QURILISH SANOATI BOZORINING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
Iskandarov Bekzod Abdijalilovich
SamISI "Iqtisodiyot nazariyasi" kafedrasi katta o'qituvchisi [email protected] Sagdullayev Muxammadjon SamISI talabasi
Annotatsiya. Mazkur maqolada bugungi kunda qurilish sanoati korxonalarida boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish, qurilish sanoati bozorining rivojlanish xususiyatlarining ilmiy - nazariy asoslanishi bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: qurilish sanoati, korxonalar, tashkiliy-iqtisodiy mexanizm, riovjlanish xususiyatlari.
Kirish. Bugungi rivojlangan raqobat sharoitida korxonalar faoliyatini takomillashtirish, iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarida keng ko 'lamli ishlarni amalga oshirish, sanoat tarmoqlarining rivojlanish xususiyatlarini o'rganish va takomillashtirish bo'yicha ilmiy amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda. Sanoatning barcha tarmoqlari rivoj topishida iqtisodiyotning ham o'rni beqiyos. Zero, iqtisodiyotning tarixdan shu vaqtgacha rivoj topishi juda muhim voqealarni o'zida mujassam qilmoqda.
Adabiyotlar sharhi. Sanoat ishlab chiqarishining tarixiy rivojlanishi va uning asosiy yakunlari to'g'risida so'z yuritilganda shuni ta'kidlash kerakki, hozirgi O'zbekiston hududida "uy sanoati" ning rivoji bundan 12-15 ming yil muqaddam-meozolit davrida boshlangan. Bu davrda juda oddiy mehnat qurollari va buyumlari tayyorlangan.
Yangi tosh asri (neolit, miloddan avvalgi 5-ming yillikning boshi) davrida kemachilik, tukimachilik vujudga kelgan. Neolit davrining oxirida metalldan kurol yasash boshlangan.
Arxeologik topilmalardan ma'lum bulishicha,miloddan avvalgi 3- ming yillikning oxiridayok Hozirgi Uzbekiston hududida yashagan aholi misdan kurol yasashni bilgan.
Quldorlik tizimi (miloddan avvalgi 1-ming yillik urtalari, V asr) davrida mehnat qurollari yasash jarayonining tarakkiy etishi, metallga ishlov berishning takomillashuvi hunarmandchilik yuksalishiga, ayirboshlash va savdo-sotiq kuchayishiga olib keladi.
Feodalizm tuzumining boshlarida (VII-VIII asrlarda) Farg'ona bilan Sug'da oltin, mis, temir, Iloqda ko'rg'oshin, kumush, oltin, Shaxrisabzda toshtuz qazib chiqarilgan.
XIV asirning 2-yarmida Amit Temur Samarqandda hokimiyatni qo'lga kiritib, markazlashgan davlatga asos soldi. Natijada davlatning iqtisodiy va ijtimoiy
ravnaqiga yo'l ochildi. 15-asrning oxiriga kelib Movaraunnaxrda yuzaga kelgan ziddiyatlar tufayli Temuriylar davlatining iqtisodiy negiziga putr yetadi va rivojlanish tuxtab qoldi.
XVI-XVIII asrlarda Buxoro, Xiva, Qo'qon xonliklarning vujudga kelishi iqtisodiyotning, shu jumladan, sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. XlX-asrga kelib Turkistonda xunarmandchilikda yog'och va metall o'ymakorligi, idishga naqsh solish, matolarga gul bosish, qurollarni badiiiy bezash rivojlandi. Bu asrning ikkinchi yarmida O'zbekiston hududiga taraqqiyot tezlashdi sanoat, ayniqsa ip gazlama sanoati rivoj topdi.
XX asr boshlarida kuplab paxta tozalash, yog'-moy zavodlar qurilib ishga tushirildi. 1925-1926 yillarda elektro stansiyalar qurila boshladi. Birinchi bo'lib, Toshkent yaqinida qurilgan Bo'zsuv gidroelektrstansiyasi 1926 yil 1-mayda ishga tushirildi.
Samarqand, Buxoro, Qo'qon, Termiz va Asaka shaharlarida issiqlik sitansiyalari va qurila boshlandi. Bunday elektirastansiyalar soni 1930 yilda 30 ga yetdi. O'sib borayotgan energetika bazasi bir qancha yangi sanoat korxonalari qurishga imkoniyat yaratadi.
Ikkinchi jahon urushigacha bu yerda: 500 dan ortiq sanoat korxonalari, jumladan, «Tashselmash», Toshkent to'qimachilik kombenati, Chirchiq elektrokimyo kombinati, Kattaqo'rg'on yog' zavodi, Bekobod va Quvasoy sement korxonalari qurildi. Neft va rangli nodir metallar qazib chiqarish, qurilish sanoat mahsulotlarini tayorlash rivoj topdi.
Urush boshlanishi bilan Respublika xalq xo'jaligi, jumladan, sanoat ishlab chiqarishi harbiy maqsadlarga qaratildi. Bu yerda nemis fashistlari egallab olgan hududlardan 100 ga yaqin sanoat korxonalari ko'chirib keltirildi va ular qisqa vaqt ichida to'la quvvat bilan ishlay boshladi. 1941- 1945 yillar davomida Respublikang industrial taraqqiyoti GES lar kurush bilan energitika bazasini kuchaytirish, qishloq xo'jaligi, aholi va front ehtiyojlarini qondiradigan zavod va fabrikalarni qurish yo'lidan bordi. Bu davrda 280 ta yirik, o'rta va kichik korxonalar qurilib, ishga tushirildi.
