Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5
educational, natural and social sciences (~) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
QURILISH MAJMUASIDA XO'JALIK YURITISH KOOPERATSIYASI VA KLASTERINING TAVSIYAVIY YO'NALISHLARI
Aynaqulov Muhitdin Abduhamidovich, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent, Jizzax Politexnika Instituti "Iqtisodiyot va menejment" kafedrasi dotsenti,
Xudayberdiyev Bobir Botirovich, Jizzax Politexnika Instituti mustaqil ilmiy izlanuvchisi
Xatamov Azizbek Yaxraqulovich, Jizzax Politexnika Instituti mustaqil ilmiy izlanuvchisi gapparov1174@mail.ru
Annotatsiya: Maqolada xojalik yurituvchi sub'yektlarda xojalik yuritish kooperatsiyasi va uning asosida klaster maydonlari yaratish usullari va uning iqtisodiy samaradorlgi bo 'yicha taklif va tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar: pul, kredit, inflyasiya, tadbirkorlik, marketing, kooperatsiya, o'zaro hamkorlik, innovatsiya, bozor infratuzilmasi, talab va taklif.
Аннотация: В публикации выявлены предложения и рекомендации по созданию методов кластерных ячеек на основе хозяйственной кооперации хозяйственных субъектов и их экономичесческая эффективность.
Ключевые слова: деньги, кредит, инфляция, предпринимательство, маркетинг, кооперация, взаимодействие, инновации, рыночная инфраструктура, спрос и предложение.
Abstract: The publication reveals proposals and recommendations for the creation of cluster cell methods based on economic cooperation of business entities and their economic efficiency.
Keywords: money, credit, inflation, entrepreneurship, marketing, cooperation, interaction, innovation, market infrastructure, supply, and demand.
KIRISH
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, havfsizlik va huquq tartibotni, davlatimiz chegaralari dahlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik muhitini ta'minlash uchun muhim poydevor bo'ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
Iqtisodiyotda ma'muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshrilgani va pul
kredit tizimi puxta o'ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning
775
Scientific Journal Impact Factor
O
yuqori sifatlar bilan o'sishini, inflyatsiyani prognoz ko'rsatkichlari darajasida saqlab qolishni ta'minladi va kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi.
Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o'tayotgan taraqqiyot yo'lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori konyunktyurasi keskin o'zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur'atlar bilan rivojlantirish bo'yicha mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro'yobga chiqarishni taqozo etmoqda.
Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini leberallashtirish bo'yicha ustuvor yo'nalishlarni amalga oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida" gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu farmonga muvofiq O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. Mazkur yo'nalishlarning har biri mamlakatdagi islohotlarni va yangilanishlarni yanada chuqurlashtirishga oid aniq bo'limlardan iborat. Harakatlar strategiyasini besh bosqichdagi besh yilga mo'ljallangan strategik harakatlarni amalga oshirish doirasida taktik harakatlar belgilanib, bunda yillarga beriladigan nomlarga muvofiq har yili uni amalga oshirish bo'yicha Davlat dasturi tasdiqlanadi.
Harakatlar strategiyasining "Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish" deb nomlangan 3-yo'nalishining ustuvor yo'nalishlarida yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo'shimcha qiymatli tayyor mahsulot islab chiqarishni jadal rivolantirishga qaratilgan sifat jihatdan yangi bosqichga o'tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va deversifikatsiya qilish yo'nalishlari belgilangan. Iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish, shuningdek, prinsipial jihatdan yangi mahsulot turlarini o'zlashtirish, shu asosida ichki va tashqi bozorda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta'minlash nazarda tutilgan. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag'batlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, iste'mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o'rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish kabi rivojlanish omillari sanalgan dolzarb yo'nalishlarga alohida e'tibor berilgan. Ushbu yo'nalishlarga qadam iqtisodiy islohotlarning ilk davrlaridayoq kichik biznes va
Scientific Journal Impact Factor
o
hususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bilan birgalikda ob'yeklarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish ko'p tarmoqli iqtisodiyotni shakllantirishdagi asosiy omil hisoblanadi [1].
Ammo, bugungi kun talabi bo'yicha yuqorida zikr etilgan ustuvor yo'nalishlarni izchil, samarali, tizimli va jadal ravishda amalga oshirish uchun zaruriy usul va vositalar kerak bo'ladi. Ana shunday usul va vositalardan biri - xo'jalik yuritish klasteridir.
Albatta mazkur yo'nalish xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning kooperatsion aloqalariga bag'ishlangan bo'lib, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida o'ta dolzarb hisoblanadi.Mazkur yo'nalish bo'yicha iqtisod fanlari doktori professor B. B. Berkinovning alohida xizmatlarini ta'kidlab o'tish joizdir. U kishining rahbarligi ostida "Kichik tadbirkorlik korxonalarining yirik korxonalar bilan ishlab chiqarish kooperatsiyasi" nomli mavzusida M.A. Aynakulov o'z nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Ilmiy ishlarining natijasi sifatida shu nomda 2004 yilda o'z monografiyasini chop ettirgan [2]. Shuning birgalikda B.B. Berkinovning "Kooperatsiyaga asoslangan kasanachilik" nomli ommabop risolasi ham aynan xo'jalik yuritish klasterining mohiyatini to'liq yoritib beradi [3]. Klasterning samaradorligini aniqlash asosan kuzatuv, ekspriment yondashuvidagi qiyosiy tahlil usuli yordamida amalga oshiriladi.
