Научная статья на тему 'SAKRAL HUDUD SAKRAL LANDSHAFT VA SAKRAL GEOGRAFIYA'

SAKRAL HUDUD SAKRAL LANDSHAFT VA SAKRAL GEOGRAFIYA Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
14
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Muqaddas qadamjolar / sakral hudud / sakral landshaft / sakral obyektlar / diniy marosiml / ar / sakral geografiya / ziyorat turizmi. / Sacred places / sacred territory / sacred landscape / sacred objects / religious rituals / sacred geography / pilgrimage tourism

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Xoliqov R. Y., Saydaliyeva L. M.

Maqolada muqaddas joylar sakral hududlar sakral landshaft tushunchasi va sakral geografiyaning asosiy yo‘nalishlari bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SAKRAL HUDUD SAKRAL LANDSHAFT VA SAKRAL GEOGRAFIYA

The article describes the concept of sacred places, sacred territories, sacred landscape and the main directions of sacred geography.

Текст научной работы на тему «SAKRAL HUDUD SAKRAL LANDSHAFT VA SAKRAL GEOGRAFIYA»

Xoliqov R. Y. Farg'ona davlat universitetiprofessori

Saydaliyeva L. M.

2-kurs tayanch daktaranti O'zbekiston Respublikasi

SAKRAL HUDUD SAKRAL LANDSHAFT VA SAKRAL GEOGRAFIYA

Anatatsiya: Maqolada muqaddas joylar sakral hududlar sakral landshaft tushunchasi va sakral geografiyaning asosiy yo'nalishlari bayon etilgan.

Kalit so'zlar: Muqaddas qadamjolar, sakral hudud, sakral landshaft, sakral obyektlar, diniy marosiml;ar, sakral geografiya, ziyorat turizmi.

Khalikov R. Y. professor at Fergana State University.

Saydalieva L.M.

2nd year doctoral student.

Uzbekistan

Abstract: The article describes the concept of sacred places, sacred territories, sacred landscape and the main directions of sacred geography.

Keywords: Sacred places, sacred territory, sacred landscape, sacred objects, religious rituals, sacred geography, pilgrimage tourism.

Kirish. Ilmiy manbalarda sakral, hudud sakral landshaft va sakral geografiya kabi tushunchalar diniy ma'naviy, ruhiy, tarixiy madaniy, hududiy kabi tushunchalar bilan birikibkishilarning turmush tarsi, dini ular odatlari bilan bevosita bog'liq bo'lgan ilmiy qarashlarni, tushunchalarni shakllantiradi. Dunyo svilizatsiyasi asrlar mobaynida etnoslarning sakral tushunchalarini, ular odatlari va etiqodlarini saqlab, ularga sayqal berib muqaddas qadamjolarni ko'z qorachig'iday saqlash imkoniyatlarini saqlab keladi. Bugungi kunda xalqlarning rekrsatsiya va turizm ehtiyojlarini qondirishga, turizmni indsturiyaga aylanishiga ham ziyorat turizmining ahamiyati ortib bormoqda.

Asosiy qism. Sakrallik tushunchasi turli xil etnoslar tomonidan o'ziga xos ya'ni "sakral" (lotin.sakre yoki sakra muqaddas, tabarruk, ibodat qilish, sig'inish, marosim, ilohiy, sirli) kabi ma'nolarga ega bo'lgan.

Sakrallik tushunchasi qadimdan mavjud. Bu tushuncha yerda oqil insonning mavjudligi bilan chambarchas bog'liq. Sakral tasavvurlar makro-va mikrokosm birligini izlab toppish maqsadida juda qadim davrlardayoq vujudga kelgan. Ajdodlarimizning ongi muqaddas landshaft, "kuch joyi" oldida sajda qilishdan olamni bir butun tushunishga tomon tadjiriy rivojlanadi. Tabiat bilan hamjihatlikda yashagan inson har bir hududning madaniy landshafti madaniy va tabiiy meros ahamiyatga ega bo'lgan obyekt sifatida noyob qiymatga ega. Madaniy landshaft-tabiat va insonning tadjiriy o'zaro ta'siri, uning sotsial madaniy va xo'jalik faoliyati

'^KOHOMHKa h ^HyMM №11(126)-1 2024

www.iupr.ru

611

natijasida shakllangan, tabiiy va madaniy komponentlarning o'ziga xos barqaror komponentlaridan tashkil topgan hamda barqaror o'zaro aloqa va o'zaro aloqa va o'zaro taqazoda bo'ladigan tabiiy- h ududiy kompleks. Madaniyat tipiga shuningdek sotsial- madaniy va xo'jalik faoliyatining saviyasiga bog'liq holda joyning madaniy o'zlashtirishning turlari va shunga mos holda madaniy landshaftlar shakllanadi. Sakral landshaftlarga madaniy qadriyati muqaddas (ilohiy) deb hisoblanadigan va qadrlash (kult) maqsadining mavjudligi bilan belgilanadigan barcha hududiy komplekslar kiritiladi va ularning shakllanishi inson xo'jalik faoliyati bilan bog'liqdir.

