ОСНОВНОЙ РАЗДЕЛ
DOI 10.46566/2225-1545_2022_1_103_4 УДК 911.3:30
Abdimo'minov T.A.
Termiz davlatpedagogika instituti o'qituvchisi
Abduxoliqova M.A.
Termiz davlat pedagogika instituti talabasi
SAMARQAND VILOYATI AHOLISI JOYLASHUVINING HUDUDIY
JIHATLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada Samarqand viloyati aholisi joylashuvining hududiy jihatlari hamda aholining hududiy joylashuviga ta'sir ko'rsatuvchi omillar atroflicha yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: aholi, aholi soni, aholi zichligi, shahar aholisi, qishloq aholisi, aholining ish bilan ta'minlanganlik darajasi, aholining notekis taqsimlanishi.
Abdimominov T.A.
teacher
Termiz State Pedagogical Institute Abdukholikova M.A.
student
Termiz State Pedagogical Institute
TERRITORIAL ASPECTS OF THE LOCATION OF THE POPULATION OF SAMARKAND REGION
Annotation: This article describes in detail the territorial aspects of the settlement of the Samarkand region and the factors influencing the territorial settlement of the population.
Keywords: population, population size, population density, urban population, rural population, population employment level, uneven population distribution.
Samarqand viloyati O'zbekiston Respublikasining markazida, Zarafshon vodiysining o'rta qismida qadimgi Buyuk Ipak yo'li o'tgan hududda joylashgan bo'lib, savdo-sotiq, hunarmanchlik, shaharsozlik kabi tarmoqlar rivojlangan. Mintaqa sharq va g'arb mamlakatlari bilan savdo iqtisodiy munosabatlarni olib borishda qadimdan katta mavqega ega bo'lib, qadimgi sivilisatsiyaning asosiy markazi bo'lgan va hozirda bu hududda qadimgi shaharsozlik an'analari saqlanib qolgan. Biroq viloyat tabiiy sharoitining turlicha ekanligi va tabiiy
"Экономика и социум" №12(103)-1 2022
www.iupr.ru
resuslarning notekis taqsimlanganligi, aholi manzilgohlarining qulay geografik o'ringa ega bo'lgan Zarafshon vodiysida joylashishiga zamin yaratgan.
Ko'hna, noyob tarixiy obidalarga boy bo'lgan Samarqand shahri viloyatning markaziy shahri bo'lib, u 1924-1930-yillarda O'zbekiston poytaxti vazifasini ham bajargan. Shaharda qadimdan aholi gavjum bo'lgan. Qadimdan "Sharq jannati" nomni olgan bu shahar Zarafshon daryosining chap sohilida joylashgan dunyodagi eng ko'hna shaharlardan biridir. O'z tarixiga ega bo'lgan Samarqand o'zning tarixiy obidalari va aholisning madanyati bilan ham boshqa hududdan ajralib turadi. Hozirgi kunda ham Samarqand shahri nafaqat O'zbekiston, balki O'rta Osiyodagi eng yirik sanoat, fan va madaniyat markazidir. Ushbu shahar o'zining yuksak ijtimoiy-iqtisodiy, demografik salohiyatiga asoslangan holda respublikadagi yirik Samarqand aglomeratsiyasini shakllantiradi [1]. Samarqand aholi soniga ko'ra respublikamizning an'anaviy ikkinchi shahri va unung dastlabki poytaxti hisoblanadi. Hozrda aholi soniga ko'ra (2022 yil 1 -yanvar holatiga ko'ra 4 312 099 kishi) Samarqand viloyati respublikada birinchi o'rinda turadi. Shundan kelib chiqib hududning aholisi soni kundan kunga ortib boryotganligini ko'rishmiz munkin.
Aholi-jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi. Aholisiz ishlab chiqarishning o'zi ham, fan va texnikaning rivojlanishi va mavjudligi ham bo'lishi mumkin emas [6]. Shu bilan birga, aholi sanoat, qishloq xo'jaligi mahsulotlarining, transportning va xizmat ko'rsatish sohalarining asosiy iste'molsidir. Shu sababli, aholining soni har bir viloyat uchun muhim omil hisoblanadi [7,8].Viloyatda aholi soni esa hududlar bo'yicha notekis taqsimlanganligini ko'rishimiz mumkin (1-rasm).
