Научная статья на тему 'QUYI ZARAFSHON OKRUGINING REKREATSION RESURSLARI VA ULARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI'

QUYI ZARAFSHON OKRUGINING REKREATSION RESURSLARI VA ULARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
38
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tabiiy resurs / tabiiy resurslarni boshqarish / landshaft / antropogen landshaft / cho’l zonasi / madaniy landshaft / indikator / geosistema / optimallashtirish. / natural recource / natural recource management / landscape / anthropogenic landscape / indicator / optimization.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Ergasheva M.K., Isayeva M.N., Temirova M.A.

Ushbu maqolada Quyi Zarafshon okrugining rekreatsiya turistik resurslari va ulardan oqilona foydalanishning geografik asoslari, jumladan tabiiy geografiya hamda resursshunoslik fanining nazariy va amaliy masalalariga doir ma’lumotlar tahlil qilingan va munosabat bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

REKREATION RESOURCES OF THE LOWER ZARAFSHAB DISTRICT AND OPORTUNITIES

In this article, the geographic basis of the rational use of recreational-tourist resources, including theoretical issues of natural geography and recource science.

Текст научной работы на тему «QUYI ZARAFSHON OKRUGINING REKREATSION RESURSLARI VA ULARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI»

УДК 911.3

Ergasheva M.K.

BuxDU "Ekologiya va geografiya" kafedrasi o'qituvchisi,

dotsent, g.f.f.d (PhD) Isayeva M.N.

BuxDU "Ekologiya va geografiya" kafedrasi o'qituvchisi,

tayanch doktorant Temirova M.A.

BuxDU Geografiya ta'limyo'nalishi 1-bosqich magistranti

QUYI ZARAFSHON OKRUGINING REKREATSION RESURSLARI VA ULARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI

Annotatsiya: Ushbu maqolada Quyi Zarafshon okrugining rekreatsiya-turistik resurslari va ulardan oqilona foydalanishning geografik asoslari, jumladan tabiiy geografiya hamda resursshunoslik fanining nazariy va amaliy masalalariga doir ma'lumotlar tahlil qilingan va munosabat bildirilgan.

Kalit so'zlar: tabiiy resurs, tabiiy resurslarni boshqarish, landshaft, antropogen landshaft, cho 'l zonasi, madaniy landshaft, indikator, geosistema, optimallashtirish.

Ergasheva M. K.

PhD, Philosophy doctor of geographical science

Bukhara State University Isayeva M. N.

Doctoral student of Bukhara State Unversity

Temirova M. A.

Master of Bukhara State University.

Bukhara. Republic of Uzbekistan

REKREATION RESOURCES OF THE LOWER ZARAFSHAB DISTRICT

AND OPORTUNITIES

Abstract: In this article, the geographic basis of the rational use of recreational-tourist resources, including theoretical issues of natural geography and recource science.

Key words:natural recource, natural recource management, landscape, anthropogenic landscape, indicator, optimization.

Respublikamizda tabiiy resurslar hamda uning rivojlanish tarixini o'zida aks ettiruvchi zamonaviy adabiyotlarni nashr ettirish bo'yicha keng islohotlar amalga oshirilmoqda hamda bu borada sezilarli natijalarga erishilmoqda. Yangi O'zbekistonning 2022-2026 yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni 2022- yilda amalga oshirish bo'yicha "yo'l xaritasini tasdiqlashni nazarda tutuvchi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti loyihasi"6 80-maqsadi "Yashil makon" umummilliy loyihasini amalga oshirishda muhim vazifalar belgilab berilgan. Bu borada, jumladan, tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, unda geografiya faniga oid bilimlar o'ziga xos alohida ahamiyat kasb etadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-yanvardagi PF-60-son "2022-2026 yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasi to'g'risida", 2019- yil 30-oktabrdagi PF-5863-son "2030-yilgacha bo'lgan davrda O'zbekiston Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida", 2019-yil 17-iyundagi PF-5742-son "Qishloq xo'jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmonlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 -yil 20-oktabrdagi 841-son "2030-yilgacha bo'lgan davrda Barqaror Rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori, shuningdek, mazkur faoliyatga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan sanaladi.