Madaniy landshaftdoirasidagi diniy marosimlar (udumlar, rasm-rusumlar) o'tkaziladigan joylar barcha muqaddas va tabarruk joylar sakral landshaftlardir. Ular muayyan diniy kulbtlarni o'tkazish, diniy amallarning rivojlanishi, ibodat marosimlarni bajarish tufayli shakllangan va shu maqsadlar uchun mo'ljallangan. Faoliyatning bu turlarining ta'siri nuqtali sakral joylarning mavjudligi bilan cheklanadi va butun kompleksni band etmaydi. Boshqa hollarda sakral landshaft sakral joyga o'xshash (Sacred Site) yoki sakral joylar bunday landshaftning semantik markazlari bo'lib xizmat qilishi mumkin.

Butun geografik hududni -tog'ni, vodiyni, daraxtzorni, orollarni, qo'llarni va boshqa shunga o'xshashlar sakral joylarni qamrab olgan sakral landshaftlarga aynan o'xshash.

Madaniy landshaftlardagi semantik maydonning asosiy nuqtalari bo'lgan sakral joylar odatda etiqod amallarining va diniy faollikning markazlaridan iborat bo'ladi va ular butun landshaft rivojlanishi va uning morfologik xususiyatlarini belgilaydi (Kuleshova, 2009;Lavrenova, 2003).

Sakral landshaftlar diniy (ilohiy)funksiyani bajaradigan tabiiy antropogen geosistemalar bo'lib ular birinchi navbatda insoniyatning diniy ehtiyojlari bilan bog'liq bo'lgan.

Shuningdek aholining muayyan toifasiga mansub kishilarning bunday joylar bilan munosabatda bo'lishga intilishga sabab bo'ladigan ziyorat qilinadigan obyektlardir. Hududiy hosilalarning bunday toifasi insoniyat rivojlanishining har bir bosqichda bo'lgan "muqaddas joylar" tushunchasiga to'g'ri keladi va hozirgi barcha dinlarning muxlislari (tarafdorlari) uchun mavjud.

Sayyoramizdagi bunday meroslarni o'rganish va asrash bilan sakral geografiya (сакралная география, sakral geography) shug'ullana boshladi. Muqaddas deb hisoblanadigan barcha joylar va narsalar mavjud bo'lgan landshaftlarni o'rganadigan sekral geografiya asta-sekin tadqiqotning alohida sohasiga aylanmoqda va unga doir tadqiqotlar dolzarblashib bormoqda. Sakral geografiya - yer yuzasidagi muqaddas toifadagi muayyan obyektlarning o'zaro munosabatini aniqlash to'g'risidagi bilimlar tizimi bo'lib, u makoniy tasavvurlarning ayrim turlarini - diniy tizimlaridagi makoniy tasavvurlar shakllanishining qonuniyatlarini o'rganadi. Sakral geografiyada yerning bir xil emasligi -"olamning markazi", "makonning o'qlari"'va "sakral zonalar" ning mavjudligi to'g'risida so'z yuritiladi.

Sakral geografiya turli xalqlar va dinlarning vakillari muqaddas deb hisoblaydigan joylar va narsalar mavjud bo'lgan sakral landshaftlarni o'rganish bilan shug'ullanadi. Bunday landshaftlar ilohiy kuch irodasi bilan biron-bir hodisa sodir bo'lgan joylar, barcha zamonlar va etnoslarning buyuk avliyolari va ularning safdoshlari dafn qilingan joylar, yo'qolgan dinlarning muqaddas joylari, ko'p yillik ziyoratgohlar va zoxidlik (tarki dunyochilik) obyektlari, shuningdek kuch joylari deb atalmish joylarda tabiatning ko'rinmas kuchlari yaratgan unikal landshaftlardir.

Sakral geografiya tabiiy, madaniy va tarixiy merosning alohida e'zozlanadigan va muqaddas obyektlari to'g'risida tarixiy-diniy bilimlar tizimini o'rganadigan fan bo'lib, unda bunday obyektlarning har xil turlari, ularning joylashishi, paydo bo'lish tarixi va xalqlar hayotidagi ahamiyati, shuningdek ular bilan bog'liq diniy- marosim amallarining tizimi o'rganiladi.

O.A.Lavrenovaning ta'riflashicha (2003) sakral geografiya atrof-muhitning belgi sifatida nomoyon bo'ladigan geografik obyektlar yoki madaniy landshaftning elementlari va ularni ko'rsatadigan arxitiplar, transtsedent tushunchalar, kategoriyalar va ularga mos bo'lgan simvollarning belgilar tizimiga aylanishini anglatadi.

