UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022
ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4
ROMAN GENEZISI HAMDA USLUBIY-SHAKLIY IZLANISHLAR UYG'UNLIGI
Lolayev Shuxrat
Termiz davlat universiteti O'zbek filologiya fakulteti O'zbek adabiyotshunosligi kafedrasi
o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.6911977
Annotatsiya. Maqolada milliy uyg'onish davri adabiyoti mohiyatini anglatishda janrlar ahamiyati hamda shu janrlardan roman janrining shakllanish bosqichi aks etgan. O'zbek adabiyotida roman janri paydo bo'lishi va bu janrda dastlabki urinishlar, shuningdek bu asarlarning muvaffaqiyoti va kamchiligi haqidagi mulohazalar bilan yoritilgandir.
Kalit so'zlar: milliy uyg'onish jarayonlari, janrlar xususiyati, epik turning o'ziga xos spetsifik xususiyatlari, roman janri, Jadid adabiyoti ma'rifatparvarligi.
ГЕНЕЗИС РОМАНА И СОЧЕТАНИЕ МЕТОДОЛОГИЧЕСКИХ И ФОРМАЛЬНЫХ
ИССЛЕДОВАНИЙ
Аннотация. В статье описывается роль жанров в объяснении сущности литературы национального Возрождения, а также этап становления жанра романа из этих жанров. Возникновение жанра романа в узбекской литературе и первые попытки в этом жанре, а также комментарии об успехах и неудачах этих произведений.
Ключевые слова: процессы национального пробуждения, жанровая характеристика, эпическая специфика, жанр романа, просвещение джадидской литературы.
THE GENESIS OF THE NOVEL AND THE COMBINATION OF METHODOLOGICAL AND FORMAL RESEARCH
Abstract. The article describes the role of genres in explaining the essence of the literature of the national renaissance, as well as the stage of formation of the novel genre from these genres. The emergence of the novel genre in Uzbek literature and the first attempts in this genre, as well as comments on the successes and failures of these works.
Keywords: national awakening processes, genre characteristics, specific features of the epic type, novel genre, enlightenment of jadid literature.
KIRISH
Milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyoti bizning bugungi kun hozirgi adabiy jarayonimizning shakllanishida asosiy omil bo'ldi desak yanglishmagan bo'lamiz. Chunki bu davrda adabiyotimiz o'zligimizni, milliyligimizni, ma'naviyatimizni, qolaversa, kelajak avlod adabiyotining asosiy bo'g'inini tom ma'noda shakllantirib berdi. Milliy uyg'onish davrida tur va janrlar xususiyatlari, imkoniyatlari davr talabidan kelib chiqib yangilandi va yangicha jarayonga ko'chdi. Jadid adabiyoti davrida epik tur A. Qodiriy, lirik tur A.S. Cho'lpon, dramatik tur esa A. Fitrat kabi ma'rifatparvarlarimizning ijodi orqali o'z takomiliga yetgan desak, keyingi avlod vakillari adabiy tur va janrlarimiz rivojida o'zlarining hissalarini qo'shdilar. Ammo milliy uyg'onish jarayonlari davrida adabiy janrlarning shakllanish rivoji xususidagi masalalar alohida ahamiyatlidir. Chunki mohiyatni anglatish tajriba va navatorlik masalasi har doim muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik kabi yo'lni ko'rsatib beradi O'zbek adabiyotida roman janrining shakllanish asosi Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" asaridir. Ma'lumki, o'zbek adabiyotida roman janridagi ilk tajribalar - "Befarzand Ochildiboy" va "Yangi saodat" asarlari bo'ldi. Va
UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022
ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4
ayni haqiqatki bu asarlar roman janrida muvaffaqiyat topmagan. Biz buning sabablari va oqibatlari haqidagi tahlillardan keltirib o'tamiz.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