Mamlakatimizda turizm sohasi bozor munosabatlarini shakllantirishda xizmat ko'rsatish sohasidagi iqtisodiy munosabatlarni hal etishda, o'ziga xos o'rni bor. Chunki bu soha bozor subyekti sifatida tez rivojlanish bosqichida, uning tarkibiy qismi bo'lgan turizm sohasi ham o'z o'rniga ega bo'lib bormoqda. Turizm nisbatan yangi soha bo'lishiga qaramasdan o'z mavqeini mustahkamlab bormoqda. Bu kelajakda ham istiqboli porloq sohalardan biri bo'lib qoladi. Zarafshon mintaqasida rekreatsion-turistik resurslardan foydalanish, sohani zamon talablari darajasida rivojlantirish masalasi o'rganilmoqda. Shunday ekan, Zarafshon mintaqasida turistik resurslardan foydalanish imkoniyatlarini ilmiy-nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq etishni talab qiladi.

Resurslarning asosiy negizi tabiiy resurslar hisoblanadi. Tabiiy sharoit va tabiiy boyliklar "inson-jamiyat" tomonidan azal-azaldan foydalanib kelinayotgan bo'lsa-da, resurslar fanning o'rganish predmeti bo'lmagan. "Tabiiy resurslar" atamasi va uning ilmiy talqini XX asrning ikkinchi yarmida paydo bo'ldi [3].

Hozirgi davrda "resurs" tushunchasi ko'p qirrali mazmunga ega. Uning ilmiy talqinlari ko'p. Talqinlar qanday bo'lmasin, uning mag'zida antroposentrik mazmun yotadi, ya'ni insonning hayoti va yashashi uchun zarur va foydali bo'lgan tabiiy, moddiy, nomoddiy va ma'naviy boyliklar tushuniladi. Landshaftlarni rekreatsiya va turizm maqsadlarida tadqiq etishda olimlardan I.P.Gerasimov, V.I.Azar, V.S.Preobrajenskiy, I.V.Zorin, V.P.Burov, Yu.A.Vedenin, L.A.Bagirova, B.B.Rodoman, K.N.Musin, P.G.Sarfis, D.V.Nikolayenko, respublikamiz olimlaridan A.S.Soliyev, A.A.Rafiqov, Sh.Azimov, A.Qayumov, A.N.Nig'matov, X.Vahobov, A.Yakubov, R.Usmonova, M.R.Usmonov, N.T.Shamuratova, Z.Mahamatillayevlar tadqiqot ishlari olib borilgan.

Zarafshonning rekreatsiya-turistik resurslari A.A.Abdulqosimov,

A.Raxmatullayev, S.B.Abbasov, A.N.Hojimatov, O.Sh.Ro'ziqulova, B.A.Meliyev,

B.B.Eshquvvatov, O'.B.Badalov, M.Usmonov va boshqa bir qator olimlarning ilmiy izlanishlarida yoritilgan [1].

6 Y3ÔeKHCTOH Pecnyô^HKacu npe3HgemHHHHr 2022 hhïï 8 aHBapgaru n®-60-coH "2022-2026 HH^apra My^a^aHraH Tapa^^HëT crpaTeruacH TyrpHCHga"rH OapMOHH

Zarafshon mintaqasi betakror tabiati hamda ko'hna va boy tarixi, islom madaniyatining dastlabki tamallari qo'yilgan ko'hna shahar ekanligi bilan qadimdan sayyohlarning diqqat markazida bo'lib kelgan. Mintaqada mavjud tabiiy resurslar, boy tarixiy merosdan yanada samarali foydalanish maqsadida bugungi kunda turli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Quyi Zarafshon havzasi qulay geografik o'rinda joylashgan. P.Baratovning ta'kidlashicha, Quyi Zarafshon okrugi Zarafshon daryo vodiysining quyi qismini, Buxoro va Qorako'l vohalarini, Zarafshonning g'arbdan va janubi-g'arbdan tutashib turgan qadimgi allyuvial-delta tekisliklarini, Dengizko'l platosini,o'z ichiga oladi. Okrug sharqda O'rta Zarafshon okrugidan kengligi 2-4 km keladigan Hazor yo'lagi orqali ajralib turadi.

