SEMENT BETON QOPLAMARINI QURISHDA GEODEZIK BELGILARNI HISOBGA
OLIB O'LCHASHLARNI AHAMIYATI.
Mamadjanov Ma'ruf Maxmudjanovich NamMQI, katta o'qituvchisi, [email protected]+998907416530
Muxtorov Muzaffar Zafarjon o'g'li NamMQI, +998 97 250 37 07
Annotatsiya. "Yo'l xo'jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-330 qaroriga asosan rivojlangan mamlakatlarning tajribasini hisobga olgan holda sement-beton qoplamali yo'llarni avfzalliklari, yol qurilishi sifatini oshirishda geodezik belgilarni hisobga olinishi hamda geodezik o'lchashlarni ahamiyatiga alohida urg'u berilgan. Shu bilan birga sement-beton qorishmasi va qoplamasini nazoratga olish jaroyonlari, afzalliklari hamda iqtisodiy samaradorligi korsatib o'tilgan.
Annotatsiya: На основании решения Постанавление Президента Республика Узбекистан ках: ПП-330 «О мерах по дальнейшему совершенствованию сферы дорожного хозяйства» с учетом опыта развитых стран, преимуществ цементно-бетонных дорог, учета геодезических знаков в повышении качества дорожного строительства и геодезической величины. При этом показаны процессы, преимущества и экономическая эффективность контроля цементобетонной смеси и покрытия.
Annotation: Based on decision PP-330 "On measures to further improve the road sector", taking into account the experience of developed countries, the advantages of cement-concrete roads, taking into account geodetic signs in improving the quality of road construction and geodetic Particular emphasis is placed on the importance of measurements. It shows the processes, benefits and cost-effectiveness of monitoring cement concrete mixture and pavement.
Kalit so'zlar: Geodezik belgi, sement-beton, betonni parvarishlash, yutilgan havoning hajmi, elektromagnit titratgich, reper otmetka, loyihaviy otmetka.
Ключевые слова: геодезическая отметка, цементобетон, уход за бетоном, объем поглощенного воздуха, электромагнитный вибратор, реперная отметка, проектная отметка.
Key words: geodetic mark, cement concrete, concrete care, volume of absorbed air, electromagnetic vibrator, reference mark, design mark,
Kirish. Yo'l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholi, eng avvalo, qishloq joylarda yashovchilarning hayot faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko'chalari- ichki yo'llar holatini yaxshilash va ulardan foydalanish sifatini oshirish maqsadida "Sement-beton qoplamali avtomobil yo'llari tarmog'ini kengaytirish" chora-tadbirlari to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-249-sonli qarori tasdiqlangan.
Yo'l loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, yo'l-qurilish ishlarini amalga oshirish, shuningdek, ularni qabul qilib olishda hamda sifat ko'rsatkichlarini aniqlashda geodezik belgilar ahamiyatlidir.
Geodezik belgilar - joylarda geodezik punktlarni belgilash va mahkamlash uchun quriladigan yer usti inshootlari hamda yer osti qurilmalaridir. O'lchash ishlarida asbob geodezik belgiga qarab vizirlanadi. Geodezik belgilarning balandligi xaritada gorizontallar yordamida aniqlanadi [1].
Yo'l qurilishida geodezik o'lchovlarni o'tkazishda odatda taxeometrlar va nivelirlar
qo'llaniladi. Geodeziyachilar ishni boshlashdan oldin loyihada ko'rsatilgan loyihaviy belgilar bilan piketlarni mahkamlashadi hamda ishni tugatgandan so'ng, qaysi piketda belgilar berilganidan u yoki bu yo'nalishda og'ishini aniqlashadi.
Avtomobil yo'llarini qurishda rivojlangan mamlakatlar tajribasini hisobga olish maqsadga muvofiqdir. AQSHda transport vositalari yuqori tezlikda harakatlanuvchi yo'llarning 60 foizi sement-beton qoplamali yo'llarni tashkil etadi.[2]
Ushbu ko'rsatkich Germaniyada 38 foizni, Avstriyada 46 foizni tashkil etadi. Xitoy va Yaponiyada ham ko'proq sement-beton yo'llar qurilyapti. Xitoy sement-beton tezyurar yo'llar qurilishini sezilarli darajada oshirmoqda. Yaponiyada mustahkamligi, oddiyligi va foydalanish muddatini hisobga olgan holda, tezyurar yo'llardan tashqari, sement-betondan ko'p qavatli yo'l o'tkazgichlari qurilgan.
