Научная статья на тему 'SENNA ANGUSTIFOLIA NING TIBBIYOTDA ISHLATILISHI'

SENNA ANGUSTIFOLIA NING TIBBIYOTDA ISHLATILISHI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
14
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
лекарство / S. angustifolia (Vahl) / S.Acutifolia (Delile) / S.angustifolia / S.acutifolia / S.obuvata / medicine / S. angustifolia (Vahl) / S.Acutifolia (Delile) / S.angustifolia / S.acutifolia / S.obuvata

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Begmatov A.M.

Maqolada senna angustifolia ning tibbiyotda ishlatilishi xususiyatlari haqida ma’lumotlar keltirib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MEDICINAL USES OF SENNA ANGUSTIFOLIA

The article provides information about the medicinal properties of senna angustifolia.

Текст научной работы на тему «SENNA ANGUSTIFOLIA NING TIBBIYOTDA ISHLATILISHI»

Begmatov A.M.

Termiz davlat universiteti, dotsent.

Termiz, Uzbekistan

SENNA ANGUSTIFOLIA NING TIBBIYOTDA ISHLATILISHI

Annotatsiya. Maqolada senna angustifolia ning tibbiyotda ishlatilishi xususiyatlari haqida ma 'lumotlar keltirib o 'tilgan.

Kalit so'zlar: лекарство, S. angustifolia (Vahl), S.Acutifolia (Delile), S.angustifolia, S.acutifolia, S.obuvata

Begmatov A.M.

Termiz State University, dotsent.

Termiz, Uzbekistan

MEDICINAL USES OF SENNA ANGUSTIFOLIA

Abstract. The article provides information about the medicinal properties of senna angustifolia.

Key words: medicine, S. angustifolia (Vahl), S.Acutifolia (Delile), S.angustifolia, S.acutifolia, S.obuvata

O'tkir bargli sanno o'simligi bargida 6,17%, mevasida 2,70%, tor bargli sanno bargida esa 3,77%, mevasida 4,6% gacha antrasen unumlarining yig'indisi (sennozid A, sennozid V, sennozid S, sennozid E, rein, aloy-emodin, glyuko-aloy-emodin, glyukorein va boshqalar) bo'ladi. Sanno barglari tarkibida antrasen unumlaridan tashqari, flavonoidlar (izoramnetin, kempferol va ularning glikozidlari) hamda salitsilat va boshqa organik kislotalar, smolalar va juda oz miqdorda alkaloidlar bor.

Mevasi tarkibida smola bo'lmaydi. Antrasen unumlari sanoning yosh barglarida ko'p to'planib, barg qarigan sari ular miqdori ham kamayib boradi. Agar o'tkir bargli sanno tarkibidagi antrasen unumlarining yosh barglardagi umumiy miqdori 5,8% bo'lsa, barg sathi kattalashgan sari, bu birikmalar kamayib, oxirida 3,8%) qoladi.

Sanno bargining asosiy ta'sir etuvchi glikozidlari - sennozid A va sennozid

V gidroliz natijasida qand qismi - glyukoza va aglikonlari - sennidin A va sennidin

V ga parcha-lanadi. Bu birikmalar bir-birining sterioizomerlari bo'lib, sennidin A optik faol (kuchli fiziologik ta'sir ko'rsatadi), sennidan V esa optik faol emas (fiziologik ta'siri ancha kuchsiz). Hindistonning quruq (namlik kam bo'ladigan) tumanlarida o'sadigan tor bargli sanno bargi tarkibiga 4,23% gacha sennozidlar va 3,54% gacha rein bo'ladi.

S. angustifolia (Vahl) Batka-ingichka bargli sano S.Acutifolia (Delile) Batka-o'tkir bargli sano, S.tora-to'mtoq bargli sanno turlarining barglari va

urug'larida antraglikozid, flavonoidlar mavjud bo'lib, asosan surgi dori sifatida, organizmni yumshatuvchi, shuningdek ozdirish maqsadida istemol qilinadi.

Ilmiy tabobatda hozirgi vaqtda dorivor o'simlik sifatida foydalanish uchun ruxsat etilgan. Sobiq Ittifoq Davlat farmakologiyasiga kiritilgan. S.angustifolia,S.acutifolia ning barglari, yangi novdalarining ekstraktidanSenadeksin (Senadexinum) tabletkasi tayyorlanadi. Ukraina va Xindiston davlatlarida bu dori turi ishlab chiqarilib, boshqa davlatlarga eksport qilinadi.

