Научная статья на тему 'QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASI SHAROITIDA YOG’OCHLASHGAN BARGSIZ QALAMCHALARDAN NAVDOR TUT KO’CHATLARINI ETISHTIRISH VA SHAKL BERISH TARTIBI'

QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASI SHAROITIDA YOG’OCHLASHGAN BARGSIZ QALAMCHALARDAN NAVDOR TUT KO’CHATLARINI ETISHTIRISH VA SHAKL BERISH TARTIBI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
9
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tut daraxti / Sovuqqa chidamli / Jarariq-7 / Qishki -1 / Mankent / Pioner / O’zbekiston / Tojikiston urug’siz tuti (qiyoslovchi). / mulberry tree / Cold-resistant / Jarariq-7 / Winter-1 / Mankent / Pioner / Uzbekistan / Tajikistan seedless mulberry (comparative).

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Ibragimova Z.Yu., Jeymuratov E.B., Kurbanbaeva Z.K., Mambetova R.P.

Hozirgi kunda dolzarb masalalardan biri Respublikamiz hududida tutning sifatli va navdor barg beradigan navlarni yaratish, yangi intensiv tutzorlar tashkil etish, ularni ishlab chiqarishiga bosqichma-bosqich tavsiya etish va ularni tashqi muhit sharoitiga chidamlilik, hamda ozuqaboplik xususiyatlarini ilmiy tomonidan o’rganish hisoblanadi. Bargsiz qalamchalarning ko’karishi uchun qalamcha tayyorlashga mo’ljallangan ona tutzorni tashkil etish, novdalarni halqalash, qalamchalarni tayyorlash va ularni ekishga saqlash, ekish muddati va usuli hamda o’sish davrida parvarish qilish darajasi ta`minlanishi shart

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROCEDURE FOR PROCEDURE AND SHAPING OF FERTILIZED MULBERRY SEEDLINGS FROM LEAFLESS CUTTINGS GROWN IN THE REPUBLIC OF KARAKALPAKSTAN

Currently, one of the urgent issues is the creation of high-quality and fertile varieties of mulberry in the territory of our Republic, the establishment of new intensive mulberry plantations, the step-by-step recommendation for their production, and the scientific study of their resistance to external environmental conditions and nutritional properties. In order to grow leafless cuttings, it is necessary to establish a mother plant intended for preparation of cuttings, ringing of branches, preparation of cuttings and their storage for planting, the period and method of planting, and the level of care during the growth period.

Текст научной работы на тему «QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASI SHAROITIDA YOG’OCHLASHGAN BARGSIZ QALAMCHALARDAN NAVDOR TUT KO’CHATLARINI ETISHTIRISH VA SHAKL BERISH TARTIBI»

UDK 638.22

Ibragimova Z.Yu.

Jeymuratov E.B.

Kurbanbaeva Z.K.

Mambetova R.P.

Qoraqalpog'iston qishlokxo'jaligi va agrotexnologiyalar institute

QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI SHAROITIDA YOG'OCHLASHGAN BARGSIZ QALAMCHALARDAN NAVDOR TUT KO'CHATLARINI ETISHTIRISH VA SHAKL BERISH TARTIBI

Annotatsiya: Hozirgi kunda dolzarb masalalardan biri Respublikamiz hududida tutning sifatli va navdor barg beradigan navlarniyaratish, yangi intensiv tutzorlar tashkil etish, ularni ishlab chiqarishiga bosqichma-bosqich tavsiya etish va ularni tashqi muhit sharoitiga chidamlilik, hamda ozuqaboplik xususiyatlarini ilmiy tomonidan o 'rganish hisoblanadi. Bargsiz qalamchalarning ko 'karishi uchun qalamcha tayyorlashga mo 'ljallangan ona tutzorni tashkil etish, novdalarni halqalash, qalamchalarni tayyorlash va ularni ekishga saqlash, ekish muddati va usuli hamda o 'sish davridaparvarish qilish darajasi ta^minlanishi shart

Kalit so'zlar: tut daraxti, Sovuqqa chidamli, Jarariq-7, Qishki -1, Mankent, Pioner, O'zbekiston, Tojikiston urug'siz tuti (qiyoslovchi).

