Научная статья на тему 'SHAHAR JAMOAT TRANSPORTINING JOZIBADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA TAVSIYALAR'

SHAHAR JAMOAT TRANSPORTINING JOZIBADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA TAVSIYALAR Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
13
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Jamaot transporti / yo‘lovchi tashish / yo‘lovchi aylanmasi / sifat ko‘rsatgichlari. / Public transport / passenger transport / passenger traffic / quality indicators.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Kuziev Abdimurot Urokovich, Bobomurotov Bekzod Tursunpo‘lat O‘g‘li, Suyunov Oltibek Do‘stmurodovich

Yo‘lovchilarga ishonchli transport xizmati ko‘rsatishda shahar jamoat transporti infratuzilmasini tubdan rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bugungi kundagi dolzarb muammolardan hisoblanadi. Maqolada shahar yo‘lovchi tashish transportida tashish jarayonini tashkil etish darajasi, sifat ko‘rsatkichlari, yo‘nalishlar bo‘yicha harakatni oqilona taqsimlash masalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

RECOMMENDATIONS ON INCREASING THE ATTRACTIVENESS OF CITY PUBLIC TRANSPORT

Radical development of city public transport infrastructure and improvement of service quality in providing reliable transport service to passengers is one of the urgent problems of today. The article describes the level of organization of the transportation process, quality indicators, rational distribution of traffic in the directions of the city passenger transport.

Текст научной работы на тему «SHAHAR JAMOAT TRANSPORTINING JOZIBADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA TAVSIYALAR»

IF= 7.7

www.in-academy.uz

RECOMMENDATIONS ON INCREASING THE ATTRACTIVENESS OF CITY PUBLIC TRANSPORT Kuziev Abdimurot Urokovich

Termiz State University, Doctor of Technical Sciences, Associate

Professor

Bobomurotov Bekzod Tursunpolat o'g'li

Termez State University, Master's degree student Suyunov Oltibek Dostmurodovich

Termiz State University of Engineering and Agrotechnology, teacher https://doi.org/10.5281/zenodo.14028224

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 26th October 2024 Accepted: 30th October 2024 Online: 31th October 2024

KEYWORDS Public transport, passenger transport, passenger traffic, quality indicators.

Radical development of city public transport infrastructure and improvement of service quality in providing reliable transport service to passengers is one of the urgent problems of today. The article describes the level of organization of the transportation process, quality indicators, rational distribution of traffic in the directions of the city passenger transport.

SHAHAR JAMOAT TRANSPORTINING JOZIBADORLIGINI OSHIRISH

BOTICHA TAVSIYALAR Kuziev Abdimurot Urokovich

[email protected] Termiz davlat universiteti, texnika fanlari doktori, dotsent Bobomurotov Bekzod Tursunpo'lat o'g'li [email protected] Termiz davlat universiteti Magistrant Suyunov Oltibek Do'stmurodovich [email protected] Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, o'qituvchi https://doi.org/10.5281/zenodo.14028224

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 26th October 2024 Accepted: 30th October 2024 Online: 31th October 2024

KEYWORDS Jamaot transporti, yo'lovchi tashish, yo 'lovchi ayla n masi, sifat ko 'rsatgichlari.

Yo'lovchilarga ishonchli transport xizmati ko'rsatishda shahar jamoat transporti infratuzilmasini tubdan rivojlantirish, xizmat ko'rsatish sifatini oshirish bugungi kundagi dolzarb muammolardan hisoblanadi. Maqolada shahar yo'lovchi tashish transportida tashish jarayonini tashkil etish darajasi, sifat ko'rsatkichlari, yo'nalishlar bo'yicha harakatni oqilona taqsimlash masalalari yoritilgan.

Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida hamda yuk va yo'lovchilarni tashishda avtomobil va umum foydalanuvdagi transportining ahamiyati katta hisoblandi. Mamlakatimiz aholisining soni yildan-yilga ortib borishi bilan shaharlar hududi kengayib,

IF= 7.7

www.in-academy.uz

aholining bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazishda transportga bo'lgan ehtiyoji ham oshib bormoqda. Bu esa tabiiy ravishda yo'llarda, shahar ko'chalarida harakat xavfsizligini ta'minlashda hamda aholiga transport xizmatini ko'rsatishda muammolar yuzaga kelishiga olib kelmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi "Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-59-sonli qarorida jamoat transportining asosiy kamchilkari sifatida quydagilar ta'kidlab o'tilgan: qatnov muntazamligi, harakat xavfsizligi va sifat talablariga rioya etilmasligi, yo'lkira haqining tabaqalashgan tariflari mavjud emasligi, jamoat transporti harakati ustuvorligi ta'minlanmasligi. Bu kabi kamchilklar jamoat transporti jozibadorligini pasaytiradi.

Shahar avtobuslarida yo'lovchilar tashish texnologiyalarini takomillashtirish, xizmat ko'rsatish sifatini oshirishning ilmiy asoslarini yaratish bo'yicha xorijiy davlatlar hamda mamlakatimizning ko'pgina ko'zga ko'ringan olimlari o'z ilmiy ishlarida aks etgan, jumladan. Valishev K.P., Chik V., Vasilev I. S., Dremina O.Yu., Dmitriev I.D., Kogan D.B., Kolinova A.V., Leonov P.V., Litman Todd, Macheret D.A., Neustreva E. A., Nikonova I.S., Poroshina N.V. , Safronov E.A., Yfimtseva L.O., Shatalova S.I., Beirao G., Eriksson L., Kingnam S., Qin N., Redman L., Rietveld P. mamlakatimiz olimlaridan B.A.Xodjaev, G.A.Samatov, S.A.Salimov, Sh.A.Butaev, K.B.Nasretdinov, L.A.Axmetov, K.M.Nazarov, A.A.Nazarov, B.I.Abdullaev va boshqalar tadqiqotlar olib borishgan.

Statistika ma'lumotlariga ko'ra 2024-yil yanvar-mart oylarida barcha transport turlari tomonidan 317,5 mln.kishi tashilgan bo'lib, bu ko'rsatkich o'tgan yilning shu davriga nisbatan 1,1 foizga ko'paygan. Yo'lovchi tashish aylanmasi ushbu davrda 2,1 foizga ko'payib, 2 742,3 mln. yo'lovchi-km. ni tashkil qildi (1-jadval).

1-jadval

Transport turlari bo'yicha yo'lovchi tashish va yo'lovchi aylanmasi

2024-yil yanvar-mart 2023-yil yanvar-martga nisbatan, foiz hisobida

Transportda tashilgan yo'lovchilar, mln.kishi 381,3 118,1

shu jumladan avtomobil transportida 317,5 111,1

Yo'lovchi aylanmasi, mln.yo'lovchi-km 3207,2 118,1

shu jumladan avtomobil transportida 2743,3 102,1

Xususiy yo'lovchi tashuvchilar avtomobil transportida yo'lovchi aylanmasi 2023-yil yanvar-martga nisbatan 2,1 foizga oshib, 2 742,3 mln.yo'lovchi-km.ni tashkil qildi. Yo'lovchi aylanmasining umumiy hajmida xususiy yo'lovchi tashuvchilarning ulushi 11,1 foizni tashkil etdi (2023-yil yanvar-mart 1,1 foiz) (1-rasm).

IF= 7.7

www.in-academy.uz

Hududlar va yillar kesimida

m c S

7000 6000 5000 4000 3000 2000 1000 0

O'zbekiston Surxondaryo

59142 6092,1 6292,7

5248,5

225 265,1 281,3 303,3

1

5248,5 225

2

5914,2 265,1

3

6092,1 281,3

4

6292,7 303,3

O'zbekiston ■ Surxondaryo

Statistik ma'lumotlarga ko'ra 2023-yilda O'zbekistonda avtomobil transportda tashilgan yo'lovchilar soni 2020-yilga nisbatan 18 % ga oshdi va 6292,7 mln.kishiga yetdi. Transportning boshqa turlarida yillik tashilgan yo'lovchilar soni xususan: temir yo'l 9.6 mln.kishi, Metro 172 mln.kishi va havo transpoti 5.3 mln.kishini tashkil etdi (2-jadval).

