Научная статья на тему 'QORAKOʻL SHEVALARINING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI'

QORAKOʻL SHEVALARINING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

999
93
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qorako‘l / kapin / qizilcha / sheva / lahja / o‘g‘uz / oq / ota / Qoraun / dialekt / Qulonchi / G‘oyib ota / turkey tillar / Karakol / Kapin / Kyrgyz / dialect / dialect / Oguz / white / father / Karaun / dialect / Kulonchi / Goyib father / Turkish languages

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Dilobar Torakulovna Berdiyeva

Ushbu maqolada Qorako‘l shevasining o‘ziga xos leksik-semantik xususiyatari haqida fikr yuritiladi. Qorako‘l shevasiga xos iboralar va qarg‘ishlar tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article discusses the unique lexical-semantic features of the Karakol dialect. Expressions and curses specific to the Karakol dialect are analyzed

Текст научной работы на тему «QORAKOʻL SHEVALARINING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI»

QORAKO'L SHEVALARINING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI

Dilobar Torakulovna Berdiyeva

Chirchiq davlat pedagogika universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Qorako'l shevasining o'ziga xos leksik-semantik xususiyatari haqida fikr yuritiladi. Qorako'l shevasiga xos iboralar va qarg'ishlar tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Qorako'l, kapin, qizilcha, sheva, lahja, o'g'uz, oq, ota, Qoraun, dialekt, Qulonchi, G'oyib ota, turkey tillar.

ABSTRACT

This article discusses the unique lexical-semantic features of the Karakol dialect. Expressions and curses specific to the Karakol dialect are analyzed.

Keywords: Karakol, Kapin, Kyrgyz, dialect, dialect, Oguz, white, father, Karaun, dialect, Kulonchi, Goyib father, Turkish languages.

KIRISH

Ma'lumki, shevalar ham adabiy tilimizning shakllanishi va boyishida muhim ahamiyatga egadir. Shu sababdan ularni o'rganish, chuqur tahlil qilish hozirgi davr tilshunosligimizning dolzarb vazifalaridan biri hisonlanadi. Bu borada bir qancha tilshunos olimlarimiz ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borgan, ularning fonetik, morfologik va leksik xususiyatlarini o'rganib chiqqanlar va o'zbek shevalarining bir-biridan farqli jihatlarini ko'rsatib berganlar. Faqat ma'lum bir hudud doirasida qo'llanilib, boshqa hududda yashovchi o'zbek tili vakillari uchun xos bo'lmagan so'zlar hududiy chegaralangan (shevaga xos) yoki dialektizmlar deyiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Mahmud Koshg'ariydan so'ng o'zbek xalq shevalaring maxsus holda tekshirilgani aniq emas. O'zbek shevalarini yakka holda o'rganish XIX asr 2-yarmi va XX asr boshlarida sezilarli tartib asosida yo'lga qo'yilgan. Shevalarni bu tariqa o'rganish XX asrning 20-30-yillarida, ayniqsa, rivojlandi va o'zbek shevalarining biz bilmagan yangi qirralari ochila boshlandi. Bu sohada G'.O.Yunusov, U.Tursunov, A.Fitrat, E.D.Polivanov, S.Ibrohimov, V.V.Reshetov, Sh.Abdurahmonov singari tilshunos olimlar samarali faoliyat olib borganlar. Ayniqsa, tilshunos olim V.V.Reshetov o'zbek shevalarining tarixiy-lingvistik xususiyatlarini va ayrim dialektlarga qo'shni tillar-tojik,

September, 2022

317

qozoq, qoraqalpoq, turkman tillari munosabatini hisobga olgan holda o'zbek shevalarining tasnifini yaratdi. Unga ko'ra o'zbek tili uch turkiy komponentning birikishi natijasida vujudga kelgan:

1) qarluq-chigil-uyg'ur lahjasi hozirgi qardosh uyg'ur tiliga yaqin bo'lib, tojik tili bilan yaqin etno-lingvistik munosabatda bo'lgan;

2) qipchoq lahjasi qardosh qozoq va qoraqalpoq tillari bilan yaqin;

3) o'g'uz lahjasi qardosh turkman tili bilan yaqin.

