Real sektor korxonalarida investitsion loyihalarni moliyalashtirishning rivojlantirish istiqbollari
Akbar Aqmirzayevich Shernayev Toshkent moliya instituti
Annotatsiya: maqolada samarali pul-kredit siyosati va ta'sirchan bank nazoratining amalga oshirilishi, xorijiy kapitalni jalb qilishda ehtiyotkorona siyosatning yuritilishi, milliy valyuta barqarorligining ta'minlanishi, banklar resurs bazasini shakllantirishda asosan ichki manbalarga tayanish, kredit amaliyotlarini o'tkazishdagi tamoyillar va soha rivojlanishi hamda faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar: pul-kredit siyosati, bank nazorati, global iqtisodiyot, investitsiya faoliyati, korxonalar moliya strategiyasi, moliyaviy rejalashtirish, risklarni boshqarish, valyuta siyosati, diversifikatsiyalar, xavf-xatar va risklar, valyuta kursi, valyuta bozori, revalvatsiya, to'lov balansi, valyuta cheklovlari
Prospects of development of financing of investment projects
in real sector enterprises
Akbar Akmirzayevich Shernayev Tashkent Financial Institute
Abstract: the article deals with the implementation of effective monetary policy and effective banking supervision, the implementation of a prudent policy in attracting foreign capital, ensuring the stability of the national currency, relying mainly on internal sources in the formation of the resource base of banks, the principles and development of the field of credit operations and recommendations aimed at further improvement of the activity were given.
Keywords: monetary policy, banking supervision, global economy, investment activity, financial strategy of enterprises, financial planning, risk management, foreign exchange policy, diversifications, risks and risks, exchange rate, foreign exchange market, revaluation, to lov balance, currency restrictions
Real sektor korxonalarida investitsion loyihalarni moliyalashtirishni iqtisodiy tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etsa, tahlil natijalariga asoslangan xulosalarni shakllantirish orqali korxonaning kelgusi yillarga mo'ljallangan strategik qarorlarni qabul qilishda foydalanish mumkin. Sifatli o'tkazilgan tahlil natijasida korxona
ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 3.848 868 LME^^fi]
faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan turli darajadagi xavf-xatar va risklarni oldindan ko'ra olish, aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan strategik qarorlar qabul qilish, risklar darajasini kamaytirish maqsadida turli faoliyat yo'nalishlari bo'yicha diversifikatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatlarini yuzaga keltiradi. Bu tadbirlar esa oxiroqibat korxonalarni inqirozli holatlarda ko'rishi mumkin bo'lgan turli talafotlar darajasini qisqartirishga va bankrot bo'lishning oldini olishga xizmat qilishi mumkin.
Investitsiya faoliyatining bunday majmuaviy va chambarchas bog'langan tarkibiy tuzilmasi o'z o'rnida korxona uchun murakkab iqtisodiy tizim hisoblanadi. Shuning uchun zamonaviy iqtisodchi olimlar korxonalar iqtisodiy faoliyati tahlilini amalga oshirish jarayonida tizimli yondashuvdan foydalanishadi. Chunki korxona doirasida tahlilni amalga oshirish jarayonida iqtisodiy tahlil metodlaridan, xo'jalik yuritish faoliyati bilan bog'liq bo'lgan barcha aloqalarni tahlil qilishda foydalanishadi va butun bir iqtisodiy tizimni tahlil qilish jarayoni bilan uzviy bog'liqligidan dalolat beradi.
Shuni alohida ta'kidlash lozimki, investitsiya faoliyatini samarali amalga oshirish korxonaning butun bir moliyaviy resurlarining tashkiliy tarkibiy tuzilmasi bilan bevosita bog'liq. Shuningdek, moliyaviy resurclar korxona ishlab chiqarish jarayonini vaqtinchalik tezlashtiradi. Chunki, moliyaviy resurlardan unumli foydalanmaslik, o'z vaqtida nazoratning izdan chiqishi va investitsiya faoliyati tahlilida yuzaga kelayotgan muammolar nuqtai - nazaridan bartaraf etmaslik korxonani og'ir oqibatlarga olib keladi. Agar korxona investitsiya faoliyatini amalga oshirmasa, o'z o'rnida asosiy va aylanma kapitalning eskirishiga olib keladi. Investitsiya faoliyatini sifat jihatdan amalga oshirilishi nafaqat asosiy kapitalning yangilanishiga, balki istiqbolli foydaga erishishga olib keladi. Natijada, korxonaning uzoq muddatli istiqbolli rivojlanishi ta'minlanadi.