O'z mohiyatiga ko'ra, xo'jalik yuritish klasteri yagona texnologik zanjirga birlashtirilgan korxonalar majmui bo'lib, u ilm-fan, ta'lim hamda xo'jalik yuritish kooperatsiyasini chuqurlashtirish, yangi texnologiyalarni amaliyotga jadal joriy etishni imkoniyatini o'zida nomoyon etadi [2]. Xo'jalik yuritish klasterining asosiy negizini xo'jalik yuritish kooperatsiyasi tashkil etadi. Xo'jalik yuritish klasteri kooperatsiyasi umumiy maqsadlarga erishish (tovarlar ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko'rsatish) uchun jismoniy va yuridik shaxslarnng ixtiyoriy birlashuvini yoki o'zaro hamkorlik qilishini o'zida aks ettiradi. O'z navbatida, kooperatsion aloqalar hamkorlik bosqichi bo'yicha texnologik to'plam, texnologik bog'lamiga aylanib xo'jalik yuritish klasterini vujudga keltiradi. Klasterning pirovardida xom ashyo qayta ishlashning barcha bosqichidan o'tib, eksportbop tayyor mahsulotga aylanadi. Klasterni yaratish esa olim va iqtisodchilar, qurilish-montaj tashkiloti hamda qurilish industriyasi sanoati, shuningdek, infratuzilmaviy tashkilotlar hodimlari salohiyati, ularning ilg'or tajribasini yagona maqsad yo'lida birlashtirishni taqozo qiladi. Xo'jalik yuritish samaradorligini oshirish uchun
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD.
MUHOKAMA
Scientific Journal Impact Factor
O
ob'yektiv zaruriyat sifatida xo'jalik yuritish sub'yektlarining o'zaro hamkorligi va ishlab chiqarish kooperatsiyasi muayyan tovarlarni ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko'rsatish bo'yicha iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari oldida turgan vazifalarni hal etishga qaratilgan. Bizning fikrmizcha, korxonalar o'rtasida ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, ushbu tarmoqlarga qarashli korxonalar iqtisodiyotining asosiy negizini tashkil etib, uning o'sishiga hal qiluvchi rol o'ynaydi.
Iqtisodiyotning qurilish majmuasida xo'jalik yuritish kooperatsiyasi va klasterini tashkil qilish va rivojlantirish uchun keng ko'lamli imkoniyatlar mavjud. Qurilish majmuasining xo'jalik yurituvchi sub'yektlar bilan kooperatsiyasi va klasteri turli xildagi shakllarda namoyon bo'lishi mumkin. Bunda, bizning firimizcha, resurslar yetkazib beruvchi va qayta ishlovchi, shuningdek, mahsulotni sotishga ixtisoslashgan korxonalar bilan xo'jalik yurituvchi sub'yektlar kooperatsiyasi va klasterini subpudrat asosida, texnologik uskunalar va butlovchi qismlar yetkazib beruvchi korxonalar bilan - lizing asosida, mayda ulgurji tovarlar ishlab chiqaruvchi sub'yektlar bilan esa - franchayzing asosida ta'minlash maqsadga muvofiq.
O'z navbatida xo'jalik yurituvchi sub'yektlar faoliyatining muayyan xususiyatlari xo'jalik yuritish kooperatsiyasi va klasterining boshqa shakllarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Dastlabki o'rganish natijalari shuni ko'rsatadiki, qurilish majmuida iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining xo'jalik yurituvchi sub'yektlari kooperatsiyasi va klasteri jarayonlarining rivojlanishi ko'p jihatdan ushbu korxonalarning qayta tarkiblanishi va ular ichidan mayda ulgurji va past rentabelli korxonalarning ajratilishiga va ularga moliyaviy mustaqillik berish va shu bilan birgalikda hamkorlik maqomining qoldirilishi bilan bog'liq.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida yirik korxonalarni qayta tarkiblash yo'li bilan qator vazifalarni hal etish mumkin, xususan:
- ishlab chiqarishni uning balansida ushbu ishlab chiqarishga bevosita aloqador bo'lmagan tuzilmalarni ushlab turishdan halos etish;
- mayda ulgurji, past rentabelli va zarar keltiruvchi ishlab chiqarishlarni kichik biznes korxonalariga topshirish yo'li bilan tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatishining texnologik tizimini ulardan xalos etish;
- davlat mulkini xususiylashtirish imkoniyatlaridan foydalanish va shu asosida kichik tadbirkorlikning yanada rivojlanishini ta'minlash.
NATIJALAR
Scientific Journal Impact Factor
o
XULOSA.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda xulosa qiladigan bo'lsak, iqtisodiyotning qurilish sektorida, xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning xo'jalik yuritish kooperatsiyasi va klasteri masalalarini amaliy jihatdan hal etishda bozor infratuzilmalarining, shu jumladan, bank, marketing, konsalting, ta'minot, savdo-vositachilik, sotish va boshqa tuzilmalarning roli ortadi. Shu munosabat bilan ularning rivojlanishiga alohida e'tiborni qaratish lozim.
O'z navbatida ta'kidlash joizki, xo'jalik yuritish kooperatsiyasi va klasteri innovatsiyaga ko'maklashuvchi muhim vosita bo'lib, iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish hamda zamonaviy korxonalarning ko'payishiga mustahkam zamin yaratadi. Pirovardida qo'shimcha qiymatga ega qurilish mahsulotlari tayyorlash hajmi ortib, eksport salmog'i ko'payadi, shuningdek, ishlab chiqarish va tender savdosi munosabatlari takomillashuvi hisobiga katta iqtisodiy samara keltiradi.
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida "gi Farmoni.
2. Berkinov B.B., Aynaqulov M.A. Kichik tadbirkorlik korxonalarining yirik korxonalar bilan ishlab chiqarish kooperatsiyasi - Jizzax.: JizPI kichik bosmaxonasi, 2004.-114 bet.
3. Berkinov B.B. Kooperatsiyaga asoslanga kasanachilik -T.: Sharq nashriyoti, 2010.- 46 bet.
REFERENCES