Mirzoyeva I. E.
BuxDU, O'zbekiston Asadullaev A.N.
BuxDU, O'zbekiston
QUYIMOZOR SUV OMBORI VA UNING ATROFIDAGI EKOLOGIK HOLATNING ATROF-MUHITGA TA'SIRI
Annotatsiya: Ushbu maqolada atrof-muhitni tabiiy-antropogen omillar ta 'sirida ifloslanishi, jamiyat rivojlangan sari insonning tabiatga ta 'sirining ortib borishi, Quyimozor suv ombori atrofi va uning ekologik holati, tabiiy hamda antropogen omillar ta'sirida atrof-muhitning o'zgarishi hamda bu oqibatlarni oldini olishga oid tavsiyalar bayon etilgan.
Kalit so'zlar: Landshaft, antropogen, suv ombor, sayyoraviy, global, biosfera, to 'g 'on, hovuz, handaq, komponent, ekologik holat, tuproq, antropogen ifloslanish.
Mirzoyeva I.E.
BukhDU, Uzbekistan Asadullaev A.N.
BukhDU, Uzbekistan
DESCRIPTION OF THE KUYIMAZAR RESERVOIR AND ITS
SURROUNDING ECOLOGICAL STATE ENVIRONMENT TO
Annotation: this article outlines recommendations for pollution of the environment under the influence of natural-anthropogenic factors, increasing the impact of man on nature with the development of society, Kuyimazar reservoir and its environmental condition, changes in the environment under the influence of natural and anthropogenic factors and their prevention.
Key words: landscape, anthropogenic, reservoir, Planet, global, biosphere, dam, basin, trench, component, ecological state, soil, anthropogenic pollution.
Atrof-muhitni hozirgi zamon ekologik muhofazasi bosqichi, insonning tabiatga ta'siri umumsayyoraviy masshtabga yetgan. XX asr o'rtalaridan boshlangan bu bosqichning asosiy vazifasi ekologik tizimlarni muhofaza qilish, ularning o'z-o'zini tiklash qobiliyatini ta'minlash va biosferadagi muvozanatni saqlashdir. Bunda tabiatdan oqilona foydalanish hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Inson xo'jalik faoliyati bilan bog'liq barcha ifloslanishlarni ba'zan antropogen ifloslanish, deb ataladi. Antropogen ifloslanish tabiat komponentlari buyicha: suvning ifloslanishi, havo yoki tuproqning, yana shuningdek, landshaftlarning ifloslanishi kabi guruhlardan iborat. Antropogen ifloslanish davomiyligiga ko'ra: vaqtinchalik va doimiy; tarqalish ko'lamiga ko'ra:
sayyoraviy (global), hududiy (regional) va mahalliy (lokal) guruhlarga ajratiladi.[1]
Kishilik jamiyati va tabiat bir butun hisoblanadi. Jamiyat rivojlangan sari insonning tabiatga ta'siri ortib boradi. Tabiiy omillar bilan antropogen omillar o'zaro uyg'unlashib tabiiy landshaftlarning o'rniga antropogen landshaftlar vujudga keladi. O'zgartirilgan tabiiy muhit, landshaftlarga inson aralashib turmasa, ular o'z tabiiy holatiga qaytishga moyil bo'ladi. Insonning tabiatdan foydalanishi zaruriy ehtiyoj, inson tabiatdan qancha ko'p foydalansa, tabiatda shuncha ko'p o'zgarishlar ro'y beradi.[2]
O'zbekistonning qurg'oqchil kontinental iqlimli cho'l, chala cho'l va tog' oldi dashtlari keng tarqalgan sharoitda suv muammosi hamisha eng jiddiy muammo bo'lib kelgan. So'nggi yarim asrda yangi-yangi cho'l massivlarining dehqonchilik uchun o'zlashtirilishi, mavjud ekin maydonlarining muttasil kengayishi, yangi-yangi suv omborlari va kanallar qurilishi bilan oqar suvlar tobora taqchilligining vujudga kelishi hamda ifloslanishi ko'plab jiddiy iqtisodiy-ijtimoiy va geoekologik muammolarni keltirib chiqardi. Xususan, yer osti suvlarini muhofaza qilishda jiddiy muammolar vujudga keldi.
Har bir hudud o'ziga xos tabiiy xususiyatiga ega. Inson o'z hayoti davomida tabiatdan foydalanishda mazkur hududning tabiiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda, ya'ni tabiat bilan uyg'un yashashga, uning imkoniyatlaridan samarali foydalanishga intiladi. Ana shunday joylardan biri Quyi Zarafshon tabiiy geografik okrugiga tegishli joy - Quyimozor suv ombori. Suv ombori Navoiy viloyati Qiziltepa tumani hududida joylashgan bo'lib, tuman markazidan 23 km, Buxoro shahridan 32 km uzoqlikda joylashgan. Suv omborida yig'ilgan suv Buxoro, Kogon, Muborak shaharlarini ichimlik suvi bilan, Buxoro neftni qayta ishlash zovodi, Muborak gazni qayta ishlash zavodilarini texnik suv bilan hamda Buxoro viloyatining Vobkent, Peshku, Romitan, Kogon, Buxoro va Jondor tumanlarining sug'oriladigan ekin yerlarini sug'orish uchun sarflanadi.[3]
Quyimozor suv omborining texnik parametlari
1-jadval
1 Suv ombori hajmi W=320 mln.m3
2 foydali hajmi W=240 mln.m3
3 o'lik hajmi 80 mln.m3
4 qirg'oq bo'ylab uzunligi 22 km
5 Suv sathining yuzasi 18 km.kv
6 To'g'on uzunligi 172 m
7 To'g'on balandligi 24 m
8 Dambaning ustki belgisi (otmetka) 217,63 m
*jadval. Buxoro viloyati Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan.