Ibragimova Z.Yu.

Jeymuratov E.B.

Kurbanbaeva Z.K.

Mambetova R.P.

Karakalpakstan Institute of Agriculture and Agrotechnologies

PROCEDURE FOR PROCEDURE AND SHAPING OF FERTILIZED MULBERRY SEEDLINGS FROM LEAFLESS CUTTINGS GROWN IN THE REPUBLIC OF KARAKALPAKSTAN

Abstract: Currently, one of the urgent issues is the creation of high-quality andfertile varieties of mulberry in the territory of our Republic, the establishment of new intensive mulberry plantations, the step-by-step recommendation for their production, and the scientific study of their resistance to external environmental conditions and nutritional properties. In order to grow leafless cuttings, it is necessary to establish a mother plant intendedfor preparation of cuttings, ringing of branches, preparation of cuttings and their storage for planting, the period and method ofplanting, and the level of care during the growth period.

Key words: mulberry tree, Cold-resistant, Jarariq-7, Winter-1, Mankent, Pioner, Uzbekistan, Tajikistan seedless mulberry (comparative).

KIRISh

Dunyoning ipakchilik ilm-fani rivojlangan etakchi davlatlari ilmiy muassasalarida tutning genetik resurslaridan oqilona foydalangan holda in-vitro (molekulyar-genetika) va payvandlash selektsiya uslubiyotlaridan samarali foydalanib, tutning serhosil, to'yimliligi yuqori, turli iqlim sharoitlariga mos yangi navlarini yaratish va ular asosida intensiv hamda buta tutzorlar tashkil etish borasida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Tadqiq etilgan selektsiya ishlar natijasida kimyoviy tarkibi ipak qurtlari boqishga mos, turli ekstremal iqlim sharoitlariga to'g'ri keladigan tut navlari yaratishga erishilmoqda [1].

Tut daraxti qiyin ildiz oladigan o'simlikdir. Shunga ko'ra, qalamchalarning ildiz olishi tut daraxtlarining turi, tarkibi va navdorlik xususiyatlari ona o' simliklarning yoshi va ularning biologik xususiyatlariga bog'liq bo'ladi [2]. O'tgan asrning 50-yillarida K.Raxmonberdiev halqalangan tut qalamchalaridan tut ko'chatlarini ko'paytirish bo'yicha ilmiy ish olib borgan. Tutning yog'ochlashgan qalamchalari odatda bir yillik novdalaridan tayyorlanib, ularning o'sishi ancha oldin tezlashadi va to'qimalari yaxshi etilgan bo'ladi. Shunga o'xshash regeneratsiya (qayta tiklanish) (U.Abdullaev) jarayoni qalamcha uchun kesiladigan novdalarning o'sish tezligi va uning davomiyligini belgilash muallif tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlarida o'tkazilgan. 1951 yildan boshlab, Toshkent qishloq xo'jalik instituti, hozirgi Toshkent davlat agrar universiteti professori K.Raxmonberdiev tomonidan tutni bargsiz qalamchasini o'stirish ustida tajriba olib borilib, ijobiy natijalarga erishilganligini o'tkazilgan tadqiqot ishlarida isbotlab bergan. 1959-1960 yildan boshlab, qalamcha tayyorlashga mo'ljallangan ona daraxt novdalarining oldindan halqalanib qo'yilishi qalamchaning ko'karishiga ijobiy tasir etishi aniqlandi. Bargsiz qalamchalarning ko'karishi uchun qalamcha tayyorlashga mo'ljallangan ona tutzorni tashkil etish, novdalarni halqalash, qalamchalarni tayyorlash va ularni ekishga saqlash, ekish muddati va usuli hamda o'sish davrida parvarish qilish darajasi taminlanishi shart. K.Raxmonberdievning ko'p yillik tajribasiga asoslanib, shuni aytish mumkinki, ona tut qalamchasidan o'stirilgan bo'lsa, undan kesib olingan qalamcha ham 80-100 % gacha ko'karishi mumkinligini aniqlagan. I.V.Michurinning (1950 y) ko'rsatishicha niholdan qalamcha olinib, ekilganda katta daraxt kesilsa, yangi o'sgan novdalar yovvoyi bo'lmay, aksincha, ushbu daraxtning o'suv holatini qaytaradi va madaniy belgi xususiyatiga ega bo'ladi. Binobarin, tutda ham ona ko'chat qalamchadan o'stirilgan bo'lsa, undan tayyorlangan qalamcha ekilgan taqdirda ko'chat ona nasliga tortishi va sifati yaxshilanishini isbotlab bergan [3-4-5].

