Scientific Journal Impact Factor
SAVOD O'RGATISH JARAYONIDA O'QUVCHILARNI ERTAKLAR ORQALI KREATIV FIKRLASHGA O'RGATISH
Maftuna Ziyaqulova Shuxratovna TerDU talabasi maftunashuxratovna2199@gmail. com
Annotatsiya: Hozirgi yuz berayotgan globallashuv jarayoni va jamiyatni islox etish sharoitida yangicha fikrlovchi shaxslarni tarbiyalash ta'lim tizimida jiddiy o'zgarishlar kiritishni talab etadi. 2020-2021-o'quv yilidan amalga kiritilayotgan Milliy o 'quv dasturi, uning mazmun-mohiyati, dastur asosida yaratilayotgan yangi avlod darsliklarining o 'ziga xosliklari hamda ular haqida xorijiy ekspertlar qatnashganligi va keng omma oldida batafsil muhokama etilishi ham eski usullardan voz kechishni taqazo etmoqda. Ushbu maqolada savod o 'rgatish jarayonida o 'quvchilarni ertaklar orqali kreativ fikrlashga o 'rgatishning usullari keltirilgan.
Kalit so'zlar: Savod, kreativlik, ertaklar, tafakkur, stereotiplar, savod o'rgatish jarayoni, kadrlarning salohiyati, milliy o 'quv dasturi, tasavvur, ong, ijodiy fikrlash, matn.
Аннотация: В условиях текущего процесса глобализации и реформирования общества подготовка новых мыслителей требует значительных изменений в системе образования. Национальный учебный план на 2020-2021 учебный год, его содержание, особенности учебников нового поколения, созданных на основе программы, а также участие зарубежных экспертов и их детальное публичное обсуждение требуют отказа от старых методик. . делает. В этой статье описаны способы научить студентов творчески мыслить через сказки в процессе обучения грамоте.
Ключевые слова: грамотность, творчество, сказки, мышление, стереотипы, процесс грамотности, кадровый потенциал, национальная учебная программа, воображение, разум, творческое мышление, текст.
Abstract: In the current process of globalization and the reform of society, the training of new thinkers requires significant changes in the education system. The National Curriculum for the 2020-2021 academic year, its content, the peculiarities of the new generation of textbooks created on the basis of the program, as well as the participation of foreign experts and their public discussion in detail require the abandonment of old methods. is doing. This article describes ways to teach students to think creatively through fairy tales in the process of teaching literacy.
Scientific Journal Impact Factor
Keywords: Literacy, creativity, fairy tales, thinking, stereotypes, literacy process, human resources potential, national curriculum, imagination, mind, creative thinking, text.
Savod o'rgatish jarayoni elementar o'qish va yozishga o'rgatishdan iboratdir. Savod o'rgatish pedagogika fanidagina emas, balki ijtimoiy hayotda ham juda jiddiy masalalardan hisoblanadi. Chunki xalqning savodxonligi mustaqillik uchun, siyosiy onglilik uchun ma'daniyat uchun kurash qurolidir. Mustaqil O'zbekiston respublikamizda har bir kishining savodxon bo'lishiga alohida e'tibor berilmoqda. O'quvchini savod o'rgatish jarayonida elementar o'qish va yozish va yozishga o'rgatishda o'quvchilarning faoliyat ko'rsatishi va nutq faoliyatiga kirishishlari uchun talab bo'lishi, o'z fikrini og'zaki yoli yozma ifodalash uchun zaruriyat va ehtiyojini yuzaga keltiruvchi vaziyat yaratilishi lozim. O'qish va yozish malakasi biri ikkinchisining muvaffaqiyatli amalga oshuvini ta'minlaydi.[1] Shuning uchun ham o'qishga o'rgatish bilan yozuvga o'rgatish parallel olib boriladi va bu faoliyat muntazam ravishda mashq qildiriladi. Shunday ekan savod o'rgatish jarayonida bola juda ham ko'p o'qishi va yozishi kerak.
2020-2021-o'quv yilidan amalga kiritilayotgan Milliy o'quv dasturi, uning mazmun-mohiyati, dastur asosida yaratilayotgan yangi avlod darsliklarining o'ziga xosliklari hamda ular haqida xorijiy ekspertlar qatnashganligi va keng omma oldida batafsil muhokama etilishi ham eski usullardan voz kechishni taqazo etmoqda.
Shu paytgacha Ona tili va O'qish fanlari alohida o'qitilgan. Endi esa ushbu ikki fanni birlashtirgan "Ona tili va o'qish savodxonligi" deb nomlangan yagona fan tashkil etiladi.
