Научная статья на тему 'SANOAT OQOVA SUVLARI VA TOZALASH TIZIMLARINING EKOLOGIK HOLATINI BAHOLASH HAMDA TEXNIK TAVSIYALAR ISHLAB CHIQISH (SHURTAN GAZ KIMYO MAJMUASI MISOLIDA)'

SANOAT OQOVA SUVLARI VA TOZALASH TIZIMLARINING EKOLOGIK HOLATINI BAHOLASH HAMDA TEXNIK TAVSIYALAR ISHLAB CHIQISH (SHURTAN GAZ KIMYO MAJMUASI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sanoat / ekologiya / oqova suv / aholi / iqlim o‘zgarishi / suv resurslari / tozalash tizimi / ekologik holat / ekologik xavf-xatar / samaradorlik / texnik tavsiyalar / barqaror rivojlanish / filtratsiya / mexanik / kimyoviy / fizik-kimyoviy / biologik-termik / rekuperatsion / destruktiv / yopiq sikl.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — To‘rayev Ulug‘bek Murtazoyevich, Ziyodova Odinabonu Umidullo Qizi

Ushbu maqolada sanoat oqova suvlarining hosil bo‘lishi, turlari, tozalash tizimlarning ekologik holatini baholash va texnik tavsiyalar ishlab chiqish bo‘yicha tahlil o‘tkazilgan. Maqolada oqova suvlarning atrof-muhitga ta’siri, tozalash tizimlarining mavjud samaradorligi va ularni yaxshilash bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqiladi. Oqova suvlarning tarkibi, ularning tabiiy suv havzalariga chiqarilishining ekologik ta’siri va inson salomatligiga bo‘lgan xavfi tahlil qilinadi. Shuningdek, oqova suvlarni tozalashning mexanik, kimyoviy, biologik usullari orqali amalga oshirilishi va har bir usulning afzalliklari hamda kamchiliklari yoritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SANOAT OQOVA SUVLARI VA TOZALASH TIZIMLARINING EKOLOGIK HOLATINI BAHOLASH HAMDA TEXNIK TAVSIYALAR ISHLAB CHIQISH (SHURTAN GAZ KIMYO MAJMUASI MISOLIDA)»

ARTICLE INFO

SANOAT OQOVA SUVLARI VA TOZALASH TIZIMLARINING EKOLOGIK HOLATINI BAHOLASH HAMDA TEXNIK TAVSIYALAR ISHLAB CHIQISH (SHURTAN GAZ KIMYO MAJMUASI MISOLIDA)

To'rayev Ulug'bek Murtazoyevich

t.f.f.d., PhD, [email protected] Ziyodova Odinabonu Umidullo qizi

talaba

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.14905179

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10-Fevral 2025 yil Ma'qullandi: 15-Fevral 2025 yil Nashr qilindi: 21-Fevral 2025 yil

KEYWORDS

Sanoat, ekologiya, oqova suv, aholi, iqlim o'zgarishi, suv resurslari, tozalash tizimi, ekologik holat, ekologik xavf-xatar, samaradorlik, texnik tavsiyalar, barqaror rivojlanish, filtratsiya, mexanik, kimyoviy, fizik-kimyoviy, biologik-termik, rekuperatsion, destruktiv, yopiq sikl.

Ushbu maqolada sanoat oqova suvlarining hosil bo'lishi, turlari, tozalash tizimlarning ekologik holatini baholash va texnik tavsiyalar ishlab chiqish bo'yicha tahlil o'tkazilgan. Maqolada oqova suvlarning atrof-muhitga ta'siri, tozalash tizimlarining mavjud samaradorligi va ularni yaxshilash bo'yicha takliflar ko'rib chiqiladi. Oqova suvlarning tarkibi, ularning tabiiy suv havzalariga chiqarilishining ekologik ta'siri va inson salomatligiga bo'lgan xavfi tahlil qilinadi. Shuningdek, oqova suvlarni tozalashning mexanik, kimyoviy, biologik usullari orqali amalga oshirilishi va har bir usulning afzalliklari hamda ka mchilikla ri yo ri tila d i.