2-jadval

Tashilgan yo'lovchi soni (mln.kishi)

Turlar/Yillar 2020 2021 2022 2023

Temir yo'l 6,2 7,9 9 9,6

Metro 38,8 101,8 136,7 172

Havo 0,9 3 4,1 5,3

Avtomobil 225 265,1 281,3 303,3

2023-yil holatiga ko'ra avtomobil transportida yo'lovchi aylanmasi 134,504 mlrd. yo'lovchi-km tashkil qildi va 2020 yil holatidan 18.8% foizga oshdi. Boshqa transport turlarida xususan: Havo transporti 360% ga; metro 333% ga; temir yo'l 50%ga; tamvay transporti 150% ko'paydi (3-jadval). 3-jadval

Bajarilgan yo'lovchi aylanmasi

Turlar Yillar O'lchov birligi

2020 2021 2022 2023

Avtomobil 113,198 127,871 131,012 134,504 mlrd. yo'lovchi-km

Havo 3 5,3 10,9 13,8 mlrd. yo'lovchi-km

Metro 0,3 0,7 1 1,3 mlrd. yo'lovchi-km

Temir yo'l 1,8 3,1 3,5 3,9 mlrd. yo'lovchi-km

Tramvay 0,004 0,01 0,01 0,01 mlrd. yo'lovchi-km

Bugungi kunda shaharlarda jamoat transportining harakatlarni yo'nalishliligi, qulayligi va jozibadorligini oshirishga e'tibor berish shart va zarur. Bu yondashuvlarning kerakli darajaga olib chiqilishi albata jamoat transportida harakatlanish ustivorligini ta'minlaydi va shu bilan birga tirbandlik, havo tarkibidagi ifloslanish darajasi oshib ketishi va shu kabi muamolarning oldini oladi[1, 4].

IF= 7.7

www.in-academy.uz

Shaharlarning iqtisodiy va ijtimoiy yo'nalishlarining ya'ni, ishlab chiqarish maskanlari, tovar va xizmat ko'rsatish sohalari, istemolchilarga mehnat manbalarini yetkazish, ta'lim bilan bog'liqliklar ta'minlanishi aholi harakatchanligining asosiy negizi hisoblanadi. Barcha tizimning mehnat faoliyati ishonchsiz tashish tizimi sababidan uzuladi. Harakatchanlikni yuqori pog'onalarga olib chiqish shaharning iqtisodiy ko'rsatgichlari, mehnat va savdo markazlarining moliyaviy jihatdan ko'tarilishiga yetarli darajada o'z hisasini qo'shadi. Jamoat transporti istemolchilarni ommaviy yetkazishning bunday tig'islashgan qurilish jarayonidagi yagona yechimi hisoblanadi. Ish, o'qish va boshqa maqsadlarda avtomobil (taksi va shaxsiy) transport vositasidan foydalanish jamoat transportidan foydalanishga qaraganda 5-10 baravar kataroq hudud va saqlash uchun yuzlab marta katta hududlarni egalaydi. Ish va xizmat ko'rsatish maskanlarining qamroviga qarashli avtomobil saqlash hududlarining ko'proq maydon egallashiga sabab bo'ladi.

Jamoat transportining asosoy maqsadi shahar ichi va shaharlararo aholininng harakatchanligini moliyaviy va tabbiy ravishda kam xarajatli, tiklab bo'lmas resurslardan oqilona foydalanadigan, atrof muhitni kam ifloslantiradigan va bir vaqtda qulay va ishonchli bo'lgan tizim bilan ta'milash hisoblanadi[5,6].

Yillar mobaynida ortirib kelinayotgan kuzatishlarga asoslangan holda, shunga ishonamizki harakatchanlikni iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda ajratib bo'lmas o'rni bor. Shu boisdan harakatchanlik bir nechta avfzaliklarga ega.