Aholi sonining notekis taqsimlanishiga bir qancha omillar o'z ta'sirini ko'rsatadi. Bularga urbanizatsiya, iqlim, suv resurslari, yer resurslari, foydali qazilma konlari va ularning atrof muhitga ta'siri kabilarni misol qilib keltirishimiz mumkin [6,12].
Samarqand viloyati aholi soni bo'yicha respublikada birinchi o'rinda va respublika aholisining 11.4 foizini tashkil etishini inobatga olsak, hududdagi aholini ish bilan ta'minlash, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash masalalari dolzarb ahamiyat kasb etadi [2]. Samarqand viloyatining doimiy aholisi sonida qishloq aholisi soni 60% dan ko'pchillikni tashkil etadi. Bu o'z navbatida qishloqda yashovchi aholining turmush darajasini yuksaltirish kerakligini ko'rsatib turibdi.
Экономнка h соцнумм №12(103)-1 2022
www.iupr.ru
5
SAMARQAND VILOYATI HUDUDLARI BO'YICHA AHOLI SONI
(01.10.2022)
Nurobod
Sa ma rq and
654
Paxtachi 4%
Pastdarg'om 9%
Samarkand sh. 1454
Kattaqo'rg'on sh.
Olï^rvo
Bulung'ur
554
Jomboy
454
Kattaqoïg'on
7%
Qo'sh rabot
3%
1-rasm. Samarqand viloyati aholisining hududlar bo'yicha taqsimlanishi.
Izoh: Jadval ma'lumotlari stat.uz sayti ma'lumotlari asosida to'ldirildi.
Aholi sonining oshishi ko'rsatgichi bo'yicha Urgut, Pastdarg'om tumanlari hamda Samarqand shahri yetakchilik qilmoqda. Jumladan, shahar aholisi o'tgan yilning 1 oktyabridagi 544,4 ming kishidan 550,8 ming kishiga yetgan. Ya'ni, 6, 4 mingga ko'paygan. Aholi asosan ekologik holati yaxshi bo'lgan, ichmlik suvi bilan ta'minlangan, elektr energiyasi bilan ta'minlangan, tabiiy gaz, oziq-ovqat mahsulotlari, qandolat mahsulotlari, yog' ishlab chiqarish fabrikalari va sanoatlashgan joylarda ko'p tarqalgan. Aholining asosiy qismi viloyatning tekslikda ko'p tarqalgan bo'lib, ichmlik suvi bilan yaxshi ta'minlanmagan hududlarda esa kamroq tarqalgan [3].
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 28-apreldagi 222-sonli "2022-2026 yillarda Samarqand viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi qarori [4] qabul qilindi. Mazkur qarorning 1-ilovasida hududda 2022-2026 yillarda aholi jon boshiga to'g'ri keladigan daromadlarni ko'paytirish paramatrlari belgilab berilgan.
Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni qabul qilingan bo'lib, farmon ijrosini ta'minlash bo'yicha Samarqand viloyati hududlarida sanoat, qishloq xo'jaligi va aholiga xizmat ko'rsatish sohalarining kelgusi 5 yildagi istiqbolli sohalarini hamda har bir tuman va shaharning o'sish nuqtalarini belgilash, ijtimoiy sohani
Экономнка h соцнумм №12(103)-1 2022
www.iupr.ru
6
rivojlantirish orqali aholi salomatligi hamda turmush darajasini I yanada yaxshilash masalalari inobatga olingan [8,11].
