APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center IF = 7.984 www.in-academy.uz
Щ /
Aiém
t v .Л» i
mm
s i- v££ « л !ï.
а к-лИ ЯК-
щ f %g
LAW, FINANCE AND &ED SCIENCES
ARTICLE INFO
SPECIFIC CHARACTERISTICS OF INVESTIGATION IN DETERMINING CASES OF FRAUD IN CONSTRUCTION
TENDER Saidov Dilshod Muxiddinovich
Law enforcement academy Master's student of prosecutorial activity https://doi.org/10.5281/zenodo.14748819
ABSTRACT
This article reflects the cases of fraud in construction tenders, their detection, investigation in detecting fraud, investigation methods, cases studied during the investigation process, and measures that must be taken to prevent fraud in construction tenders. Also, This article examines the cases of fraud in construction tenders, their causes, and methods of combating them.
Received: 20th January 2025 Accepted: 26th January 2025 Online: 27th January 2025
KEYWORDS Construction tender, fraud, investigation, investigation methods, tender conditions, winner, construction
contracting organization.
ОСОБЕННОСТИ РАССЛЕДОВАНИЯ ПРИ ВЫЯВЛЕНИИ СЛУЧАЕВ МОШЕННИЧЕСТВА ПРИ СТРОИТЕЛЬНЫХ ТЕНДЕРАХ
Саидов Дилшод Мухиддинович
Академия правоохранительных органов Магистрант прокурорской деятельности https://doi.org/10.5281/zenodo.14748819
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 20th January 2025 Accepted: 26th January 2025 Online: 27th January 2025 KEYWORDS
Строительный тендер, мошенничество, расследование, методы расследования, условия тендера, победитель,
строительная подрядная
В статье отражены случаи мошенничества, совершаемого при проведении строительных тендеров, их выявление, расследование при выявлении мошенничества, методы расследования, случаи, изучаемые в ходе расследования, а также меры, которые необходимо принять для предотвращения мошенничества при проведении строительных тендеров. В статье также рассматриваются случаи мошенничества при проведении строительных тендеров, их причины и методы борьбы с ними.
организация.
QURILISH TENDERLARIDA FIRIBGARLIK HOLATLARINI ANIQLASHDA TERGOV QILISHNING OZIGA XOS XUSUSIYATLARI Saidov Dilshod Muxiddinovich
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Prokurorlik faoliyati yo'nalishi magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.14748819
ARTICLE INFO ABSTRACT
Received: 20th January 2025
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center IF = 7.984 www.in-academy.uz
Accepted: 26th January 2025 Online: 27th January 2025
KEYWORDS Qurilish tenderi, firibgarlik, tergov, tergov usullari, tender o'tkazish shartlari, g'olib, qurilish pudrati tashkiloti.
KIRISH
Qurilish tenderlarida firibgarlik holatlari ko'pincha murakkab va ko'p bosqichli tuzilishga ega bo'lib, ularni tergov qilish o'ziga xos yondashuvni talab etadi. Bu jarayonning asosiy maqsadi - qonunbuzarliklarni aniqlash, moliyaviy va huquqiy oqibatlarni aniqlashtirish va aybdorlarni javobgarlikka tortishdan iborat hisoblanadi. Qurilish tenderlarida firibgarlik - bu jarayonning shaffofligiga putur yetkazadigan jiddiy muammo bo'lib, davlat byudjetiga katta zarar keltirishi mumkin.
ASOSIY QISM
Firibgarlik deganda o'zgalar mulkini (davlat, jamoat yoki fuqarolarning shaxsiy mullari) aldash yoki ishonchni suiiste'mol qilish yo'li bilan qo'lga kiritish tushuniladi. Mazkur jinoyatni tergov qilish o'ziga xos xususiyatlarga ega. Birinchidan, firibgarlik jinoyatining sodir etilishi boshqa jinoyatlar sodir etilishidan farq qiladi. Jabrlanuvchilar firibgarlar bilan bir qancha vaqt, ba'zi vaqtlarda uzoq muddat davomida o'zaro munosabatda bo'ladilar. Shuning uchun ham jabrlanuvchilar jinoyat sodir etilgandan keyin firibgarning tashqi ko'rinishi, belgilari to'g'risida to'laroq ma'lumot berishlari mumkin.