O'qish fani, asosan, badiiy uslubdagi, mavhum tushunchalarni tashiydigan matnlardan iborat edi. Yangi darslik uchun tanlangan matnlar va she'rlar esa bolaning ijtimoiy hayotga kirishib keta olishida ko'maklashadigan, ham badiiy, ham informativ, ham ilmiy-ommabop uslubdagi matnlardan iborat. Bu esa "Ona tili va o'qish savodxonligi" darslarida o'quvchilarni ko'proq ijodiy fikrlashga yo'naltiradi.
Savod o'rgatish jarayonida esa o'quvchilarning kreativligini oshirish, kreativlik sifatlarini rivojlantirish uchun dastlab bu tushuncha mazmunini bilish lozim.
Kreativlik inglizcha "create" so'zidan olinga bo'lib "yaratish" ma'nosini bildiradi. Kreativlik o'quvchini rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson taffakuri,ma'naviyatining ajralmas qismi hisoblanadi. U o'quvchiga ega bo'lgan
KIRISH
ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODLAR
Scientific Journal Impact Factor
bilimlarning ko'p qirrali ekanligida emas, balki yangi g'oyalarga intilish, hayotiy muommolar yechish jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo'ladi, ya'ni berilgan bilimlarni takrorlash orqali kreativlikka erishib bo'lmaydi, ijodiy fikrlash jarayonida tasavvur muhim rol o'ynaydi. Shuning uchun kreativ fikrlash jarayonida tasavvur muhim rol o'ynaydi.[2]
Albert Eynshteyn "Tasavvur-bilimdan muhim" deganida aynan mana shu jihatni nazarda tutgan. "Kreativlik" so'zini ilk bor 1922-yilda AQSh olimi D.Simpson tomonidan qo'llangan. Ushbu atama bilan shaxs qolipdagi, stereotip odatiy tafakkurida voz kechish qobiliyatini ta'riflagan. Shuningdek, boshlang'ich sinf o'quvchilarini kreativligini rivojlantirish, faollashtirish uchun o'qituvchilar o'quvchilarni obrazli fikrlashga undashi, muammoni aniq ifodalash, fikrning doimo tugallangan jumla bilan hamda muhim joylarga urg'u berib ajratgan holda ifoda etishi, xushmuomalali va ziyrak bo'lishi,"Faraz qiling", "Tasavvur eting", "Ijodiy parvoz eting", "Siz nima deb o'ylaysiz", "Muallif o'rnida bo'lganingizda voqealar rivojini qanday o'zgartirar edingiz?" kabi so'z birikmalari va so'roq gaplardan foydalanishi bo'yicha tavsiya beriladi.
Kreativlik shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson tafakkuri, ma'naviyatining ajralmas qismi hisoblanadi, u shaxs ega bo'lgan bilimlarning ko'pqirrali ekanligida emas, balki yangi g'oyalarga intilish, o'rnatilgan stereotiplarni isloh qilish va o'zgartirishda, hayotiy muammolarni yechish jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo'ladi. Ya'ni, berilgan bilimlarni takrorlash orqali kreativlikka erishib bo'lmaydi, ijodiy fikrlash jarayonida yangi fikr, yangi g'oyaning paydo bo'lishi asosiy shartdir. Masalan, ingliz tilida so'zlarni yodlab, grammatika qoidalarini "suv qilib ichib yuborgan" bo'lsangiz ham, insho yozolmasangiz, barchasi bekor. Shuning uchun kreativ fikrlash jarayonida tasavvur muhim rol o'ynaydi. Albert Eynshteyn "Tasavvur — bilimdan muhim" deganida aynan mana shu jihatni nazarda tutgan. Ko'pincha noodatiy fikrlar, yechimlar kutilmaganda inson xayoliga keladi. Buning uchun, avvalo, fikrlash jarayonidagi bir xillikka, odatiylikka barham berilishi lozim.