Quyimozor, Amu-Buxoro kanali kesib o'tgan bo'lib, hududni suv bilan ta'minlaydi.Kanal ta'sirida yerosti suvlarining yer betiga chiqib, katta maydonlarda tuproqning sho'rlanishiga sabab bo'lgan. Bu yerda eng katta
ta^algan tupraq tipi sho'гxok va sho'rtob tupгoqlaгidiг. Ulaming qatlamlaг bo'yicha tabaqalanishi juda kuchsiz ifodalangan. Tupгoqlaгning qalinligi hudud bo'ylab biг tekisda taqsimlanmagan chunki ulaming qalin yoki yupqa bo'lishi bevosita joyning mikroгelyef shakllari bilan chambaгchas bog'liq. Quyimozoг platosidagi shag'al koni mavjud. Qum-shag'alni qurilish ashyosi sifatida, qasib olish maqsadida Xojkab tepaligi etagida 1966-yildan buyon qum-shag'al zavodi ishlab tuгibdi. Zavod ixtiyoriga 670 gektaгli qum-shag'alli maydon ajratilgan. Qazish ishlaгi tufayli hoziïgi kunda 130 gektaг maydonda kon sanoati relyefi hosil bo'lgan. Chuquriigi 3-4 metг keladigan ko'lmakli hovuz-xandakla^ taгtibsiz yotgan sho'гlangan tupгoq uyumlari oy-relyefini eslatadi.(1-гasm) Shunday holatni Quyimozor temiг yo'l stansiyasi oldida ko'rish mumkin. Buxoгo vohasi chegaгasida joylashgan bu texnogen landshaft 20 gektaráan oгtiq maydonni egallaydi. Yilning issiq va qumq davгida bunday maydon^ deflyatsiya o'chog'i bo'libgina qolmasdan, qon so'rnvchi hasharotlaгning ko'payish maskani hamdir Bunday yeгlaгni agгotexnik va biologik rakultivatsiya qilish kechiktiгib bo'lmay digan vazifadir.
1-rasm.Quyimozor suv ombori va uning ta'siridagi botqoqli-sho'rtoblar
Ayгim pastqam joylaráa taqiг, sho'гtob va sho'rcok tupгoqlaг ham uchraydi. Baгcha tupraq tiplari nihoyatda chiгindiga kambag'al.Sho'гxok landshaftlaMan samaгali foydalanish maqsadida Quyimozoг kanali bo'yida, ayniqsa, Xojkab sho'Exokligida tuz, balchiq sanatoriyasini tashkil etish maqsadga muvofiqdm Biгinchidan, bu shahar aholisiga nisbatan qulay masofada joylashgan. Ikkinchidan, tuz-balchiq terapiya xalqqa ma'lum bo'lgan an'anaviy davolash usullaгidan biгi bo'lib, juda foydali hisoblanadi.
Xulosa qilib, shuni ta'kidlash ke^ki, fan-texnika inqilobi tabiiy resuMa^an oqilona foydalanish va atrof-muhitni yaxshilash bo'yicha insoniyat uchun juda katta imkoniyat tug'diгdi. Biroq, ayni vaqtda u ko'pincha tabiiy muhitning ancha ifloslanishiga va tabiiy sharaitning yomonlashuviga ham olib
keldi. Atrof-muhitning ifloslanishi bu tabiatga zararli moddalar va birikmalarning chiqarib tashlanishidan iborat bo'lib, bu hodisa havo, tuproq-grunt va suvning fizik, kimyo va biologik xususiyatlarining ko'ngilsiz o'zgarishlariga olib keladi. Bu hol tabiiyki, kelajakda o'simliklar, hayvonlar va odam hayotiga, sanoat va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishiga, tabiiy resurslarning holatiga tobora ko'proq salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Kelgusida Quyimozor suv omborlari va ularga yondosh bo'lgan landshaftlarning tabiiy resurslaridan samarali foydalanish, ularni asrab - avaylash uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish joiz:
- Quyimozor - To'dako'l suv omborlariga yondosh yerlarda mavjud bo'lgan yalang, tashlandiq chag'il konlarining ayrim qismlari hozirgi davrda chiqindi -axlatxonalarga aylantirilgan.Bu yerlarni rekultivatsiya, ya'ni fitomelioratsiya qilish zarur.Buning uchun qora saksovul, shuvoq, ili astragili kabi gipofitlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
- Asosan ichimlik suv manbai sifatida foydalanib kelinayotgan Quyimozor suv omborini muhofaza qilish choralarini takomillashtirish zarur.
Shunday qilib, hozirgi vaqtda tabiatni ifloslanishdan muhofaza qilish undan oqilona foydalanishni tashkil qilish eng muhim va dolzarb vazifalardan biridir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1.Rafiqov A.A., Sharipov Sh.M. Geoekologiya (O'quv qo'llanma). Toshkent, 2014, -101 b.
2. Тухтаев А.С. Экология. -Т.: "Укитувчи", 1998. -Б. 155-160.
3. Х,икматов ФХ,., Сирлибоева З.С., Айтбаев Д.П. Куллар ва сув омборлар географияси, гидрологик хусусиятлари.-Т. "Университет", 2000.