S.angustifolia - O'rta Yer dengizi florasida (Janubiy Yevropa, Shimoliy Afrika, Saudiya Arabistoni) tabiiy holda tarqalgan bir yillik o'tsimon o'simlik. O'simlikning yer ustki qismi qadimdanoq xalq tabobatida va ilmiy tibbiyotda ishlatib kelingan. Uning xom ashyosi Yevropaga Shimoliy Afrikadan Aleksandriya porti orqali olib kelinganligi sababli o'simlikning tijorat nomi Aleksandriya bargi (Aleksandriyskiy list) deb ham yuritiladi.

S.angustifolia, S.acutifolia, S.obuvata Collad. turlari Respublikamizning Surxandaryo viloyatida madaniy holda o'stirilishi va ko'paytirilishi adabiy manbalarda keltirilgan. Hozirgi kunda yuqoridagi turlar O'zbekiston sharoitida dorivor o'simliklarni yetishtirishga ixtisoslashtirilgan xo'jaliklarda qisman ekib o'stiriladi. Tabiblar, savdogarlar tomonidan, Sobiq Ittifoq va boshqa davlatlar orqali Respublikamizga urug'lari keltirilib, qiziquvchilar tomonidan tamorqalarda ham ekiladi. Hozirda halq tabobatida urug'lari va barglari ishlatiladi, shuningdek bozorlarda dorivor o'simliklar qatorida sotiladi.

Respublika dori-darmon ishlab chiqarish sanoati «O'zfarmkonsern» buyurtmasi asosida, sho'r yerlarda dorivor o'simliklarning introduksiyasi va bioekologik xususiyatlarini o'rganish maqsadidaO'zbekistonning Mirzacho'l va Buxoro vohasida bir qancha dorivor o'simliklar qatorida S.angustifolia, S.acutifolia, S.tora larning sho'rga chidamligi, introduksiya natijalarini tahlillash asosida introduksion baholash ishlari ustida tadqiqotlar olib borilgan. Tadqiqot natijalarida tuproqlarning 2 xil sho'rlanish darajasida, urug'larning unuvchanlik va saqlanish darajalari aniqlanib, o'rta va kuchli sho'rlangan yerlarda o'simliklarning o'sishi va rivojlanish uchun sho'rlanish darajasining yuqoriligi, havo haroratining ko'tarilishi ularning o'sishdan to'xtab, qurib qolishiga sabab bo'lishi aniqlangan [9].

S.toraer yuzida Shimoliy va Sharqiy Afrika, Xindiston, Xitoy, Yaponiyaning tropik qisimlarida tabiiy sharoitda keng tarqalgan. Bir yillik kosmopolit o'simlik. Asosan, Xitoyning Shensi, Xubey va Kvantun provinsiyalarida dorivor o'simliklar qatorida o'stirilib, xomashyo olish maqsadida katta ekin maydonlari tashkil etilgan. S. tora ning mahalliy nomi Angliyada- Wild senna, Yaponiyada-Ebisu-gusa deb nomlanadi.

O'tkir bargli sanno - Senna angustifolia Del. ning vatani Misr (Nil daryosining o'rta oqimi) va Sudan hisoblanadi. Ushbu mamlakatlarning iqlimi issiq, yilning eng sovuq kunlarida havo harorati kamdan-kam xolatlarda 5-100S dan pasayadi. O'zbekistonda dorivor o'simlik sifatida madaniylashtirilgan. Sanno

o'simligini yetishtirish uchun eng ma'qul joy, Surxandaryo viloyatining Denov tumani xisoblanadi.

Tibbiyotda qo'llanilishi va kimyoviy tarkibi. Sanno preparatlari surgi dori sifatida ishlatiladi. Bargi tarkibida smolalar spirtda va qaynoq suvda eriydi, bu smolalar ichakni og'ritish xususiyatiga ega. Shuning uchun tayyorlangan damlamani sovutib smolani filtirlab qo'llaniladi. Barglari tarkibida antroglikozidlar (6% gacha), meavasida antretsen unumlari (sennozid A, rein, aloy-emodin va boshqalar) mavjud.

Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda, o'tkir bargli sano o'simligi xalq tabobatida 3000 yildan beri ishlatib kelinadi. Rus tabiblari uni 99 dardga darmon giyoh deb atashgan. Shuningdek, ruslarda qo'yidagicha maqol bor: «Nonni bug'doysiz yopib bo'lmaydi, dardni sanosiz davolab bo'lmaydi».

O'tkir bargli sanno tarkibidabargida 6,17%, mevasida 2,7%, tor bargli sanno bargida 3,77%, mevasida 4,60% gacha antrasen unumlari bo'lib, ular sennozid A va V, S, D, rein, aloy-emodin, glyuko-aloy-emodin va boshqalardan tashkil topgan. Antrasen unumlardan tashqari flavonoid, organik kislotalar va oz miqdorda alkaloidlar bor.

