Научная статья на тему 'REJISSURA, TASVIRGA OLISH VA MONTAJ AMALIYOTIDA MUALLIFNING TUTGAN O’RNI'

REJISSURA, TASVIRGA OLISH VA MONTAJ AMALIYOTIDA MUALLIFNING TUTGAN O’RNI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
165
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
rejissura / tasvirga olish / montaj / muallif / sahna / axborot vositalari / innovatsiya. / directing / filming / editing / author / stage / media / innovation.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Bekpo’latov, Rustam

Mazkur ilmiy maqolada muallifning rejissura, tasvirga olish va montaj kabi amaliyotlardagi amalga oshirishi lozim bo’lgan ishlar, uning amaliyot jarayonidagi tutgan o’rni va ahamiyati haqida fikr-mulohazalar yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE AUTHOR'S ROLE IN DIRECTORY, DRAWING AND EDITION PROCESS

This paper discusses the author's role in practices such as directing, filming, and editing, and his or her role and importance in the practice process.

Текст научной работы на тему «REJISSURA, TASVIRGA OLISH VA MONTAJ AMALIYOTIDA MUALLIFNING TUTGAN O’RNI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

REJISSURA, TASVIRGA OLISH VA MONTAJ AMALIYOTIDA MUALLIFNING TUTGAN O'RNI

Bekpo'latov Rustam

O'zbekiston Jurnalistika va Ommaviy Kommunikatsiyalar Universiteti Televideniye va radioeshittirish yo'nalishi 2-kurs magistranti

ANNOTATSIYA

Mazkur ilmiy maqolada muallifning rejissura, tasvirga olish va montaj kabi amaliyotlardagi amalga oshirishi lozim bo 'lgan ishlar, uning amaliyot jarayonidagi tutgan o'rni va ahamiyati haqidafikr-mulohazalaryuritilgan.

Kalit so'zlar: rejissura, tasvirga olish, montaj, muallif, sahna, axborot vositalari, innovatsiya.

ABSTRACT

This paper discusses the author's role in practices such as directing, filming, and editing, and his or her role and importance in the practice process.

Keywords: directing, filming, editing, author, stage, media, innovation.

АННОТАЦИЯ

В этой статье обсуждается роль автора в таких практиках, как режиссура, съемка и монтаж, а также его или ее роль и важность в процессе практики.

Ключевые слова: режиссура, съемка, монтаж, автор, сцена, медиа, новаторство.

KIRISH

Bugungi kunda OAV jamiyat hayotida asosiy rolni o'ynamoqda. Shu jumladan, OAV ning O'zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o'rni ham tezlik bilan mustahkamlanib bormoqda. Ommaviy axborot vositalarining mamlakatimizdagi faoliyatining tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, 1991-yili mamlakatimizda bor yo'gi 395 ta OAV faoliyat yuritgan. 2016-yilga kelib ularning soni 1437 taga yetgan bo'lsa, bugun ularning soni 2 mingga yaqinlashdi va ularning aksariyati xususiydir. O'zbekistondagi ommaviy axborot vositalari uchun zamonaviy mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashkil etildi. O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Milliy matbuot markazi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi va Xalqaro press klub kabi tashkilotlar muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. O'zbekistonda yetakchi xorijiy OAV

238

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

vakillari, jumladan Reuters, France Press, BBC, The Economist, Xinhua, «Amerika Ovozi», «Fergana.Ru», Eurasianet muxbirlari erkin ishlamoqdalar.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'zbekistonda jamoatchilik bilan aloqalar, xalq bilan muloqot muhim ijtimoiy institutga aylanmoqda. Jamoatchilik fikri - fuqarolik jamiyatini o'zida aks ettiradigan bamisoli bir ko'zgu ekanligi hayotda o'z isbotini topmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 27 iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlariga yo'llagan tabrigida ta'kidlanganidek, - Xalq bilan muloqot, odamlarning orzu-intilishlari, dardu tashvishlari bilan yashash davlat siyosati darajasiga ko'tarilayotgan bugungi kunda har bir ommaviy axborot vositasi chinakam muloqot maydonchasiga, erkin fikr minbariga aylangan taqdirdagina biz o'z oldimizga qo'ygan maqsadlarga erisha olamiz.

