RAQSNING JAMIYAT HAYOTIDAGI TUTGAN O'RNI
Noila Nizomiddin qizi Tursunova O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali
Annotatsiya: Maqola raqs va uning jamiyat hayotida tutgan o'rnini tarixiy mabaalar asosida yoritib berishga qaratilgan.
Kalit so'zlar: jamiyat, raqs, ibtidoiy jamoa, musiqa, arxeologik topilma, joziba, san'at, go'zallik, manbaa, imo-ishora, iltijoli raqslar
THE ROLE OF DANCE IN SOCIETY LIFE
Naila Nizamiddin kizi Tursunova Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract: The article aims to explain dance and its place in the life of the society based on historical sources.
Keywords: society, dance, primitive community, music, archaeological find, charm, art, beauty, manbaa, gesture, supplicating dances
Har tomonlama insonning e'tiborini tortadigan nafis va jilvakor yuz ifodasi ko'rinishiga ega bo'lgan qo'l, oyoq va tana harakatlarini o'zida mujassam etib raqs ko'rinishida namoyon bo'ladi. Bu raqs insonni o'ziga sehrlab oladi, desak mubolag'a bo'lmaydi.
Raqsni chinor daraxtiga o'xshatish mumkin. Chunki, chinor daraxtining salobatli tanasi va baquvvat ildizlari esa har tomonlama mukammal hisoblanadi. Yana chinor daraxti uzoq umr ko'rishi bilan ajralib turadi. Raqs tarixi ham shunchalik uzoq davrni o'z ichiga olganligini tarixidan bilib olishimiz mumkin va raqs san'ati barcha san'at turlari orasida eng qadimiysi hisoblanadi.
Raqs insoniyat paydo bo'lgan ilk davrlardayoq tug'ilgan va san'atning keng tarqalgan va ommabop turi sifatida jamiyat hayotida o'rin tutgan. Imo-ishora raqsning birlamchi manbai sanalib, eng oddiy va ibtidoiy odam o'zining ruhiy ham jismoniy kechinmalarini ifodalash uchun foydalangan. Bu inson o'zida kashf etgan ilk in'om va ne'mat desak adashmagan bo'lamiz.
Inson o'zining mavjudligidan, hali tushunarsiz, sirli va dushmanday bo'lib ko'ringan tabiatda ustunligidan quvonar ekan, o'zining va atrofidagi tabiatning mavjudligi sabablari haqida o'ylay boshlaydi. Uninng birinchi fikri, o'ziga-o'zi bergan birinchi savoliga javobi esa-bu Tangri bo'ldi. Uning o'zi tuygan birinchi hissi esa tangriga minnatdorchilik va qo'rquv edi.
I ibiSi^^Bl ^64 http://oac.dsmi-qf.uz
Ibtidoiy odam o'zining oddiy turmushida eng sodda imo-ishoralar bir-biri bilan muloqot qilishning bu yagona usuli va minnatdorchilik ibodati uchun ham foydalangan. Ibtidoiy odamlarning harakatlari va qiliqlari go'zallikdan yiroqdir, ular qandaydir qiymatga ega emas, ular shunchaki, qandaydir yo'l bilan biror-bir muayyan niyatsiz o'zi ko'rgan hodisalarga taqlid qilish yoki o'zini ularning izmi ostida tasvirlash vositasidir. U shuunchaki chaqmoq zarbalaridan qanday qilib qo'rquvdan yiqilishi, qanday qilib quyoshga jilmayishini, qanday yeb-ichishni tasvirlay olganlar7.
Yuz mimikasi, imo-ishoralar qadimgi davrning kechki bosqichlarida ham uzoq vaqt davomida ibodatning yagona usuli bo'lgan, chunki imo-ishora ko'zga ko'rinadi, u kechinmalarni ifodalashning boshqa usuliga qaraganda qulay va moslashuvchanroq.