Ikkinchidan, firibgar ma'lum darajada boshqa jinoyatchilardan (o'g'ri, talonchi, bezori) farq qiladi. Ko'p hollarda firibgarlik voyaga yetgan, yoshi katta shaxslar tomonidan sodir etiladi. Ular jinoyatni sodir etishda o'zlarining ayyorlik va chapdasdik qobiliyatlarini ishlatib odamlarni o'ziga jalb etadilar, ularda o'zlariga nisbatan ishonch va qiziqish uyg'otadilar.
Uchinchidan, firibgarlik ba'zi vaqtlarda fuqarolaming o'zlarini noo'rin istaklari natijasida sodir etiladi. Jabrlanuvchilar firibgarga nisbatan o'ta ishonch va ochiq ko'ngillik bildiradilar va shu bilan o'zlarini aldanib qolganlarini bilmaydilar1.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.01.2022 yildagi 46-son "Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga 1-ilovada "Qurilish sohasida pudrat tashkilotlarini belgilash bo'yicha elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi to'g'risidagi" nizom o'z aksini topgan bo'lib, unda qurilish tenderini o'tkazish jarayoni va bosqichlari, subyekti, predmeti va obyekti atroflicha yoritilgan. Ushbu nizomning qoidalarini buzgan holda amalga oshirilgan, shuningdek, uning qoidalarini aylanib o'tish natijasida tuzilgan shartnomalar, qurilish tenderlari qonunchilikka muvofiq javobgarlikka
1 Kriminalistika. Darslik. n-jild. -T.: TDYI nashriyoti. 2008. 271 bet.
Mazkur maqolada qurilish tenderida amalga oshiriladigan firibgarlik holatlari, ularni aniqlash, firibgarlikni aniqlashda tergov qilish, tergov qilish usullari, tergov jarayonida o'rganiladigan holatlar hamda qurilish tenderida firibgarlik holatining oldini olish uchun amalga oshirilishi zarur bo'lgan chora-tadbirlar o'z aksini topgan. Shuningdek, Ushbu maqolada qurilish tenderlarida sodir bo'ladigan firibgarlik holatlari, ularning sabablari va ularga qarshi kurashish usullari ko'rib chiqiladi.
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center IF = 7.984 www.in-academy.uz
tortishga asos bo'ladi. Ushbu nizom qoidalarini buzgan holda amalga oshiriladigan firibgarlikning ko'p tarqalgan usullariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Soxta hujjatlar tayyorlash: Ishtirokchilar malaka, moliyaviy holat yoki texnik imkoniyatlar haqida noto'g'ri ma'lumot beradi. Bu holat tenderning adolatsiz o'tishiga sabab bo'ladi.
Narxlarni manipulyatsiya qilish: Atayin past narx taklif etiladi, lekin keyinchalik loyiha qiymatini oshirish uchun qo'shimcha xarajatlar kiritiladi.
O'zaro kelishuvlar: Ishtirokchilar o'zaro kelishib, narxlarni manipulyatsiya qilish orqali g'olibni oldindan belgilab qo'yadi.
Shartnomani buzish: Qurilish jarayonida materiallar sifati va hajmini pasaytirish orqali firibgarlik sodir etish.
Demak, yuqoridagi holatlar qurilish tenderida amalga oshiriladigan firibgarlik holatlari hisoblanar ekan. Biz quyida firibgarlik jinoyatining aniqlashda tergovning ahamiyatiga to'xtalib o'tamiz. Tergov qilish bilamizki, bu jinoyat, huquqbuzarlik yoki boshqa noqonuniy harakatlarni aniqlash, tekshirish va isbotlashga qaratilgan jarayon sanaladi. Shu bilan birga tergov huquqni muhofaza qiluvchi organlar (masalan, prokuratura, ichki ishlar organlari yoki boshqa maxsus xizmatlar) tomonidan olib boriladi va tergov jarayonining bosqichlari:
Ma'lumot yig'ish: Voqea joyi ko'rikdan o'tkaziladi, guvohlar so'roq qilinadi, yozma va moddiy dalillar yig'ish;
Tahlil qilish: Olingan ma'lumotlar va dalillar ekspertlar tomonidan o'rganiladi, voqea sodir bo'lgan sharoitlar tahlil qilish;
Shubhali shaxslarni aniqlash: Dalillar asosida gumonlanuvchilar aniqlanib, ular so'roq qilish;
Ekspertiza o'tkazish: Zarur bo'lsa, sud-tibbiy, moliyaviy, texnik yoki boshqa turdagi ekspertiza tayinlash;
Jinoyat ishi bo'yicha hujjatlar tayyorlash: Tergov materiallari asosida ayblov xulosasi tayyorlash va ish sudga yuborish.