Real sektor korxonalarining sof foydasi ortishi bilan ularning investitsiya faoliyatini moliyalashtirishga zarur bo'lgan mablag'lar ortishi kuzatiladi. Umuman, korxonalarning mavjud mablag'larini (investitsiyalar) yo'naltirish ob'ekti quyidagilar hisoblanadi:
- yangi uskuna, jihozlar, texnika vositalarini sotib olish va o'rnatish;
- yangi innovatsion g'oyalarni moliyalashtirish;
- yangi bino-inshootlar qurish va foydalanishga topshirish;
- asosiy fondlarni ta'mirlash, yangilash va qayta qurollantirish;
- mahsulot assortimentini ko'paytirish va yangi bozorlarni zabt etish;
- kadrlar malakasini davriy ravishda oshirib borish.
Sanoat korxonalari investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda investitsiya faoliyati va uning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqish maqsadga muvofiq. Investitsiya faoliyati faqat investitsiyalarni amalga oshirish jarayonlari bilan bog'liq faoliyat
hisoblanadi. Investitsiya faoliyati uchun nisbatan katta miqdordagi mablag'larni sarflash, foydaga yoki boshqa foydali samaraga ega bo'lishda muhimdir.
Demak, O'zbekiston iqtisodiyotining taraqqiyotini ta'minlashda sanoat korxonalariga investitsiyalarni yo'naltirish muhim hisoblanib, eng avvalo, iqtisodiyotni intensiv rivojlantirish asosida va yangi texnika-texnologiyalar jalb qilish hamda o'zlashtirish negizida rivojlantirish bilan ifodalanadi.
Mamlakatimizda sanoat korxonalarining investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda investitsiya manbalari (korxonaning o'z mablag'lari) yetishmasligi kuzatiladi. Korxonalarning moliyaviy natijalarining ijobiy emasligi zamirida korxonalarning moliyaviy ahvoli yomonlashadi, natijada, ular investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda tashqi moliyalashtirish manbalariga ehtiyoj sezadi. Sanoat korxonalarining investitsiya faoliyatini moliyalashtirishga mablag'larni jalb qilish shartlaridan biri investitsiya borasidagi hamkorlikda orttirilgan tajribani hisobga olgan holda investitsiyalarning tabiiy oqimini ko'paytirish hisoblanadi. Buning uchun mamlakatda investitsiya muhiti jozibadorligi va korxonalarning ichki investitsiya imkoniyatlarini oshirishning zarur choralari ko'rilishi lozim. Bu esa korxonalarning investitsiya faolligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi va investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda o'ziga xos mexanizmning yaratilishiga zamin yaratadi.
Sanoat korxonalari investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda quyidagilarga e'tibor qaratish kerak:
- sanoat korxonalarida investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda jalb etilgan mablag'lardan foydalanish mexanizmini yaratish;
- sanoat korxonalari investitsiya faoliyatini moliyalashtirishga mablag'lar jalb qilishda an'anaviy usullar bilan birga, noan'anaviy usullardan (misol uchun venchurli moliyalashtirish) foydalanishga keng sharoitlar yaratish;
- sanoat korxonalarida investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda innovatsion vositalardan foydalanish va ularni amalga oshirish.
Xulosa o'rnida alohida ta'kidlash mumkinki, xo'jalik yuritishning barcha darajasi biz tomonimizdan amalga oshirilgan maqolada to'laqonli o'rganildi. Ma'lumki, qator iqtisodchi olimlar tomonidan investitsiyalarni alohida olingan tahlili biz tomonimizdan amalga oshirilgan investitsiya faoliyati kompleks iqtisodiy tahlilini yuqori tartibda tizimlashtirishimiz uchun asos vazifasini o'tadi.
