Научная статья на тему 'RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA XIZMATLAR SOHASINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI'

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA XIZMATLAR SOHASINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
7
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Milliy iqtisodiyot / raqamli iqtisodiyot / raqamli texnologiyalar / xizmat ko‘rsatish / yalpi ichki mahsulot / eksport / moliyaviy xizmatlar / elektron tijorat. / National economy / digital economy / digital technologies / services / gross domestic product / export / financial services / electronic commerce / national economy.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Akram Odilovich Ochilov, Azizbek Avaz Ugli Khudayarov

Maqola raqamli iqtisodiyot iqtisodiyot sharoitida xizmatlar sohasini rivojlantirishning ahamiyati, xizmatlar sohasining transformatsiyasi sharoitida nimalarga ahamiyat berish, raqamli texnologiyalar va ulardan foydalanish imkoniyatlari, O‘zbekistonda xizmatlar sohasini rivojlantirishda hukumat tomonidan soha rivoji uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, raqamli iqtisodiyot sharoitida xizmatlar sohasining rivoji hamda aholi bandligini oshirish uchun o‘zining ilmiy-nazariy asoslari bilan qo‘llab quvvatlab kelayotgan iqtisodchi olimlarning ilmiy tadqiqot nazariyalari masalalariga bag‘ishlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WAYS OF DEVELOPING THE FIELD OF SERVICES IN THE DIGITAL ECONOMY

The article is about the importance of the development of the service sector in the context of the digital economy, what is important in the context of the transformation of the service sector, digital technologies and the possibilities of their use, the wide opportunities, created by the government for the development of the sector in the development of the service sector in Uzbekistan, the development of the service in the context of the digital economy and increasing the employment of the population. It is devoted to the issues of scientific research theories of economists who have been supporting them with their scientific theoretical foundations.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA XIZMATLAR SOHASINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI»

RAQAMLIIQTISODIYOT SHAROITIDA XIZMATLAR SOHASINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI

Akram Odilovich Ochilov

Iqtisodiyot fanlari doktori, professor “Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri, Qarshi davlat universiteti Azizbek Avaz o‘g‘li Xudoyorov “Iqtisodiyot” kafedrasi erkin izlanuvchisi Qarshi davlat universiteti

Annotatsiya: Maqola raqamli iqtisodiyot iqtisodiyot sharoitida xizmatlar sohasini rivojlantirishning ahamiyati, xizmatlar sohasining transformatsiyasi sharoitida nimalarga ahamiyat berish, raqamli texnologiyalar va ulardan foydalanish mkoniyatlari, O‘zbekistonda xizmatlar sohasini rivojlantirishda hukumat tomonidan soha rivoji uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, raqamli iqtisodiyot sharoitida xizmatlar sohasining rivoji hamda aholi bandligini oshirish uchun o ‘zining ilmiy-nazariy asoslari bilan qo ‘llab quvvatlab kelayotgan iqtisodchi olimlarning ilmiy tadqiqotnazariyalari masalalariga bag ‘ishlangan.

Kalitso‘zlar: Milliy iqtisodiyot, raqamli iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, xizmat ko‘rsatish, yalpi ichki mahsulot, eksport, moliyaviy xizmatlar, elektron tijorat.

ПУТИ РАЗВИТИЯ СФЕРЫ УСЛУГ В ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКЕ

Акрам Одилович Очилов

Заведующий кафедрой «Экономика» д.э.н., профессор Каршинский государственный университет Азизбек А ваз угли Худаяров

Независимый научный сотрудник кафедры «Экономика»

Каршинскогогосударственного университета

Аннотация: В статье говорится о важности развития сферы услуг в условиях цифровой экономики, о том, что важно в условиях трансформации сферы услуг, о цифровых технологиях и возможностях их использования, о широких возможностях, создоваемых правительства по развития сферы услуг в Узбекистане, развития сферы услуг в условиях цифровой экономики и повышения занятости населения. Посвяшена вопросам научных исследований теорий экономистов, которые поддерживали их своими научно-теоритическими основами.