I.A. Damirov va boshqalarning [1982] fikricha, o'simlikning yosh barglarida va pishgan mevalarida antrasen unumlari ko'p bo'ladi. Asosiy moddasi hisoblangan sennozidlar gidroliz qilinsa aglikon sennedin A va V ga va glyukozaga parchalanadi. Surgi sifatida ishlatiladi. Barg tarkibidagi smolalar qorinni og'ritgani uchun, tayyorlangan damlamani sovutiladi, cho'kkan smolalardan filtrlab olinadi va iste'mol qilinadi. Ba'zan barg tarkibidagi smolalarni spirtda eritib olib tashlanadi va dori turlari tayyorlanadikasalliklarini davolashda foydalanganlar.

Dorivor preparatlari. Barg damlamasi - Infusum foliorum Sennae, murakkab qizilmiya poroshogi - Pulvis Glycyrrhizae compositus tarkibiga kiradi. Sano surgi sifatida ishlatiladigan va bavosil kasalligida qo' llaniladigan yig' malar tarkibiga kiradi.

Tayyor dorilar: Tabletka senade, glaksen (Hindiston), tabletka senna (Gruziya), tabletka senadeksin (Tosh. xim-farm.zavod) chiqariladi.

Abu Ali Ibn Sino aytadiki, dorilarning bazilari madanlardan,bazilari o'simliklardan va boshqa xayvon jinslaridan olingan bo'ladi [Xolmatov va boshq., 1994].

Hamdamov I., Shukurullaev P., Tarasova Ye va boshqalar [1990] yozishicha Abu Ali Ibn Sino o'zining II kitobini dorishunoslikka bag'ishlangan bo'lib, unda o'simlik, ma'dan va hayvonlardan olinadigan 811 ta sodda dorilarning nomini alifbo tartibida joylashtirib, ularni ta'riflari va har bir dorining qaysi kasallikka davo ekanligi ko'rsatilgan.

O'simliklardan olinadigan dorilar, ularning yaproqlaridan, donlaridan, ildizlaridan, shoxlaridan, po'stloqlaridan, gullaridan, mevalaridan, iborat bo'ladi.(Tib qonunlari)

Tibbiyotda sanno turlarining bargi va mevasidan foydalaniladi. Bargi o'simlik gullaganda yig'iladi va soyada, mevasi yetilganda terib olinib, ochiq havoda - quyoshda quritiladi.

Sanno bargi va mevasi tarkibida antraglikozidlar, flavonoidlar, smola va boshqa moddalar bo'ladi. Sanno qadimdan tabobatda keng miqyosda ishlatilib kelingan dorivor o'simliklardan. Bargining damlamasidan Ibn Sino bod, jigar va sariq kasalliklarini davolashda hamda surgi sifatida foydalanilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Amonturdiev Q, Xoliqov Q. Makkaisano (cassia)ni bioekologik xususiyatlari. Janubiy O'zbekiston xomashyobop o'simliklarini o'rganish. Termiz, 2003. 5-6 bet.

2. Amonturdiev Q, Mamanazarov R. Makkaisanoni ahamiyati. Janubiy O'zbekiston xomashyobop o'simliklarini o'rganish. Termiz, 2003. 3-4 bet

3. Ashurmetov O.A., Karshibaev X.K. Reproduktivnaya biologiya solodki i razdelnolodochnika. - Tashkent, Fan, 1995. - 212 s.

4. Ashurmetov O. A., Qarshiboev X. Q., Qo'ziev Shirinmiya (foydali xususiyatlari, bioekologiyasi va ko'paytirish usullari). - Toshkent: Guliston DU bosmaxonasi, 2005. - 99 b.

5. Ashurmetov O.A. Metodika izucheniya semennoy produktivnosti rasteniy na primere vidov roda Glycyrrhiza L. // Uvelichenie kormoproizvodstva na nauchnoy osnove: Tez. dokl. Resp. nauch. konf. - Tashkent, 1982. - S. 50-52.

6. Begmatov A.M., Toshboev E.E. Acute deciduous thanks giving (senna angustifolia Del.) bioecology and medicinal properties. International Journal of Advanced Research in Management and Social Sciences. Amerika. 2022-yil, 208214 bet.

7. Berdiev E.T., Axmedov E.T. Tabiiy dorivor o'simliklar (o'quv qo'llanma). -Toshkent, O'zR FA Minitipografiyasi, 2018. - 188 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.