Tezlik bilan murakkablashib brogan, o'zini-o'zi anglash va madaniyat shu bilan birga tangrini anglash yana boshqa ta'riflarni ifodalash uchun yangi shakllarni talab eta boshlaydi. Keyinchalik davrlar o'tishi, odamlarning jismoniy va aqliy mehnat jarayonini bir-biridan farqlashi bilan ibtidoiy odamlar tabiat hodisalari ya'ni (yomg'ir, suv, olov, quyosh chiqishi) jarayonlari hamda, ov mavsumi kelganida omadli ov bo'lishi uchun va farzand ato etishi uchun ham, qurg'oqchilik bo'lganida yomg'ir yog'ishi uchun ham o'zlarining iltijoli raqslarini ijro etganlar.
Iltijoli raqslar hozirgi kungacha saqlanib qolgan davlat bu- Afrika qit'asi hisoblanadi. Olov oldida jamoa bo'lib raqs tushishlari insoniyat tarixining ibtidoiy jamoa davriga borib taqaladi va buni o'sha davrdagi tosh bitiklaridagi rasmlardan bilib olish mumkin. Unga ko'ra ko'ra ov mavsumi yaqinlashishi bilian qabilalardan ovlashga ketgan qabilaboshilar va ibtidoiy odamlar ovlagan hayvonlarini boshi uzra yelkalariga ko'tarib olov atrofida o'ngga va chapga harakatlar orqali va turli shovqinli ovozlarv bilan ovlagan hayvonlarining harakatlarini o'xshatishga uringanlar. Ularning o'xshatishga uringan hayvon nomi kapalak, qush, panterra, ilon, bizon va hakazo. O'z mahoratlarini namoyon etib, ovlari bilan maqtanganlar va raqslari orqali o'z his-tuyg'ularinim ifoda etganlar.
Shunday ekan farzand ato etganida ham, qurg'oqchilik paytida yomg'ir yog'ishi uchun ham, quyosh nur sochishi uchun ham iltijoli raqslar ijro etilgan bo'lsa, raqs insonning jon tomiriga kirib ketgan desam hato qilmagan bo'laman.
Faqatgina insonlar emas, balki borliqda mavjud bo'lgan barcha mavjudodlar va hayvonot olami (kabutar, oqqush, kapalak, asalarilar, qushlar) hamda butun borliq tomonidan raqs ijro etiladi. jonsiz jismlar ham raqsga tushishi mumkin-metaforik; hamda "barglarning shamolda raqs tushish" jarayonini ham misol qilish mumkin yoki gimnastika, sinxron suzish va jang san'atlarini ham raqsga qiyoslash mumkin.2
1M.MUHAMEDOVA," JAHON VA O'ZBEK XOREOGRAFIYASI SAN'ATI TARIXI" o'quv qo'llanma,-T.;"Fan ziyosi",2021. 196-bet. 3-bet.
2 O'zME.Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
I fccIT^^^^HI 365 http://oac.dsmi-qf.uz
Keyinchalik davrlar o'tishi, odamlarningb jismoniy va aqliy mehnatni bir-biridan farqlashi bilan hunarmandchilik, dehqonchilik, chorvachilik, savdo-sotiq hamda san'at yanada rivojlandi. Bu esa, san'atning ravnaqiga katta turtki berdi.
Endilikda san'at insonlarning ijtimoiy hayotida muhim o'rin egallay boshladi. Bu davrda ko'mish marosimlari bilan bog'liq bo'lgan urf-odatlar muhim tantanalarga aylandi.
Yirik maqbara,saroylar qurish, ularni bezashga katta ahamiyat berila boshlandi. Devoriy suratlar, monumental relief va haykallarda hukmdorlar, afsonaviy qahramonlar faoliyati ulug'landi. Odamlarning diniy tushunchalari ham o'zgardi. Odamlar diniy tushunchalari ham o'zgardi. Odamlar tabiat tushunchalariga ya'ni kuchlariga sig'inishdan asta-sekin ilohiy kuchlarga hudolarga sajda qila boshladilar. Bu hudolar timsolida aqliy barkamol, mo'tabar, har narsaga qodir bo'lgan, o'z harakteri va ko'rinishi jihatdan odamlarga o'xshaydigan obrazlarni tasavvur eta boshladilar. Ularning jasorati va oliyjanobligi iroda va aql-zakovatining qudrati san'atkorlar tomonidan kuylandi.
