Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
QORA TUT "PENDULA " NIMAGA O'XSHAYDI VA QANDAY O'SADI
Sayfullayev Asilbek Farhod o'g'li
Navoiy davlat universiteti Tabiiy fanlar va tibbiyot fakulteti Biologiya kafedrasi o'qituvchisi [email protected]
ANNOTATSIYA
Maqolada shaharlarda aholini yashash sharoitlarini qulay darajaga ko 'tarish, dam olishini ta'minlash, shahardagi sanitar holatni yaxshilash, mikroiqlimni yuzaga keltirish va sog'lomlashtinivchi yashil hududlar maydonlarini kengaytirishda manzarali yashil daraxtzorlarning roli, ko 'kalamzorlashtirish uchun qo 'llanilayotgan manzarali daraxt-buta turlari sonini boyitish, Qora tut "Pendula" ning manzarali xususiyatlari uning biologik ko'rsatgichlari, axoli yashash joylaridagi ahamiyati bayon etilgan. Shu bilan birga Qora tut "Pendula" ning vegetativ ko'paytirish agrotexnikasi xaqida malumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: Qora tut "Pendula", manzarali daraxt, morfologiya, ekologiya, manzarali bog'dorchilik, alleyalar, peyzaj dizayni, landshaft, parvarishlash usullari.
АННОТАЦИЯ
В статье рассмотрены роль декоративных зеленых насаждений в улучшении условий проживания населения городов, обеспечении их отдыха, улучшении санитарного состояния города, создании микроклимата, расширении площади оздоровительных зеленых насаждений, обогащении состава декоративных древесно-кустарниковых пород, используемых для озеленения, декоративные свойства шелковицы черной «Пендула», ее биологические показатели, значение в населенных пунктах. Одновременно приводятся сведения об агротехнических приемах вегетативного размножения шелковицы черной «Пендула».
Ключевые слова: Шелковица черная «Пендула», декоративное дерево, морфология, экология, декоративное садоводство, аллеи, ландшафтный дизайн, ландшафт, приемы ухода.
ABSTRACT
The article examines the role of ornamental green spaces in improving the living conditions of city residents, providing them with recreation, improving the sanitary condition of the city, creating a microclimate, expanding the area of health green spaces, enriching the composition of ornamental tree and shrub species used for landscaping, the ornamental properties of black mulberry "Pendula", its biological indicators, and its importance in populated areas. At the same time, information is
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
provided on agrotechnical methods of vegetative propagation of black mulberry "Pendula ".
Keywords:Black mulberry "Pendula", ornamental tree, morphology, ecology, ornamental gardening, alleys, landscape design, landscape, care techniques.
KIRISH
Uzoq o'tmishdayoq insonlar daraxt-butalar haqida boshlang'ich bilimlarga ega bo'lganlar. Dastlabki chop etilgan botanika kitoblarida daraxt-buta o'simliklari to'g'risida faqat morfologik va sistematik ma'lumotlar keltirilgan bo'lib, o'rmonchilar hamda bog'bonlar daraxt-buta turlarining faqat morfologik belgilariga ko'ra ajrata olganlar. Keyinchalik o'rmon melioratsiyasi sohasida — ayniqsa ko'chma qumlarni mustahkamlash, tog'larni o'rmonlashtirish, temir va avtomobil yo'llarini himoyalovchi o'rmonlar barpo etish, eroziyaga uchragan tuproqlarni mustahkamlash, xiyobonlar, sayilgohlar, shaharlarda dekaratsion zonalar barpo etish ishlari ko'lamining kengayishi dendrologik bilimlarni ortishiga olib keldi.
Shunga ko'ra, o'rmon xo'jaliklar tizimida manzaraviylik va dorivorlik xususiyatlariga ega o'simliklarni yetishtirishda o'simliklarni biologik ko'rsatkichlarini o'rganish muhim sanaladi. Manzarali daraxt o'simliklari o'zining manzaraviyligi, shaklari va rangining turli tumanligi bilan odamlarning diqqat -e'tiborini o'ziga jalb qiladi. Tabiatning bu go'zal asari har doim o'zgarib turadi. Tashqi muhit o'simlik biologiyasining rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatadi, ularning tashqi ko'rinishi, katta-kichikligi, ko'p vaqt o'sishi shu tashqi muhitga chambarchas bog'liqdir.
Tarixiy rivojlanish jarayonida daraxtlar har xil bioekologik sharoitda o'sishga moslashib qolgan. Masalan, qurg'oqchilikga chidamli turlar quruq qumli tuproqlarda yaxshi o'sadi, ayrimlari uchun esa tuprog'i unumdor va namligi yuqoriroq sharoitlarda yaxshi o'sadi. O'simliklarning harorat, yorug'liq, havoning namligiga talabchanligi bilan ajralib turadi. O'simliklar o'zining individual rivojlanish jarayonida bir qator davrlarni o'taydi - yuvenildan yetuklik davrgacha. Bu davrlarda bir o'simlik shox-shabbasining har xil kattaligi, shakli, o'sishining tezligi bilan tavsiflanadi.