O'zbek adabiyotida roman janrining paydo bo'lishi A. Qodiriy, Hamza, Mirmuhsin Shermuhammedov nomlari bilan bog'liq deb qaraymiz roman janri nazariyasiga oid ilk nazariy mulohazalar esa A. Sadiyning "Amaliy ham nazariy adabiyot darslari" va Fitratning "Adabiyot qoidalari" asarlarida uchratamiz. Ayniqsa, S. Xusayn "O'tkan kunlar"ni tahlil etish jarayonida janr sifatida romanning boshqa adabiy janrlardan farqini tushuntirishga harakat qiladi. Miyonbuzruk Solihov esa o'zbek adabiyotida romanchilik tajribasi - yo'qligini takidlab, "O'tkan kunlar"ni original asar deb hisoblaydi. Roman janriga izoh berishdan avval epik tur xususiyatini anglatish kerakdir. Epik turning spetsifik xususiyatlari haqida gap ketganda avvalo voqeabandlik tilga olinadi. Darhaqiqat, epik asarda makon va zamonda kechuvchi voqea-hodisalar tasvirlanadi, so'z vositasida o'quvchi tasavvurida reallik kartinalariga monand jonlana oladigan to'laqonli badiiy voqelik yaratiladi. O'quvchi tasavvurida reallikdagiga monand, o'zining tashqi shakli bilan jonlangani uchun ham epik asardagi badiiy voqelikni "plastik" tasvirlangan deb aytiladi. Epik asarda plastik elementlar bilan bir qatorda noplastik elementlar ham mavjud bo'lib, bu elementlar muallif obrazini tasavvur qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Epik asarning noplastik elementlari deyilganda muallifning mushohadalari, fikrlari, tasvir predmetiga hissiy munosabati kabilar tushuniladi. Tabiiyki, noplastik unsurlar, plastik unsurlardan farqli o'laroq, asarni o'qish davomida o'quvchi tasavvurida jonlanmaydi. Epik asarlarni janrga ajratish prinsiplari masalasida adabiyotshunoslikda turlichalik mavjud. Bunda bir qator xususiyatlarni e'tiborga olish zarur bo'ladi. Avvalo, epik asarlardagi hayotni badiiy qamrov ko'lami turlicha bo'lishidan kelib chiqiladi. Masalan, epik asar qahramon hayotidan birgina epizodni (hikoya), butun bir etapni (qissa) yoxud qahramon hayotining katta bir davrini (roman) qalamga oladi. Shunga ko'ra, adabiyotshunoslikda katta, o'rta va kichik epik janrlar ajratiladi. Biroq badiiy adabiyot taraqqiyotining keyingi davrlarida, eposga dramaning kirib kelishi va sujet vaqtining qisqara borishi barobari bu xil tamoyilning ojizligi ayon bo'lib qolmoqda. Negaki, zamonviy nasrchilikda, masalan, qahramon hayotidan katta bir davr emas, atigi bir etapgina qalamga olingan romanlar ham yaratilmoqda (mas., "Kecha va kunduz", "Ulug'bek xazinasi"). Epik asarlarni janrlarga ajratishda, tabiiyki, hajm mezon bo'lolmaydi. Zero, ayrim hikoya yoki romanlar hajman qissalarga yaqin bo'lishi va aksincha holatlar kuzatilishi mumkin. Biroq odatan hikoya, qissa va romanlar hajmi sanoqdagi tartibga mos tarzda kattarib borishi ham inkor qilib bo'lmaydigan haqiqatdir.
Roman janrining ilk namunalari haqidagi ma'lumotlar va mulohazalarni avval adabiyotshunos olimlarimiz izohlarini keltiramiz: "O'zbek adabiyotida Abdulla Qodiriydan oldin Mirmuhsin Shermuhammedovning "Befarzand Ochildiboy" asari paydo bo'lgan. Keyin Hamzaning "Yangi saodat" asari. Hamzaniki albatta qo'lyozma holida qolgan. "Befarzand Ochildiboy" ham tugallanmagan, bitta yoki ikkita bobdan iborat bo'lgan kichkina bir asar. Endi o'sha paytda romanni boshlaymiz, deb boshlaganu muallifning kuchi yetmay qolgan unga. Hamzaning ham Mirmuhsin Shermuhammedovning ham kuchi yetmagan tugatishga. Shuning uchun ular roman deb ataladigan asarlar qatoriga ko'tarila olmadi Abdulla Qodiriy ulardan keyin bo'shlagan bo'lsa ham, bu tom ma'noda roman janrining barcha talablariga javob beradigan asar yozgan. U olingan mavzusi va qahramonlari jihatidan ham, roman ichidagi konflikning muhim bir hayotiy zaminga egaligi bilan ham haqli ravishda romanchilikka asos slogan birinchi o'zbek
UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022
ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4
romani sifatida tan olingan. Shu bilan birga uning ta'sirida qozoq, turkman va boshqa adabiyotlarda ham roman janri paydo bo'ldi" [Manba: www.bbc.co.uk/uzbek/kh-davron.uz] -adabiyotshunosh olim Naim Karimov bilan bo'lgan suhbat intervyusidan.