Quyi Zarafshon okrugi paleozoy burmali negizning bukilgan qismida joylashib, uning ustini mezozoy va kaynjzoy cho'kindi jinslari qoplab olgan. Kaynozoy keng tarqalgan, ular ichida eng ko'p uchraydigan jinslar to' rtlamchi davrning allyuvial-delta yotqiziqlari bo'lib, ular Zarafshon daryosi olib kelgan shag'al, qum, qumoq va loyqalardan iborat.

Okrug hududi asosan tekisliklardan - Buxoro va Qorako'l deltalaridan iborat. Zarafshon daryosi O'rta Zarafshon botig'idan chiqib Navoiy shahridan g'arbda va janubi-g'arbda Buxoro deltasiga kirib boradi. Bu deltani shimoldan va g'arbdan Qizilqum, sharqidan Qiziltepa, Azkamar, Quyumozor, Qaynog'och balandliklari, Qo'shtepa va Qumsulton tepaliklari, janubi-sharqdan esa Qorako'l platosi o'rab turadi. Buxoro deltasi janubi-g'arbga tomon biroz nishab bo'lib, sug'orish shahobchalari uni ayrim qismlarga bo'lib yuborgan. Unda Zarafshon daryosining 4 ta qayiri joylashgan. Deltaning uzunligi 102 km, o'rtacha kengligi 50-55 km, eng keng yeri 70 km ga boradi. Mutlaq balandligi g'arbida 200 m ni, sharqida esa 250 m ni tashkil etadi. Zarafshon daryosi Chandir qishlog'idan janubi-g'arbda nisbiy balandligi 15 m gacha bo'lgan Qorako'l platosini kesib o'tib, tor (kengligi 0,5-1,0 km) Qorako'l yo'lagini hosil qiladi. Bu yo'lak Buxoro deltasini Qorako'l deltasi bilan tutashtirib turadi. Quyi Zarafshon okrugi o'ta arid iqlimiy sharoitga ega. Qishi juda qisqa va beqaror, yoz esa seroftob, jaziramabo'ladi. Yanvar oyining ko'p yillik o'rtacha havo harorati -20 C dan +10 C gacha, mutlaq minimumi -260C ni tashkil etadi, qish 1-2 oy davom etadi. Iyul oyining o'rtacha havo harorati 29,5-360 C atrofida, eng yuqori havo harorati 45-460C gacha boradi. Yillik yog'in miqdori 95125 mm atrofida. Respublikaning tekislik okruglari ichida Quyi Zarafshon termik resurslarga boyligi bilan ajralib turadi. Termik resurs miqdori 4500-5000°C ni tashkil etadi. Bu okrug hududini o'rta pishar paxta yetishtiriladigan mintaqaga kiritish imkonini beradi.

Okrugning asosiy suv manbai - Zarafshon va Amudaryo. Zarafshon daryosi suvi okrug hududida 50 dan ortiq magistral ariqlarga (Konimex, Shofrikon, Vobkentdaryo, Romiton, Shahrud va boshqalar) bo'linib, sug'orishga sarflanadi. Daryoning tabiiy o'zanidan faqat sizot suvlari oqadi. Qadimda Zarafshon daryosi Amudaryoga 20 km yetmasdan qumliklarda shimilib ketar edi. Okrugga Zarafshon juda oz suv olib keladi. Quyi Zarafshonga sug'orish maqsadlari uchun uzunligi 55 kmli Amu-Qorako'l va 268 km li Amu-Buxoro kanallari orqali Amudaryo suvi keltirilgan. Amu-Qorako'l kanalining bosh qismida suv sarfi sekundiga 48 m3 ga, Amu-Buxoro kanalida esa 235 m3 ga teng. Amu-Buxoro kanalidagi Olot, Qorako'l

va Hamza nasos stanstiyalari Amudaryo suvini 66 m ga ko'tarib beradi. Bu kanaldan chiqarilgan ariqlar Amudaryo suvini sug'orishga suv kerak bo'lmagan qish oylarida Quyumozor va To'dako'l suv omborlariga olib boradi [2].

