Научная статья на тему 'Sanoat korxonalarini joylashtirishda geografik o’rinning dolzarbligi'

Sanoat korxonalarini joylashtirishda geografik o’rinning dolzarbligi Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
625
62
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
geografik oʻrin / ekologik joylashuv / Yalpi ichki mahsulot / eksport / import / tashqi va ichki bozor / inson omili

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Ergash Xamzaevich Jumamuratov

Ushbu maqolada sanoat korxonalarini joylashtirishda geografik oʻrinning dolzarbligi haqida soʻz boradi. Sababi hozirgi kundagi eng koʻp YAIM (yalpi ichki mahsulot) asosan sanoat korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hisobiga toʻgʻri keladi. Shuning uchun ularning joylashtirishda geografik oʻrin juda muhim hisoblanadi. Sanoat korxonalari joylashtirishda ekologik omil ham asosiy oʻrinni egallaydi. Maqolani oʻqish vaqtida geografik oʻrnining dolzarbligi haqida maʼlumotlarga ega boʻlishingiz mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Sanoat korxonalarini joylashtirishda geografik o’rinning dolzarbligi»

Sanoat korxonalarini joylashtirishda geografik o'rinning

dolzarbligi

Ergash Xamzaevich Jumamuratov Urganch davlat universiteti

Annotatsiya: Ushbu maqolada sanoat korxonalarini joylashtirishda geografik o'rinning dolzarbligi haqida so'z boradi. Sababi hozirgi kundagi eng ko'p YAIM (yalpi ichki mahsulot) asosan sanoat korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hisobiga to'g'ri keladi. Shuning uchun ularning joylashtirishda geografik o'rin juda muhim hisoblanadi. Sanoat korxonalari joylashtirishda ekologik omil ham asosiy o'rinni egallaydi. Maqolani o'qish vaqtida geografik o'rnining dolzarbligi haqida ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin.

Kalit so'zlar: geografik o'rin, ekologik joylashuv, Yalpi ichki mahsulot, eksport, import, tashqi va ichki bozor, inson omili

The importance of geographical location in locating industrial

enterprises

Ergash Khamzaevich Jumamuratov Urganch State University

Abstract: This article deals with the importance of geographic location in locating industrial enterprises. The reason is that most of today's GDP (gross domestic product) comes mainly from products produced in industrial enterprises. Therefore, the geographical location is very important in their placement. The ecological factor also plays an important role in the placement of industrial enterprises. While reading the article, you may have information about the relevance of the geographical location.

Keywords: geographic location, ecological location, GDP, export, import, foreign and domestic market, human factor

Kirish: Sanoat - moddiy ne'mat ishlab chiqaradigan eng katta tarmoq hisoblanadi. Hozirgi kunda deyarli kundalik hayotimizda foydalanadigan narsalarimiz, televizor, elektr energiyasi, telefonlar va boshqa narsalar sanoat maxsulotlari hisoblanadi. Sanoatning o'zi uchun hamda xalq xo'jaligining boshqa sohalari uchun mehnat qurollari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish, shuningdek, xom ashyo, yoqilg'i qazib olish, energiya ishlab chiqarish, yog'och tayyorlash,

Sanoatda yoki qishloq xo'jaligida olingan mahsulotlarga ishlov berish va ularni qayta ishlash bilan band korxonalar (fabrikalar, zavodlar, elektrostansiyalar, shaxtalar, konlar va boshqalar) majmui hisoblanadi. Maqolani o'qish vaqtida mana shunday sanoat korxonalarini joylashtirishda geografik o'rinning dolzarbligi haqida ma'lumotlarga ega bo'lasiz.

1-Rasm

Asosiy qism: Sanoat korxonalarini muayyan bir hududda joylashtirish juda murakkab masalalardan biridir. Bu borada ko'plab tabiiy, ijtimoiy va iqtisodiy omillarni hisobga olish lozim. Avvalo, sanoat korxonasi qanday xomashyo asosida ishlab, qanday tayyor mahsulot chiqarishi aniqlanadi. Atmosfera havosi va suv havzalariga qanday chiqindilarni chiqarishi, bu chiqindilarning kimyoviy tarkibi, zarar yetkazish darajasi e'tiborga olinadi. Korxonaga tegishli bu masalalar jiddiy tahlil qilinganidan so'ng uni joylashtirish uchun hudud tanlanadi. Tanlangan hudud korxonani joylashtirish va uning muntazam faoliyat ko'rsatishi uchun har jihatdan qulay bo'lishi lozim.

