Научная статья на тему 'QUTUZNING HARBIY STRATEGIYALARINING YOSHKARDA VATANPARVARLIK G’OYALARINI SHAKLLANTIRISHDAGI ROLI'

QUTUZNING HARBIY STRATEGIYALARINING YOSHKARDA VATANPARVARLIK G’OYALARINI SHAKLLANTIRISHDAGI ROLI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
лидер / родина / защита / мужество / молодежь / патриотизм / преданность делу / гражданин / образование / leader / motherland / protection / courage / youth / patriotism / dedication / citizen / education

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Nurmatov Bobur Abdusattorovich

В этой статье Сайфиддин Кутуз человек, который недолго правил Мамлюкским султанатом в 13 веке, но оставил большой след в истории своими лидерскими качествами и патриотизмом. Его жизнь и деятельность, особенно победа в битве при Айн-Джалуте, имеют огромное значение не только с военной точки зрения, но и с социальной и философской

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF KUTUZ'S MILITARY STRATEGIES IN THE FORMATION OF PATRIOTIC IDEAS IN YOUTH

In this article, Sayfiddin Qutuz is a person who ruled the Mamluk Sultanate for a short time in the 13th century, but left a great mark in history with his leadership skills and patriotism. His life and work, especially his victory in the Battle of Ain Jalut, are of great importance not only from a military point of view, but also from a social and philosophical point of view

Текст научной работы на тему «QUTUZNING HARBIY STRATEGIYALARINING YOSHKARDA VATANPARVARLIK G’OYALARINI SHAKLLANTIRISHDAGI ROLI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 1 | Issue 1 | October, 2024 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar

www.carjis.org

QUTUZNING HARBIY STRATEGIYALARINING YOSHKARDA VATANPARVARLIK G'OYALARINI SHAKLLANTIRISHDAGI ROLI

THE ROLE OF KUTUZ'S MILITARY STRATEGIES IN THE FORMATION OF PATRIOTIC IDEAS IN YOUTH

РОЛЬ ВОЕННЫХ СТРАТЕГИЙ КУРЦА В ФОРМИРОВАНИИ ПАТРИОТИЧЕСКИХ ИДЕЙ У МОЛОДЕЖИ

Tadqiqotchi: Nurmatov Bobur Abdusattorovich

Аннотация

В этой статье Сайфиддин Кутуз - человек, который недолго правил Мамлюкским султанатом в 13 веке, но оставил большой след в истории своими лидерскими качествами и патриотизмом. Его жизнь и деятельность, особенно победа в битве при Айн-Джалуте, имеют огромное значение не только с военной точки зрения, но и с социальной и философской.

Ключевые слова: лидер, родина, защита, мужество, молодежь, патриотизм, преданность делу, гражданин, образование.

Abstract

In this article, Sayfiddin Qutuz is a person who ruled the Mamluk Sultanate for a short time in the 13th century, but left a great mark in history with his leadership skills and patriotism. His life and work, especially his victory in the Battle of Ain Jalut, are of great importance not only from a military point of view, but also from a social and philosophical point of view.

Key words: leader, motherland, protection, courage, youth, patriotism, dedication, citizen, education.

Annotatsiya

Ushbu maqolada Sayfiddin Qutuz — XIII asrda Mamlyuk sultonatida qisqa

vaqt mobaynida hukmronlik qilgan, lekin tarixda o'zining sarkardalik qobiliyati va

61

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 1 | Issue 1 | October, 2024 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org

vatanparvarlik ruhi bilan katta iz qoldirgan shaxs. Uning hayoti va faoliyati, ayniqsa, Ayn Jalut jangidagi g'alabasi, faqat harbiy jihatdan emas, balki ijtimoiy va falsafiy nuqtai nazardan ham katta ahamiyatga ega.

Kalit so'zlar: yetakchi, vatan, himoya, jasorat, yoshlar, vatanparvarlik, fidoyilik, fuqaro, tarbiya.

Qutuzning yetakchiligi va vatan himoyasidagi jasorati yoshlarga vatanparvarlik, fidoyilik va fuqarolik mas'uliyatini tarbiyalashda muhim namuna hisoblanadi. Qutuzning Ayn Jalut jangidagi faoliyati vatan himoyasi uchun kurashishda qat'iyat va birlik g'oyasining muhimligini ko'rsatadi. Qutuzning harbiy strategiyalari Fil'shtinskiy asarida tasvirlangan an'anaviy xalifalik urushlaridan farqli ravishda ancha moslashuvchan va zamonaviydir. U ko'chma jang taktikasi, kuchlarni tez safarbar qilish, va diplomatik ittifoqlar orqali dushmanga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib bordi. Biroq, Fil'shtinskiy asarida ko'rsatilganidek, musulmon dunyosining siyosiy parchalanishi va markazlashmagan hokimiyat Qutuzning muvaffaqiyatiga turtki bo'lgan omillardan biri bo'lishi mumkin. Ya'ni, agar xalifalik markazlashgan bo'lganida, Qutuzning harbiy strategiyalari unchalik samarali bo'lmasligi ehtimoli bor edi1.

Qutuz Mamlyuk sultonatidagi turli siyosiy guruhlar bilan hamkorlik qilib, umumiy dushmanga — mog'ollarga qarshi kurashdi. U Beybars kabi raqiblari bilan ham yakdillikka erishib, ularni jangda birlashtirishga muvaffaq bo'ldi. Bu yoshlarga umumiy maqsadlar yo'lida birlashish muhimligini o'rgatadi. Qutuzning mog'ollarga qarshi kurashidagi jasorati va vatanni himoya qilishga bo'lgan sadoqati, yoshlarga vatanparvarlikning haqiqiy mohiyatini ko'rsatadi. Uning so'zlaridagi g'oyalar, masalan, mamlakatni tashlab ketish yoki dushmanga bo'ysunmaslik haqidagi qat'iy qarorlari yoshlarga vatan himoyasining muhimligini tushuntiradi.