Demak, yuqoridagilardan ko'rishimiz mumkinki, tergov qilishdan maqsad sodir etilgan jinoyatning aybdorlarini toppish, yetkazilgan zararni aniqlashtirish va boshqalar hisoblanadi. Shu sababli tergov qilish jamiyatda qonun va tartibni saqlashda muhim o'rin tutadi. Bu jarayon orqali jinoyatlar oldi olinadi, aybdorlar javobgarlikka tortiladi va jabrlanganlarga adolat ta'minlanadi.
Firibgarlik jinoyatini tergashda isbotlanishi lozim bo'lgan holatlar mavjud bo'lib, ularga jinoyatni sodir etish usuli, jinoyat sodir etilishida jabrlanuvchining roli, firibgarlik jinoyatining sodir etilishiga imkoniyat yaratgan sharoitlar kiradi.
Aniqlanishi kerak bo'lgan holatlar quyidagilardan iborat:
Firibgarlik sodir etilganmi?
Firibgarlik sodir etilgan joy, vaqti, sharoitlari, usullari, kim jinoyatning shohidi bo'ganligi?
Firibgarlik kimga nisbatan sodir etilgan?
Firibgarlik predmeti, firibgar qancha miqdordagi pulni noqonuniy yo'l bilan qo'lga kiritganligi?
Jinoyatchining shaxsi haqidagi ma'lumotlar
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center IF = 7.984 www.in-academy.uz
Firibgarlik jinoiy gurnhi va uning harakatlarida ishtirok etgan boshqa shaxslar haqida ma'lumotlar (tarikibi, soni, texnik jihozlanganligi, aloqalari, ixtisoslashuvi)
Jabrlanuvchining shaxsi haqidagi ma'lumotlar, firibgar bilan muomala qilingan holatlar
Firibgarlik sodir etilishiga ko'maklashgan sharoitlar.
Demak yuqoridagi holatlar firibgarlik jinoyatini ochish uchun tergov oldiga qo'yiladigan maqsadlar hisoblanadi. Shuningdek, firibgarlikning sodir etilish usullarini bilish tergovni muvaffaqiyatli olib borishga imkon beradi, chunki shu asosda u yoki bu tergov harakatlarini o'tkazish rejalashtiriladi, ularni o'tkazishning ketma-ketligi va taktikasi aniqlanadi hamda tezkor-qidiruv tadbirlari belgilanadi.
Qurilish tenderida sodir etilgan firibgarlikni aniqlashda tergovning muhim xususiyatlari quyidagilarni o'z ichiga oladi:
Hujjatlarni tekshirish va tahlil qilish: Tender hujjatlari, shartnomalar, moliyaviy hisobotlar va boshqa ish hujjatlari firibgarlik belgilari mavjudligini aniqlash uchun tahlil qilinadi. Soxta hujjatlar yoki manipulyatsiya qilingan moliyaviy ma'lumotlar firibgarlikning asosiy ko'rsatkichlari bo'lishi mumkin.
Qurilish materiallarining xarid narxlari va sifatini solishtirish.
Maxsus ekspertiza o'tkazish: Qurilish smetalari, materiallar sifati va ish hajmini aniqlash uchun mustaqil texnik va moliyaviy ekspertiza o'tkaziladi. Bu usul tender shartlariga mos kelmagan qurilish ishlari va ortiqcha xarajatlarni aniqlashga yordam beradi.
Shaxslar va tashkilotlarning o'zaro bog'liqligini aniqlash: Qarindoshlik, manfaatdorlik yoki soxta raqobat (sham raqobat) orqali tender g'olibini aniqlash holatlarini aniqlash tergovning muhim bosqichidir. Bu maqsadda kompaniyalarning egalik huquqlari, ulushlari va ichki aloqalari tekshiriladi.
