QORAQALPOQ ZAMINIDAGI JAVOHIR
Gulmira Bektursunova
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti 2-kurs magistri
Sayyora To'ycheyeva
Falsafa fanlari doktori, professor
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Qoraqalpoq zaminidagi g'arbda tillarda doston Savitskiy muzeyi va undagi qariyb 90 ming bebaho asarlar haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: Savitskiy, muzeylar, Xorazm san'ati, rassomlar, qoraqalpoq xalqi
This article deals with the Savitsky Museum of the Epic in the Western Languages of Karakalpakstan and its nearly 90,000 priceless works.
Keywords: Savitsky, museums, Khorezmian art, artists and Karakalpak people
I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog'iston davlat san'at muzeyi - respublikadagi yirik muzeylardan; Nukus shahrida 1966 yilda tashkil topgan, 1984 yildan N.V.Savitskiy nomi bilan ataladi. Muzeyga I.Savitskiyning sa'y-harakati va u to'plagan qoraqalpoq xalq amaliy san'ati asarlari negizida asos solingan. Muzeyning umumiy maydoni 6,9 ming kv.m. Muzey xalq amaliy san'ati, qadimiy va o'rta asrlar Xorazm san'ati, 1920-30-yillar o'zbek va rus tasviriy san'ati, qoraqalpoq zamonaviy rang-tasviri va haykaltaroshligi, ilmiy-ma'rifiy bo'limlar, kutubxona (10 ming dona asar), fond hamda ta'mirlash usta-xonasiga ega. Fondida 85 mingdan ortiq eksponat mavjud.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Muzey fondida 1920- 30-yillarda avangard rassomlar yaratgan asarlar to'plangan. Qoraqalpoq xalq ustalari tomonidan yaratilgan zargarlik, yog'och o'ymakorligi, kashtado'zlik, to'qimachilik (ayniqsa, o'tov jihozlari) va boshqa asarlar amaliy san'at bo'limida j amlangan.
G'arbda tillarda doston Savitskiy muzeyi va undagi qariyb 90 ming bebaho asar Qoraqalpog'iston va O'zbekiston xalqi mulkidir. "Uni asrab-avaylashda davom etamiz",
A JEWEL IN THE LAND OF KARAKALPAK
Gulmira Bektursunova
2nd year master of the Uzbek State Institute of Arts and Culture
Sayyora Tuycheeva
Doctor of philosophical sciences, professor
ABSTRACT
KIRISH
- deydi muzey direktori Marinika Babanazarova. Marinika Babanazarova va uning qo'li ostidagi muzey haqida gap ketganda G'arb san'at shaydolari yuzida chuqur ehtirom, havas ifodasi paydo bo'ladi. 25 yildan oshibdiki, istarali, fozil va dadil ayol Qoraqalpog'istonda Savitskiy nomli san'at muzeyini yuritadi.
"Sahrodagi Luvr" deb ham atalmish bu dargoh rahbari shu kunlarda Yevrosiyo fondi yordami bilan Amerikada malaka oshirmoqda. Marinika Babanazarova har bir intervyu, ma'ruza, suhbatda muallimi va do'sti, Nukus muzeyi asoschisi Igor Savitskiyni eslaydi. Sovetlar davrida unutib, xor qilingan, lekin bugun qiymati millionlab dollarni tashkil etadigan nodir merosni qutqarib qolgan - ana shu inson edi, deydi u. Rus zodagonlari oilasidan chiqqan, biroq yonida hemiri yo'q Igor Savitskiy noma'lum yoki taqiqlangan, Stalin va undan keyingi davrda bosimga uchragan ustalarning asarlarini to'playdi. Qoraqalpog'iston KGBning temir panjasidan uzoq bir yer edi. 1917-yildagi qizil inqilobdan keyin u yerlarga ishlash uchun yuborilgan Savitskiy mahalliy madaniyat va san'atga oshiq bo'lib qoladi. Rossiyaga qaytmaslikka ahd qiladi. U qutqarib qolgan 40 ming asar orasida rus avangardi, sotsialist realizm namunalari bo'lib, kattaligi jihatidan Sankt-Peterburgdagi kolleksiyadan keyin ikkinchi o'rinda turadi.
MUHOKAMA
Savitskiy va u asos solgan muzey haqida 2010-yilda hujjatli film (Desert of Forbidden Art) ishlangan. Amerika kino ustalari Amanda Poup va Chavdar Georgiyev dunyo ahlini O'zbekiston sahrosida yashiringan javohirot haqida ogoh qildiyu sayyohlar yog'ilib kela boshladi.
"Savitskiy qoraqalpoq madaniyatining ixlosmandi edi. Xorazm arxeologik ekpeditsiyasi doirasida Qoraqalpog'istonga ilk bor 1950-yilda safar qilgan. Oradan yetti yil o'tib, mintaqaga bir necha ekpeditsiyada qatnashib, Moskvadagi hayotidan kechgan va shu yerda muqim qolgan. Buni eshitgan odamlar bunga hayron qoladi. Muzey, to'plamlarga boy Moskvani chekka, qoloq bir yerga alishish mumkimi, deya taajjublanadi ular. Lekin Savitskiy qoraqalpoq xalqi, madaniyatiga oshiq edi. Bunaqangi go'zallikni avval uchratmagan edi. To'g'ri, olis manzilda, birovning ko'rsatma va buyrug'isiz, tinchgina ishlash imkonini izlagandir u, deb o'ylashi mumkin ba'zilar. Mana shu o'lkaga, dashtiga, Xorazm me'morchiligiga ishqi tushgan edi uning. U paytlarda qoraqalpoq yurti haqida ko'pam bilmasdi dunyo. Mahalliy xalq Savitskiyni hurmat qilar edi. Chunki rassom bu elatga o'z san'ati, tarixini ochib berdi, hisob. O'zaro ehtirom kuchli edi", - deydi Babanazarova.
