Î В Alfru! anus
>Mp7 xalqaro ilmiy jurnal
UDK: 331.107.8
RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA SANOAT KORXONALARINI AXBOROT INFRATUZULMALARINI SHAKILLASHTIRISHNI INNOVATSION YO'LLARI
INNOVATIVE WAYS OF FORMING INFORMATION INFRA STRUCTURES OF INDUSTRIAL ENTERPRISES UNDER DIGITALIZATION CONDITIONS
ИННОВАЦИОННЫЕ СПОСОБЫ ФОРМИРОВАНИЯ ИНФОРМАЦИОННЫХ ИНФРАСТРУКТУР ПРОМЫШЛЕННЫХ ПРЕДПРИЯТИЙ В УСЛОВИЯХ ЦИФРОВИЗАЦИИ
Aliyev Azim Tolip o'g'li 1
Annotatsiya:
Maqolada bugungi kunda zamon talabi hisoblangan raqamlashtirish iqtisodiyotining muhim ahamiyatlari va uning insoniyat hamda davlat va korxonalar hayot tarziga qanchalik samarali ekani va bu mamlakat turmush darajasini dunyo rivojlangan mamlakatlariga tenglashtirish va shu bilan birgalikda raqamlashtirish sharoitida axborot infratuzulmalarini innovatsion yo'llar bilan rivojlantirish haqida boradi.
Kalit so'z: Raqamli iqtisodiyot, sanoat korxonalari, raqamli texnologiyalar, innovatsiyalar.
1 o'qituvchi. ALFRAGANUS UNIVERSITY Toshkent, O'zbekiston. e-mail: [email protected]. ORCID: 0009-0007-9885-8695
Alfraganus
xalqaro ilmiy jurnal Умру
Annotation:
The article talks about the important importance of digitization economy, which is considered the need of the hour today, and how effective it is for humanity and the way of life of the state and enterprises, and how to make the living standards of this country equal to the developed countries of the world and simultaneously develop information infrastructures in innovative ways in the conditions of digitization.
Key words: Digital economy, industrial enterprises, digital technologies, innovations
Аннотация:
В статье говорится о важности цифровизации экономики, которая сегодня считается потребностью часа, и о том, насколько она эффективна для человечества и образа жизни государства и предприятий, и как сделать уровень жизни этой страны равным в развитые страны мира и вместе с этим развивать информационные инфраструктуры инновационными способами в условиях цифровизации.
Ключевые слова: Цифровая экономика, промышленные предприятия, цифровые технологии, инновации.
Eng avvalo raqamlashtirish nafaqat odamlar turmush tarzi, balki tafakkurini ham o'zgartiradi. O'zbekiston o'z oldiga kuchli demokratik, ilg'or rivojlangan davlatlar safidan mustahkam o'rin egallashni maqsad qilgan. Dunyoning rivojlangan 50 mamlakati qatoriga kirish — bosh vazifa. Bu boradagi islohotlar esa xalqimizga munosib sharoit yaratib berish maqsadida amalga oshirilmoqda. E'tibor berayotgan bo'lsangiz, keyingi yillarda O'zbekistonning shaxdam odimlari xalqaro hamjamiyat tomonidan e'tirof etilmoqda. Xususan, nufuzli "The Economist" jurnali dunyoning ikki yuzga yaqin davlatlari orasidan O'zbekistonni "Yil mamlakati", deb topgani fikrimiz tasdig'idir. Ya'ni ushbu nashr O'zbekistonni 2019-yili dunyoda eng ko'p yaxshi tarafga o'zgargan mamlakat, deb topdi. E'tiborlisi, yangilik O'zbekistongacha Markaziy Osiyoning biror bir davlati bunday e'tirofga loyiq ko'rilmagani bilan ham o'ziga xos ahamiyat kasb etadi. Vaholanki, respublikamiz yaqin-yaqingacha, aksariyat tahlilchilar tomonidan jahonning "eng yopiq" davlatlaridan biri sifatida qiyos berib kelinardi. Ochig'ini aytganda, mamlakatimiz haqidagi bunday nekbin mujda xalqaro miqyosda katta aks sado berdi. Bu, albatta, yurtimizda qisqa vaqt davomida oqilona yo'lga qo'yilgan ichki va tashqi siyosatning amaliy ifodasidir, desak, ayni haqiqat.Bularning barchasiga raqamli iqtisodiyotning o'rni katta desak mubolag'a boi'lmaydi.