TADQIQOT NATIJALARI
Romanchilik shakllanishi rivoji haqidagi umumiy xulosalarni esa quyidagicha ifodaymiz.
"Befarzand Ochildiboy" va "Yangi saodat" asarlari yozilgan vaqtda hali yangi o'zbek nasri ham, mualliflar ham romanchilik janrida yetarli tajribaga ega bo'lmagani bor gap. Biroq muvaffaqiyatsizlikning sababini shuning o'zi bilangina izohlab bo'lmaydi. Bu asarlar muvaffaqiyatsizligini "O'tkan kunlar" asari muvaffaqiyati bilan solishtirgan holda izohlasak maqsadga muvofiq bo'lar edi. "O'tgan kunlar"ning muvaffaqiyatini ta'min etgan omillarni eslab o'tamiz: Romanning tez shuhrat topib qo'lma-qo'l o'qilishiga sabab bo'lgan bosh omil, bizningcha, uning tom ma'noda milliy adabiy an'analar zaminida turganidir. Albatta, roman janri G'arb adabiyoti hodisasi ekanidangina kelib chiqilsa, bu fikrimiz ziddiyatli ko'rinishi mumkin. Biroq, shunisi ham ayonki, agar adabiy an'analarimiz zamini romanning ildiz otishi uchun qulay bo'lmaganida, o'tgan asrning 20-yillarida o'zbek romanining paydo bo'lishi ham amrimahol edi. Bizda ildizlari ming yillardan nariga borib taqaluvchi xalq dostonlari, qissalar, turfa xalq kitoblari, mumtoz shoirlarimiz masnaviy yo'lida bitgan dostonlar - xullas, boy epik an'ana mavjud edi. Ilk romanimizning qator xususiyatlari (obrazlar tizimi, syujet motivlari, maktublar) folklor va mumtoz dostonchilik an'analari zaminida yetishgani shundoq ko'zga tashlanadiki, bu uning G'arb adabiyoti yo'lidagi tajriba bo'lishdan ham avvalroq milliy adabiyotimiz vakili ekanligidan dalolat.[1:5]
Shu o'rinda Mirmuhsin Shermuhammedovning "Befarzand Ochildiboy" asari tahlilini ko'rib chiqish orqali muddoni anglashga harakat qilamiz.
Milliy uyg'onish davri adabiyotidagi "Befarzand Ochildiboy" asari to'la-to'kis shakllanmay qolishiga davr muhiti sababmi? Yoki ,haqiqatdan, yozuvchi kuchi yetmadimi? Balki asar mazmuni roman mohiyati talabida emasdir. Agar bu asar haqiqatdan, yozuvchining qatag'onga uchrashi oqibatda tugallanmay qolishi uchun ham roman deb tan olmadikmi? Mabado shunday bo'lganda ham tugallanmagan roman deb tadbiq etsak bo'lmasmidi? Endi shu kabi savollarga javobni esa asar mazmun mohiyati bilan anglashga harakat qilamiz va roman talablarini bir esga olgan holda(garchi roman uchun aniq bir chegaralangan qonun qoida qolib bo'lmasa ham umumiyligi mavjuddir)
Quyida asarning mohiyati bilan tanishamiz:
Mundin necha yil muqaddam shahrimizni... mahallasinda Ochildiboy nomli bir odam bo'lur erdi. Ul Ochildiboyni farzandi bo'lmay, kecha va kunduz dog'Ifarzandg'a o'rtangan edi. Ochildiboy o'zi shunday sarvatdor ediki, hamasrlarindagi boylardin hech qolishmas edi. Ketba-ket uch-to'rt xotun olib yubordiku, ul xotunlardin biri na qiz va na o'g'ul tug'di. Aning kasbi dehqonchilik bo'lib, butun Turkiston viloyatig'a nomi tarqalg'an edi. Aqchasi ham juda ko'p bo'lub, muhtojmand bo'lgan odamlarg'a yuz so'm uchun har oyg'a ikki so'mdin ijarag'a qo'yar edi. Afsuski, shuncha mol-mulk, dunyo sohibi bo'lgan ila maktabyuzin ko'rmagan boy ilmli qup-quruq edi.