Quyi Zarafshon o'simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish ham dolzarb masala hisoblanadi. Buxoro viloyatida o'rmonlar 1S7 ming gektardan sal ko'proq. Shundan 1329 gektari ihota daraxtzorlarga to'gri keladi. O'rmon xo'jaliklarida terak, shumtol, tol, qayrogoch, archa va mevali daraxtlar ko'chatlari ko'paytirilib ekilmoqda. 1977 yilda tashkil qilingan respublikamizda yagona Jayron parvarishxonasida 1G00 boshdan ko'p jayron boqilmoqda. Qushlarni ko'payishiga qulay sharoit yaratish maqsadida Qoraqir parvarishxonasi tashkil qilindi. Hozirgi kunda Osiyo qoploni, Buxoro xonguli, sirtlon kabi hayvonlarning yo'qolib ketish xavfi bor. Ustyurt arxari, shohli taka, qora laylak, oqqush, echkiemar turlari ancha kamayib ketgan.

Keyingi yillarda o'tkazilgan konferensiyalarda tabiiy resurslar, ulardan samarali foydalanish masalalarida bir qator ilmiy maqolalar nashr qilindi. Jumladan, 2GG1-yil Toshkent shahrida o'tkazilgan "Geografiya va tabiiy resurslardan foydalanish" mavzusidagi konferensiyada A.Rafiqov o'zining "Tabiat va uning resurslaridan foydalanishning geografik asoslari" ma'ruzasida meliorativ landshaftshunoslik g'oyalarini ilgari surib, "Fatsiya miqyosida dehqonchilikni rivojlantirish yerlarni melioratsiya jihatdan yaxshilashda qo'l keladi" deb ko'rsatib o'tgan (6 b.). Mazkur anjumanda A.Abdulqosimov va S.Abbasovlar landshaft ekologik yo'nalishdagi muammolarni sanab o'tishgan.

"Geografiya fanining nazariy-amaliy muammolari"ga bag'ishlangan ilmiy anjumanda (Buxoro, 2006) I.Q.Nazarov o'zining "Geografiya fanining sintez qudrati va hozirgi ijtimoiy nufuzi" maqolasida antropogen landshaftshunoslik yo'nalishining ahamiyatini yuqori baholagan. Ya'ni olim "Ayni davrda har ikkala geografiyani birlashtiruvchi fanlar guruhi (geografik resursshunoslik, sotsial geografiya, turizm va rekreatsion geoekologiya, antropogen landshaftshunoslik) ham takomil topdiki, bu fanlar yagona geografiya uchun poydevor vazifasini o'tamog'i lozim" - deb qayd etgan edi (3G b.).

Shuningdek, A.Abdulqosimov va S.Abbasovlar (2013y) "Antropogen landshaftlar tarkibida hudud jihatdan qishloq xo'jalik landshaftlari, ya'ni agrolandshaftlar hukmronlik qiladi. Ular antropogen landshaftshunoslikning ham ijtimoiy-iqtisodiy geografiyaning ham tadqiqot obyekti bo'lib xizmat qiladi" - deb landshaftshunoslik va iqtisodiy-ijtimoiy geografiya aloqadorligi omilini ko'rsatib o'tishgan (29 b.). Bugun antropogen landshaftlarni prognozlash muammosi ham landshaftshunoslik fani kun tartibidagi masalalardan biridir. Bu to'g'rida A.Abdulqosimov "Antropogen landshaftni prognozlash antropogen bosim ta'sirida geografik muhitning chuqur o'zgarib borishini o'zida obyektiv aks ettirishini oldindan asoslab beradigan ilmiy yo'nalishdir. Prognozlash nafaqat landshaftshunoslikning, balki barcha geografik fanlarning, jumladan ijtimoiy-iqtisodiy geografiyaning ham yetakchi dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi" -deb aytgan edi [5].