Ta'kidlash joizki, tijorat banklarining real sektor korxonalarini moliyalashtirishda quyidagilarga e'tibor qaratish lozim:
- yuridik va jismoniy shahslarni bo'sh pul mablag'larini bank depozitlariga jalb etish tadbirlarini kengaytirish;
- mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlar muvaffaqiyati ko'p jihatdan bank moliya tizimining barqaror faoliyat yuritishiga bog'liqdir. Negaki, banklarning investitsion faolligini, xususan, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash,
texnik va texnologik jihatdan yangilash bilan bog'liq investitsiya loyihalarini moliyalashdagi ahamiyatini oshirish, bankrot holatidagi eal sektor korxonalarini moliyaviy sog'lomlashtirish va ishlab chiqarish faoliyatini qayta tiklashdagi ishtirokini yanada kuchaytirish;
- aholi bandligini oshirishni rag'batlantirish maqsadida eal sektor korxonalarini moliyaviy qo'llab-quvvatlashni kengaytirish borasidagi vazifalar ijrosini ta'minlash;
- real sektor korxonalarini faoliyati reyting asosida baholab, bu baholarni matbuotda e'lon qilinishi ularga moliya bozorida ishtirok etishiga yo'l yo'riq ko'rsatadi. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida real sektor korxonalarini bank xodimlari oldiga emas, balki bank xodimlari o'z mijozlari oldiga o'z xizmatlarini taklif etib borsa, banklarga ishonch va bank xizmatidan foydalanish yanada ortishi tabiiydir.
Ishlab chiqarish va eksport strategiyasini iqtisodiyotni isloh qilish chora-tadbirlari bilan bog'liq ravishda ishlab chiqish, uning tashqi iqtisodiy aloqalar tizimiga faol kirishiga, eksport hajmini oshirishga va kapital importini kengaytirishga qaratilishi lozim.
Yuqoridagi vazifalarni bank kredit faoliyatiga joriy etilishi iqtisodiyotning real sektorini kreditlash jarayonini, kreditlash samaradorligini yaxshilash borasida va banklarning kreditlash amaliyotini takomillashtirishga o'zining ijobiy ta'sirini ko'rsatadi degan fikrni bildiramiz.
Shu o'rinda ta'kidlash zarurki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi "2020-2025-yillarga mo'ljallangan O'zbekiston respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to'g'risida"gi PF-5992-sonli Farmoniga muvofiq bank tizimi va iqtisodiyotning real sektoridagi davlat ulushi mavjud korxonalarni o'zaro muvofiq ravishda isloh qilishni ta'minlash, banklar tomonidan davlat korxonalari va tashkilotlari faoliyatini transformatsiya qilishda tijorat asosida faol ishtirok etish, real sektor va moliya sektoridagi o'zgarishlar uyg'un tarzda kechishini ta'minlash belgilaab qo'yilgan1.
Chunki, hozirgi kunda jahonning ko'plab mamlakatlari bank tizimida turli tashqi va ichki salbiy omillar natijasida kredit hamda valyuta risklari oshib, kredit institutlari moliyaviy holatining yomonlashishiga, ularning kredit portfelida muammoli deya tasniflanadigan kreditlar hajmining oshishiga olib kelgan bir vaqtda, respublikamizda bunday salbiy holatlarning oldi olinib, bank tizimining barqaror faoliyat ko'rsatishi ta'minlanoqda.
Bank muassasalari investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga mablag' ajratib, kredit bergan vaqtdan boshlab qarz oluvchining kreditga layoqatliligini tahlil qilish,
1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi "2020-2025-yillarga mo'ljallangan O'zbekiston respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to'g'risida"gi PF-5992-sonli Farmoni. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 13.05.2020 y., 06/20/5992/0581-son.
kreditning maqsadli ishlatilishi ustidan nazoratni, ya'ni loyihani moliyalashtirishning monitoringini olib borishi maqsadga muvofiqdir.