Bular orasida ozarbayjon, turkman, usmonli turk tillariga xos fonetik, morfologik va leksik xususiyatlarni o'zida namoyon qilgan o'g'uz lahjasi shevalari o'zining rang-barangligi bilan e'tiborlidir. Ayniqsa, Buxoro viloyat Qorako'l tumani qishloqlarining ayrim shevalari hozirgi turk adabiy tiliga juda yaqin. Masalan:

Gechmish - ko'rgan-kechirilgan voqea hodisalar ma'nosida,

Do'nmek - burilish, orqaga qaytish ma'nosida,

Gunesh - oftob, quyosh ma'nosida juda keng qo'llanadi.

Bundan tashqari o'g'uz lahjasiga kiruvchi Qorako'l qishloq shevalari ba'zi xususiyatlari bilan adabiy tildan ancha farq qiladi. Masalan, Jig'achi va unga yondosh qishloq shevasi ba'zan hatto jins tanlaydi:

Pakana-adabiy tilda past bo'yli odam ma'nosida qo'llanadi, bu so'z Qorako'l shevasida quyidagicha: Xinti - Jig'achi shevasida past bo'yli erkak, cho'nti-past bo'yli ayol ma'nosida ishlatiladi. Qorako'l qishloq shevalarida adabiy tildagi ba'zi so'zlar bilan omonimlik munosabatga kirisha oladigan leksemalar mavjud.

Oq - adabiy tilda rang, qoraning antonimi, oq - adabiy tilde farzanddan voz kechish, uni la'natlash. Qorako'l shevsida esa oq qatiq yoki adabiy tildagi ayron ma'nosida qo'llanadi.

Poylamoq - adabiy tilda birovlarni yashirincha kuzatmoq ma'nosida, shevada esa poylamoq ''biror narsani taqsimlash'' ma'nosida qo'llanadi.

Ayniqsa, Qorako'l qishloq shevalarida adabiy tildagi "o'lmoq" fe'lining rang-barang uslubiy qo'llanish shakllari mavjud. Adabiy tilda bu fe'l biologik o'lim, tananing jonsiz holati, vafot etmoq ma'nolarini bildirsa, 2-shaxs buyruq shakli birovga o'lim tilash ma'nosidagi qarg'ishni ifodalaydi. Biroq ayrim Qorako'l shevalarida bu so'z o'z ma'nosidan tashqari quyidagi uslubiy ma'nolarda ishlatiladi: -Ha, o'lma. Bu birovning fikrini ma'qullagan shaxsga nisbatan maqtov; -o'la - biror ishni eplolmagan subyektga nisbatan tanbeh; -o'lma endi - so'zlovchining tinglovchidan biror narsani

Masalan:

qattiq iltimos qilishi;

September, 2022

-o'ldimey - bu so'zlovchining haddan ziyod chanqagani, ochiqqani yoki charchab, holdan toyganini ifodalaydi;

-o'ldim, o'lmasam - biror kutilmagan hodisa yoki yangilikdan hayratda qolgan so'zlovchi nutqida ishlatiladi;

-ibi o'lay - so'zlovchi tinglovchining fikrini rad etib, o'zinikini isbotlashga uringan vaziyatda ishlatiladi;

-o'ldik - bu 2-shaxs ko'plik shakl go'yoki so'zlovchi va tinglovchi kichkina jinoyat yoki tartibsizlik qilgan vaziyatda aybdorlik hissi bilan bilan aralashgan qo^quvni ifodalaydi;

-o'laman - birovning yurish-turishi, xatti-harakatlarini pisand qilmay ularning oгtidan kuladigan so'zlovchi tomonidan ishlatiladi.

-o'laveráim lekin - biror narsadan yoki kimsadan haddan ziyod bezish ma'nosida ishlatiladi.