Qorakalpog'iston Respublikasi sharoitida shox-shabbasi shakllanmagan va o'z ildiziga ega bo'lgan tut ko'chatlarining ikkinchi yilgi ko'chatlar bo'limida rivojlanishini o'rganish maqsadida tut ko'chatlarining bo'yi,tanasining yo'g'onligi va tanadan o'sib chiqqan navdalarining yo'g'onligi va uzunligi kabi ko'rsatkichlarning rivojlanishi borasida tadqiqotlar olib borildi.

1-jadval

Qorakalpog'iston Respublikasi sharoitida halqalanmagan va halqalangan qalamchalarni ekish usuliga qarab ko'karishi va o'sish darajasining ko'rsatkichlari. (2020-2021 yy.)

Ekil gan qalamchalar soni Bir yillik

Ekish usullari Hammasi Shundan ko'kargani novdasining o'rtacha

Dona % hisobida uzunligi, sm

hisobida

Halqalanmagan qalamchalar

Yotqizib (gorizontal) ekilgan qalamchalar 300 123 61,5 212

450 da qiyalikda ekilgan qalamchalar 220 82 32,9 175

Halqa angan qalamchalar

Yotqizib (gorizontal) ekilgan qalamchalar 300 270 90.0 291

450S da qiyalikda 250 165 66 278

ekilgan qalamchalar

Ushbu jadval orqali shuni aytish mumkinki halqalanmagan va halqalangan qalamchalar 45 0 S qiyalikda ekilganga nisbatan yotqizib ekilganda ildiz olish darajasi 1,4-1,9 % ga yuqori bo'lgan. Shuningdek, novdaning qalamcha tayyorlash uchun foydalanadigan qismi evaziga novdalarga halqa solish soni ham kamayadi, bularning hammasi ona buta tutlardagi novdalarni siyraklashtirish,ya,ni 4-5 tadan novda qoldirish yo'li bilan gektar boshiga ko'p miqdorda diametri 20 mm dan kam bo'lmagan halqalangan qalamchalar olishga erishish mumkinligini tasdiqlaydi. Demak, novdaning foydali qismi diametri 1 sm dan kam bo'lmaganligi lozim bo'lib, bir yillik novdaning kuchliligi asosining yo'g'onligiga qarab belgilanadi. Bunday sharoitda novdaning 1 sm ga to'g'ri keladigan yo'g'onligi uning eng yuqori qismiga to'g'ri kelishi kerakligi va ona tut daraxtlari har yili ko'klamda fevralt oyining ikkinchi yarmida, mart oyining boshlarida qalamchalar tayyorlash maqsadida kesiladi.

2-jadval

Qorakalpog'iston Respublikasi sharoitida shox-shabbasi shakllanmagan va o'z ildiziga ega bo'lgan tut ko'chatlarining ikkinchi yilgi ko'chatlar bo'limida

rivojlanishi (2020-2021 yil)

Tanasining yo'g'onligi Nazoratga nisbatan % Novdalar

Tut navlarini nomi Ko'chatning bo'yi, sm Asosidan mm M±m 120 sm baland-likda mm M±m Yo'g'onligi, mm M±m Uzunligi sm, M±m