NATIJA
Savitskiy ko'pincha oilalarga "Sizga shuncha pul qarzdorman. Igor Savitskiy" deya tilxat yozib qoldirar, rulon-rulon rasmlarni qo'ltiqlab ketar edi. "1984-yilda, umri
oxirida, uning qarzi 1,5 million rublni tashkil etgan va yana uzoq yillar muzey xodimlari ana shuni uzib yurgan", - deydi Marinika Babanazarova. "Rassomlarning nevara-chevaralari kelib, haqqini talab qilgan paytlar bo'ladi. Yaqinda taniqli mo'yqalam sohibi Aleksandr Shevchenkoning evarasi keldi. Lekin biz har bir rasm uchun avval to'lab qo'yganmiz, biror narsani musodara qilgan emasmiz. Bugungi narxlar bilan qiyoslaganda qanchalik kulgili va arzimas bo'lmasin, kelishilgan haq edi. O'sha damlarda bu rasmlar bilan hech kimning ishi yo'q edi va Savitskiy ularni xarid qilib aslida oilalarga yordam berayotgandi. Birgina muammo - qarz qismlab uzildi, ancha yillar ketdi bunga. To'g'ri, bugun Rossiyadan ko'plar kelib, egalik qilmoqchi bo'ladi, lekin qo'lidan biror ish kelishi gumon. Chunki bari endi O'zbekiston mulki", - deydi muzey rahbari G'arblik mehmonlar nazarida Savitskiy muzeyi mamlakatda eng zamonaviylaridan. Xodimlari g'oyat malakali, buyumlarni saqlash uchun qulay sharoit bor, kafe va sovg'a-salom do'koni ishlab turibdi. "Bino xavfsizligiga kelsak, hatto G'arbdagi eng sara muzeylarga o'g'ri tushib turadi. Yaratgan bizni panohida asrar", -deydi Babanazarova. "Bugun sahroning o'rtasida shunday javohirotni saqlash yaramaydi, katta shaharga, hatto Yevropaga ko'chirish kerak uni, deydiganlar topil adi. Biroq men bu fikrga mutlaqo qo'shilmayman. Savitskiy muzeyini birovga berib qo'yadigan odam yo'q". "Chunki sayyohlar kelib, mamlakat ahli muzeyning ahamiyatini qanchalik anglaydi, deb tez-tez so'raydi. Bu jihatdan hukumatdan va xorijdan madad olamiz, chekka joylarga borib, ko'chma ko'zgazmalar tashkil qilamiz, toki odamlar bilsin naqadar merosi bebaho ekanini. Internet, televideniye, boshqa aloqa cheklangan qishloqlarga borib, jahon san'atidan so'zlaymiz, bolalarga bilim ulashamiz", - deydi u. "Savitskiy barcha asarlarni davlatning puliga xarid qilgan va mazkur meros Qoraqalpog'iston va O'zbekiston xalqining mulki ekani shubhasiz" Ikki yil oldin O'zbekiston, Amerika elchixonalari va Smitson instituti yordamida muzeyda seminarlar o'tkazildi. Asarlarni saqlash, restavratsiya qilish, boshqaruv kabilar haqida bilim almashildi. Seminarlar nafaqat Nukusda, balki O'zbekistonning boshqa shaharlaridagi muzeylarda ham tashkil qilindi. Qadimiy Xorazm san'ati bo'limi muzeyning arxeologik guruhlari tomonidan qo'lga kiritilgan topilmalar hisobiga yanada boyimoqda. Tasviriy san'at bo'limi to'plami, ayniqsa, serqirra: to'plamni qoraqalpoq rassomlari (I.Savitskiy, K.Soipov, J. Quttimurodov, D.To'raniyozov va b.), O'rta Osiyo rassomligining keksa avlodi A.Volkov, M.Qurzin, A.Nikolayev (Us to Mo'min), N.Karaxan, O'.Tansiqboyev va boshqaning katta ahamiyatga ega asarlari tashkil etadi. Shuningdek, 1920-30-yillarda faol ijod etgan rus rassomlari A.Shevchenko, R.Falk, V.Muxina, I.Grabar asarlari bilan bir qatorda ijodi deyarli o'rganilmagan.R.Mazel, K.Redko, A.Safronov va boshqaning asarlari ham qo'yilgan.
Muzey eksponatlari monografiya (etyud, chizgidan tortib to yetuk asarlar) tartibida to'plangani bilan ham qimmatlidir. Yana muzeyning o'ziga xosligi eksponatlarning zich joylanishi, ekspozitsiyalarda to'plamni to'laqonli namoyishiga
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021
ISSN: 2181-1601
erishganidadir. Muzey san'at asarlarini to'plash, targ'ib etish, kataloglar chop etish, ko'rgazmalar tashkil qilish bilan shug'ullanadi. Muzey qoshida gilamchilik ustaxonasi ishlab turibdi; «Nukus muzeyining do'stlari» klubi faoliyat olib boradi, ko'rgazmalar uyushtiradi. Muzey Xalqaro muzeylar qo'mitasi(IKOM) a'zosi.
XULOSA
Muzey 1968-69 yillarda Moskvadagi Sharq muzeyida Qoraqalpoq to'plamini ilk bor namoyish etdi. 1970 yildan respublika va xorijiy mamlakatlar (AQSH, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Rossiya va b.)dagi ko'rgazmalarda ishtirok etadi.
REFERENCES
1. Ziyonet.uz
2. Meroz.uz
3. Qaraqalpag'istan.uz
4. Vikepideya.org