Moliyaviy oqimlarni kuzatish: Firibgarlik jarayonida o'zlashtirilgan mablag'larning harakatini aniqlash uchun bank hisob raqamlari va moliyaviy operatsiyalar tahlil qilinadi. Shubhali operatsiyalar tergovning muhim dalillaridan biri bo'lishi mumkin. Bank hisoblarining harakatini tahlil qilish va noan'anaviy operatsiyalarni aniqlash. Qonuniy asosga ega bo'lmagan to'lovlarni kuzatish.
Guvohliklarni yig'ish va so'roq qilish: Tender jarayonida ishtirok etgan xodimlar, qurilish loyihasiga jalb qilingan shaxslar va boshqa manfaatdor tomonlar so'roq qilinadi. Bu jarayon firibgarlik sxemalarining aniqlanishida muhim ahamiyatga ega. Tender komissiyasi a'zolari, qurilish kompaniyalari rahbarlari va ishchilardan intervyu olish. Bog'liq tomonlardan firibgarlikni tasdiqlovchi dalillarni yig'ish.
Texnologik vositalardan foydalanish: Elektron tender tizimlarida qoldirilgan izlarni, masalan, IP manzillarni kuzatish. Maxsus dasturlar yordamida hujjatlarning soxtalashtirilganligini aniqlash.
Mazkur tergov jarayonida korrupsiya, mansab vakolatini suiiste'mol qilish va soxta tender tashkil qilish holatlari ko'p uchraydi. Shu sababli, tergov ochiq-oshkora, mustaqil va tizimli o'tkazilishi zarur. Bu kabi ishlar natijasida davlat va xususiy sektordagi moliyaviy zararlarni kamaytirish, shuningdek, qonun ustuvorligini ta'minlashga xizmat qilinadi.
Tender jarayonida firibgarlikni aniqlash uchun quyidagi ko'rsatkichlarga e'tibor qaratiladi:
Tender takliflarining o'xshashligi
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center IF = 7.984 www.in-academy.uz
• Bir nechta ishtirokchining hujjatlarida bir xil narxlar yoki bir xil formatdagi xatoliklar aniqlanishi.
• Turli kompaniyalar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda bir xil dasturiy ta'minotdan foydalanilganlik alomatlari.
Aloqadorlikni aniqlash
• Ishtirokchilar orasidagi moliyaviy yoki tashkilot tuzilmasidagi bog'liqlik (masalan, bir xil manzil yoki rahbar).
• Yagona telefon raqami yoki elektron pochta manzillari orqali bog'liq kompaniyalarni aniqlash.
Tender jarayonidagi nomuvofiqliklar
• Tender shartlari faqat ma'lum bir kompaniyaga mos ravishda tayyorlanishi.
• E'lon qilish muddati qisqa bo'lib, boshqa ishtirokchilarni cheklash.
Qurilish tenderida firibgarlikni aniqlashda tergov qilish o'ziga xos ahamiyatga ega, chunki bunday firibgarliklar nafaqat iqtisodiy zarar keltiradi, balki davlat byudjetining maqsadli ishlatilmasligi va jamiyatda adolatsizlikka olib keladi. Quyida bu jarayonning asosiy ahamiyati yoritiladi:
1. Firibgarlik sxemalarini fosh etish: Qurilish tenderlari ko'pincha murakkab va ko'p bosqichli jarayonlardan iborat bo'lgani sababli, firibgarlik sxemalari yashirin shaklda amalga oshiriladi. Tergov qilish orqali soxta hujjatlar, g'ayriqonuniy bitimlar va manfaatlar to'qnashuvi kabi sxemalarni aniqlash mumkin.
2. Davlat va xususiy sektor mablag'larini himoya qilish: Tender firibgarligi davlat mablag'larining noto'g'ri ishlatilishiga yoki o'zlashtirilishiga olib keladi. Tergov jarayoni ortiqcha xarajatlar va noqonuniy daromadlarni fosh qilishga yordam beradi, bu esa moliyaviy zararlarning oldini oladi.
3. Ishlarning sifatini ta'minlash: Firibgarlik sababli qurilish ishlari past sifatda amalga oshirilishi mumkin. Tergov sifatsiz qurilish materiallari, loyiha talablari buzilishi va shartnomalar bajarilmagan holatlarni aniqlashga xizmat qiladi.
4. Aybdorlarni javobgarlikka tortish: Tergov firibgarlik sodir etgan shaxslarni aniqlash va javobgarlikka tortish uchun dalillar to'plashda muhim ahamiyatga ega. Bu jarayon adolatni tiklash va qonun ustuvorligini ta'minlash uchun muhimdir.