Sement-beton qorishma tayyorlaganda quyidagilar nazorat qilinadi:
- doimo beton qorishma tayyorlashning texnologik uskunalariga rioya qilish;
- smenada kamida bir marta, yutilgan havoning hajmi, beton qorishmaning yaxshi joylashishini, ish qorishmasida kimyoviy qo'shilmalar tarkibi, betonning siqilishga mustahkamligi;
Qoplamalar va asoslarni monolit betonlardan qurilganda, quyidagilar nazorat qilinadi: -doimo betonlashning texnologik jarayoni va uni parvarishlashning talabiga rioya qilish; -choklarni tayyorlash;
-armaturalarni va qistirmalarni to'g'ri qo'yish;
-qoplama yuzaning bir tekislikdaligi va chet qiyalarining mustahkamligi; -betonlashni boshlashdan oldin tortilgan sim va rels qoliplarni to'g'ri o'rnatilganligi. Smenada 1 marta va beton yotqizilayotgan joydagi qorishmaning sifatini o'zgarishi: -betonning mustahkamligini uchta nazorat namuna tayyorlab sinash; -yaxshi joylashishi;
-yutilgan havoning hajmi hamda yangi yotqizilgan betonni parvarishlash ishlarini parda yaratuvchi materiallar bilan 20 x 20 sm o'lchamdagi qoplama qismining sifatini.
Beton qorishmasini zichlashda «o'tirishi»ni hisobga olib taqsimlash lozim, qoplama taqsimlaganda sirpanuvchi qolipi bo'lgan mashinalar yordamida beton yotizgichda qurilayotganda, agar loyihaviy qalinlik 20-24 sm ga teng bo'lsa, qish kunlaring boshida yoki uzoq muddatli tanaffuslardan so'ng qorishmaning «o'tirishi» ga 5-7 sm qo'shib olish tavsiya etiladi. Ko'rsatilgan «o'tirish»ga qo'shib olish uzunligi 10-15 m bo'lgan bo'lakda saqlanishi, so'ngra uni 3-5 sm gacha kamaytirish kerak.
Betonlash jarayonida, shuningdek, elektromagnit titratgichli titramalar qirra g'o'ladan keyin zichlangan beton qorishmali yuzasining yaxlitligi va tebranayotgan chorqirra qo'lalarning butun eni bo'ylab bir tekisda taqsimlangan beton qorishmalaning uzun bo'rtmalari mavjudligi ta'minlanishi lozim; uzun bo'rtmalarning balandligi birlamchi titratma g'o'la uchun 20-25 sm va ikkilamchi g'o'la uchun 10-15 sm atrofida bo'lishi kerak.
Ko'ndalang va uzunasiga kengaytmalar, qoida tariqasida qanday burchak ostida kesishishi kerakligi geodezik asboblar yordamida aniq o'lchashlar orqali amalga oshirilishi kerak.
-Sement-beton qoplamasini boshlanishidan bir necha kun oldin geodezik ma'lumotlar bazasi va unga tegishli hujjatlar buyurtmachi tomonidan dalolatnoma asosida pudratchiga topshirilishi kerak.
-Boshlang'ich va oxirgi reper otmetkalari hamda loyihaviy otmetkalarni geodezik o'lchashlar orqali nazoratga olish kerak.
-Yo'l qurilishiga tayyorgarlik davrida, yo'lning pastki qavatini hamda yo'l qoplamasini
ustki qatlamini qiyalikligini loyihada berilgani bo'yicha geodezik o'lchashlar orqali nazoratga olish kerak.
Shu bilan birga, sement-betonni yotqizish asfalt-beton ishlariga nisbatan ancha murakkab texnologik jarayon ekanligini yodda tutish kerak.