Pioner 384,4 31,4± 22,2 ± 152,0 15,9 ± 264±

1,129 0,733 0,351 5,38

O'zbekiston 349,6 30,3 ± 20,1 ± 137,6 15,6± 228,6 ±

1,411 0,808 0,374 5,28

Tojikiston urug' siz 258,0 24,1 ± 14,6 ± 100,0 10,2± 137,6 ±

tuti (qiyoslovchi) 0,436 0,323 0,214 2,64

Etishtirilgan qalamchadan o'stirilgan ko'chatlar urug'idan etishtirilgan ko'chatlarga o'xshash tarzda kuzda xazonrezgilikdan so'ng yoki erta ko'klamda shira harakati yurishmasdan maxsus qishloq xo'jalik traktorlari va qazish pluglarida 35-40 sm chuqurlikda qazib olinadi. Ko'chatlarni qazib olishdan 7-12 kun oldin ko'chatzor engil sug'oriladi. Qazilgan qalamchadan unib chiqqan ko'chatlarni xillash oldidan yotqizib ekilganlari 2-3 sm joyidan ildizlari qirqiladi.

Bunda, har bir ko'chatning novdasi va ildizlari bo'lishi kerak. Shu [ilda tayyorlangan ko'chatlar O'zDST №1027-2002 Davlat standartlariga muvofiq 1.11.111 navlarga ajratilib, tuproqqa ko'mishdan oldin chuqurga tashlanib, kasallik va zararkunandalarga qarshi dorilanadi va fumigatsiya qilinadi hamda tuproq va qumni aralashtirgan holda ko'mib qo'yiladi. Bunda qalamchadan navdor tut ko'chatlarini ko'paytirishning iqtisodiy afzalligini aniqlash uchun ularni oziqalik sifati yuqori bo'lgan ko'chatlarni payvandlash orqali ko'paytirish usuli bilan taqqoslash to'g'ri bo'ladi.

Tajriba natijalari: Tadqiqot Qoraqalpog'iston Respublikasi Xo'jayli tumani "Agro Pilla" MChJ ga qarashli "Sartbay Pirniyozov" fermer xo'jaligida 2019-2021 yillarda tut ko ' chatini qalamchasidan etishtirishda yuqorida bayon qilinganlardan tashqari egat bilan egat oralig'i 4 metr egat pastki qismining kengligi 70-75 sm (namlikni yaxshi saqlash maqsadida egatlarning uzunligi 20-25 metrdan) sug'orishni tekis olib borish uchun bo'lib chiqildi. Egatning usti ketmon yordamida 7-10 sm chuqurlikda ariqchalar qilinib, ana shu ariqchalarga 5-7 sm chuqurlikka 30-40 sm uzunlikdagi qalamchalar yotqizib ekib chiqildi. Tuproq namligiga qarab,ya'ni tuproq quruq bo'lsa ertasi kuni, agar tuproq namligi 70-75 % bo'lsa 2-3 kundan keyin egatlarga jildiratib suv yuborildi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi sharoitida egatni bostirib sug'ormaslik kerak, aks holda egat usti qatqaloq bo'lib, suvning parlanishi natijasida tuproqning pastki qismi ortiqcha issiq harorat tashkil qilib, qalamcha ildizi va kurtagi chirib ko'karmay qoladi.

Har haftada ketmon yordamida egat atrofi chopiq qilinishi kerak bo'lib, chopiqning yana bir afzallik tomoni, begona o'tlarning ildiz olishga to'sqinlik qilib, ularning unib chiqishini batamom to'xtatib qo'yadi.

3-jadval

Ekilgan qalamchalarni o'sishi va hayotchanlik ko'rsatkichlarini nisbati

(2019-2020 yy.)

№ Qalamchalar olingan navlar va duragay nomi Ekilgan qalamchalar, dona Unib chiqqan qalamchalar, dona Unuvchanlik, % Nazoratga nisbatan, % Pd

1 Sovuqqa chidamli loo 77±l,87 77±l,8l 423,o±2,92 o,992

2 Jarariq-7 loo 85±l,95 85±l,94 5oo,o±3,2l o,998

3 Qishki -1 loo 72±l,83 72±l,89 453,o±2,94 o,999

4 Mankent loo 53±l,6l 53±l,74 3ll,o±l,l4 o,989

5 Tojikiston urug'siz tuti (qiyoslovchi) loo 17±1,21 17±1,19 loo,o±l,o2l -

O'zaro natijalarni taqqoslaganimizda, kuzatuv (nazoгat) sifatida ekilgan halqalanmagan tut qalamchasiga nisbatan halqalangan tut qalamchasidan unib chiqqan ko'chatlaг 4-5 marta ortiq unib chiqishiga eгishildi.