Falsafiy ilmiy yondashuvlarning tahlil va sinteziasosida Sakral geografiya konkret tarixiy va geografik makonda borliqning muqaddas an'anaviy nomoyon bo'lishini o'rganadi; Sakral geografiyaning umumiy obyekti yagona sakral makonning tarkibiy qismi sifatidagi geografik qobiqdir. Turli kuchlar va ularga mos keladigan jarayonlar, hodisalar va ruhiy-ma'naviy va axborot -energetik saviyadagi o'ziga xosligidir. (Shukanova,2012).

Diniy hayoti va faoliyati, umuman olganda diniy sohani hududiy uyushtirish Sakral geografiyaning predmetidir. Bunday uyushtirishning geomokoniy shakllanishining omillari va qonunlari tadqiqotning aniq real obyektlaridir. Geografiya fanlari tizimida rivojlanayotgan sakral geografiyaning vazifalariga muqaddas, alohida qadrlanadigan joylarni, kishilarning muayyan hamjamiyati nazarida ilohiy ahamiyat kasb etadigan diniy yodgorliklarni, muayyan hududda (mamlakatda) diniy vaziyatning shakllanishining tarixiy- geografik jihatlarini, makoniy joylanishi haqidagi tasavvurlarning ayrim turlarini (sistemalarini) - diniy tizimlaridagi tasavvurlar shakllanishining qonuniyatlarini o'rganish kiradi. Diniy hayotni va faoliyatni, umuman diniy diniy jabhani hududiy sakral sistemalar (HSS) rivojlanishi va geomakoniy uyushtirish omillarining tizimini asoslash, ularning shakllanishi, tuzilmasi va soligining qonunlari va qonuniyatlariniochib berish va asoslash, tushunchalar-termenologik apparatni ishlab chiqish tashkil etadi. Bu shakllarning mazmunini hududiy sakral sistemalar belgilaydi (Shabliy, Visotak, 1993).

Sakral geografiyaning vazifalari jumlasiga shuningdek ichki ziyorat va bilish turizmini rivojlantirish vatanparvarlikni tarbiyalash, kishilarning salomatligini va ma'naviy hayotini yaxshilash kiradi. Shuningdek, uning vazifalaridan biri har bir mamlakatdagi diniy vaziyatni shakllantirishning geografik jihatlarini o'rganishdan iborat.

'^KOHOMHKa h соцнумм №11(126)-1 2024

www.iupr.ru

613

Yuqorida ta'kidlagandek, Sakral geografiya makro va mikrokoskom birligini izlab toppish maqsadida juda qadimdayoq yuzaga kelgan. Geografik tadqiqotlar olamning tabiiy - ilmiy tasvirining muhim elementi bo'lib, geografiyaning va umuman fanning har bir bosqichida tadqiqotning turli metodlari va olamni bilishning metodologik orientridir. Shunday yondashuvlardan biri geografik tadqiqotlarni Sakral geografiya fani rivojlanishi bilan qo'shib (birgalikda) olib borishni taqazo etadi. Uning tarkibiy qismi tarixan sakral geografiya bo'lib,subyekt va muqaddas obyekt o'zaro aloqasi nuqtai nazaridan makonning turlicha nomoyon bo'lishining idrok etilishini aks ettiradi.

Diniy hayotning geografik jihatlarini o'rganish mamlakatshunoslik bo'yicha tadqiqotlar kabi juda qadimiy bo'lib, Straban va Gerodot davrlariga borib taqaladi. Hozirgi kunda sakral geografik tadqiqotlarning samarali rivojlanishini tizimli yondashuv asosida amalga oshmoqda.

Xulosa: Sakral obyektlar va sakral landshaftlarning makoniy joylashuvi va funksiyalarini aniqlashda sakral geografiyaning tadqiqot obyektlarini o'rganish hududiylik tamoyiliga ega bo'lish zarur. Shunga ko'ra Yu.Zavgarodniy (2013) Sakral geografiyaning tadqiqot obyekti muqaddas qadamjolarning semantik, tashkiliy tuzilmalari (sakral toposlar) sifatida u yoki bu diniy falsafiy an'analarning yer va osmon o'trasidagi oraliq o'lchamidan iborat deb hisoblanadi.

Sakral geografiyaning asosiy vazifasi sakral obyektlarni hududiy birlashtirish, hosil bo'lishi, funksiyalariga ko'ra tabaqalashtirishdan iborat bo'lmog'i kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar

1 .Завгородний Ю Сакральная география И Феномен Поломнничества: Гайпое или явное? Электронный портал. - Режим даступа: HttP: || turengious. com.va -дата даступа 28.09.2013

2. Кулешова М.Э. Управление культурними ландшафтами И иными обьектами историю културниго наследия в натсионалних парких. из бо сентра охраны дикой природы. 2002-105с

3.Лавренова О.А. Культурний ландшафт: отземли к космосу. Ноосферная концепция В.И.Вернадского И панятие културного ландшафта биосфера. Электронный научный журнал. - 2003. N2

Режим даступа: HttP: | www\nts.ru\boisphere\03-2\Lavven.htm.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.