Bugungi kunda atrof-muhitni antropogen ta'sirlardan himoya qilishga dunyo miqyosida katta e'tibor berilmoqda. Atrof-muhit (suv, havo, tuproq)ning ifloslanishi biosferaning normal hayot faoliyatining buzilishiga, iqlim o'zgarishiga, o'simlik va hayvonot turlarining yo'q bo'lib ketishiga, aholi salomatligining yomonlashishiga olib kelmoqda. Suv tabiatdagi eng oddiy moddalardan biri, lekin yerda hayot davom etishi uchun uning xizmati beqiyosdir. Suv juda ko'p tabiiy jarayonlarni boshqarishda muhim rol o'ynaydi. Yerning asosiy qismi suvdan iboratdir. Birorta tirik organizmlarning, o'simliklarning hayotini suvsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Biz bilamizki bugungi kunda ko'plab sanoat ishlab chiqarish korxonalarida texnologik jarayonlar uchun suv manbalaridan foydalaniladi. Natijada ishlatish uchun yaroqsiz suvlar (oqova suv) manbalari hosil bo'ladi. Korxonada ishlab chiqarishning turli jarayonlarida ishlatilgan va ma'lum darajada ifloslangan suvlar-oqova suvlar deb ataladi. Oqova suvlar qanday sharoitlarda bo'lishiga qarab - maishiy, fekal, atmosfera va sanoat oqova suvlariga bo'linadi. Maishiy oqova suvlar yuvinish xonalaridan, oshxonalardan va shu kabi boshqa maqsadlardan hosil bo'ladi. Ushbu suvlar tarkibida 58% organik va 42% mineral moddalardan iborat aralashmalar uchraydi. Atmosfera suvlari yomg'ir va qor yog'ish oqibatida korxona hududlaridan oqib chiqib hosil bo'ladi. Ular ham organik, ham noorganik mineral moddalar bilan ifloslangan bo'ladi. Sanoat oqova suvlari suyuq chiqindilarni ifodalab, ular organik va noorganik xom ashyoni qazib chiqarishda va qayta ishlashda hosil bo'ladi.

Asosiy qism. Texnologik jarayonlarda oqova suvlarning manbalari quyidagilardir: 1) kimyoviy reaksiyalarni borishi natijasida; 2) xomashyo va boshlang'ich moddalar, bilan erkin yoki bog'langan namlik ko'rinishidagi hamda ularni qayta ishlash mobaynida ajralib chiqadigan suvlar; 3)xomashyo, mahsulotlar va qurilmalarni yuvilishi natijasida hosil bo'luvchi yuvuvchi suvlar; 4)suvli eritmalar; 5) suvli ekstraktlar va adsorbentlar; 6) sovitish suvlari; 7) boshqa oqova suvlar: vakuum nasoslardan, aralashtirish kondensatorlaridan, gidrozol yo'qotishidan, idishlarni, qurilmalarni va binolarni yuvishdan tushadigan suvlar.

Oqova suvning miqdori va tarkibi ishlab chiqarish turiga bog'liq bo'ladi. Oqova suvlar turli birikmalar bilan ifloslangan bo'lishi mumkin. Xalqaro sog'liqni saqlash tashkiloti tomonidan suvlarni ifloslovchi kimyoviy birikmalarning quyidagi sinflari taklif etilgan: biologik turg'unsiz organik birikmalar, kam zaharli noorganik tuzlar, neft mahsulotlari, biogen birikmalar, shu jumladan og'ir metallar, dag'al biologik parchalanmaydigan sintetik birikmalar. Ishlab chiqarishning oqova suvlarida erigan noorganik va organik moddalardan tashqari kolloid aralashmalar, hamda zichligi suv zichligidan katta yoki kichik bo'lgan muallaq dag'al va mayda dispersli aralashmalar uchrashi mumkin.

Qashqadaryo viloyatining G'uzor tumanida joylashgan "O'zbekneftgaz" aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ O'zbekistonning eng yirik ishlab chiqarish korxonalaridan hisoblanadi. Majmua polietilen, suyultirilgan gaz, yengil kondensat, oltingugurt, tozalangan tabiiy gaz va boshqa turdagi tayyor polietilen mahsulotlar ishlab chiqaradi.