To'rt xotun olib bir dona farzand ko'rmaganig'a ich-ichidin achinub, goho o'z-o'zig'a bekorchi xayolni qilub: "Agar manim o'g'lim bo'ls, o'zim tinchgina uyda yotib aning daladagi dehqon mardikorlarimg'a bosh qilib, ostig'ayaxshi otlardin mindurub qo 'yar edim", deb zolim falakni dastidin bir oh tortib yuborur edi. O'zini avomligi uchunmi, xudo agar o'g'ul bersa,
UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022
ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4
yaxshi maktablarda o'qitdurub, zamona munosibincha tarbiya topdurur edim, degan xayol ani dilig'a mutlaq kelmas edi. Kecha -kunduz o'ylagan o'yi "dehqonlarimg'a bosh qilur edim" edi. Har zamonda o'zim bilan bo'za ham ichushar edi, deb iljayib qo'yar edi.
O'sha davr muhiti zamonasi kabi Ochildiboy ham dehqoniy shaxs lekin o'ziga yarasha daromadi bor bo'lgan har nimalarga qurbi yetadigan darajadagi boy edi. Lekin Afsuslar bo'lsinki shuncha mol-mulk, dunyo sohibi bo'lgan ila maktab yuzin ko'rmagan boy ilmli qup-quruq edi. Ha Ilmli qup-quruq. Ochildiboy o'sha zamona kishilari boylari kabi ilmsiz quruq bir boy edi ,xalos. U shuncha xotin olishiga qaramasdan o'g'illi bo'lsam uni o'qitib o'sha davr o'qimishli mullasi qilaman demasdan dehqonlarimga bosh qilaman deb xayollar surar edi. Bizningcha Mirmuhsin Shermuhammedov asarning boshlanishidan inson ilmsizlik sabab qanchalar boy bo'lsa ham baxtiyor bo'lolmas nafaqat boy kishilar balki oddiy shaxs ham ilm-ma'rifat orqali baxt-saodatga erishadi kabi fikrlarni o'qiguvchiga asarning boshlanishidanoq anglatmoqchi bo'ladi. Asarni o'qir ekansiz inson ilm-ma'rifat orqali baxt-saodatga erishadi degan fikrini har qadamda isbotlashga urinayotganini ko'ramiz, jumladan, Ochildiboyning o'rtoqlari bilan gapxonada o'tirishganida: Ittifoqo jo'ralaridin biri bir kun qiziqchilik qilib dediki, - "Ey, Ochildiboy, agar sizg'a xudovandi taolo o'g'ul bersa nima qilur edingiz?" - deb so'rashganda Ochildiboy kutilmagan bu savoldan hayratga tushib keyin: - "Ey, hurmatlik ulfatlar, sizlar guvoh bo'lingizkim, alhamd(xudo taolo) mangu o'g 'il bersa, man aning hozirgi zamonaning xohishiga muvofiq maktablarg'a berib o'qitar edim", - dedi. Va jo'ralari ham Ochildiboyning bu gapiga xudodan unga bir o'g'il tilab farzand so'rab fotiha o'qishadi. Biz bu asar mohiyatidan ko'rib turibmizki yozuvchining mahoratidan har qadamda boshda o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan g'oyasini pishayotgan zuvaladay sayqallab boradi. Ochildiboyning agar o'g'illi bo'lsam o'qitib ilmli mulla qilaman degan gapiga barcha xolis niyatda unga farzand tilashdi. Demak, jamiyat ham oddiy xalq, ham ilm-ma'rifatli kishilar tug'ilishiga shunday shaxslarning yetishib chiqishiga xayrihoxdirlar. Biz yozuvchining mahoratiga yana bir bora lol qolgan holda asar mazmunini sharhlashda davom ettiramiz. Bu asarni shakl emas balki mazmun-mohiyati jihatidan olib qarasak, haqiqatdan, roman talablariga mosmi degan fikrni ifodalashga urinamiz. Zero Ochildiboyning: - "... Shul fikrg'a ketib ko'zi uyqug'a ketib bir nimani tush ko'rdi.