Qoliplardan voz kechamiz.... [3]
Inson miyasi o'z ishini "yengillashtirish", "qulaylashtirish" uchun shablon va stereotiplardan foydalanadi. Stereotiplar shu paytgacha ma'lum bo'lgan va umumqabul qilingan fikrlardir. Ular asosida fikrlash bizga hech qanday yangi g'oya bermaydi. Qoliplarning yuzaga kelishida jamiyatda ustuvor bo'lgan ijtimoiy fikr, mediamahsulotlarda taqdim etilayotgan shakl va ko'rinishlar ham yetakchi o'rin
Scientific Journal Impact Factor
tutadi. Inson ommadan ajrab qolmaslik nuqtayi nazaridan hammaning fikriga qo'shiladi. Qolaversa, "oqim bo'ylab suzish" mustaqil fikrlashdan ko'ra oson tuyuladi. Stereotiplar orqali fikrlaganda muayyan mavzu bo'yicha inson ongiga "so'rov" berilganida odatiy ma'lumot va mulohazalar yuzaga keladi. Masalan, "yangi yil" deganda to'kin dasturxon, reklamadan tushmaydigan gazli ichimliklar, archa va hokazolarni tasavvur qilish, qor bobo obrazida qo'lida hassa tutgan, ko'zoynakli cholni ko'rish qolip asosida fikrlashning ko'rinishi. Kreativ fikrlovchi insonlar odatiy manzaralardan o'zgacharoq tasvirlarni ham tasavvur qilib, hech kim ilg'amagan jihatlarni payqaydi, yangilik yaratoladi.
Savod o'rgatish davrida o'quvchilarning kreativ qobiliyatlarini namoyon ettirish uchun o'qituvchi biror hikoyani boshini aytib, davomini o'quvchi ixtiyoriga topshirish, chala chizilgan rasmni oxiriga etkazish, berilgan rasmga ijodiy fikr bildirish, ijodiy fikrlashni talab etadigan badiiy asarlarni tavsiya etish muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi kunda boshlang'ich sinf o'quvchilar kreativligini o'rganish alohida ahamiyatga ega bo'lganligi bois mazkur ko'plab tadqiqotlar amalga oshirilyapti. O'tkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, boshlang'ich sinf o'quvchilar kreativligi va tafakkur xususiyatlari o'rtasida o'zaro aloqalar mavjud. Qizlar va o'g'il bolalar kreativligi o'rtasida sifat va miqdorlar farqlar aniqlandi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarga nisbatan differensial yondashuvni tadbiq qilish ulami kreativligini faollashishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Savod o'rgatish jarayonida quyidagi jarayonlar o'quvchilarni kreativligini oshiradi.[4]
- O'qishning ongliligini va ta'sirchanligini ta'minlash,, matn mazmunini o'quvchilarning ko'rgan kechirganlarini, taassurotlari bilan bog'lash.
- Ongli o'qishni amalga oshirishda ko'plab lug'at ustida ishlash.
- She'r, tez aytish, topishmoq, qo'shiq, maqol, hikmatli so'zlardan o'qitish va yod oldirish,
- O'qishga o'rgatishda so'zlarni va gaplarni to'ldirib o'qish, gap tuzishga, tez mustaqil fikrlashga erkin imkoniyat yaratishi.
- O'qituvchi har bir o'quvchini eshitishi, o'quvchining xato fikrlashini bilsa ham ularni to'xtatib tashlamasligi, hattoki xato bo'lsa ham eshitishi kabi tushunchalar misol bo'la oladi.
- Rasmlar yordamida ham kreativlikni rivojlantirish mumkin.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Scientific Journal Impact Factor
Rasmli diktanatlardan foydalanish savod o'rgatish jarayonining ajralmas va eng samarali usullaridan biri hisoblanadi. Rasmli diktantlarni tashkil etish jarayonida og'zaki va yozma usullaridan foydalanish o'quvchilarning ijodkorligini yanada samarali rivojlanishiga yordam beradi.
Ijodkorlik chegarasini belgilang. Muammoli vaziyatni yaratish orqali o'quvchilarni ijodkorlik darajasini belgilab olamiz. O'quvchilarga - o'zingizdan "Eng oddiy yechim nimada?" deb so'rang. Keyin "muammoni hal qilishning aql bovar qilmas varianti"ni tasavvur qiling. Oddiy va hayratlanarli yechim o'rtasida sizga ijodiy maydon paydo bo'ladi. Endi yangi g'oya mavhum emas, uning chegaralari mavjud. Bu ijod jarayonidagi psixologik bosimni yengillashtiradi.
"Zumrad va Qimmat" ertagini olaylik, o'quvchilarni ijodiy fikrlashlari uchun quyidagi topshiriqlarni berishimiz mumkin:
- Ertakni qanday o'zgartirish mumkin?
- Siz nima deb o'ylaysiz?
- Zumradni o'rnida bo'lganingizda nima qilgan bo'lar edingiz?
- Qimmat nima uchun dangasa?
- Asosiy muammo nimada deb o'ylaysiz?
- Siz Zumradni o'rnida bo'lganingizda nima qilgan bo'lar edingiz?