Ключевые слова: Национальная экономика, цифровая экономика, цифровые технологии, услуга, валовой внутренний продукт, экспорт, финансовые услуги, электронная коммерция.

WAYS OF DEVELOPING THE FIELD OF SERVICES IN THE

DIGITAL ECONOMY

Akram Odilovich Ochilov

Head of Department of the “Economics ", Doctor of Economic Sciences, professor Karshi State University Azizbek Avaz ugli Khudayarov Independent researcher of the “Economics" department

Karshi State University

Annotation: The article is about the importance of the development of the service sector in the context of the digital economy, what is important in the context of the transformation of the service sector, digital technologies and the possibilities of their use, the wide opportunities, created by the government for the development www.sharqjurnali.uz DOI: 10.5281/zenodo.13905156

of the sector in the development of the service sector in Uzbekistan, the development of the service in the context of the digital economy and increasing the employment of the population. It is devoted to the issues of scientific research theories of economists who have been supporting them with their scientific theoretical foundations.

Keywords: National economy, digital economy, digital technologies, services, gross domestic product, export, financial services, electronic commerce, national economy.

KIRISH

Xorij mamlakatlarida xizmat ko‘rsatish iqtisodiyoti tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda, xizmat ko‘rsatish sohasi orqali ishlab chiqarish hajmi va ulardan daromadlar ortib bormoqda. Jahon savdo tashkiloti tasnifiga ko‘ra xizmatlar ko‘rsatish iqtisodiyoti 160 dan ortiq turli xil xizmatlarni o‘z ichiga oladi. Bunga misol qilib, biznes xizmatlari, aloqa xizmatlari, moliyaviy xizmatlar, ta’lim xizmatlari, turizm va unga tegishli xizmatlar, transport xizmatlari, transport va dam olish hamda madaniy va sport tadbirlari kabi xizmatlarni misol keltirishimiz mumkin.

Shundan xulosa qilish mumkinki, hozirgi vaqtda xizmat ko‘rsatish sohasi iqtisodiy faoliyatning asosiy turi hisoblanadi. Har bir kishi u yoki bu xizmatdan foydalanadi. Raqamli iqtisodiyot eng avvalo keng qamrovli internet portlarini yaratishni, optik tolali internet liniyalarini yotqizishni taqozo qiladi. Ushbu muammolarni inobatga olgan holda hamda mamlakatda elektron tijoratni rivojlantirish uchun qulay shart sharoitlar yaratish hozirda dolzarb hisoblanadi.

Yaqin yillarda raqamli iqtisodiyot tushunchasi ko‘plab mamlakatlar iqtisodiyoti nazariyasi va amaliyotida paydo bo‘ldi. Bu raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi, axborot sohasida inqilob va iqtisodiyotning globallashuv jarayonlarini tezlashtirish bilan ajralib turadi. Raqamli iqtisodiyotning inson hayoti

barcha jabhalariga ta'sirini sezish qiyin emas. “Hozirgi kunda sayyoramizning ko‘pchilik aholisi intemetga kirish imkoniyatiga ega va raqamli xizmat ko‘rsatish iqtisodiyoti xizmatlaridan foydalanishi mumkin, ijtimoiy tarmoqlar, turli messendjerlar allaqachon shaxslararo muloqotning asosiy ajralmas qismiga aylangan.”1 Hozirda mamlakatimizda ham yuqori texnologiyalarga asoslangan, innovatsion va raqamli iqtisodiyotga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Mamlakat prezidenti Sh.Mirziyoev ta'kidlaganlaridek “Yangi asrda raqamli texnologiyalarga asoslangan elektron biznes va elektron tijoratni nazarda tutuvchi raqamli iqtisodiyotning shakllanishi tendensiyaviy tus oladi”2.

MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI

Xizmat ko‘rsatish sohasini qo‘llab quvvatlash va aholi bandligini oshirishga munosib hissa qo‘shgan iqtisodchi olimlarning ilmiy nazariy asoslari keng o‘rganilib kelinmoqda. Jumladan, Maxmudova A. N., Nugmanovna M.A.,

M.Q.Pardayev, Q.J.Mirzayev, B.H.Qo‘ziboyev, Usmanova D.I., O‘rinboyeva Y.P., Muhitdinov Sh.X., Boboqulova S.B, Quvandiqov Sh.O. va boshqa olimlarning ilmiy tadqiqot ishlarida o‘z aksini topgan.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Ushbu tadqiqot ishlarini amalga oshirishda ilmiy tadqiqot metodologiyasida keng qo‘llaniladigan usullardan foydalanildi. Raqamli iqtisodiyot sharoitida xizmatlar sohasini rivojlantirish yo‘llarini o‘rganishda umumiylikdan

individuallikka va aksincha tartibda deduksion yoki induksion usullardan foydalanish samara bersa, abstrakt-mantiqiy fikrlash usuli esa jarayonni tizimli tahlil qilishda ahamiyatlidir. Ilmiy tahlil jarayonida ana shu ilmiy tadqiqot usullaridan, xususan, kuzatish, umumlashtirish, guruhlash, taqqoslash, tahlil qilishda esa sintez va tahlil usullaridan keng foydalanildi.

1 . Pardaev M.Q. Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyotining ayrim muammolari. Monografiya. -T : Navruz, 2014.-264;

2 Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston Strategiyasi” -Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti 2021-yil, 172,174-bet

www.sharqjurnali.uz DOI: 10.5281/zenodo.13905156

TAHLIL VA NATIJALAR

Dunyoning aksariyat mamlakatlarida yaqin yillarda xizmat ko‘rsatish sohasi davlatning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini belgilab bermoqda. Sanoat va qishloq xo‘jaligida yangi texnologiyalarning joriy qilinishi hamda ishlab chiqarishning avtomatlashtirilishi xizmatlar sohasini bandlikning asosiy manbaiga aylanib bormoqda. Servis sohasining rivojlanishi universal jarayon bo‘lib, so‘ngi o‘n yillikda quyidagi tendensiyalar uyg‘unligi bilan belgilanadi:3

- ijtimoiy hayot va iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasi;

- barqaror rivojlanish, globallashuv hamda insonparvarlashuvning ijtimoiy iqtisodiy jarayonlari;

- xizmat ko‘rsatish tendensiyalari va gibrid mahsuotning paydo bo‘lishi; -hamkorlik iqtisodiyoti va birgalikdagi iste’mol iqtisodiyotining rivojlanishi;

Raqamli iqtisodiyot - bu siyosiy iqtisodiy, ilmiy-ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy munosabatlardagi aloqalarni raqamli texnologiyalarni qo‘llash yordamida amalga oshiruvchi yangi tizim bo‘lib, raqamli iqtisodiyot sharoitida servis sohasini barqaror rivojlantirish alohida ahamiyatga egadir.

Raqamli iqtisodiyot tovarlar va xizmatlarni yaratish, ilgari surish va sotish bilan bog‘liq barcha biznes jarayonlarni raqamlashtirishni o‘z ichiga oladi. Raqamli ma’lumotlar ishlab chiqarishning asosiy omiliga aylanib, kompaniyalarning asosiy aktiviga aylanib, barcha iqtisodiy faoliyatda asosiy rol o‘ynaydi.

“Yaxlit global tarmoqda real vaqt rejimida iqtisodiy tizimlar faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanishni ta’minlovchi xizmat ko‘rsatish biznesining axborot muhiti alohida ahamiyatga ega. Raqamli infratuzilma raqamli asosda ishlaydigan kompaniyalarning hisoblash, telekommunikatsiya, tarmoq ehtiyojlarini ta’minlaydigan texnologiyalar majmuasini o‘z ichiga oladi.”4

3 Maxmudova A. N. i dr. Rol molodogo pokoleniya v formirovanii sovremennogo grajdanskogo ob щestva //Dostijeniya nauki i obrazovaniya. - 2020. - №. 3 (57).