Iqtisodiyotda bozor munosabatlari qaror topayotgan hamda mulkchilikning turli shakllariga mansub korxonalar, jumladan, xususiy mulkdorlar sinfi paydo bo'layotgan sharoitda investitsiyalarni kreditlash muammolari tijorat banki uchun katta ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga O'zbekiston iqtisodiyotini hududiy va tarmoq tarkibini iqtisodiy siyosat manfaatlari yo'lida tartibga solish maqsadida investitsion jarayonlarni moliyalashning bozor mexanizmlarini yo'lga qo'yish iqtisodiy taraqqiyotning dolzarb muammolaridan biri bo'lib qolmoqda.
O'zbekiston Respublikasida iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog'lomlashtirish, qayta tiklash, texnik va texnologik jihatdan modernizatsiya qilish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish va keyinchalik ushbu korxonalarni strategik investorlarga sotish borasida ham banklar tomonidan salmoqli ishlar amalga oshirildi. Bu borada iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish bo'yicha ko'zda tutilgan iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog'lomlashtirish, modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash jarayoniga tijorat banklari mablag'larini kengroq jalb qilishni yo'lga qo'yish tadbirlari muhim hisoblanadi.
Real sektor tarmoqlarini rivojlantirishda investitsiya hajmini yanada oshirish, investorlar yangidan yangi investitsion loyihalarni taklif qilish, real sektor rivojida innovatsiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarish tarmoqlarini shakllantirish va investetsiyalarni yo'naltirish, investorlar faoliyatining huquqiy himoyasini takomillashtirish, investitsiyalarni qishloq xo'jaligi va xizmat ko'rsatish sohalariga jalb qilish mexanizmini yanada takomillashtirish maqsadga muvofiqdir.
Iqtisodiyotning real sektor korxonalarda investitsion loyihalrni moliyalshtirish masalalari yuzasidan quyidagi xulosalarga keldik:
birinchidan, milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga iqtisodiyot real sektor korxonalari investitsion faoliyatini rivojlantirish orqali erishiladi. Investitsiyalarni real sektor korxonalarini moliyalashtirishga yo'naltirish va ularning barqaror rivojlanishiga zamin yaratadi;
ikkinchidan, xorijiy investitsiyalarni real sektor korxonalari moliyaviy ta'minotini mustahkamlashda olib borayotgan faoliyatlari iqtisodiyotni rivojlanmagan tarmoqlarini moliyalashtirishda muammolari mavjudligi ko'rsatadi;
uchinchidan, real sketor korxonalarini aniq, puxta ishlab chiqilgan investitsion loyihalarini mavjud emasligi, asoslanmagan loyihalarni amaliyotga joriy qilinishi ularning moliyaviy barqarorligini pasaytirradi va olingan kreditlarni qaytarishda muammolar ketirib chiqaradi.
Fikrimizcha, milliy iqtisodiyotning real sektoridagi mavjud sharoit va imkoniyatlarni hisobga olgan holda, real sektor korxonalarida investitsion loyihalrni
moliyalashtirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur, shu jumladan:
- respublikamiz tijorat banklarida kreditlardan ko'rilgan zararlarni qoplashga mo'ljallangan zaxira ajratmalarini aktivlarni o'rtacha miqdoriga nisbatan darajasini 0,5% dan oshishiga yo'l qo'ymaslik lozim. Buning uchun birinchidan, tasniflangan kreditlarning umumiy hajmida yaxshi va standart kreditlarning salmog'ini pasayishiga yo'l qo'ymaslik va ikkinchidan, tijorat banklari aktivlarining barqaror o'sish sur'atlarini ta'minlash lozim.
- eksportni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish - bu borada an'anaviy eksport yo'nalishlaridan tushgan daromadlarni yangi texnologiyalarga va yangi sotuv bozorlarini egallashga qaratilgan investitsiyalarga aylantirish mexanizmini qayta ishlash jiddiy samara beradi;
- ishlab chiqaruvchilarni jahonning eng yaxshi namunalariga yo'naltiradigan xalqaro sertifikatlash va standartlash hamda mahsulotni attestatsiyadan o'tkazish tizimini qayta ko'rib chiqish orqali mahsulot sifatini baholash tizimini o'zgartirish. Bu borada mahsulotning muayyan turlarini sertifikatlash bo'yicha xalqaro tizim va bitimlarni hisobga olgan holda olib borish tartibini belgilovchi me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqish zarur.