Bilamizki, eng yomon qa^'ish bu-biravga o'lim tilashdir Adabiy tilda bu tuñi ibora va so'z biгikmalaгi o^ali ifodalanadi. Masalan: Yeг yutguг, bo'ying lahadda chiгiguг, ko'zingni quzg'unlaг cho'qigrn" va hokozo. Ayгim Qoгako'l shevalari ham bu qa^'ishni yuqoгi darajadagi emotsional-ekspressiv vositalar orqali bayon etadi va ulaTdagi uslubiy bo'yoqdoгlik ba'zi jihatlari bilan adabiy tildan yaqqol ajralib turadi. Masalan, quyidagi frazema daгajasiga ko'taгilgan biгliklaгga e'tiboг bering: Norvonchaga mingur - bolasi aytganini qilmaganda asabiylashgan onaning nutqida qo'llanadi. Noi^von-bu adabiy tildagi ''tobut'' va unga "-cha" kichraytiгish qo'shimchasining qo'shilishi o^ali qaгg'ishga qolayotgan shaxsning yoshi kichikligini ham o'zida ifoda etgan. Bundan tashqari -cha qo'shimchasi salbiy ma'no ifodalaydi. Ya'ni kichkina tobut emas, balki yoshligida vafot etishni hohlash va o'lim tilash ma'nosida qo'llanadi.

Jumolig'ingga yorasin (yarasin) - biror buyum yoki narsa masalasida ikki kishi tortishganda yutqazgan kishi nutqida norozilik ohangida ishlatiladi. Demak, bunda "juma" hafta kuni, -lig' fonetik o'zgarishga uchragan ot yashovchi -lik qo'shimchasi. Bilamizki, musulmon xalqida inson vafotidan keyin 3-4 hafta mobaynida marhum xotiгasi uchun "juma" ma'rakasi o'tkaziladi. Bundan xulosa qilish mumkinki, so'zlovchi bu birikma oгqali гaqibiga "sen tezгoq o'l va menga nasib qilmagan nareani "juma" ma'rakangda ishlat" qaгg'ishini ifodalaydi. Qo^o'l tuman Qoгaun QFY da esa o'lim tilash qa^'ishi quyidagi birikma o^ali keng ifodalanadi: G'oyib ota challasin - bunda G'oyib ota shu qishloqda yashab o'tgan va yangi qabristonga 1-bo'lib dafn etilgan, shu sababdan qabriston nomi ham "G'oyib ota" nomi bilan aytilgan, "challasin" esa adabiy tildagi "yoniga olsin, chaqiгsin" ma'nosiga teng. Demak, bu qa^'ish o^ali

September, 2022

319

so'zlovchi tinglovchiga "Sen o'l va G'oyib ota mozoriga ko'mil" demoqchi bo'ladi. Bunday shakldagi qarg'ishlar Qorako'l qishloqlaridagi qabristonlaming nomi bilan uzviy bog'liqdir. Har kim o'z yashash joyiga yaqin mozorning nomi bilan qarg'aydi. Masalan, Quvacha, Jig'achi, Vaxim, Ketmondo'gdi qishloqlari uchun tumandagi eng katta mozor bu- "Buvajesh buva" mozori umumiydir va ushbu qishloq ahlining qarg'ishida "Buvajesh buva challasin" birikmasi keng qo'llanadi. Otam challasin, bovam challasin, otamniyam so'rab qo'y, quymoningni cho'zay (biror kishi vafot etganda ma'rakasida

-"quymon" degan istaom pishiriladi) - bu qarg'ishlarni aytadigan so'zlovchining otasi yoki buvasi vafot etgan bo'lishi kerak. Va bu birikmalar "o'l" so'zini ifodalovchi qarg'ishlar hisoblanadi. Uch kecha bo'lgur - bu birikma, asosan, hayvon va parrandalarga nisbatan aytiladi. Chunki inson vafot etgach "uch", "yetti", "qirq" ma'rakalari o'tkaziladi va biror jonliq so'yiladi. Aslida, hayvon va parranda vositasida uning egasiga salbiy munosabat bildiriladi.