Raqamli iqtisodiyotning o'zi nima?
Raqamli iqtisodiyot yangi texnologiyalar, platformalar va biznes modellari yaratish hamda ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga ko'chirishdir. Raqamli iqtisodiyot — iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarning raqamli texnologiyalarini qo'llash asosida amalga oshirish mumkin bo'lgan tizimdir. Dastlab bu iborani amerikalik dasturchi Nikolas Negroponte 1995-yilda kiritgan bo'lsada, u bugungi kunda barcha sohada keng qo'llanilmoqda. Raqamli iqtisodiyotning yangi konsepsiyasi inson faoliyati doirasidagi barcha informatsiyani raqamlashtirish texnologiyalarini qo'llab saqlash, ishlov berish va uzatishning yagona tizimidir. Iqtisodiyotni raqamlashtirish orqali ijodiy yondashib yangi iqtisodiyotni barpo etish imkoniyati tug'iladi. Iqtisodiyotni raqamlashtirish kelajakda real raqobatbardoshlikni uzoq muddatga saqlab qolish imkoniyatidir. Raqamli iqtisodiyot nafaqat davlat uchun balki korxonalar uchun bu muhim masala.
Materiyallar va metod. Sanoat axborot infratuzulmalari va uni innovatsin rivojlarirish. O'zbekistonda faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar faoliyatini tahlil qiladigan bo'lsak, 2020-yil respublikamizda 197 ta yirik, minglab kichik va o'rta korxonalar hamda infratuzilma ob'ektlari barpo etildi. Jumladan, "Navoiyazot"da ammiak va karbamid ishlab chiqarish kompleksi hamda azot kislotasi zavodi, Muborak, Gazli va Sho'rtan neft-gaz korxonalarida suyultirilgan gaz ishlab chiqarish qurilmalari, Toshkent metallurgiya zavodi kabi yirik quvvatlar ishga tushirildi. Birgina energetika sohasida xorijiy investorlar bilan davlat-xususiy sheriklik asosida 6 ta yangi elektr stantsiyasini barpo etish ishlari boshlandi. Ularning umumiy qiymati 2 mlrd dollar bo'lib, 2700 megavatt quvvatga ega. Qishloq xo'jaligidagi islohotlar, yer maydonlari to'liq xususiy klaster va kooperatsiyalarga berilgani paxtachilikda hosildorlikni bir yilda o'rtacha 10 % ga oshirish imkonini yaratdi. Meva-sabzavotchilik, g'allachilik va chorvachilikda ham 500 ga yaqin klaster va kooperatsiyalar faoliyati yo'lga qo'yildi. Buning natijasida, 1 mlrd dollarlik meva-sabzavot eksport qilindi. 91 ming gektar yer maydoni qaytadan foydalanishga kiritildi, 133 ming gektar maydonda suvni tejaydigan
í В Alfru! anus
>Mp7 xalqaro ilmiy jurnal
texnologiyalar joriy etildi. Tadbirkorlikni keng qo'llab-quvvatlash bo'yicha ko'plab imtiyoz va yengilliklar berildi. Tadbirkorlik sub'ektlariga 100 trln so'm kreditlar ajratildi [2]. 2020-yilda 1903 ta korxonalardan eng yuqori sof foyda olgan umumiy foydasi 9,5 trln so'm bilan 20 ta korxona va umumiy hisobda 6,1 trln so'm bilan zarar ko'rgan 10 ta korxona tashkil etdi [3]. Tahlil natijalariga ko'ra, so'nggi uch yil ichida O'zbekistondagi tadbirkorlik sub'yektlarining taxminan 50 % i yangi tashkil etilgan korxonalarga tog'ri keladi.