"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ ning obyektlarini suv bilan ta'minlash manbalari: Qarshi magistral kanali, Qarshi shahar suv ta'minoti tarmoqlari va "Talimarjon IES" hisoblanadi. Korxonaning umumiy suv talabi 101919,7 m3/sutka yoki 25292,2 ming m3/yil ni tashkil qiladi. Korxonada suv ishlab chiqarish, maishiy ehtiyojlar va sug'orish uchun ishlatiladi. Shuningdek, "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ suvni boshqa tashkilotlarga ham o'tkazadi. Chiqarilgan oqava suvlarning umumiy hajmi 9486,5 m3/sutka yoki 3462,6 ming m3/yil ni tashkil qiladi.

"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ ning sanoat va maishiy oqava suvlarini kompleks tozalash "6400-agregat"da amalga oshiriladi. Chiqindi suvlar "6400-agregat" ning tozalash inshootlariga quyidagi tarzda ta'riflangan uchta oqimda yetkazib beriladi:

- hajmi 18 m3/soat bo'lgan kimyoviy tarkibli oqova suvlar;

- hajmi 36 m3/soat bo'lgan yog'li oqova suvlar;

- 40 m3/soat hajmdagi maishiy chiqindi suvlar.

Ifloslangan oqova suvlar miqdorini kamaytirishning quyidagi yo'llari mavjud: suvsiz texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va tatbiq qilish; ishlab turgan jarayonlarni mukammalshtirish; mukammal qurilmalarni ishlab chiqish va tatbiq qilish; havo yordamida sovitish apparatlarini joriy etish; tozalangan oqova suvlarni yopiq suv sistemalarida qayta ishlatish. Oqova suvlarning hosil bo'lishi, tashlanishi va ular bilan suv havzalarini ifloslanishini kamaytirishning asosiy yo'nalishlaridan biri yopiq suv xo'jaligi tashkil etishdir. Yopiq suv havzalarida suv bir necha marta tozalanmasdan ishlatiladi va ushbu suv ochiq suv havzalariga tashlanmaydi. Yopiq suv sistemalari yangi toza suv bilan faqat sistemada suv kamayganda yoki ishlatilayotgan suv yaroqsiz holga kelganda qo'shiladi. Tozalangan suv texnologik suv sifatiga mos kelishi lozim. Yopiq suv xo'jalik sistemalarini yangi qurilayotgan va faoliyat ko'rsatayotgan korxonalarga kiritish lozim. Yopiq suv sistemalarini yuzaga

Volume 3, Issue 02, Part 2 February 2025

keltirish uchun ishlab chiqarishda hosil bo'lgan oqova suvlar doimo mexanik, kimyoviy, fizik-kimyoviy, biologik-termik, rekuperatsion va destruktiv usullari yordamida tozalanib sistemaga qaytarilib turiladi. Rekuperatsion usulda oqova suvdan ajratilgan moddalar qayta ishlanadi. Destruktiv usulda esa oqova suv tarkibidagi moddalar oksidlanish yoki qaytarish jarayonlari asosida parchalanadi va suvdan gaz yoki cho'kma holida ajratib olinadi. Tozalash usulini tanlash va uni texnologik jihatdan amalga oshirish quyidagi faktorlarga bog'liq: tozalanadigan suvga sanitar va texnologik talablarga qarab; oqova suv miqdoriga; korxonada tozalash jarayoni uchun bug', yonilg'i, elektr energiya, sorbentlarni, reagentlarni bor yo'qligiga; tozalash jarayoning samaradorligiga bog'liq.

"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ da kuniga 360 m3 oqova suvlar tozalanadi. Hozirda ushbu tozalash inshootining quvvatini kuniga 1000 m3 ga yetkazish orqali zamonaviy tozalash inshootini qurish rejalashtirilgan. Loyihaga asosan, inshootga kirish hududidagi zamonaviy tangensial qum tutgich kompakt qurilmasi, mavjud inshootni temir beton konstruksiyali oqovalarni qabul qilish, taqsimlash, aerotenka, birlamchi va ikkilamchi tindirgichlarni qurish ishlari olib borildi. Mavjud uskunalarni zamonaviy energiya tejamkorlarga almashtirildi. "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ da oqova suvlarni tozalashning bir necha turli xil usullaridan foydalaniladi. Biologik tozalash samaradorligini oshirish maqsadida zamonaviy havo aeratorlari va oqovalarni zararsizlantirishning oxirgi bosqichida kimyoviy reagentlar o'rniga, Janubiy Koreya texnologiyasi asosida ultra binafsha nur orqali tozalaydigan uskunlari keltirilgan. Tozalash inshooti ishga tushganidan buyon tozalangan oqova suvlarni doimiy monitoringgini olib borish orqali majmuaga qarashli sanitariya himoya zonasida barpo etilgan daraxtzorlarni sug'orish uchun ishlatilib kelinmoqda. Shuningdek majmuadagi 152 ga maydonda barpo etilgan daraxtzorlarda an'anaviy sug'orish usulidan voz kechilib, tomchilatib sug'orish tizimi joriy etilgan.