1 Фильштинский И. М. История арабов и Халифата (750—1517). — 3-е, исправленное и дополненное. — М.: АСТ: Восток-Запад, 2008. — 349 с.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 1 | Issue 1 | October, 2024 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org

Qutuzning harbiy strategiyalari va dushmanga qarshi harakatlari strategik fikrlash qobiliyatining ahamiyatini ko'rsatadi. Yoshlar uchun uning jangdagi qarorlari va harakatlari misolida tahlil qilish orqali, strategik fikrlash va muammo yechish qobiliyatlarini rivojlantirish mumkin. Qutuz Misr va Mamlyuklar sultonatini himoya qilish uchun shaxsiy mas'uliyatni o'z zimmasiga oldi. Bu holat yoshlarga fuqarolik mas'uliyati va jamiyat oldidagi burchni anglashga yordam beradi. Qutuz dushman bilan murosa qilishdan ko'ra, kurashishni afzal ko'rdi. Uning adolatparvarlikka intilishi va yolg'ondan qochishi yoshlarga prinsipiallik va o'z g'oyalariga sodiq qolish muhimligini o'rgatadi.

Sayfiddin Qutuzning harbiy strategiyalari va dushmanga qarshi harakatlarini K. V.Rijov asarining "Baxritlar" bo'limida keltirilgan tarixiy ma'lumotlar bilan bog'lab tahlil qilish, Mamluklar davridagi siyosiy va harbiy jarayonlarni chuqurroq tushunish imkonini beradi. Ushbu asarda Mamluklar sulolasining Bahriylar (dastlabki mamluk sultonlari) davridagi siyosiy va harbiy siyosatlari, shuningdek, Sayfiddin Qutuzning roliga oid ma'lumotlar keltirilgan2.

"Baxritlar" bo'limida Bahriylar sulolasining shakllanishi, ularning mo'g'ullarga qarshi kurashi va Yaqin Sharqdagi siyosiy manzara tasvirlanadi. Sayfiddin Qutuz, Bahriylar sulolasining muhim shaxsi bo'lib, aynan uning rahbarligida 1260 yilda Ayn Jalut jangida mo'g'ullar ustidan tarixiy g'alaba qozonilgan. Ushbu g'alaba nafaqat Mamluklar sulolasi uchun, balki butun musulmon dunyosi uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Qutuz qisqa vaqt ichida qo'shinlarni safarbar qilgan va dushmanning tez harakatlariga moslashgan. Baxriti bo'limida Bahriylar harbiy kuchining asosiy omillaridan biri bu ularning jismoniy tayyorgarligi va tezkorlik ekani ko'rsatiladi, bu esa Qutuzning harbiy strategiyasida ham o'z aksini topgan.

2 Рыжов К. В. Бахриты // Все монархи мира. Мусульманский Восток. VII—XV вв. — М. : Вече, 2004. — 544 с.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 1 | Issue 1 | October, 2024 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org

Qutuz mo'g'ullar tahdidiga qarshi ittifoqlar yaratishda muvaffaqiyatli bo'lgan. U musulmon dunyosida mavjud bo'lgan siyosiy kuchlar o'rtasida diplomatik muvozanatni saqlashga harakat qilgan. Ayn Jalut jangida faqat harbiy strategiya emas, balki askarlarning ruhiy tayyorgarligi ham muhim rol o'ynagan. Baxriti bo'limida Mamluklar qo'shinining intizomi va qat'iyati alohida ta'kidlanadi. Sayfiddin Qutuzning harbiy strategiyasi mo'g'ullar kabi kuchli va tajovuzkor dushmanga qarshi samarali bo'ldi. U Bahriylar sulolasining kuchli harbiy an'analarini davom ettirib, o'ziga xos taktik moslashuvchanlik va strategik fikrlash orqali muvaffaqiyatga erishdi.

"Baxritlar" bo'limida Bahriylar sulolasi ichidagi siyosiy kurashlar va hokimiyat uchun bo'lgan raqobatlar haqida ham so'z boradi. Bu jihatdan Qutuzning muvaffaqiyatlarini baholashda, uning ichki siyosiy raqobatlarni vaqtincha yengib, tashqi dushmanga qarshi birlashish strategiyasini qanday amalga oshirganini tahlil qilish muhim. Agar ichki siyosiy barqarorlik bo'lmaganida, Qutuzning harbiy yutuqlari shubha ostida bo'lishi mumkin edi. Qutuzning harbiy yutuqlari Bahriylar sulolasining umumiy harbiy an'analaridan kelib chiqqan. Baxriti bo'limida Bahriylar sulolasi Mamluklarning katta jangovar tayyorgarligi, intizomi, va moslashuvchan harbiy taktikalari bilan ajralib turishi ko'rsatilgan. Sayfiddin Qutuz aynan shu an'analarni zamonaviy sharoitlarga moslashtirgan va mo'g'ullarga qarshi muvaffaqiyatli qo'llagan. Sayfiddin Qutuzning harbiy strategiyalari " Baxritlar " bo'limida tasvirlangan Mamluklarning harbiy va siyosiy an'analari bilan bevosita bog'liq. Uning mo'g'ullarga qarshi kurashdagi muvaffaqiyati Bahriylar sulolasining intizomli va kuchli harbiy tizimi, shuningdek, Qutuzning o'ziga xos liderlik qobiliyatlari bilan izohlanadi. Shu bilan birga, ichki siyosiy barqarorlikni ta'minlash va diplomatik strategiyalarni qo'llash Qutuzning harbiy muvaffaqiyatlarida muhim rol o'ynagan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.