Sasingga suv quyilsin - bunda "sas" - ovoz. Bu birikma ham salbiy bo'yoqqa ega bo'lib, insonning vafot etishiga ishora va istakni bildiradi. Adabiy tilda "suv quyganday jim" iborasi ishlatiladi. Bu ibora haddan ortiq jimlikni ifodalaydi. "Sasingga suv quyilsin"- iborasi ham o'lim tilash ma'nosida ishlatiladi va salbiy ma'no ifodalaydi.

Qoning qotsin - ma'lumki, to'shakka mixlangan odamda harakat kam bo'lgani uchun qoni sekin harakatlanadi, bemorlikning so'nggi nuqtalarida bu qon haddan ziyod quyuqlashib qotadi va hatto yuborilgan ukollar ham "yurolmay" qoladi. Qorako'l qishloq shevalarida so'zlovchi tinglovchiga, aynan, shu taqdirni ravo ko'rgan holda qarg'aydi. Qizilchada gitgur (ketgur) - qadimda qizamiq kasalligining davosi bo'lmagan va hatto bu kasallik ko'p holatda o'lim bilan tugagan. Bu kasallikdan qutulish uchun uni faqat erkalab aytish kerak deyilgan. Qorako'l shevasida bu kasallik "moma", "gulchechak", "gulxon", "qizilcha" kabi atamalar bilan yuritilgan. Sabab, kasallikni yaxshi gapirib, erkalab, ketishga undaganlar. Lekin bugungi kunda bu kasallik davosi topilgan bo'lsa-da, "Qizilchada ketgur" qarg'ishi el orasida mavjud.

Otaming oyoq uchida - frazeologik jihatdan tahlil qilganda bunday gapni aytadigan kishining otasi vafot etgan bo'ladi. Bu birikma "o'l" so'zini ifodalashdan tashqari, ko'pincha, Yoshi ulug', asabiy insonlar nutqida uchraydi va "yo'q", "bilmayman singari inkor ma'nolarni ham ifodalaydi. Ya'ni bunday insonlardan biror buyum yoki predmet o'rni so'ralganda inkor ma'nosini (yo'q, bilmayman) bildirish uchun ishlatilgan. Nima sababdan "oyoq uchida" deya ta'kidlanadi? Bunda marhumga nisbatan hurmat

September, 2022

320

ma'nosi bor: bosh ulug' va otaning boshi tepasiga kelib gapirish yoki o'tirish gunoh sanaladi. Hatto dafn qilingan vaqtda ham farzand otadan yuqoriga dafn qilinmaydi. Mana shu odat bu qarg'ishda o'z ifodasini topadi.

Kapiningi (kafaningni) yalmama (yamlama, yutma). Bu frazema darajasidagi birlik Qorako'l qishloq shevalarida o'ta ochko'z insonlarga nisbatan aytiladi, ya'ni hamma narsa menga bo'lsin deydiganlar toifasiga. Bu birlikning asl ma'nosi ham, Qorako'l yoshi ulug'larimizning afsonalariga ko'ra, nisbatan haqiqatga yaqin tushuncha hisoblanadi. Musulmonchilik odatiga ko'ra marhum qabrga kafan bilan qo'yiladi. Ba'zan shunday holatlar ham bo'lar ekanki, ma'lum vaqtdan keyin mayit o'z kafanini yutib borarkan. Buni esa donolarimiz o'sha odamning vafotidan keyin uning eng yaqin qondoshlari ham ketma-ket vafot etayotganidan tahmin qilar ekanlar va qabr ustidan bedov otni yuritmoqchi bo'lganlarida agar ot yurmasa, bu qabrdagi marhum aniq kafanini yutgan bo'lib chiqar ekan.

"Kapinini yalmamoq" birikmasini ikkinchi tomondan shunday tahlil qilish mumkin. Ya'ni musulmonchilikning asosiy belgilaridan biri o'lim haqligiga ishonish. Shu sabab insonlar "o'limligimga" deb kerakli narsalarni tayyorlab qo'yadi. Ochko'z va xasis odamlar esa mol-dunyo orttirish tashvishida, hatto kafanlikka asragan narsasini ham sotib yuboradi ma'nosida shu birikma ishlatiladi.