Haqiqatan ham cho'l resurslaridan nafaqat sanoat yoki qishloq xo'jaligida, balki rekreatsiya va salomatlikni tiklash kabi nomoddiy sohalarda ham yanada kengroq foydalanish choralari ko'rilmoqda. Cho'llarning iqlim sharoiti aholi

salomatligini tiklashda muhim ahamiyatga ega. Olti oyga yaqin davom etadigan quruq va jazirama issiq hamda havo namligining 15-20 foizdan oshmasligi buyrak kasalliklarini davolashda yaxshi natija beradi. Shuningdek, tuzli balchiq, cho'l zonasidagi issiq qum, shifobaxsh loy, suvi minerallashgan quduq va ko'llar atrofida ham salomatlikni tiklash muassasalarini tashkil qilish imkoniyati bor. Mazkur maskanlarda brusellyoz, radikulit va asab tizimi bilan bog'liq ba'zi kasalliklarni ham davolasa bo'ladi. Buxoro viloyatida bunday tipdagi sanatoriylardan bir nechtasi faoliyat olib bormoqda. Masalan, Buxoro shahri- Sitorai Moxi Xossa, issiq suv sanatoriylari, Olot tumanida sho'r suv va issiq qum yordamida davolash yo'lga qo'yilgan. Kelgusida shu xildagi davolash muassasalarini ko'paytirish choralarini ko'rish orqali, hududlarning rivojlanishi mintaqa va viloyatlar rivojlanishiga olib keladi. Qolaversa, cho'l mintaqasida yashovchi aholi tabiiy sharoitga moslashgan bo'lib, imkoniyatlardan foydalanishda boy tajribaga ega.

Okrugda kelgusida iqlimning qurg'oqlashuvi, landshaftlarga ta'sir etuvchi antropogen yukni ortib borishi davom etadi, natijada landshaftlarning cho'llanishi, biomahsuldorligi va genofondining kamayib borishi kuzatiladi. Bundan tashqari suvli landshaftlarning, ayniqsa tashlama ko'llarning kimyoviy va bakteriologik ifloslanishi ortib boradi. Bu esa o'z navbatida gidro va fitomelioratsiya ishlarini uzluksiz davom ettirishni, maxsus qo'riqlanadigan maskanlar maydonini kamida 10% ga (hozir 1,8%) yetkazishni, xalq tajribasidan oqilona foydalanishni, aholining ekologik savodxonligini yuksaltirib borishni taqozo qiladi.

Ma'lumki, har bir hududning tabiiy resurslaridan foydalanishda, joyning geografik o'rni, relyefi, iqlimiy sharoiti, suvlari, tuproq hamda o'simlik dunyosiga alohida e'tibor qaratiladi. Landshaft haqidagi ta'limot landshaftlarning tabiiy resurslaridan samarali foydalanish uchun metodologik asos bo'la oladi [4]. Bu esa o'z navbatida shakllanayotgan "landshaftlar resursshunosligi" ilmiy yo'nalishni rivojlantirish zarurligini taqozo qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Abbasov S.B., Yarashev Q.S., Badalov O'.B.. O'rta Zarafshon havzasini rekreatsiya-turistik resurslari, ulardan foydalanishning geografik asoslari va istiqbollari. Monografiya. - Samarqand: "SamDCHTI" nashriyoti", 2023. -132 bet.

2. Баротов П. Узбекистан табиий географияси. Тошкент., У^итувчи, 1996.

3. Лемешев М.Я. Ресурсы природы и природные ресурсы. Земля людей. Вып 5. Знание. 1983, -С.107-120.

4. Назаров И.К., Тошев Х.Р. Ландшафтлар ресурсшунослиги. Узбекистон география жамияти ахбороти. 23-жилд. Тошкент, 2003. -Б.18-20.

5. Эргашева М.К. Узбекистонда антропоген ландшафтшуносликнинг ривожланиши. // УзГЖ ахбороти. 55-жилд. -Тошкент, 2019. -Б. 23-26.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.