Xulosa. Sanoat korxonalarida oqova suvlarni tozalash tizimlarining ekologik holatini baholash va yaxshilash zarurati kundan-kunga ortib bormoqda. Oqova suvlarning tarkibidagi zararli moddalar atrof-muhitga, xususan, tabiiy suv havzalariga, ekosistemalarga va inson salomatligiga jiddiy xavf soladi. Shu sababli, sanoat korxonalari oqova suvlarini tozalash tizimlarini samarali tashkil etish va doimiy ravishda optimallashtirish muhim ahamiyatga ega. Maqolada ko'rib chiqilgan tozalash tizimlarining samaradorligini oshirish uchun innovatsion texnologiyalarni joriy etish, biologik jarayonlarni takomillashtirish va kimyoviy moddalarni kamaytirish kabi texnik tavsiyalar ekologik holatni yaxshilashda muhim rol o'ynaydi. Ayniqsa, yangi texnologiyalar, masalan, nano-filtratsiya va fotokatalitik tozalash kabi ilg'or usullarni qo'llash, suvni tozalash jarayonini samarali va ekologik xavfsiz qilishda katta imkoniyatlar yaratadi. Bundan tashqari, oqova suvlarni tozalash jarayonlarini avtomatlashtirish va monitoring qilish tizimlarini joriy etish sanoat korxonalarida energiya va resurslarni tejash imkoniyatlarini yaratadi, shuningdek, ekologik xavfni kamaytiradi. Xalqaro tajribani o'rganish va ularni o'z sharoitlarimizga moslashtirish, shuningdek, texnik xodimlarning malakasini oshirish ham tizimlarning samaradorligini oshiradi. Umuman olganda, sanoat oqova suvlarini tozalash tizimlarini takomillashtirish nafaqat atrof-muhitni himoya qilish, balki iqtisodiy samaradorlikni oshirishga ham xizmat qiladi. Oqova suvlarni tozalash tizimlarini yanada ekologik va iqtisodiy jihatdan samarali qilish orqali sanoat korxonalari tabiiy resurslarni tejash, energetika iste'molini kamaytirish va atrof-muhitga bo'lgan salbiy ta'sirni minimumga

Volume 3, Issue 02, Part 2 February 2025

tushirishga erishishlari mumkin. Bu jarayonning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi, o'z navbatida, sanoatning uzoq muddatli barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Turobjonov S.M., Tursunov T., Pulatov X. Oqova suvlarni tozalash texnologiyasi. Darslik. -T.: Musiqa, 2010. -256 b.

2. Musayev M. Sanoat chiqindilarini tozalash texnologiyasi asoslari. Darslik. -T.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2011. - 500 b.

3. Baxtiyorov M., Ismoilov S. Ekologik xavfsizlik va sanoat oqova suvlarining tozalash tizimlari. Toshkent: O'zbekiston Fanlar Akademiyasi. 2023.

4. Environmental Protection Agency (EPA). 2019. Guidelines for Industrial Wastewater Management.

5. Smith J., Harris T. Industrial Wastewater Treatment and Disposal. Environmental Science and Technology Journal. 2018.

6. Williams R. Advances in Industrial Water Treatment Technologies. Springer Publishing. 2020.

7. "Sho'rtan gaz-kimyo majmuasi" mas'uliyati cheklangan jamiyati uchun oqava suvlar bilan ifloslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan tashlanmalarning ekologik normativ loyihasi.

8. https://sgcc.uz/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.