- Respublikada ishlab chiqarilgan tovarlarni jahon bozoriga olib chiqish mahsulotning jahon standartlariga javob beradigan yuksak texnik saviyada bo'lishidan tashqari marketing, reklama, maslahat, axborot va huquqiy xizmatlar uchun katta miqdordagi qo'shimcha xarajatlarni ham talab qiladi. Shuningdek, xalqaro maslahat firmalari bilan yaqin aloqalarni yo'lga qo'yib, imkoniyatga qarab ularni eksport fondlari tarkibiga kiritish zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Shernaev, A. A. Principles and methods of organization of the internal tax control system in joint stock company. International Journal of Economics, Business and Management Studies-ISSN, 2347-4378.
2. Shernaev, A. A. (2021). Strategik rivojlanish sharoitida mahalliy byudjetlar daromadlarini takomillashtirish yo'nalishlari. Студенческий вестник, (20-14), 74-76.
3. Шернаев, А. А. (2020). Совершенствование налогового планирования в акционерных обществах-как механизм повышения эффективности финансового менеджмента. Экономика и общество, (4), 20-28.
4. Shernaev, A. A. (2021). Sog 'liqni saqlash tizimini moliyalashtirishda mahalliy byudjetlarning rolini oshirish masalalari. Интернаука, (20-7), 58-60.
5. Шернаев, А. А. (2020). Налоговое планирование в системе обеспечения финансовой безопасности в акционерных обществах. Интернаука, (12-2), 43-45.
6. Jumanazarova, Z. J., & Shernayev, A. A. (2020). Budjetdan tashqari jamg 'armalar moliyaviy resurslarini shakllantirish va taqsimlash amaliyotini takomillashtirish yo 'nalishlari. Студенческий вестник, (1-6), 87-89.
7. Shernaev, A. A. (2020). On the issue of the efficiency of taxation of joint stock companies. Экономика и бизнес: теория и практика, (9-2), 149-152.
8. Шернаев, А. А. (2020). Совершенствование налогового планирования в акционерных обществах-как механизм повышения эффективности финансового менеджмента. Экономика и общество, (4), 20-28.
9. Xamdamova, R. R. Q., & Shernayev, A. A. (2022). Xalqaro moliya bozoridagi operatsiyalarning rivojlanish istiqbollar. Science and Education, 3(1), 1111-1116.
10. Nurulloyev, J. A. O. G. L., & Shernayev, A. A. (2022). Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi shakllanishining joriy holati tahlili va undagi iqtisodiy-moliyaviy munosabatlar. Science and Education, 3(2), 1495-1501.
11. Nomozov, B. R. O. G. L., & Shernayev, A. A. (2022). Ta'lim sohasi xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish masalalari. Science and Education, 3(2), 1489-1494.
12. Шернаев, А. А. (2021). АКЦИЯДОРЛИК ЖАМИЯТЛАРИДА СОЛЩЛАРНИ РЕЖАЛАШТИРИШ: ХУСУСИЯТЛАРИ ВА УСЛУБИЁТИ МАСАЛАЛАРИ. Science and Education, 2(3), 454-469.
13. Jovmirov, A. R. O. G. L., & Shernayev, A. A. (2022). Jahon savdosini moliyalashtirishning zamonaviy yo'llari. Science and Education, 3(3), 1119-1127.
14. Naimov, S. O. O. G. L., & Shernayev, A. A. (2022). Xalqaro valyuta bozori va O'zbekistonda valyuta operatsiyalarini rivojlantirishning istiqbolli yo 'nalishlari. Science and Education, 3(1), 1099-1103.
15. Amirqulov, B. R. O. G. L., & Shernayev, A. A. (2022). Davlat maqsadli fondlari moliyaviy resurslaridan samarali foydalanish yo 'nalishlari. Science and Education, 3(1), 1048-1053.