1) Aholining uzoq masofali va rejalashtirilgan vaqtga bog'langan sayohatini shakilantiradi (kechikishlarsiz belgilangan vatqda)

2) Jamoatning turli darjadagi qatlamlarining iqtisodiy jixatdan kuchayishiga imkoniyatlar yaratadi (uydan ish joyiga va orqaga qaytish);

3) Hududlardagi infratuzilmali iqtisodiyotning teng ahamiyatli o'sishiga zamin yaratadi (tijorat markazlari va boshqa iqtisodiy komplekslarni ko'chirish);

4) Shahardagi tirbandlikni oldini olgan holda barcha hayot uchun kerakli xizmatlarni kechikishini oldini oladi (barcha boshqarish xizmatlar va hayotni qo'llab-quvvatlash mashinalarining qiyin bo'lmagan harakati: politsiya, tez yordam, o't o'chiruvchilar, ijtimoiy xizmatlar, shuningdek shahar bo'ylab turli maqsadlar uchun yuklarni muntazam ravishda ko'chirish va turizim nuqtai nazardan ham muhum ahamiyatga ega).

Harakati davomiyligining kutilgan vaqti yo'lovchi uchun juda muhim hisoblanadi. Vaqtning muhimlik darajasi yo'lovchi rejalashtirilgan uchrashuviga, ishiga, ta'limga, poezd, samalyot va boshqalarda vaqtida yetib borish bilan belgilanadi. Yo'lovchilar ko'p hollarda o'zi borayotgan manzillarigacha va manzilga qancha vaqtda yetib borishni oldindan rejalashtiradi yani, avtobus bekatigacha piyoda borish 6 minut, avtobus safari taxminan 20-25 minut, avtobusni kutish vaqti aytaylik 7 minutdan oshmaydi, avtobus bekatidan rejalashtirilgan manzilgacha yetib borish 3 daqiqa vaqt oladi. Umumiy hisobda yo'lovchi manzilga 35-40 minutda yetib borishini taxmin qiladi. Agar transport vositasining kutish vaqti 20 minutga va to'xtashi rejalashtirilmagan bekatlar soni oshib ketsa ( misol: bizning shahrimizda bekatlarsiz harakat amalga oshiriladi) safar vaqti 1 soatdan oshadi va bizning misolimizda bu rejalashtirilgan vaqtning 66% ga oshishini bildiradi.

Quydagi ko'rsatgichlarni hisobga olgan holda yo'lovchi tashish sifati baholanadi[7, 8]:

IF= 7.7

www.in-academy.uz

> xavfsizlik;

> doimiylik;

> ma'lumot bilan ta'minlanishi;

> shinamlik;

> aholi talab darajasida mavjudlik.

Aholiga ko'rsatiladigan transport xizmatlari sifati bu normativ huquqiy talablar asosida yo'lovchilarni tashish tizimi va tashish jarayoninng umumlashtirilgan tushunchasi hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, yo'lovchi tashish xizmatlari sifat ko'rsatgichlarini yaxshilash uchun quydagilarga erishish lozim:

• yo'lovchilarni manziliga yetkazishda minimal darjada harakatlanishiga vaqt sarflash;

• jamoat transportining muntazzamligi;

• transportning mavjud infrastrukturasining foydalanuvchilar uchun qulayligi;

• turli xil transport xizmatlarining yo'lovchilar uchun taklif qilinishi;

• yo'lovchilarni harakat, kutish vaqtilarida, transport vositasiga chiqish va tushishida shu bilan birgalikda ayni yo'nalishdan boshqa yo'nalishiga almashishlarida qulaylik ta'minlanishi;

• transport xizmatlari to'g'risidagi axborotning keskin ta'minlanishi;

• transport xizmatlariga bo'lgan qulay to'lash yo'llari;

• shahar yo'lovchi transportining xavfsizligi va boshqalar. Bu natijalarga erishish uchun quydagilar taklif etiladi.

1. Yo'lovchilarni tashish sifatini yaxshilash uchun jamoat transporti yo'nalishlarining to'xtash bekatlarini ratsional joylashtirish va takomillashtirish lozim. Buning natijasida quydagilarga erishiladi:

> vaqti tejaladi;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

> belgilangan bekatlarga to'xtashi ta'minlanadi;

> ekspluatatsion tezligi oshadi;

> avtobuslarning ta'mirgacha bo'lgan o'tish masofasi yaxshilanadi; transport xizmatlari sifat ko'rsatkichlari yaxshilanadi.