5. Shaffoflik va ishonchni oshirish: Qurilish tenderlari shaffof va adolatli bo'lishi uchun tergov zarur. Firibgarlik holatlarini aniqlash va oldini olish orqali jamiyatda tender tizimiga bo'lgan ishonch oshadi.
6. Korrupsiyaning oldini olish: Qurilish tenderlarida korrupsiya keng tarqalgan. Tergov orqali pora olish, manfaatdor shaxslarning tender natijalariga ta'siri kabi noqonuniy harakatlar aniqlanadi va bartaraf etiladi.
7. Xalqaro me'yorlarga moslashuvni ta'minlash: O'zbekiston qurilish tenderlari xalqaro standartlarga muvofiq bo'lishi uchun tergov ishlari ochiq-oshkora va tizimli amalga oshirilishi kerak. Bu xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va sohada islohotlarni qo'llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
8. Huquqiy va ma'muriy bo'shliqlarni aniqlash: Tergov jarayonida qonunlar va qoidalardagi bo'shliqlar aniqlanadi, bu esa tender jarayonlarini takomillashtirish va yangi qonunchilikni ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center IF = 7.984 www.in-academy.uz
Tergov qilinadigan firibgarlik holatlari nafaqat qonunbuzarliklarni fosh etishga, balki kelgusida bunday holatlarning oldini olishga yordam beradi. Shu bilan birga, jamiyat manfaatlarini himoya qilish va resurslarni adolatli taqsimlashga xizmat qiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yil 23-sentabr kuni qurilish industriyasi va qurilish materiallari tarmog'ini rivojlantirish chora-tadbirlari muhokamasi bo'yicha videoselektor yig'ilishi o'tkazildi, shu bois ushbu kengashlar bilan bog'liq jarayonlar to'liq raqamlashishi aytildi. Endi unga barcha loyihalar "Shaffof qurilish" platformasi orqali elektron kiritiladi. Kengash a'zolari loyihani quyi tizimi bilan shu platformada elektron kelishadi. Loyihani ko'rib chiqish muddati 15 kundan oshmasligi belgilandi.
Shuningdek, uy-joylar qurilishida aldov, tushunmovchiliklar uchrab turganligi sababli uy-joy sotib olish bo'yicha kafolatli "eskrou" tizimi joriy qilinishi, bunda developerlar o'zlari qurayotgan uylar sotuvini tashkil qilish bo'yicha banklar bilan shartnoma tuzishi belgilanda. Xonadon olmoqchi bo'lgan odamlar pulini quruvchiga emas, to'g'ridan to'g'ri bankka topshiradi. Banklar esa yig'ilgan pulni quruvchiga resurs sifatida beradi, ya'ni, banklar quruvchi va xaridor o'rtasida "ko'prik" bo'lib, uy-joyni o'z vaqtida va sifatli qurib, egasiga topshirishga kafil bo'ladi2. Bundan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi albatta qurilish sohasida firibgarlik holatlarining kamayishiga xizmat qiladi.
Qurilish tenderida yuz berayotgan firibgarlik holatlari to'g'risida amaliy misollarga e'tiborimizni qaratadigan bo'lsak, byudjet buyurtmachilari tomonidan obyektlarni qurish va joriy ta'mirlash bo'yicha "dxarid.uz" va "tender.mc.uz" maxsus axborot portalida joylashtirilgan e'lonlar joylarga chiqqan holda o'rganilganda, jami 134 ta obyektda 85,5 mlrd. so'mlik joriy ta'mirlash va qurilish ishlari tanlov g'oliblari aniqlanmasdan boshlab yuborilganligi yoki allaqachon tamomlanganligi ma'lum bo'ldi34.
Davlat xaridi jarayoni o'tkazilishining barcha bosqichlarida nazorat bilan bog'liq ko'plab muammolar mavjud: byudjet tashkiloti tomonidan sotib olinadigan mahsulotga asosli bo'lmagan talablarni belgilash; yetkazib beruvchiga nisbatan asossiz talablar qo'yish, ulardan ortiqcha litsenziya yoki kadrlarining malakasi bo'yicha qat'iy talablarga javob berishini so'rash; narxni noto'g'ri belgilanishi; noto'g'ri lot raqami shakllantirish; ish va xizmatlarni bajarish yuzasidan nomuvofiq muddat belgilash; byudjet tashkilotida mavjud xarid komissiyasining yetkazib beruvchilar malakasini noto'g'ri baholashi va boshqalar.