O'zbekiston Respublikasining 2014 yil 5 mayda qabul qilingan - Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risidagi qonunida Axborot xizmatlarining huquqiy asosi mustahkamlandi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 17 fevralda qabul qilingan - O'zbekiston Respublikasi davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidalgi 125-qarorida (2-ilova) davlat va xo'jalik boshqaruvi sohasida ochiqlik va shaffoflikka asoslangan samarali qarorlar qabul qilish tizimini joriy etish, axborot olishda mansabdor shaxslarning jamiyat oldidagi hisobdorligi, ochiqligi va mas'uliyatini ta'minlash vazifalari belgilab berildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 iyundagi - Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta'minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidalgi qarori (3-ilova) mazkur sohani yanada rivojlantirishda g'oyat muhim qadam bo'ldi.

Mazkur qonun va qaror ijrosini ta'minlash maqsadida Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakultetida, O'zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universitetida, O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida, Qoraqalpog'iston davlat universiteti Jurnalistika bo'limida Axborot xizmatlari fani o'qitilmoqda. Mazkur oliy ta'lim muassasalariga 2019-2020 o'quv yilidan e'tiboran Axborot xizmatlari yo'nalishida ham abituriyentlar qabul qilina boshlagani, shu sohada kadrlar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan fakultetlar tashkil etilayotgani muhim voqelikdir.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 fevral kuni qabul qilingan Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi farmonida - Davlat organlari, xo'jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va tashkilotlari matbuot xizmatlarining jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan o'zaro hamkorligi yetarli darajada yo'lga qo'yilmagani qayd etilib, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi zimmasiga davlat organlari va boshqa tashkilotlarga ular faoliyatining ochiqligini ta'minlashda, davlat xizmatchilariga ommaviy axborot vositalari bilan ochiq, ommaviy o'zaro hamkorlik qilish madaniyatini singdirishda, shu jumladan, ularning Axborot xizmatlari (jamoatchilik bilan ishlash bo'yicha bo'linmalari) faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy jihatdan ta'minlash orqali ko'maklashish vazifasi ham yuklatildi. Bu vazifalar to'la-to'kis bajarilishi uchun avvalo har bir vazirlik, idora, muassasa va tashkilotning Axborot xizmatlari ham mas'uldirlar.

Hayot ko'zgusi hisoblanmish matbuot to'rtinchi hokimiyat darajasiga ko'tarilmog'i lozimligi ko'p bora ta'kidlangan. Bu borada hali oldimizda turgan vazifalar juda ko'p. Mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari uzoq vaqt mafkuraviy va ma'muriy nazorat ostida ishlagani tufayli ularning hali-beri bu holatdan chiqishi, avvalo psixologik jihatdan o'zini erkin his etishi qiyin kechmoqda.

Hozirgi jadal rivojlanib borayotgan ijtimoiy hayotda barcha yo'nalishlarning o'z o'rni va ahamiyati bor. Zamonamizning eng dolzarb yo'nalishlaridan biri bu albatta ommaviy axborot vositalari hisoblanadi. Biz har kuni ijtimoiy hayotdagi yangiliklarni televizor, radio, internet saytlari va shu kabi vositalar orqali bilib boramiz. Bu o'z navbatida Ommaviy axborot vositalari agentligi hodimlarining ma'suliyatini yanada orttiradi.

Ushbu maqolamizda rejissura, tasvirga olish va montaj amaliyotlarida muallifning ahamiyatini e'tirof etishdan oldin muallif so'zi haqida biroz tushunchaga ega bo'lsak:

Muallif yoki avtor so'zi lotinchadan olingan bo'lib au(c)tor, deb badiiy yoki ommabop asar, ilmiy tadqiqot, loyiha, ixtiro va boshqalar yaratuvchisiga aytiladi.

Muallif, avtor - muayyan badiiy, ilmiy yoki publitsistik asar yaratuvchisidir.

Har bir yo'nalishda muallifning o'rni juda zarur beqiyosdir, u rejissurada bo'lsin tasvirga olish jarayonlarida bo'lsin, montaj amaliyotida ham muallifning ahamiyati juda zarurdir.

Jamiyatda oshkoralikni ta'minlash oson kechmaydi. Unga to'sqinlik qiladiganlar uchrab turishi sir emas. Biroq, qandaydir to'sqinlik bor ekan, deb qo'l qovushtirib

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

o'tirish ham yaramaydi. Burgaga achchiq qilib, ko'rpaga o't qo'yish - oshkoralikni ta'minlash yo'lidagi sa'y-harakatlarni chippakka chiqarib qo'yish bilan barobar. U holda nima qilmoq kerak, degan savolga qonuniy, ilmiy nuqtai nazardan javob topish yagona to'g'ri yo'ldir! Ana shundagina amalda haqiqiy oshkoralikka erishish mumkin. Oshkoralik mohiyati - jamoatchilik fikri bilan hisoblashgan holda ish yuritish demak.