2. Mamlakatimiz yirik shaharlarida hizmat ko'rsatayotgan jamoat transporti va bekatlarini zamonaviy intellektual tizimlar bilan bosqichma-bosqich jihozlash lozim. Buning natijasida quydagilarga erishiladi:

S transport ishining samaradorligi oshadi; S harakat havfsizligi oshadi

S yo'lovchi va transport korxonalariga qulayliklar olib keladi; S avtobus haydovchilarining faoliyati nazorat ostida bo'ladi S shahar infratuzilmasi rivojlanadi, S yo'lovchilar vaqtni to'g'ri taqsimlashga erishiladi.

3. Jamoat transportidan foydalanishda aholining huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish lozim.

References:

1. И.В. Спирин, (2006) Перевозки пассажиров городским транспортом: Справочное пособие для специалистов / И.В. Спирин. - М.: ИКЦ «Академкнига», 413 с

IF= 7.7

www.in-academy.uz

2. Мещерякова О.М., Бабжанова А.О. Организация городских пассажирских перевозок на основе принципов логистики. Экономические и юридические науки. Экономика и управление, №6, 57-66 с.

3. Kuziyev A. U., Suyunov O. D., Xurramov K. B. Improving the quality of passenger service in city public transport //International bulletin of engineering and technology. - Т. 2. - №. 12. -С. 157-161.

4. Urokovich K. A. et al. TERMIZ SHAHAR 3-SONLI AVTOBUS YO 'NALISHINING XIZMAT KO'RSATISH SIFATINI OSHIRISH //Eurasian Journal of Academic Research. - 2024. - Т. 4. - №. 4-1.- С. 7-12.

5. Muratov A., Suyunov O., Tilovov S. IMPROVING THE OPERATION OF PUBLIC TRANSPORT IN THE CITY OF TERMEZ //Евразийский журнал академических исследований. - 2024. - Т. 4. - №. 5 Part 3. - С. 168-175.

6. Uroqovich K. A., Do'Stmurodovich S. O., O'G'Li F. T. K. TERMIZ SHAHAR JAMOAT TRANSPORTIDA AVTOBUSLAR ISH UNUMDORLIGIGA TA'SIR ETUVCHI EKSPLUTATSION KO 'RSATKICHLAR TAHLILI //Eurasian Journal of Academic Research. - 2024. - Т. 4. - №. 5-2. - С. 177-183.

7. Amonovich, U. I., Kuziyev, A. U., & Shamsutdin o'g'li, M. A. (2023). YO 'LOVCHILARNI SHAHARLARARO TASHISHNI TASHKIL ETISHDA SAMARALI TEXNOLOGIYALARNI ISHLAB CHIQISH. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 24(2), 109-113.

8. Mirzayev, A., Kholboyev, S., & Kuziev, A. (2022). IMPROVEMENT OF QUALITY INDICATORS OF PUBLIC TRANSPORT SERVICES. INTERNATIONAL BULLETIN OF ENGINEERING AND TECHNOLOGY.-2022.

9. Kuziev A. et al. Application of multimodal transportation in the development of future flows of the region //AIP Conference Proceedings. - AIP Publishing, 2023. - Т. 2612. - №. 1.

10. Kholikberdievich M. A. Efficient organization of the process of servicing automobile flows arriving at the point of shipment //European Journal of Interdisciplinary Research and Development. - 2023. - Т. 21. - С. 236-240.

11. Жалолов З. М. У., Хуррамов А. Ч. ОСОБАЯ ЗНАЧИМОСТЬ ИЗУЧЕНИЯ ЗАРУБЕЖНОГО ОПЫТА РАЗВИТИЯ ДОРОЖНОГО СТРОИТЕЛЬСТВА //Academic research in educational sciences. - 2024. - Т. 5. - №. 5. - С. 64-73.

12. Хуррамов А. Ч. и др. ПРИМЕНЕНИЕ ОПТИМАЛЬНЫХ МЕТОДОВ ПОВЫШЕНИЯ СЕЙСМОСТОЙКОСТИ МОСТОВЫХ КОНСТРУКЦИЙ //Scientific Impulse. - 2023. - Т. 1. - №. 6. - С. 1055-1062.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.