Alloh taolo lutf-marhamati birla ikkinchi xotunig'a bir o'g'ul ato qilibdur, o'shal o'g'lini beshikg'a soladurgan kuni emish. Ochildiboy o'z mahallasidagi masjidni imomidin o'g'lumni ismini nima qo'ysam, deb so'rab turgan emish. Ko'rgan tushin asnosi shuljoyg'a kelub masjid eshiginda Ochildiboy uxlab yotganin ko'rub, tushin etmomig'a yetkuzmay, "kimsan, hoy tur" deb qo'li birla turtib, uyg'otdi ...".
Ushbu tush ko'rish voqeasida esa biz yozuvchining "E'tizor" maqolasida o'zi yozganidek roman yozishda men oddiy xalqga tushunarli bo'lishini tushunib sodda ravon tilda yozganligini va shu bilan bir qatorda bu tasvirlarning mumtoz davrlarimiz va undan keyingi davrimiz eposlariga hamohanglikni ko'rishimiz mumkin. Albatta, biz takidlaganimizdek roman epos tarkibi o'laroq maydonga keldi va shakllana boshladi. M.Shermuhammedovning ushbu asar g'oyasini ochishda Qulahmad obrazi orqali nihoyatda o'rinli ifodalagan. Qulahmad vaqti zamonininda farzandlariga to'y qilaman deb Ochildiboydan qarz olib va to'yni o'tkazib bo'lib pulni qaytarolmay yurgan obrazdir.
" ... Qulahmadni ochildiboydin qarzdor bo'lgani bulganin sababi budur. Andin ikki yil muqaddam o'g'lini to'y qiladurgan bo'lganda, Ochildiboyga mingso'mlik veksil berib, beshyuz so'mdin yuz so'mi uchun har oyg'a ikki so'mdin ijarag'a qarz ko'tarib olib edi.
UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022
ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4
Qulahmad o'zi zargarchil kasbi bor bir becharahol odamdur. Aning ikki o'g'li bo'lib Ernazar, Shernazar ismila brogan sari yoshi ulg'ayub xatna qilinadurgan darajaga yetushdi. Qulahmadni o'zi dadasi hayotlik vaqtida aning davlati ila uylanib qolib edi. Yigirma besh yoshda uylangan bo'lsa, shul 14-15 yil ichida ro'zg'oridin ajratib ikki o'g'lin to'yi uchun jamlagan yeti yuz so'm aqchasi bor edi. Bul pulni albatta o'g'lumni to'yig'a sarf qilaman deb niyatlab qo'ygandur. O'turgan havlisi ham o'ziniki bo'lmay, qayin otasidan qolgan vurusaxo'rlarni o'rtasidagi 27 sarjincha keladurgon imoratlari eski bir havli edi. O'g'illariga kelsak, Ernazar to'qquz yashar, Shernazar yeti yashar edi. Ikkisi ham mahallasidagi usuli qadim maktabda o'qur edi. Qulahmad o'zi yaxshigina mulla bo'lmay, chalasavod uchun chindan ilmni qadrig'a yetmasa kerak. Katta o'g'li Ernazar Qur'oni karim o'qusa, kichigi haftiyak sharif o'qur edi. Bularni muallimi usuli qadim ila o'qutsa ham, tarbiyai atfol uchun ijtihodiyaxshi edi. Chunki to'qquz yoshdagi bolani Qur'on o'qumagi albatta mualimni parvarishi ila bo'ladur ... ".