4 Qo‘ziboev B.H. Mintaqada xizmatlar sohasini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish: iqt.fan.fal.dok.(PhD) avtoref.-Urganch.: 2021, 52 b.;

www.sharqjurnali.uz DOI: 10.5281/zenodo.13905156

Raqamli iqtisodiyotning xususiyatlaridan bin - bu yuqori tezlikda ma’lumotlarni qayta ishlash hisoblanadi. Tezlik hamma sohalarda o‘smoqda, ayniqsa buyurtmalarni bajarishda, ma’lumotlarni jo‘natish va qabul qilishda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Bu tovar aylanishini tezligining oshishiga va o‘z navbatida, inqirozli holatlarning kamayishiga olib keladi.

Butun dunyoda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi juda yuqori sur’atlarda sodir bo‘lmoqda. Mutaxassislarning bahosiga ko‘ra, ushbu sektor qatnashchilari yaqin kelajakda yaxshi raqamli foyda olishadi. Shuningdek, iqtisodiyotda ishsizlik darajasining kamayishi, tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish xarajatlarini qisqarishiga erishiladi.

Hozirda Respublikamiz iqtisodiyotini raqamli texnologiyalar asosida

rivojlantirish va xizmatlar sohasini modernizatsiyalash jarayonida xizmat ko‘rsatish korxonalarini doimiy ravishda transformatsiyalanib boruvchi iqtisodiyot sharoitida barqaror rivojlanishi, ularning xo‘jalik faoliyatida xizmatlar sifati va s amaradorligini oshirishni taqozo etadi. Bu ayniqsa, pandemiya davrida yaqqol namoyon bo‘ldi va ko‘p sohalarning raqamli iqtisodiyotga asoslanib ishlashining tezlashishiga olib keldi.

Respublikamizda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi jadal sur’atlar bilan amalga oshmoqda. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi iste’molchilar talabini to‘liq va nisbatan tezroq qondirish, xizmat ko‘rsatish sohalari va tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish imkonini beradi. Elektron tijorat tovarlar va xizmatlar realizatsiyasini tezlashtirish asosida inqirozlarni oldini olish imkonini beradi. Bunda virtual to‘lovlar tizimi tovar aylanishini tezlashtiradi. Internet reklama esa o‘z navbatida reklama auditoriyasini yanada kengaytirib, nafaqat ma’lum bir hudud, balki butun dunyo miqyosida kengaytirish imkonini beradi.

Raqamli iqtisodiyotning muhim muvoffaqiyat omili bo‘lib, davlat, tadbirkolik va fuqarolik jamiyati uchun kelgusidagi holatlar va muammolarni

modellashtirish va operativ ta’sir ko‘rsatishni amalga oshirishni nazarda tutuvchi ma’lumotlar va boshqaruv texnologiyalarining yangi modeli hisoblanadi.

Shunga ko‘ra, Respublikamiz hukumati tomonidan raqamli iqtisodiyot sharoitida xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son farmoniga muvofiq “Raqamli O‘zbekiston-2030 Strategiyasi” qabul qilindi.5 Ushbu farmon ijrosini ta’minlash maqsadida, mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlas h hamda qishloq xo‘jaligiga bog‘liq xizmat ko‘rsatish sohalariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Raqamli iqtisodiyot sharoitida zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish hisobiga mahsulotlar va xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, ularning tannarxini kamaytirish, moliyaviy-iqtisodiy faoliyatning shaffofligini oshirish strategiyaning eng oldi maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvar kunidagi PF-60-son farmoniga muvofiq 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” ishlab chiqildi. Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi O‘zbekistonni keyingi 5 yilda rivojlantirishning 7 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha o‘z oldiga 100 ta maqsadga qo‘ygan hisoblanadi. Ushbu maqsadlarga erishish yo‘lida amalga oshiriladigan say-harakatlar ham aniq. Ular, o‘z navbatida samaradorlik va natijadorlikni nazorat qilishni anchayin osonlashtiradi. Mazkur strategiyaning 3- yo‘nalishi bu - “Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash” hisoblanadi.6

