvorni va faoliyatni rag'batlantirish metodlari.

Shaxsda dunyoqarash izchil, tizimli, uzluksiz hamda maqsadga muvofiq tashkil etilayotgan ta'lim -tarbiyaning yo'lga qo'yilishi, uning turli yo'nalish va mazmundagi ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi, shuningdek, o'z-o'zini tarbiyalab borishi natijasida shakllanadi. Yosh avlod dunyoqarashining shakllanishida ta'lim muassasalarida o'qitilishi yo'lga qo'yilgan tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar asoslarining ular tomonidan puxta o'zlashtirilishi muhim o'rin tutadi.

Shaxsning ma'naviy-axloqiy qiyofasi, hayotiy yondoshuvlari, uning uchun ustuvor ahamiyatga ega bo'lgan qadriyatlar hamda axloqiy tamoyillar mohiyati u ega bo'lgan dunyoqarash mazmunini ifodalaydi. O'z navbatida dunyoqarashning boyib borishi shaxsning shaxsiy sifat va fazilatlarining tobora barqarorlashuvini ta'minlaydi. O'z mazmunida ezgu g'oyalarni ifoda etgan dunyoqarash shaxs qiyofasida namoyon bo'layotgan ijobiy fazilatlarning boyib borishiga yordam beradi.

Dunyoqarash o'z mohiyatiga ko'ra, ilmiy (muayyan falsafiy tizimga ega) va oddiy (muayyan falsafiy tizimga ega bo'lmagan) dunyoqarash tarzida farqlanadi. Ilmiy dunyoqarash asosida uzluksiz, izchil ravishda mavjud fanlar asoslarini puxta o'zlashtirib borish, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etish natijasida barqarorlik kasb etgan g'oyalar yotadi.

Shaxs dunyoqarashini shakllantirish uzoq muddatli, dinamik xususiyatga ega murakkab jarayon sanaladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Valerievna I. G., Shavkatovna R. G. The Content and Characteristics of Spiritual and Moral Education Works in Higher Education Institutions //Excellencia: International Multi-disciplinary Journal of Education (2994-9521).

- 2024. - Т. 2. - №. 5. - С. 340-342.

2. Shavkatovna R. G. OILADA BOLALARNI AXLOQIY TARBIYALASH SHAKLLARI //Proceedings of International Educators Conference. - 2024. - Т. 3. - №. 5. - С. 53-56.

3. Рахмонова Г. Ш. СОДЕРЖАНИЕ И ХАРАКТЕР ДУХОВНО-НРАВСТВЕННОЙ ВОСПИТАТЕЛЬНОЙ РАБОТЫ В ВЫСШИХ УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЯХ //Proceedings of International Conference on Scientific Research in Natural and Social Sciences. - 2024. - Т. 3. - №. 6. - С. 5-8.

4. Рахмонова Г. Ш. СОДЕРЖАНИЕ И ХАРАКТЕР ДУХОВНО-НРАВСТВЕННОЙ ВОСПИТАТЕЛЬНОЙ РАБОТЫ В ВЫСШИХ УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЯХ //Proceedings of International Conference on Scientific Research in Natural and Social Sciences. - 2024. - Т. 3. - №. 6. - С. 5-8.

5. Shavkatovna R. G. Improving the educational process in the development of spiritual and moral competences in students //Genius Repository.

- 2023. - Т. 25. - С. 10-12.

6. Shavkatovna R. G. Methods of the Competence Approach in the Spiritual and Moral Education of Students //American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993-2769). - 2024. - Т. 2. - №. 2. -С. 535-539.

7. Рахмонова Г. Ш. Технологии Развития Духовно-Нравственной Компетентности Студентов //Miasto Przyszlosci. - 2024. - Т. 45. - С. 306-309.

8. Raxmonova G. S., Norquliyeva O. O. MAKTABGACHA TARBIYA YOSHDAGI BOLA SHAXSINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI //Educational Research in Universal Sciences. - 2024. - Т. 3. - №. 2. - С. 295-297.

9. Raxmonova G. S., Abdunabiyeva F. N. MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI VA OILA HAMKORLIGI //Educational Research in Universal Sciences. - 2024. - Т. 3. - №. 2. - С. 729-734.

"Экономика и социум" №11(126)-1 2024

www.iupr.ru

459

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.