Aholi soni hamda yalpi sanoat mahsuloti bo'yicha Samarqand viloyati mamlakatimizda yetakchi o'rinlardan birida turadi.Tog' tizmalari shimoldan esadigan sovuq havo oqimini birmuncha to'sadi. Yog'in ko'proq (250-800 mm) yog'adi. Sho'rxok maydonlar deyarli yo'q. Bo'z va o'tloq-allyuvial tuproqli yerlar kattagina maydonni tashkil etadi. Butun aholi sonida mehnatga yaroqli kishilar salmog'i mamlakatdagi o'rtacha ko'rsatkichdan kam bo'lsa-da, lekin ishchi kuchlari iqtisodiyotni yuksaltirish uchun keragicha topiladi. Tabiiy sharoit va xo'jalik yuritishdagi tafovutlarga muvofiq aholi joylashuvida ham tafovut yaqqol ko'zga tashlanadi. Inson faoliyati uchun eng qulay Zarafshon vodiysida aholi nihoyatda zich yashaydi [14,15]. Bu yerlarda har bir kv. km ga 250 va undan ortiq kishi to'g'ri keladi. Adirlarda va tog'larda har bir kv. km ga 15-20 kishi to'g'ri keladi.
Adabiyotlar ro'yxati:
1. Komilova N.K., Jumaxanov SH.Z., Rajabov F.T.,,Inson geografiyasi. "Universitet", Toshkent-2018.
2. A.S. Soliyev, N.K. Komilova, S.L. Yanchuk, SK.Z. Jumaxanov, F.T. Rajabov, Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya. "Noshir",Toshkent-2019.
3. T. A. Abdimo'Minov. "SURXONDARYO VILOYATI MINERAL BULOQLARINING SHIFOBAXSHLIK XUSUSIYATLARI" Academic research in educational sciences, vol. 3, no. 3, 2022, pp. 810-814.
4.Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 28-apreldagi 222-sonli Qarori.
5. Комилова, Нилуфар, and Ойхумор Рузикулова. "REGIONAL ASPECTS OF MATERNAL AND CHILD HEALTH IN UZBEKISTAN." Pedagogika: 74.
6. Kalonov, B. H., & Latipov, N. F. (2021). Characteristics Of Geographical Location Of The Population Of Navoi Region. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 25(2), 477-479.
7. Kalonov, B. H., Latipov, N. F., & Shirinova, M. S. (2021). ENVIRONMENTAL PROBLEMS IN THE NAVOI REGION COTTON FIELD. Мировая наука, (4), 15-18.
8. Ugli, L. N. F. (2019). Geourbanistic's role in socio-economic geography. International scientific review, (LXV), 47-50.
9. Karshibaevna, K. N., Kahramonovna, Z. D., & Normurod Faxriddino'g'li, L. (2022). Some problems with creating a medical-geographical atlas map of Uzbekistan. International journal of early childhood special education, 58365840.
10. LATIPOV, N. FACTORS INFLUENCING THE TERRITORIAL DISTRIBUTION OF THE POPULATION. ЭКОНОМИКА, (9), 105-108.
11. Латипов, Н. Ф. (2017). LOCALITY AND FACTORS AFFECTING THE POPULATION. Наука и мир, 1(11), 74-75.
12. Latipov, N. (2022). Urboecology-Interdisciplinary Synthesis of Geography and Ecology. Middle European Scientific Bulletin, 24, 16-20.
13. Faxriddin o'g'li, L. N., & Erkaboevich, E. H. (2022). THE PROCESS OF URBANIZATION AND ITS RELATION TO THE ENVIRONMENT. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(3), 188-196.
14. Комшова, Н., & Латшов, Н. (2022). Класифшащя населених пунклв регюну Навой на 0CH0Bi еколопчно! ситуаци та факторiв впливу на здоров'я населення. BicnuK Харшвсъкого нацюналъного ушверситету iMeHi В. Н. Каразма, cерiя «Геологiя. Географiя. Екологiя», (56), 209-213. https://doi.org/10.26565/2410-7360-2022-56-15
15. Latipov, N. (2022). INNOVATIVE AREAS OF SOLVING PROBLEMS OF SCIENCE AND PRACTICE Proceedings of the VII International Scientific and Practical Conference Oslo, Norway November 08 - 11, 2022.
16.w.w.w.stat.uz