Malumki bugunki kunda axoli yashaydigan xududlarni, shahar va qishloqlarning ko'rkam bo'lishida manzarali daraxt va butalarning o'rni beqiyosdir. Ushbu xududlarni ko'kalamzorlashtirishda joyning tuproq-iqlim sharoitlarini xisobga olgan xolda mos keladigan manzarali daraxt va butalarni tanlash va ekish amaliy ahamiyatga molik ish turlaridan xisoblanadi. Bugungi kunda zamonaviy shaxar qurulish tarmoqlarida nafis kurinishdagi landshaft kompozitsiyalarini yaratishda uzoq
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
muddatda gullovchi va yashil manzara aks ettiruvchi manzarali o'simliklardan foydalanish maqsadga muvofiqdir
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Shahar ko'chalarimizni istiroxat bog'lari va xiyobonlari, yo'l yoqalarini ko'kalamzorlashtirishda albatta manzarali darxt o'simliklarni jumladan Tutdoshlar (Moraseaye) oilasining vakili Qora tut (pendula)nig ham o'rni beqiyosdir.
Ushbu oilaga mansub daraxt buta o'simliklaming o'ziga xosligi ular tanasida sutli shira mavjudligidir. Ushbu oilaga 65 turkum daraxt o'simliklari kiritilgan, ularning asosiy qismi tropik va subtropik mintaqalarda keng tarqalgan. MDH davlatlarida, shu jumladan, O'zbekistonda o'nta turkum vakillari keng madaniylashtirilgan va muhim xalq xo'jaligi ahamiyatiga ega.
Tut mevalari shifobaxsh va ta'mli sifatlari bilan mashhur bo'lib, daraxtning o'zi shahar sharoitida yaxshi o'sadi. Asl turlari 10-15 m balandlikda o'sadi, ammo payvandlangan navlar juda kichikroq va hatto kichik maydonlar uchun ham mos keladi.
Qora tut (pendula) mevali va manzarali bargli daraxt, ajoyib yig'layotgan toj shakliga ega. Shoxlari va barglari dekorativ tarzda pastga egilib, ixcham gumbazni hosil qiladi. Tojning shakli va uzunligi kesish orqali osongina sozlanishi mumkin. Dekorativ kavisli va bir-biriga bog'langan tut shoxlari bog'ni jozibali qiladi.
TADQIQOT NATIJALARI
Oq tutning barglari yaltiroq bo'lsa, qora tutning pastki qismida tukli va mot barglari bor. Tut mevalari go'shtli, suvli va shirin - dastlab och pushti, oxirida qizil va qora, uzunligi 3-5 sm. Meva juda uzoq davom etadi - iyuldan avgust oyining oxirigacha.
Qora tut (pendula) quyoshli, issiq joyga ekilgan bo'lishi kerak. Neytral, yengil va yaxshi quritilgan tuproqlarda tut ekish yaxshidir. Tutni kesish bahorda amalga oshiriladi, to'rtinchi kurtakdan keyin taxminan 5 sm qoldiriladi. Tutdagi barglar sharoitga qarab, juda kech - iyun oyida paydo bo'ladi. May oyida barglar bo'lmasa yana kesish mumkin.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
1-rasm Qora tut (pendula) ning umumiy ko'rinishi
Yig'layotgan tut ko'chatlarini bahorda - aprelda, kuzda - oktyabrda ham ekish mumkin. Ko'chat sovuq shamollardan himoyalangan, yaxshi yoritilgan joyga ekilishi kerak. Boshqa o'simliklargacha bo'lgan masofa ko'chat hajmiga qarab kamida 3 - 5 m bo'lishi kerak.
XULOSA
Floradagi barcha o'simliklarning biologik va ekalogik xususiyatlariga ko'ra ulardan maqsadli foydalanish, aholi yashash joylarini ko'kalamzorlashtirishda hududning iqlim va tuproq sharoitlariga mos o'simliklarni tanlash lozim. Shunga ko'ra landshaft muhitini yaratishda daraxt va butalarning shox-shabbasining shakli ularning yillik va umumiy o'sish ko'rsatkichlarni inobatga olish maqsadga muvofiq. Bu jarayon esa o'z navbatida ochiq va yopiq alleyalar barpo etishda, yashil qoplamalar barpo etishda muhim amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi.
Ushbu tadqiqotdan biz quyidagicha xulosaga kelishimiz mumkin. Qora tut (pendula)ni ko'pincha bog'lar, xiyobonlar va shahar ko'chalarini bezash uchun ekilishini, peyzaj dizaynida mashhur qilishini, havodagi ifloslantiruvchi moddalarni yutib, atrof-muhitni tozalashda, ildiz tizimi tuproqni eroziyadan himoya qiladi va tuproqni mustahkamlashda yordam beradi. Ko'plab qushlar va hasharotlar uchun boshpana va oziq manbai sifatida xizmat qiladi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
REFERENCES
1. Qayimov A., Berdiyev E. Dendrologiya. -Toshkent, 2012.
2. Qayimov A. Dj.Turok. Aholi yashash joylarini ko'kalamzorlashtirish. Darslik. -Toshkent: Fan va texnologiya, 2012.
3. Shomurodov, H. F., Saribaeva, S. U., Abduraimov, O. S., Khayitov, R. S., & Sayfullaev, A. F. (2021). The Current State of Iris Hippolyti's (Vved.) Kamelin Population in Uzbekistan. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 65896597.
4. Sayfullayev, A. F. O. (2023). SHAHARLARNI KO'KALAMZORLASHTI-RISHDA KATALPA DARAXTINING AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(4-2), 77-82.
5. Хужжиев, С. (2022). ФИТОРЕМЕДИАЦИЯ ПОЧВ, ЗАГРЯЗНЁННЫХ ТЯЖЁЛЫМИ МЕТАЛЛАМИ. ЭКОЛОГИЯ (БИОЛОГИЧЕСКИЕ НАУКИ).