шэ
1-rasm. O'zbekistonda ro'yxatdan o'tgan va faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar soni diagrammasi, yillar kesimida.
2021-yilning1-may holatiga ko'ra, O'zbekistonda 533 mingdan ziyod korxona va tashkilot ro'yxatdan o'tgan bo'lib, shundan 501 mingtasi faoliyat ko'rsatmoqda. Shulardan faoliyat ko'rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni o'tgan yilning mos davriga (419577 ta) nisbatan 82166 taga oshib, o'sish sur'ati 119,6 % ni tashkil etdi. Hududlar kesimida faoliyat ko'rsatayotgan korxona va tashkilotlar sonining o'tgan yilga nisbatan sezilarli o'sishi qayd etildi, xususan, Toshkent shahri (13958 ta), Samarqand (7995 ta) va Toshkent (7564 ta) viloyatlariga to'g'ri keladi. Hududlar kesimida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik sub'yektlari sonining o'tgan yilga nisbatan Qashqadaryo (2797 ta), Farg'ona (1175 ta), Buxoro (791 ta) viloyatlarida va Toshkent shahrida (537 ta) sezilarli o'sishi kuzatildi. Iqtisodiy faoliyat turlari kesimi bo'yicha o'tgan yilga nisbatan eng yuqori ko'rsatkich savdo sohasida 31745 ta, sanoat 15029 ta, qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligida 12641 ta, sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida esa boshqa sohalarga nisbatan kamroq 1368 tani tashkil etdi. Iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha o'tgan yilga nisbatan solishtirilganda eng yuqori o'sish sanoat (2279 ta) va qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi (1759 ta)ga to'g'ri kelib, axborot va aloqa sohasida esa boshqa sohalarga nisbatan kamroq (392 ta) o'sish kuzatildi. 2021-yil 1-may holatiga faoliyat ko'rsatayotgan korxona va tashkilotlarning salmoqli qismi 439927 tasi yoki 87,7 % tadbirkorlik subektlari hissasiga to'g'ri kelib, o'sish sur'atlari o'tgan yilning shu davriga nisbatan 122,6 % ni tashkil etdi. Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida eng yuqori o'sish qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi (140 %), savdo (128,5 %) hamda axborot va aloqa (121,3 %) sohalarida kuzatilgan bo'lsa, hududlar kesimida esa Qashqadaryo (134,6 %), Surxondaryo (131,4 %), Samarqand (128,3 %), Buxoro (125,3 %) va Jizzax (124,9 %) viloyatlariga to'g'ri keldi [4]. O'zbekistonda sanoat, xizmatlar sohasi, investitsiyalar va xususiy iste'molning jadal tiklanishi sharoitida mamlakat iqtisodiyoti 2022-yilda 5,5 % ga o'sishi kutilmoqda [5,6]
5,80%
1,60%
2-rasm. O'zbekistonda iqtisodiy o'sish ko'rsatkichlari
Alfraganus
xalqaro ilmiy jurnal >Mp-7
Sanoat korxonani axborot infratuzulmalari ishlab chiqarish va tovar muomalasi, shuningdek, inson hayot faoliyati uchun zarur bo'lgan me'yoriy sharoitni ta'minlashga xizmat kiluvchi turli-tuman yordamchi xizmat ko'rsatuvchi sohalar nomoddiy ishlab chiqarish sektori. Infratuzilma xizmatlari moddiy shaklga ega bo'lmagan tovarlar bo'lib, ular hayotiy ehtiyojlarni qondiradi. Infratuzilma zaruriy va shart bo'lganidan uning ishlab turishini ta'minlashga iqtisodiy resurslarning bir qismi jalb etiladi. Infratuzilma xizmat ko'rsatish sohasiga ko'ra ishlab chiqarish infratuzilmasi (ishlab chiqarish ga xizmat ko'rsatuvchi sohalar — Yuk tashish