Shu kabi savollar o'quvchilarni ertakka ijodiy yondashishlarini talab etadi va ularning kreativ yondoshishlari namoyon bo'ladi.
Bu jarayonda o'quvchilar ertakni yangicha tahlilda talqin qilishadi. Qayta hikoya qilish jarayonida Zumrad o'zi aybdor ekanligi, uning mehnatkashligi, indamasdan barcha ishni qilishi Qimmatni dangasa bo'lishiga sabab bo'lganligi, nega hozir Zumradlar yo'qligi haqida kreativ fikrlarni bildirishadi. Ayrim o'quvchilar ularning ota-onasi haqida unitib qo'yishadi. Hozirgi kundalik hayotda o'zlari guvoh bo'lgan Zumrad va Qimmatlar, ularning barcha ishlarni ahillik bilan birgalikda qilishlari uchun qanday tadbirlarni amalga oshirish kerakligi haqida bolalarcha fikrlashadi, ko'rgan kechirganlarini tahlil qilishadi.
"Bobo sholg'om" ertagini rasm-matn ko'rinishida tavsiya etsak yoki o'quvchilardan shu ko'rinishida rasm-matn aralash ertak tuzish topshirig'ini bersak, ularning ijodiy kechinmalarini qanday shakllanganligini ko'rishimiz mumkin. O'quvchilarga "muammoni hal qilishning aql bovar qilmas varianti"ni tasavvur qilishlarini aytishimiz kerak. Shunda sholg'om ertagining o'zbekcha variantini tavsiya etishlari, o'zbek oilalarida farzandlar ko'pligi, yoshi ulug' otaxon va onaxonlarimiz izzat-ikromda bo'lishlari, uy ishlari bilan oilaning navqiron yigitlari
Scientific Journal Impact Factor
shug'ullanishi, yosh yigit sholg'omni qiyinchiliksiz qazib olishi haqida ijodiy fikr-mulohazalar keltirishadi. Oddiy va hayratlanarli yechim o'rtasida sizga ijodiy maydon paydo bo'ladi. Bu ijod jarayonidagi o'quvchilarni o'zlari yangilik yaratish ishonchini his qilishga undaydi, ijodga da'vat etadi.
"Oltin baliq" ertagini olaylik, kampirning noshukurligi, qanoatsizligi, kampirning o'jarligi, turmush o'rtog'ini hurmat qilmasligi bizning mentalitetimizga to'g'ri kelmaydigan talablarini o'quvchilar aytib o'tishadi. "Sen oltin baliq ushlab olsang undan nima so'ragan bo'lar eding?" savoliga barcha o'quchilar turlicha munosabaat bildirishadi. Kimdir baxt, kimdir sog'lik, urush bo'lmasligini, hozirgi global muammolardan "karonavirus"ni batamom yer yuzidan yo'qotish kabi tilaklarni aytishadi.
Demak, ta'limning asosiy poydevori boshlang'ich ta'lim jarayonida o'quvchilarni zamonaviy bilimlar bilan qurollantirib, mustaqil fikrga ega bo'lgan, ijodiy fikrlash qobiliyati rivojlangan, milliy qadriyatlarimizga sodiq avlod bo'lib o'lg'ayishlari o'qituvchilarning ta'lim jarayonini qay darajada tashkil etishlarining o'rni katta ahamiyatga ega.
Xulosa o'rnida, mamlakatimizning kuch-qudrati, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy omillar bilan bir qatorda kadrlarning salohiyatiga, ularning murakkab muammolarni hal qilish qobiliyatiga ko'p jihatdan bog'liq. Yoshlar-ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi va tayanchi hisoblanar ekan, biz kabi har bir bo'lajak pedagoglar ularning hayotiga befarq bo'lmaylik, bu bizning vatan oldidagi asosiy burchimiz hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI: (REFERENCES)
1. Qosimova.K, S.Matchonov, X. G'ulomova, Sh. Yo'ldosheva, Sh. Sariev. "Ona tili o'qitish metodikasi" - T.: «NOShIR», - 2009. 352 b.
2. Jumanova S. "Kretivlik qobiliyat", https: //www.standart.uz/news/view? id= 1627
3. https://telegra.ph/Yangi-Milliy-oquv-dasturi-asosida-tayyorlanayotgan-Ona-tili-va-oqish-savodxonligi-darsligi-talimga-qanday-yangiliklar-olib-kirad-05-104.
4. Hamdamova. M, "Yoshlarni intellektual salohiyatini rivojlantirish mexanizmining pedagogik-psixologik asoslari", Toshkent 2007.
XULOSA VA TAKLIFLAR