Odamlar qabilalarda yashaganligi sababli ularning hayotidagi eng muhim hususiyatlar, kasb-hunar usuli ularning marosim raqslarida mujassam bo'lgan. Ritual raqslarda 2 ta asosiy mavzu mavjud: Ov yoki urush hamda sevgi mavzusi hisoblanadi.
Ritual raqslarning barcha hususiyatlariga chuqurroq kirmasdan, biz ularning massivligini va dumaloq harakatlanish zarurligini ta'kidlaydi. Biroz vaqt o'tgach, raqslarning rivojlangan shakllarida raqslar ko'plab turlarga bo'linadi.
1. Raqs-o'yinlar (harbiy, ovchi harakterli) harbiy raqslarga misol: ukraincha "Xopak", gruzincha "Xorumi".
2. Diniy raqslar, bu yerda odam xudolardan hayot uchun qulay sharoitlarga erishishga harakat qildi. Afrika qabilalari yoki Rossiyaning shimolidagi xalqlarning "Shamanik" raqslari misol bo'ladi. Sevgi mavsumi har bir jonzot ya'ni oqqushlar harakati ko'proq misol bo'ladi. Hamda kabutarlar samodagi parvozi juda ham jozibali va sermazmundir.Shundan so'ng har bir san'at turi o'z yo'nalishini topdi va bir-biridan ajraldi/
Raqs san'ati insonning mehnat jarayoni va borliqdan olgan xissiy taassurotlari bilan bog'liq holda yuzaga keladi. Raqs musiqaga monand ritmik tana harakatlarida namoyon bo'ladi. Raqs turli madaniyatlarda namoyon bo'ladi, hissiyotlar, ijtimoiy aloqalarni bildirish shakli sifatida yoki ko'ngilxushlik uchun ham ijro etib kelingan.4 Bu san'at turi dast avval qo'shiq va so'z bilan bog'liq bo'lgan bo'lib, keyinchalik esa mustaqil san'at turi sifatida shakillangan. Raqslar asrlar davomida takomillashib,
3 feminefresh.ru
4 Britannica.com
366
http://oac.dsmi-qf.uz
barqaror shakllarga ega bo'lib brogan. Ijrochilarning liboslari esa raqs obrazlariga aniqlik berib obrazlarni ochib bergan.5
Shunday ekan raqs inson va jamiyat madaniyati shakllanishining asosiy bo'lagi ekanligi, milliy ong va mafkuramizning yosh avlod qalbiga singdirishda san'atning ro'li naqadar muhim bir omil sifatida tan olishimiz mumkin. Bu so'zlarimizning isboti sifatida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2021-2022 o'quv yilidan boshlab Buxoro, Qarshi, Namangan va Urganch shaharlarida Akademiya huzurida iqtisoslashtirilgan boshlang'ich raqs san'ati maktab-internatlarini tashkil etish to'g'risidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar belgilansin
a) Akademiyaning asosiy vazifalari etib:
•Raqs san'ati bo'yicha yuqori malakali bakalavr va magistrlarni, shuningdek, ushbu sohada chuqur tadqiqotlar olib boruvchi ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayorlash
b) Asosiy vazifalar
•Raqs san'atiga iqtidori bo'lgan yoshlarni joylarida saralab olish ularni kasbga yo'naltirish va xoreografiya ta'limi sohasida uzviyligni taminlash6
Va shu kabi ko'plab qarorlarni misol keltirishimiz mumkin. Bizga berilayotgan bu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda el-yurtimizga munosib farzand bo'lib, xalqimiz manaviyati va yurtimiz taraqqiyoti uchun o'z xissamizni qo'shish oldimizga qo'yilgan burchimiz deb bilaman.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. M.MUHAMEDOVA," JAHON VA O'ZBEK XOREOGRAFIYASI SAN'ATI TARIXI" o'quv qo'llanma,-T.;"Fan
2. O'zME.Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
5 Darakchi.uz
6 Qalampir.uz
367
http://oac.dsmi-qf.uz