Urushdan keyingi yillarda ham sanoat taraqqiyotiga e'tibor qaratilgani sababli uning bir qancha yangi tarmoqlari va korxonalar vujudga keldi. Traktorsozlik, liftsozlik, elektrotexnika sanoati, gaz ishlab chiqarish, uy-ro'zgor buyumlari tayyorlash, qurilish sohalari, yig'ma temir-beton va keramika sanoati vujudga keldi. Yengil sanoatning trikataj, chinni ishlab chiqarish soxalari shakllandi. Oziq-ovqat sanoatining tarkibiy qisimlarida anchagina o'zgarishlar ro'y berdi. Utgan asrning 90-yillariga kelib, bu tarmoqdagi yirik va o'rta korxonalari 300 dan ortdi.
Tahlil va natijalar. Sanoatni joylashtirishda ro'y beradigan tub o'zgarishlarning iqtisodiy samaradorligini ko'pgina ko'rsangichlar yordamida hisobga olinadi. Lekin, bu o'zgarishlarning bir qismini miqdor jihatdan o'lchash mumkin emas, chunki ular siljishlarning sifat jihatidan natijasini ko'rsatadi. Bular qatorida yangi hududlarning juda katta foydali qazilma resurslarini sanoatda
foydalanish uchun ishga tushirish, ilgari nisbatan qoloq hududlarning industrial va agrar hududlarga bo'linishini yo'qotish va shu kabilar kiradi.
Sanoat joylashishiga siljishlarning iqtisodiy samaradorligini miqdor jihatdan hisoblashda birinchi navbatda xalq xo'jaligiga sarflangan kapital mablag'lar samaradorligini oshirish ko'zda tutiladi.
Sanoatni joylashtirishdagi siljishning iqtisodiy samaradorliginining aniqlashning muhim ko'rsatkichlaridan yana biri mehnat unumdorligining oshishidir. Respublikaning markaziy hududlarida joylashgan bir qator tarmoq korxonalari boshqa hududlardagi korxonalarga nisbatan yuqoriroq mehnat unumdorligiga ega. Lekin boshqa hududlarda qurilayotgan korxonalar nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy muommolarni ham hal etadilar.
Sanoatni joylashtirishning iqtisodiy samaradorligini aniqlaydigan yana bir ko'rsatkich-mahsulot tannarxidir. Boshqa hududlarda joylashgan korxonalar mahsulotning tannarxi rivojlangan hududlaridagi korxonalarnikidan birmuncha past bo'lishi mumkin. Lekin bunday yo'qotish mamlakat miqiyosida amalga oshirilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyot tufayli barham topadi.
Bozor iqtisodiyotiga o'tish munosabati bilan amalga oshirilgan anchagina siljishlar bilan birga, mustaqillikka erishilguncha mamlakat qurilish sanoatini joylashtirilishida yo'l qo'yilgan qator kamchiliklar hali ham to'la barham topgani yo'q. Hududlar ichra va hududlararo birlashuvlarda ham bir qator muammolar mavjud. Bularning barchasi qurilish sanoat mahsulotlarining asosiy turlarini, xomashyo va yoqilg'ini nihoyatda uzoq va qarama-qarshi taraflarga tashish zaruriyatini tug'dirishi, xom ashyolarning o'z vaqtida va sifatli yetkazib berilmasligi, xom ashyolarni tashishdagi muammolar natijasida ijtimoiy mehnat unumdorligi ko'tarilishi salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Shu bois bozor iqtisodiyotining keying bosqichiga o'tish davrida sanoatni oqilona joylashtirish masalasiga katta e'tabor berish kerak.
Xulosa va takliflar. Qurilish sanoatini joylashtirish borasidagi muammolarni hal etish uchun quyidagi takliflarga alohida e'tiborni qaratish zarur:
• respublikada ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish bozor sharoitiga mos ravishda olib borilishi, uning tabiiy boyliklaridan oqilona va samarali foydalanish hamda kooperativlashtirish afzalliklaridan to'la-to'kis foydalanish;
• kichik va o'rta biznesga tegishli qurilish sanoat korxonalarini qishloq joylarda faoliyatini takomillashtirish, bu orqali urbanizatsiya darajasini oshirish;
• sanoat ob'yektlarining qurilish muddatini qisqartirish va ulardan foydalanish xarajatlarini keskin kamaytirish;
• tabiat va atrof-muhitni muhofaza qilish sharoitlarini yaratish va boshqalar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1. Iqtisodiy ta'limning o'qitish texnologiyalari G' Akademik S.S. G'ulomov taxriri ostida mualliflar jamoasi. - T.: TGEU, 2005.
2. Kudratov Б.Ол Korxonaning ishlab chiqarish fondlari samaradorligini oshirish yollari («Fayz» ochiq xissadorlik Xolding kompaniyasi misolida). Toshkent, TDIU, BMI, 2004.
3. Muminov N.G. Industrial iqtisodiyot: Darslik. I qism / T.: "Tafakkur-bo'stoni" nashriyoti, 2020., 261 bet.
4. Salimov B.T., Mustafakulov Sh.I. Mikroiqtisodiyot: masalalar, naunalar, topshiriqlar, testlar. - Т.: «Gi Print», 2010.-244 b.
5. Бойжигитов С. К. Маркетинговые стратегии повышения эффективности (на примере промышленного предприятия)/СК у. Бойжигитов //Маркетинг в России и за рубежом. - 2021. - Т. 1. - С. 95-97.