Dastlab korxona joylashtiriladigan hududning relyefi, uni tashkil qilgan yotqiziqlar tarkibi, yerosti suvlari me'yori, iqlimi (ayniqsa, shamol yo'nalishi), yer usti suvlari xususiyatlari, tuproq va o'simlik qomlamalari, aholi yashash joylari o'rganiladi. Korxona zararli chiqindilarni ko'plab chiqaradigan bo'lsa (ko'mir asosida ishlaydigan GRES, qora va rangli metallurgiya korxonalari), ularni aholi yashaydigan manzilgohlardan uzoqda, shamol yo'nalishiga teskari bo'lgan hududlarda joylashtirish lozim. Bu borada quyida sanoat korxonalarining bazilarini joylashtirishda geografik o'rinning dolzarbligi va boshqa omillar ta'sir ko'rsatishi haqida ba'zi korxonalarning joylashuvi hamda ular haqida ma'lumotlar berilgan.

2013 yil 2014 yil

yanvar-mait yanvar-mart

| | Elektroe-nergetika

U Yoqilgi sanoati

U Qora metallurgiya

| | Kimyo va neft-kimyo

| | Mashinasozlik va metalni qayta ishlash

U O'rmon. yog!ochni qayta ishlash va tsellyuloza - qog:oz

U Qurilish materiallari

| | Yengil sanoat

| | Oziq-ovqat sanoati

| | Boshqa sohalar

2-Rasm

Buxoro viloyatidagi Qorovulbozor neftni qayta ishlaydigan, Qashqadaryo viloyatidagi tabiiy gazni qayta ishlaydigan Muborak va Sho'rtan kimyo sanoati majmualari aholi manzilgohlaridan ancha uzoqda, cho'lda joylashganligi sababli ulardan tabiat va inson ko'radigan zarar juda oz miqdorda.

Aholi zich yashaydigan vohalarda sanoat korxonalarini joylashtirish juda murakkabdir. Oltiariq va Farg'ona neftni qayta ishlash korxonalari qurilishida hududning ba'zi xususiyatlari e'tiborga olinmaganligi tufayli keyingi vaqtlarda jiddiy ekologik muammolar yuzaga kelmoqda. Chunonchi, Oltiariqdagi korxonadan neft mahsulotlarining singib o'tishi tufayli yerosti suvlari ifloslanmoqda, tuproq tarkibi buzilmoqda. Quvasoydagi sement ishlab chiqaradigan korxona atrof-muhitni ko'pdan beri chang bilan ifloslab kelmoqda, chunki u baland tog' yonbag'irlari bilan o'ralgan botiqda j oylashgan.

Korxonalarni barpo etishda geografik o'rin asosiy o'rinni egallaydi. Masalan, Tojikistondagi Tursunzoda shahridagi Alyuminiy zavodi barpo qilinayotganda ekologik jihatdan joylashuvini hisobga olmasdan qurishgan. Natijada zavoddan chiqadigan zararli moddalar ftor xlor gazlari shamol ta'sirida O'zbekiston hududiga kirib keladi va u yerdagi insonlar ham hayvonot nabotot olamiga jiddiy zarar yetkazmoqda. Asosan, Surxondaryo viloyatidagi Sariosiyo va Uzun tumanlariga katta zarar yetkazmoqda.

Paxta tozalash korxonalari ham asosan vohalarda joylashgan. Ulardan atrof-muhit ancha zarar ko'radi, ko'p miqdorda chang ajralib chiqishi sababli havo ifloslanadi. Binobarin, sanoat korxonalarini joylashtirishda, albatta, mahalliy tabiiy sharoit va aholi manzilgohlarining joylashuv xususiyatlari hisobga olinib, qurilish geografik tadqiqotlar orqali amalga oshirilishi kerak.

Kimyo sanoati korxonalarini joylashtirishda ko'plab omillar inobatga olinib qurilganni maqsadga muvofiq. Masalan, birinchi navbatda korxonaning xomashyo zaxiralari yaqinidaligi, ikkinchidan geografik o'rin ekologik jihatdan aholi yashaydigan joylardan uzoqligi, uchinchidan elektr energiyasi va suv resurslari bilan yaxshi ta'minlangan joylarda. Shu yuqorida keltirilgan uchta omil inobatga olingan holda korxonalarni barpo etish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Istalgan bir sanoat korxonalarini joylashtirishda geografik o'rni jihatidan qulay qilib joylashtirilgani bilan ham baribir istalgan bir sanoat korxonalari atmosfera va ekologiyaga katta miqdorda yoki qisman bo'lsa ham zarar ko'rsatadi. Ushbu maqola aynan geografik o'rinni qulayligi hamda sanoat korxonalarining zararini kamaytirish korxonalar chiqarayotgan zararli moddalarni tashqi muhitga chiqarib yuborayotganda ularni tozalash va keyingina tashqi muhitga chiqarib yuborish kerakligi haqida yozilgan.