Davlat xaridi jarayonida inson omili ishtirok etishini imkon darajasida cheklanishi va raqamlashtirilgan tarzda tanlov jarayonlari amalga oshirilsa hamda buning uchun xarid jarayonidagi ishtirokchilar yaratilgan platformaga o'z ma'lumotlarini to'g'ri va aniq kiritishsa mavjud muammolar sezilarli darajada bartaraf etilgan bo'lardi. O'zaro kelishib olingan holda buyurtmachi va yetkazib beruvchi tomonidan byudjet mablag'larini isrof qilinishi holatlariga
2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.04.2018 yildagi PF-5392-son "Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni.
3 O'zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rasmiy sayti (anticorruption.uz) ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi / https://anticorruption.uz/uzc/item/2022/01/26/ozbekiston-respublikasi-korruptsiyaga-qarshikurashish-agentligi-tomonidan-2021-iil-davomida-amalga-oshirilgan-ishlar-yuzasidan-brifing
4 BYUDJET TASHKILOTLARIDA DAVLAT XARIDLARI VA TENDER ASOSIDA TUZILGAN SHARTNOMALAR BO'YICHA AUDIT TEKSHIRUVLARINI O'TKAZISH Ostonokulov Azamat Abdukarimovich Toshkent moliya instituti "Byudjet hisobi va g'aznachilik ishi" kafedrasi dotsenti, DSc, dotsent. SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center IF = 7.984 www.in-academy.uz
esa qonunchilikda qat'iy jazo belgilash, ularning faqat jarima to'lovlari bilan qutulib qolishlari tartibini o'zgartirish ham muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, byujdet tashkilotlarida faoliyat davomida bir qancha organlar tomonidan doimiy ravishda tekshiruvlar olib borilishi budjet tashkiloti faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatishini inobatga olib, byudjet tashkiloti faoliyati bo'yicha nazorat turlarini kamaytirish va muvofiqlashtirish o'rinli deb hisoblaymiz. Davlat xaridini tashkil etish jarayonlarini boshqarish sohasida O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat mablag'larini samarali boshqarish, shuningdek, xarid jarayonlarida raqobat muhitini shakllantirish, kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarini ushbu sohaga kengroq jalb etish kabi qator maqsadlarni ko'zlaydi. Davlat va mahalliy organlar xaridining samarasi amaldagi qonunchilik, davlat xaridini tartibga soluvchi organlar faoliyatining samarasi hamda xaridni amalga oshiruvchi xodimlarning professionallik darajasi kabi omillarga bevosita bog'liq5.
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligining https://tender.mc.uz/ saytida qurilish tenderlari haqida ma'lumotlar berib boriladi, saytdagi ma'lumotlarga ko'ra amalga oshgan loyihalar https://tender.mc.uz/tender-list da qurilish pudrati bo'yicha 37541ta so'rov mavjud. Saytdagi ma'lumotlarga e'tiborimizni qaratadigan bo'lsak, saytda tenderga qo'yilgan loyihalarning amalga oshgan va amalga oshmaganligining sabablari keltirilgan, unga ko'ra ko'pchilik loyihalar takliflarni qabul qilishning oxirgi muddati tugaguncha bitta yoki birorta ham qurilish pudrat tashkilotlari tomonidan takliflar kelib tushmaganligi birinchi sabablardan biri hisoblanadi. Ammo ko'pchilik loyihalar tenderda ishtirok etgan qurilish pudrati tashkilotining asosiy va ikkilamchi hisobvarag'idagi 2-son kartoteka qarzdorlik mavjudligi yoki soliqlar va yig'imlarni to'lash bo'yicha muddati o'tgan qarzdorlik mavjudligi sababli ular tenderdan chetlashtirilganligi ko'rsatilgan.
Qurilish tenderlarida firibgarlikning oldini olish uchun quyidagi choralar amalga oshirilishi lozim:
Tender jarayonining shaffofligini oshirish: Elektron tender tizimlaridan keng foydalanish va jarayonni onlayn kuzatib borish imkoniyatini yaratish. Ochiq e'lonlar va natijalarni keng jamoatchilikka taqdim etish.