El-yurtimizning ezgu orzu-istaklarini ro'yobga chiqarish, bu yo'lda g'ov bo'lib turgan turli to'siqlarni, byurokratizm, loqaydlik, ta'magirlik, korrupsiya kabi salbiy illatlarni dadillik bilan ko'tarib chiqib, ularga qarshi murosasiz jamoatchilik fikrini shakllantirishni o'z kasbi, o'z hayotining ma'no-mazmuni deb biladigan jurnalistlarni men haqiqiy jurnalist deb hisoblayman,- deb ta'kidladi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev. Albatta, barchamiz yaxshi tushunamiz, buning uchun ommaviy axborot vositalari vakillaridan nafaqat professional bilim va malaka, hayotiy tajriba, o'z so'zi uchun mas'uliyat hissi, ayni vaqtda yuksak grajdanlik pozitsiyasi, ma'naviy jasorat ham talab etiladi. Bunday maqsadga erishish uchun ommaviy axborot vositalariga qonunchilik nuqtai nazaridan, moddiy-texnik, o'quv-uslubiy ta'minot nuqtai nazaridan yanada keng imkoniyatlar yaratib berishimiz kerak. Darhaqiqat, jamiyatda, uning zamonaviy boshqaruv tizimida oshkoralikni ta'minlash, jamoatchilik bilan aloqalarni takomillashtirishda jurnalistlarning ana shu sa'y-harakatlari jamiyat boshqaruvi tizimida o'z samarasini ko'rsatishi shubhasiz. Oshkoralik asosan matbuot erkinligi bilan chambarchas bog'liq ekan, mamlakatimizda bu borada ham qonun ustuvorligi ko'zga yaqqol tashlanadi. Ya'ni, O'zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalari to'g'risida»gi qonuni (yangi tahriri) 5-moddasi «Ommaviy axborot vositalari erkinligi» deb nomlangan bo'lib, uning ikkinchi bandi quyidagicha: «Har kim, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, ommaviy axborot vositalarida chiqish, o'z fikri va e'tiqodini oshkora bayon etish huquqiga egadir».

Bugungi kunda OAVni davlatimiz rahbari shaxsan o'zi qo'llab-quvvatlamoqda. 2020-yil 27-iyun kuni nishonlanadigan Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tabrigi davlat rahbari matbuot xizmati tomonidan e'lon qilindi. Eng asosiysi, ommaviy axborot vositalari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli o'zgarish va yangilanish jarayonlarini har tomonlama tahlil qilib, joylardagi ijtimoiy muammolar, xato va kamchiliklarga davlat idoralari va jamoatchilik e'tiborini qaratmoqdall, — deya qayd etildi tabriknomada. Shavkat

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Mirziyeyov bo'lg'usi jurnalistlar chuqur bilim va kasb mahoratini, ona tili bilan birga chet tillarni, faol fuqarolik pozitsiyasini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, notiqlik malakasini puxta egallashlariga alohida e'tibor qaratishi kerakligini bildirdi.

Hozirgi kunga kelib O'zbekistonda ko'pchilikning e'tiborini o'ziga jalb qiluvchi muammoning yoki voqeaning xabari matbuotda chiqqanidan so'ng omma ichida qanday ijtimoiy rezonans yaratganini talqin qilish jarayoni jurnalistlarimizdan ulkan kasbiy mahorat talab qiladigan eng muhim ishlardan biri bo'la boshladi. O'zbekistonlik jurnalistlar tomonidan mustaqil jurnalistik tadqiqotlar olib borilib, jamiyatimizdagi mavjud muammolarning tafsiloti mutasaddilar oldiga ko'ndalang qo'yish ishlari qanday amalga oshirilishini ommaga yoritish evaziga aholi orasida huquqiy savodxonlik rivojlanishi turgan gap. Natijada jamiyatimizdagi vaziyat hozirgidan mutlaqo boshqacha ijobiy tus olishi aniq.

REFERENCES

1. Mahmudov J., Mahmudova H. Rejissura asoslari. 2008.

2. Zufarov U. Sahna talqini va tahlil. 2007.

3. Usmonov R. Rejissura. 1997.

4. Захидова Н. Ташходжа Ходжаев. - Т.: Изд. Лит. и ис-во, 1980;

5. Ismailov, T. K. (2021). THE IMPORTANCE OF RUSSIAN CLASSICAL COMPOSERS IN CLASSES OF MUSIC CULTURE. Экономика и социум, (1-1), 93-95.

6. Ismailov, T. K. (2021). CHARACTERISTICS OF KHOREZM DOSTON ART. Экономика и социум, (3-1), 96-98.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.