transporti, elektr va issiqlik ta'minoti, yo'l xo'jaligi, suv xo'jaligi, ombor xujaligi, ilmiy konstruktorlik xizmati, axborot xizmati va boshqalar) va ijtimoiy-maishiy infratuzilma (aholiga xizmat ko'rsatib, uning ehtiyojini qondiruvchi sohalar —sog'liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, maishiy xizmat va boshqalar) ga ajraladi. Infratuzilma xizmati tovar bo'lganidan oldi-sotdi etiladi. Uning asosiy vazifasi insonga xizmat ko'rsatish, ammo bu ish pulli, bepul va imtiyozli tarzda bajarilishi mumkin. Infratuzilma xizmatlarini harakteriga ko'ra guruxlaganda bozor infratuzilmasi ajralib turadi. Chunki unda bozor munosabatlarini amalga oshiruvchi xizmatlar ko'rsatiladi. Qaysi darajada xizmat ko'rsatilishiga ko'ra, korxona, tarmoq ishlab chiqarish majmualari va hududiy infratuzilma ham mavjud. Infratuzilma sohasida yaratilgan xizmatlar ishlab chiqarish va inson uchun naf keltiradi. Infratuzilma xizmat ko'rsatishini tashkil etish uchun mablag'lar sarflanadi. Shuning uchun ularni hisoblash mumkin va ular yalpi milliy mahsulot tarkibiga kiritiladi. Infratuzilma ni yaratuvchi mehnat ham unumli hisoblanadi. Infratuzilma ning samaradorligi ko'rsatilgan xizmatlarning sarf-harajatlarga nisbati orqali aniqlanadi.
Darhaqiqat, raqamli iqtisodiyot miqyosining kengayib borishida xalqaro hamkorlikni imkon qadar kuchaytirish zarur. Shu o'rinda mamnuniyat bilan qayd etish joizki, O'zbekistonda axborot xavfsizligi sohasida olib borilayotgan ta'sirchan choratadbirlar natijasida 2019 yilda Kiberxavfsizlik global indeksida 41 pog'onaga ko'tarilib, 52 o'rinn egalladi. Insoniyat taraqqiyotining hozirgi davri va yaqin istiqbolida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimining sifat jihatdan rivojlanishi raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bilan bevosita bog'liq bo'lib bormoqda. Mamlakatimiz taraqqiyotining istiqboli ham raqamli iqtisodiyot rivojlanishi va raqamli texnologiyalarning qamrov darajasiga tayanadi. Xalqaro tajriba shundan dalolat bermoqdaki, bugungi kunda raqamli texnologiyalar asosan ilmiy hamjamiyat va xususiy sektorda jadal rivojlanmoqda. Shuning uchun davlat, aynan, ushbu sohalarda innovatsion loyihalar va IT-kompaniyalarni qo'llab quvvatlagan holda qulay ekotizimni yaratishi lozim.
1) E.X. Maxmudov "Korxona Iqtisodiyoti" O'quv qo'llanma.Toshkent 2006-yil
2) https://review.uz/uz/post/pochti-polovina-predpriyatiy-v-uzbekistanesozdana-za-poslednie-tri-goda
3) https://kun.uz/uz/news/2021/05/06/2020-yilda-ozbekistonda-eng-kop-foydava-zarar-korgan-korxonalar-royxati-elonqilindi?q=%2Fnews%2F2021%2F0 5%2F06%2F2020-yilda-ozbekistonda-eng-kopfoyda-va-zarar-korgan-korxonalar-royxati-elon-qilindi
4) https://review.uz/uz/post/pochti-polovina-predpriyatiy-v-uzbekistanesozdana-za-poslednie-t^i-goda
5) https://review.uz/uz/post/prognoz-abr-rost-vvp-uzbekistana-sostavit-4-v-2021-g-i-5-v-2022
6) https://www.gazeta.uz/oz/2021/09/23/adb-forecast/
7) https://www.spot.uz/oz/2022/02/14/investment/
8) T.Qudratov, N.Fayziyeva "Korxonalar faoliyatining tahlili va nazorati" Darslik. "Voris nashriyot" Toshkent 2012 yil.
9) https://www.spot.uz/oz/2021/10/09/fitch/