Qattiq monitoring tizimlarini joriy etish: Har bir bosqichda mustaqil auditorlar va nazoratchilarni jalb qilish. Qurilish jarayonlarida foydalanilgan materiallar va uskunalarni sinchkovlik bilan tekshirish.
Xodimlarni malakasini oshirish: Tender tashkilotchilarini firibgarlikni aniqlash bo'yicha maxsus o'qitish. Tergov organlari va ekspertlar o'rtasida tajriba almashish tizimini yo'lga qo'yish.
Ishtirokchilarni tekshirish: Kompaniyalarning tarixini va malakasini puxta o'rganish.
Qonunchilikni kuchaytirish: Qurilish tenderlarida firibgarlikka oid jinoyatlar uchun aniq va og'ir jazolar belgilash.
Ochiq ma'lumotlar bazasi yaratish: Tender g'oliblari va bajarilgan ishlar to'g'risidagi ma'lumotlarni keng ommaga oshkor qilish.
5 BYUDJET TASHKILOTLARIDA DAVLAT XARIDLARI VA TENDER ASOSIDA TUZILGAN SHARTNOMALAR BO'YICHA AUDIT TEKSHIRUVLARINI O'TKAZISH Ostonokulov Azamat Abdukarimovich Toshkent moliya instituti "Byudjet hisobi va g'aznachilik ishi" kafedrasi dotsenti, DSc, dotsent. SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center IF = 7.984 www.in-academy.uz
XULOSA
Qurilish tenderlarida firibgarlik holatlarini aniqlash va tergov qilish murakkab jarayon bo'lsa-da, bu sohada samarali nazorat mexanizmlari va texnologiyalarni qo'llash orqali katta natijalarga erishish mumkin. Firibgarlikni aniqlash va oldini olish nafaqat davlat organlarining balki jamiyatning hamkorlikdagi sa'y-harakatlarini talab etadi. Qurilish tenderlarida firibgarlikni aniqlash va tergov qilishda maxsus bilimlar, ko'nikmalar va texnologiyalarni birlashtirish zarur. Shu bilan birga, samarali nazorat mexanizmlarini joriy etish va xodimlarni muntazam ravishda o'qitish muhim ahamiyatga ega. Firibgarlikka qarshi kurash nafaqat davlat organlarining, balki butun jamiyatning ishtirokini talab etadi. Qurilish tenderlaridagi firibgarlik iqtisodiyotga katta zarar yetkazishi mumkin. Shu sababli, qonunchilikni takomillashtirish va shaffof jarayonlarni yo'lga qo'yish orqali bu muammoga qarshi samarali kurashish lozim.
References:
1. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi.
2. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksi.
3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.01.2022 yildagi 46-son "Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori
4. O'zbekiston Respublikasining 22.04.2021 yildagi O'RQ-684-son "Davlat xaridlari to'g'risida"gi qarori
5. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2023-yil 23-iyundagi 17-son "Firibgarlikka oid ishlar bo'yicha sud amaliyoti to'g'risida"gi Qarori
6. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.01.2022 yildagi 46-son "Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori
7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.04.2018 yildagi PF-5392-son "Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni
8. "Qurilish sohasida pudrat tashkilotlarini belgilash bo'yicha elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi to'g'risida"gi NIZOM
9. Kriminalistika. Darslik. n-jild. -T.: TDYI nashriyoti. 2008. 271 bet.
10. O'zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rasmiy sayti (anticorruption.uz) ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi / https://anticorruption.uz/uzc/item/2022/01/26/ozbekiston-respublikasi-korruptsiyaga-qarshikurashish-agentligi-tomonidan-2021-jil-davomida-amalga-oshirilgan-ishlar-yuzasidan-brifing
11. Byudjet tashkilotlarida davlat xaridlari va tender asosida tuzilgan shartnomalar bo'yicha audit tekshiruvlarini o'tkazish. Ostonokulov Azamat Abdukarimovich Toshkent moliya instituti "Byudjet hisobi va g'aznachilik ishi" kafedrasi dotsenti, DSc, dotsent. SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center IF = 7.984 www.in-academy.uz
12. "O'zlashtirish yoki rastrata qilish jinoyatini tergov qilish metodikasi: muammolar va ularning yechimi". Dissertatsiya. Xoliqov Shamshot Ulug'bek o'g'li. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi.
13. https://lex.uz/
14. https://tender.mc.uz/