Geografiya bu boradagi tadqiqot ishlarini olib borishda dala izlanishlari natijalariga, statistik ma'lumotlarga tayanadilar. Bunda ular kartografik, qiyosiy, statistik, matematik va boshqa tadqiqot usullaridan foydalanadilar. Bu usullar nafaqat yirik hududiy birliklarni o'rganishda, balki kichik bir ishlab chiqarish korxonasini iqtisodiy-geografik baholashda ham qo'l keladi.

Xulosa: Har qanday sanoat korxonalari joylashtirishda geografik o'rin va ekologik omillarga bog'liq holda joylashtiriladi. Lekin shunday bo'lishiga qaramay ayrim sanoat korxonalari aholi yashaydigan joylarda joylashgan va ular tufayli turli xil kasalliklar ko'paymoqda. Unday korxonalar haqida yuqorida asosiy qismda ma'lumotlar berib o'tilgan. Buning turli xil sabablari bor bunday korxonalarni barpo etilgan vaqtda oldin uning atrofida aholi yashamagan va keyinchalik aholining ko'payishi bilan uning atrofida ham yashay boshlashgan bu bir sabab. Yana boshqa ko'plab sabablar bor. Ushbu maqolada xulosa sifatida shuni aytish mumkinki sanoat korxonalarini joylashtirishda hududlarda katta-katta maydonlarni egallagan korxonalar o'rniga kichikroq bo'lgan hamda atmosfera va ekologiyaga kam zarar keltiradigan yoki umuman zarari yo'q bo'lgan korxonalarni barpo etish. Buning uchun chet el tajribasini o'rganish sababi jahonda rivojlangan mamlakatlar bunga erishmoqdalar. Sanoat korxonalari chiqarayotgan tutundan ham maxsulot ishlab chiqarish orqali ham katta natijalarga erishish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Sobirov J. X. O., Komiljanova E. U. Q., Sharifboyeva H. I. Q. XORAZM VILOYATIDA AGRAR SOHANING EKSPORT SALOHIYATINI KENGAYTIRISHDA AYRIM NOAN'ANAVIY TARMOQLARDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI VA RIVOJI //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. - 2022. - T. 2. - №. 1. - C. 38-42.

2. Islambayevna M. M. et al. XORAZM VILOYATI TABIIY GEOGRAFIK O'RNINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI (GEOGRAFIK O'RNINING QULAY VA NOQULAY TOMONLARI) HAQIDA //Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences. - 2022. - T. 2. - №. 2. - C. 50-53.

3. Kuzibayevna K. D. et al. Drying of the Aral Sea and changes in the landscape of the Aral Sea region //Texas Journal of Multidisciplinary Studies. - 2022. - T. 4. -C. 108-110.

4. O'g'li S. J. X. et al. ATMOSFERA HAVOSINING IFLOSLANISHINI NATIJASIDA INSON SALOMATLIGIGA TA'SIR QILUVCHI GEOGRAFIK OMILLAR (XORAZM VILOYATI MISOLIDA) //Science and innovation. - 2022. -T. 1. - №. D4. - C. 7-9.

5. Amanov A. K. et al. ECONOMIC AND GEOGRAPHICAL FEATURES OF THE FORMATION OF NAVOI FREE ECONOMIC ZONE //Thematics Journal of Geography. - 2021. - T. 6. - №. 1.

6. Sobirov J. X. O., Komiljanova E. U. Q., Sharifboyeva H. I. Q. XORAZM VILOYATIDA AGRAR SOHANING EKSPORT SALOHIYATINI KENGAYTIRISHDA AYRIM NOAN'ANAVIY TARMOQLARDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI VA RIVOJI //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. - 2022. - T. 2. - №. 1. - C. 38-42.

7. Islambayevna M. M. et al. PROSPECTS FOR SOCIO-ECONOMIC DEVELOPMENT OF THE ECONOMY OF KOSHKOPIR DISTRICT //Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. - 2021. - T. 9. - №. 12. - C. 13751378.

8. O'g'li S. J. X., Qizi O. M. P. L. XORAZM VILOYATIDAGI SHO'R VA OQAVA SUVLARINI TABIIY YO'L BILAN TOZALASH USULLARI //Science and innovation. - 2022. - T. 1. - №. D4. - C. 10-13.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.