5 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son farmoniga muvofiq “Raqamli O‘zbekiston-2030 Strategiyasi” 24-bet.

6 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvar kunidagi PF-60-sonli farmoniga muvofiq 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” 2-bet.

www.sharqjurnali.uz DOI: 10.5281/zenodo.13905156

Mamlakatimizning milliy iqtisodiyotini jadal sur’atlarda rivojlantirishda xizmatlar sohasinining o‘rni beqiyosdir. Xususan, hozirgi kunda savdo, moliya, qishloq xo‘jaligi, transport, ishlab chiqarish sohalarining YAIMdagi ulushi ancha salmoqli hisoblanadi. Mazkur sohalarga raqamli texnologiyalarni keng jalb qilish orqali milliy iqtisodiyotning yuqori sur’atlarda o‘sishiga erishishimiz mumkin.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi PQ-4477-son qaroriga muvofiq “2019-2030-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “Yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi” qabul qilindi.7

Mamlakatimizda jadallashayotgan sanoatlashtirish va aholi sonining ortishi iqtisodiyotning resurslarga bo‘lgan ehtiyojini sezilarli darajada oshirmoqda, shuningdek, atrof muhitga salbiy antropogen ta’sirni kuchaytirmoqda va issiqxona gazlari ajratmalarining ortishiga olib kelmoqda. Iqtisodiyot energiya

samaradorligining past darajasi, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanish, texnologiyalar yangilanishining sustligi, “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish uchun innovatsion yechimlarni joriy etishda kichik biznes ishtirokining yetarli emasligi mamlakatni barqaror rivojlantirish sohasidagi ustuvor milliy maqsadlar va vazifalarga erishishga to‘sqinlik qilmoqda.

Ushbu holatlar mamlakatimizning iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini oldini olish maqsadida mazkur strategiya ishlab chiqildi va bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Yashil iqtisodiyot mintaqaviy rivojlanishni, ijtimoiy

barqarorlikka erishishni, "yashil iqtisodiyot" tarmoqlarida yangi ish o'rinlari yaratilishi orqali iqtisodiy salohiyatni oshirishni rag'batlantiradi. "Yashil iqtisodiyot", asosan, iqtisodiy taraqqiyotga yordam beradi va yalpi ichki mahsulotning o'sishini, mamlakat daromadlarini oshirishni, aholini ish bilan ta'minlash, mamlakatda ishsizlik darajasini pasaytirishni ta'minlaydi.

7 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi PQ-4477-son qaroriga muvofiq “2019-2030-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “Yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi” 6-bet.

www.sharqjurnali.uz DOI: 10.5281/zenodo.13905156

Yurtimizdagi xizmat ko‘rsatish korxonalarini huquqiy hamda iqtisodiy jihatdan qo‘llab quvvatlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlantirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan raqamli ma’lumotlar vositasida xizmatlar ko‘rsatish samaradorligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish ishlari bevosita amalga oshirilib kelinmoqda8.

Xizmatlar sohasining bunday taraqqiy etishi esa, mamlakat iqtisodiyotining yanada barqarorlashuvi hamda aholi turmush darajasining oshishiga yordam beradi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida xizmat ko‘rsatish korxonalarida s amaradorlikni oshirish bugungi kunda milliy

iqtisodiyotimiz oldida turgan vazifalardan biri bo‘lib, raqamli texnologiyalar asosida sifat va samaradorlikni oshirish yo‘ nalishlarmi ishlab chiqish zaruriyatini keltirib chiqaradi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, yurtimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha davlatimiz o‘z rolini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda, bu erishilgan natijalar va yaqin istiqbolga mo‘ljallangan ulkan maqsadlardan dalolat beradi.