MUHOKAMA
Mirmuhsin Shermuhammedov Bu asarda ilmsizlikni faqatgina Ochildiboy obrazi bilan emas balki Qulahmad orqali ham ko'rsatadi. Qulahmad vaqti zamonida to'y qilaman deb pul yig'ib, lekin uning atrofidagi insonlar, qarindoshlari, qo'ni-qo'shnilari, ayoli hattoki mahalla imonlari tazyiqi bilan to'yni ixchamgina kamsarf qilib emas, balki to'y bir marta bo'ladigan hodisa uni keng qilib butun xalqni o'ylab o'tkazishga undaydilar va yozuvchi bu insonlarni asarda haqiqiy ilmsizlik ildizlari ekanini jamiyat asli nosog'lom insonlardan iborat ekanligini ko'rsatadi. Qulahmadning to'yni o'zining qurbi yetarli darajada ixcham kam sarf qilib o'tkazib, qolgan puliga farzandlarining o'qib bilim olishi uchun sarflashiga imkon berishmadilar. Uning farzandlari Ernazar Quroni karim, Shernazar esa haftiyakni o'qir edi. Endi esa o'g'illari ham shu qarzi oqibatida na maktab, na madrasa ko'ra olar edi hattoki Quroni karim va haftiyakni ham tamonlay olmay qoladilar. Bu hodisalarning barchasi ilmsizlik oqibatida edi. Ilmsiz insonlar bir ikki kishi emas, balki butun jamiyat savodsiz ilm-ma'rifatsiz ekanligini bu to'y voqeasi orqali ko'rsatib berishga harakat qilgan. Asarning tahliliy mazmunidan kelib chiqsak asarda qo'yilgan muammolar ko'lami janr xususiyatlarini belgilovchi unsur sifatida olinishi mumkin. Bu jihatdan katta epik shakl bo'lmish roman dunyo-yu davrni bilish maqsadiga qaratilgan bo'lsa, qissa markazida qahramon xarakteri, hikoyada esa konkret hayotiy voqea turadi. Ko'ramizki, roman, qissa, hikoya janrlariga mansub asar qahramonlari asarda tutgan mavqei, ahamiyati, vazifasi jihatidan farqlanadi. Roman muallifi uchun qahramon vosita, — dunyoni anglash (bunisi maqsad) vositasi, qissanavis uchun qahramonning o'zi maqsad (voqea-hodisalar vosita), hikoyanavis uchun voqeaning o'zi maqsad bo'lib qoladi. Demak asar mazmun - mohiyatidan anglashiladiki muallif roman janri uchun muddoni, maqsadni va vositani anglashdagi qolaversa asarning to'liq shakllantirilmaganligi kabi omillar vositasida adabiyotshunoslarimiz roman janri deb belgilashmadi. Roman janri ilk namunalaridan ko'rsatilgan asarlardan faqatgina "Befarzan Ochildiboy " asari namunasida keltirilgan izohlar bilan xulosalar keltirdik "O'tkan kunlar" asarining asarining muvaffaqiyatiga esa ko'plab izohlar keltirilgan hisoblanadi. XULOSA
Ummon bag'ridagi javohirlar hisobiga yetib bo'lmagani kabi buyuk shaxslar va asarlarini ham to'la anglash amrimahol. Qanchadan qancha vaqtlar o'tsa ham bu kabi asarlar qanchalik ko'p tadqiq etib o'rganilsa ham, ularning yangi-yangi qirralari kashf etilaveradi. Abdulla Qodiriy ham ana shunday buyuk siymolardandir. Demak, "Otkan kunlar"ning o'zbek roman janriga asos solishiga "Befarzand Ochildiboy" asari bir tajriba va ilk qadam vazifasini o'tagan
UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022
ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4
desak mubolag'a bo'lmaydi. Germaniyalik tadqiqotchi Maurisi Shroder shunday degan edi: "Roman tajribasizlikdan tajribaga, jaholat sarobidan hayotning haqiqatlari toman borish mashaqqatlarini qalamga oladi"
REFERENCES
1. Dilmurod Quronov. "Roman haqida ayrim mulohazalar",- Sharq yulduzi. 2011
2. Karimov B. «Qodiriy qadri». - T.: 2003.
3. Murodxonov A. «Iste'dod jozibasi». «Fan» nashriyoti. T.: 1992.
4. Manba: www.bbc.co.uk/uzbek/kh-davron.uz
5. Usmanova, D., & kizi Shodieva, G. N. ISSUES OF CLASSIFICATION OF WORD CATAGORIES IN THE UZBEK.
6. Qizi, S. G. N. (2022). ISSUES OF CLASSIFICATION OF WORD CATAGORIES IN THE UZBEK. Science and innovation, 7(B3), 812-816.
7. Komilova, N. A. Comparative Analysis of "Gender" Concept and Issues of Gender Field in English and Uzbek Languages. International Journal of Social Science and Human Research, 5(6), 2191-2194.