Xulosa. Sement-beton yo'llar muhim afzalliklarga ega:
- mustahkam beton qoplamadan 30 yoki undan ortiq yil davomida ta'mirlash ishlariga muhtoj bo'lmasdan foydalanish mumkin. Asfalt qoplama esa 8-12 yil xizmat qiladi va vaqti-vaqti bilan ta'mirlashni talab etadi;
- katta mexanik ta'sirlarga va katta o'lchamli transport vositalarining og'irligiga bardoshli va xizmat ko'rsatish muddati uzoqroq;
-qoplama ekstremal ob-havo sharoitlariga, yuqori va past havo haroratiga yoki namlik o'zgarishiga yuqori chidamlilikka ega;
-Beton yo'llar yuqori yuk ko'tarish qobiliyatiga ega. Bu asos va pastki qatlamlarga yuklamaning bir xilligini va eskirishga chidamlilik koeffitsiyentini yetarli darajada ta'minlaydi.
-Eng muhim afzallik — bu umumiy iqtisodiy samaradorlik — sement-beton yo'llarning hayotiy sikli asfalt-betonga qaraganda 2,5-3 baravar ko'pligidir.
ADABIYOTLAR
1. Mutalibov, I., Maxkamov, D., Qo'ysinaliyev, N., & Xabibullayev, I. (2021). AVTOMOBIL YO'LLARIDA SEMENTBETON QOPLAMALARNI MUSTAHKAMLIGINI OSHIRISH TEXNOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH. Academic research in educational sciences, 2(10), 681-686.
2. Mutalibov I., Qo'Ysinaliyev N. Use of mineral powder in the construction of asphalt concrete roads //Экономика и социум. - 2021. - №. 2-1 (81). - С. 245-248.
3. Saydazimov, N., Mutalibov, I., Qo'ysinaliyev, N., & O'ktamov, S. (2020). IMPROVING THE ELASTICITY OF CEMENT-CONCRETE ROADS. Теория и практика современной науки, (11 (65)), 6-10.
4. Nosirjon S., Qo'ysinaliyev Nuriddin M. I., Sirojiddin M. Research of methods of repair of cement concrete pavels. - 2020.
5. Koysinaliev N., Erkinov S., Ahmadjonov M. Improving the drainage system of highways using plastic materials in response to today's demand //Экономика и социум. - 2021. - №. 3-1 (82). - С. 146-149.
6. QO'YSINALIYEV N. et al. METHODS OF INCREASING THE STRENGTH OF ASPHALT CONCRETE MIXED //МОЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНАЯ КАРЬЕРА Учредители: Общество с ограниченной ответственностью" Моя профессиональная карьера. - 2022. - Т. 1. - №. 35. - С. 72-78.
7. Ismatullaevich, Maxkamov Dilshod, Xabibullayev Alimardon Xidoyatillayevich, and Qo'ysinaliyev Nuriddin Zafarali O'gli. "Avtomobil yo'llari uchun mahalliy va ikkilamchi xom-ashyolar asosida mastika olishning ilmiy asoslari." Механика и технология 4.9 (2022): 204210.
8. O'G, Qo'Ysinaliyev Nuriddin Zafarali, Madaminova Dilnoza Dilshodbek Qizi, and O. Xakimov. "YO 'L TO ' SHAMALARIDA PAYDO BO 'LADIGAN DEFORMATSIYALARNI O 'RGANISH VA UNI YECHIMLARI." Трансформация моделей корпоративного управления в условиях цифровой экономики 1.1 (2022): 158-164.
9. Qo'Ysinaliyev N. Z. O. G., Muxiddinov S. Z. O. G. AVTOMOBIL YO'LLARIDA SEMENTBETON QOPLAMALARINING AFZALLIGI //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. 10. - С. 356-362.
10. Murodjon M., Qo'ysinaliyev Nuriddin A. R. Sementbeton qoplama va uni yotqizish texnologiyasi» uzacademia scientificmethodical journal republican number 3 on the subject «Increasing the innovative activity of youth, improving the spirituality and achievements in science» collection of materials august 31, 2020 part 12 pages 65-67 //ISSN (E)-2181-1334.-2020.