Tajribalami kuzatganimizda, Pioneг navi uch barobar oгtiq unib chiqdi. Navlar bo'yicha qalamchadan tut ko'chatlaгining unib chiqishi ham haг xil ko'гsatkichga ega bo'ldi. Jarariq-7 eгtagi, Sovuqqa chidamli o'гtagi va Qishki-1 kechki unuvchanlikka eгishdi. Buni quyidagi jadvalda kuzatishimiz mumkin.

4-jadval

Tajribada ekilgan qalamchalarni unib chiqish muddatlari

(2019 -2020 yy.)

№ Tut navlari va duragay nomi Tuproq ustida unib chiqishi (kun, oy, yil) Baholash

1 Sovuqqa chidamli l5.o5.2ol9 25.o5.2ol9 O'rtagi

2 Jarariq-7 l2.o5.2ol9 2l.o5.2ol9 Ertagi

3 Qishki -1 l4.o5.2ol9 24.o5.2ol9 O'rtagi

4 Mankent l6.o5.2ol9 28.o5.2ol9 Kechki

5 Tojikiston urug'siz tuti (qiyoslovchi) 2o.o5.2ol9 3o.o5.2ol9 Kechki

Natijalardan qo'гinib tuгibdiki, halqalangan tut qalamchasining tez va sifatli hosil qilishiga, takror aytilgan so'zlar bo'lsa ham eng avvalo tayyorlangan qalamchalarning bir yillik novdalarni qaysi qismidan va qaysi tut navlari yoki duragaylardan tayyorlanganligiga ham bog'liq hisoblanadi.

5-jadval.

Tut navlarni vegetatsiya davri yakuni bo'yicha taqqoslash

(2019 -2020 yy.)

№ Tut navlari va duragay nomi O'simlikning o'rtacha uzunligi, sm Ildiz bo'g'zining yo'g'onligi, sm Har bir o'simlikda barg soni, dona Pd

1 Sovuqqa chidamli 251±2,95 1,89±0,04 83,3±1,18 0,991

2 Jarariq-7 252±2,98 1,94±0,06 63,0±1,14 0,994

3 Qishki -1 242±2,84 1,97±0,09 69,1±1,15 0,987

4 Mankent 243±2,86 2,01±0,11 54,0±1,11 0,986

5 Tojikiston urug'siz tuti (qiyoslovchi) 121±2,27 1,31±0,01 37,0±1,01 -

Xulosa. Qoraqalpog'iston Respublikasining ekstremal shart-sharoiti uchun qalamchalarni halqalash usulida ekilgan har 100 dona qalamchalardan 72-85 dona qalamchalar unib chiqishini ta'minlash mumkinligi aniqlandi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Alekseychenko N.A., Babaeva G.I., Nadkernichna E.V., Bulatova Yu.O. Vliyanie mikrobiologicheskix udobreniy na razvitie novtix vbisokoproduktivnLix sortov shelkovitsti. //«Ipakchilik sohasidagi dolzarb muammolar echimining ilmiy asoslari». «Fan». -Tashkent. 2004. - S. 291-294.

2. Abdullaev U. Tutchilik. - Toshkent: Mehnat, 1991. 7-9-b.

3. Azimov E., Bekkamov Ch.I., Mirzaeva Yo.Ya., Rajabov N.O. Tutchilikda dala tajribasini o'tkazish.//Zooveterinariya, №3. - Toshkent, 2016.-B. 27-28.

4. Bekkamov Ch.I., Mirzaeva Yo.Ya., Haydaraliev J.R., Ravshanova S.A. Tutchilikni jadal rivojlantirishda mikroklonlashtirishni takomillashtirish va undan foydalanishning istiqbollari.//O'zbekiston agrar fani xabarnomasi, №4(74). -Toshkent, 2018. -B.82-85.

5. Z.Yu.Ibragimova, G.A. Asenbayeva, E.B. Jiemuratov. General information about mulberry and ways of its reproduction. JMEA Journal of Modern Educational Achievements 2023, Volume 5, P. 502-508

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.