Xizmat ko‘rsatish sohasini raqamlashtirish orqali mehnat bozorida o‘zgarishlarga erishish mumkin. Xizmat ko‘rsatish sohasida mehnat bozorining tuzilishi ham borgan sari o‘zgarib bormoqda, ba’zi bir kasblarining yo‘qolib borishi va yangi zamonaviy kasblarning paydo bo‘lishi bashorat qilinmoqda. Raqamli xizmat ko‘rsatish iqtisodiyotida ishlash uchun yangi kognitiv, ijtimoiy xulq-atvor va raqamli ko‘nikmalar talab qilinadi, ular raqamli iqtisodiyotda ishlashga qodir kadrlarni tayyorlash jarayonida shakllanishi lozim. Raqamli iqtisodiyot yirik hajmdagi axborotni qayta ishlashga asoslanganligi sababli, xodimlarning raqamli

8 Kuvandikov SH.O. Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishda oilaviy tadbirkorlik rolini oshirishning metodologik masalalari: iqt.fan.dok.(DSc) avtoref-T.: 2021, 69 b.;

www.sharqjurnali.uz DOI: 10.5281/zenodo.13905156

kompetensiyalari, xavfsizligi, ishonchliligi, katta hajmdagi axborotni uzoq muddat

saqlashi alohida ahamiyat kasb etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Maxmudova A. N. i dr. Meditsina Uzbekistana-dostijeniya i perspektivbi razvitiya

sferbi //Dostijeniya nauki i obrazovaniya. - 2020. - №2. 3 (57).

2. Qo‘ziboev B.H. Mintaqada xizmatlar sohasini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish: iqt.fan.fal.dok.(PhD) avtoref.-Urganch.: 2021, 52 b.

3. UrunboevaY.P. Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish asosida aholi turmush darajasini oshirish istiqbollari: iqt.fan.fal.dok.(PhD) avtoref.-Samarqand.: 2018, 58 b.

4. Maxmudova A. N. i dr. Rol molodogo pokoleniya v formirovanii sovremennogo grajdanskogo obщestva //Dostijeniya nauki i obrazovaniya. - 2020. - №2. 3 (57).

5. Tagaev B.E. Raqamli iqtisodiyot sharoitida norasmiy mehnat bilan bandlik darajasini kamaytirishning metodologik asoslarini takomillashtirish: iqt.fan.dok.(DSc) avtoref.-T.: 2021, 67 b.

6. Maxmudova A. N. Shaxs xuquqiy ijtimoiylashuvida ijtimoiy nazorat tushunchasi va tizimi //mejdunarodnbiy jurnal Konsensus. - 2020. - T. 1. - №2. 1.

7. Muxitdinov SH.X. Qishloqda kommunal xizmat ko‘rsatish sifatini AKT dan foydalani boshirish: iqt.fan.fal.dok.(PhD) avtoref.-Urganch.: 2021, 55 b.

8. Kuvandikov SH.O. Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishda oilaviy tadbirkorlik rolini oshirishning metodologik masalalari: iqt.fan.dok.(DSc) avtoref.-T.: 2021, 69 b.

9. Mardonov B.B. Xizmat ko‘rsatish sohasida aholi bandligini oshirish: iqt.fan.fal.dok.(PhD) avtoref.-Samarqand.: 2018, 52 b.

10. Nugmanovna M. A. et al. Education of Tolerance In Younger Generation //Conference. - 2022. - S. 52-55.

11. Qamariddinovna K. A., Nugmanovna M. A. Improving Population Health The Important Task of The State //Archive of Conferences. - 2021. - T. 17. - №2. 1. - S. 204-208.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.