Gechchi (echki) angak (chakak) yegan - Bilamizki, echki juda ko'p va yoqimsiz maraydi. Qorako'l qishloq shevalarida esa bu tinimsiz, bo'lar-bo'lmas gaplarni gapiradigan, vaysaqi insonlarga nisbatan qo'llanadi.

Yetti qavat patirga o'rab otsang, it ham yetti qadam naridan aylanib o'tadi - bu birikma, asosan, o'z holini bilmay gapiradigan va tashqi ko'rinishidan xunuk bo'lgan kishilarga nisbatan ishlatiladi.

Har qoshiqda bir lo'vla (loviya). Bu frazema darajasidagi birlik esa har gapga, har narsaga aralashadigan kishilarga nisbatan ishlatiladi.

Mag'liyi qora - mag'liy so'zi adabiy tildagi "manglay" so'zidir. Manglay bu birlikda ko'chma ma'noda "tole" ma'nosida ishlatiladi. " Mag'liyi qora" atamasi "baxtsiz", "toleyi qora" kabilar bilan sinonimlik qatorida turadi. Bundan tashqari, "mag'liyi qora" birligiga qarama-qarshi ma'noda "mag'liyi oq" iborasi ham qo'llanadi. Bu "baxtli", "toleyi kulgan" ma'nolarini anglatadi. "Husht" degani qo'y bo'lsa, cho'l-u bediyoga sig'maydi. Bu ibora o'ta maqtanchoq, ozgina narsani kata qilib ko'rsatadigan, quruq va'daboz kishilarga nisbatan ishlatiladi. Bu adabiy tildagi "katta gapirmoq", "katta og'iz" iboralariga teng keladi.

Do'vron (Davron) ko'ra (ko'rga ) do'vr yetdi. Bu iborada Davron atoqli ot sifatida ishlatiladi. Ya'niki, omadi kelmay yurgan odamning birdan omadi kelsa-yu, bosar-tusarini bilmay

September, 2022

321

qolsa, mana shu ibora ishlatiladi. Yana bir tomoni "davr yetmoq" "omadga erishmoq" ma'nosida ishlatiladi. Omadi kelgan odamning atrofida laganbardorlar ko'payadi. Hatto u "ko'r" bo'lsa-da, uni ko'klarga ko'taradilar. Iborada Davron , davr so'zlari ohangdoshlik hosil qiladi. Umuman, Qorako'l shevalarida bu kabi birliklar juda ko'p uchraydi. Bu birliklarning paydo bo'lishi hududiy va ijtimoiy hayot tarzi bilan bog'liq hodisadir. Shevaga xos birliklar o'ziga xos joziba, obrazlilikka ega bo'lib, ta'sir doirasi katta. Hatto ba'zi qarg'ish va frazeologik birliklar qofiya va shakliy jihatdan yetuk tuzilganki, bunga she'riytga yaqin hodisa sifatida baho berish mumkin.

O'xshatish, qiyoslash, sifatlash, jonlantirish kabi she'riy san'atlar bu iboralarning tasvir jihatini kuchaytirgan va ta'sirini oshirgan. Respublikamizning chekka hududlarida bu kabi hali o'rganilmagan iboralar, birliklar juda ham ko'p. Ularni o'rganish va fanga olib kirish ona tilimizni boyitadi, rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi.

REFERENCES

1. V. V. Reshetov, Sh. Shoabdurahmonov. O'zbek dialektologiyasi. - Toshkent: O'qituvchi, 1978.

2. N.Erkaboyeva. "O'zbek tilidan ma'ruzalar to'plami" - Toshkent: LESSON PRESS, 2017.

3. Ushbu shevalarni yig'ish va talqin qilishda ko'rsatgan yordamlari uchun "Qorako'l tilchilari" jamoasiga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

4. Dilobar, B. (2022). EMERGENCE OF UZBEK FOLK INSTRUMENTAL INSTRUMENTS. Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development, 3,

XULOSA

198-203.

September, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.