Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24
UDK:619:636.31:616.36-002:616.002
QO'YLARNING INFEKSION NEKROTIK GEPATIT KASALLIGI
DIAGNOSTIKASI
Hakimov Sh. Salimov I.X. Salimova D.I.
Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti
Аннотация. В данной статье приведены данные экспериментальных опытов на овцах по инфекционному некротическому гепатиту. Для первичной диагностики болезни даны эпизоотологические данные, клинические признаки, патологоанатомические изменения. Для заключительной диагностики приведены результаты бактериологических исследований в лабораторных условиях.
Summary. This article presents data from experimental experiments on sheep on infectious necrotic hepatitis. For the primary diagnosis of the disease, epizootological data, clinical signs, pathological changes are given. For the final diagnosis, the results of bacteriological studies in laboratory conditions are given.
Kalit so'zlar: Qo'y, anaerob, C.novyi, infeksion nekrotik gepatit, nekroz, spora, qo'zg'atuvchi, Kitt-Tarotssi, gaz, sariq qizg'ish suyuqlik.
Kirish. Chorvachilik Respublikamizning ildam rivojlanayotgan sohalaridan biri bo'lib, xalqimizni ekologik toza va bioxavfsiz go'sht, sut, tuxum va boshqa mahsulotlarga bo'lgan talabini to'liq qondirish Davlat siyosati darajasidagi bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Biroq, chorvachilikning eng muhim tarmoqlaridan biri bo'lgan qorako'lchilikni rivojlantirishda, qo'ylar va ularning mahsuli hisoblangan turli tuman ranglardagi qorako'l terilar hamda sanoat asosida qarako'lcha sonini ko'paytirish va sifatini yaxshilash asosida tashqi bozorni egallashga ayrim infeksion kasalliklar, jumladan klostridiozlar jiddiy to'siq bo'lib kelmoqda. Shu sababli qo'ylarning klostridiozlaridan infeksion nekrotik gepatit kasalligining oldini olish va unga qarshi kurashishda resurstejamkor, import o'rnini bosuvchi hamda eksportbop dori vositalarini yaratish evaziga kasallikni qorako'lchilik xo'jaliklarida butunlay bartaraf etish muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek, aholining sifatli chorvachilik mahsulotlariga bo'lgan extiyojini qondirishda, qo'ylar zotini yaxshilash, tuyoq sonini ko'paytirish va mahsuldorligini oshirish bilan bir qatorda, ularni o'ta xavfli infeksion kasalliklardan, birinchi navbatda qo'ychilik shirkat, fermer shaxsiy, yordamchi xo'jaliklarga katta iqtisodiy zarar keltiruvchi klostridiozlardan asrash muhim ahamiyatga ega ekanligi xo'jalik rahbarlariga, veterinariya mutaxassislariga va butun chorvadorlar jamoasiga sir emas. Soha mutaxassislari bu borada muhim ahamiyat kasb etadigan qo'ylarning anaerob klostridiozlariga, birinchi navbatda infeksion nekrotik gepatitga o'z vaqtida ishonchli diagnoz qo'yish va unga qarshi kurashish chora tadbirlarinini takomillashtirish, ya'ni uning oldini olish uchun mahalliy C.novyi shtammidan biologik preparat-GOA
formolvaksina yaratish bo'yicha sezilarli ilmiy-amaliy ishlarni amalga oshirmoqdalar.
Keyingi yillarda Respublikamizda qorako'lchilikni rivojlantirish va soha mutaxassislarinini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash maqsadida Prezidentimiz tomonidan bir qator qarorlar ishlab chiqarildi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-mart PQ-3603-son «Qorako'lchilik sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 9-fevral 2021-yil PQ 4984 son «Qorako'lchilik tarmog'ini yanada rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarori, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF - 60 son «2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqiyot strategiyasi to'g'risida»gi Farmoni va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevral PQ-120-son «O'zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo'yicha 2022-2026 yillarga mo'ljallangan dasturni tasdiqlash to'g'risida»gi qarorlari hamda mazkur sohaga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu maqolada keltirilgan ma'lumotlar muayyan darajada xizmat qiladi.
Tadqiqotlarning material va uslublari. Tadqiqotlar Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining immunologiya va biotexnologiya laboratoriyasi bazasi hamda Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining ayrim tuman xo'jaliklarida bajarildi.
Qo'ylarning infeksion nekrotik gepatit kasalligini tarqalishiga aniqlik kiritish maqsadida Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining ayrim tumanlari xo'jaliklariga xizmat safarlari uyushtirildi. Joylarda faoliyat ko'rsatayotgan veterinariya mutaxassislari, chorva hayvonlari saqlaydigan aholi orasida infeksion nekrotik gepatit kasalligi, uning kechishi, klinik belgilari, patologoanatomik o'zgarishlari, xavfli tomonlari va zarari haqida ma'lumotlar berilib, tushuntirish ishlari olib borildi. Ushbu hududlarda infeksion nekrotik gepatit kasalligi uchrash- uchramasligi, uchragan bo'lsa yilning qaysi fasllarida yoki oylarida ko'proq uchrashi, nobud bo'lgan qo'ylarni yoshi, semizligi, ularni chiqarib tashlangan, ko'milgan yoki yoqib yuborilgan joylari aniqlandi. Joylarda qo'ylarni klostridiozlariga qarshi emlash tadbirlari qay darajada olib borilishi hamda kasallikni tarqalishi haqida ma'lumotlar to'planib tahlil qilindi.
Qo'ylarning infeksion nekrotik gepatit kasalligi bo'yicha nosog'lom xo'jaliklardan kasallik qo'zg'atuvchisini ajratish maqsadida kasallik chiqqan yoki kasallikka gumon qilingan xo'jaliklarga tez-tez xizmat safarlari uyushtirilib turildi va joylardagi veterinariya mutaxassislari bilan yaqin aloqada bo'lib, ushbu kasallikdan nobud bo'lgan hayvonlardan patologik namunalar (yurak qoni bilan qon tomirlari bog'langan holda, jigar, buyrak, jarohat joyidan mushak bo'lakchasi) olindi.
Olingan patologik namunalardan buyum oynachalariga bosma surtmalar tayyorlanib, Gram usulida bo'yalib mikroskopik, ozuqa muhitlariga ekmalar ekib, bakteriologik tekshirildi va ushbu patologik materialda qo'zg'atuvchi bor yo'qligiga xulosa qilindi. Har bir namunalardan ozuqa muhitlariga ekmalar ekishda materialning yuzasi qizdirilgan skalpel bilan kuydirilib, kuydirilgan joyga cho'zilgan Paster pipetkasi sanchilib steril holda suyuqlik olindi va yonib turgan spirtovka ustida Kitt-
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24
Tarotssi ozuqa muhitining tubiga ekma ekildi. Ekmalar o'stirish uchun +37,5 - +38,5 0C li termostatga qo'yildi. Ozuqa muhitda kasallik qo'zg'atuvchisining bor yo'qligi ozuqa muhitining tiniqligi o'zgarishiga, ozuqa muhitining yuzasida vazelin yog'i ostida havo pufakchalari paydo bo'lishi, hamda ulardan surtmalar tayyorlanib Gram usulida bo'yalib, mikroskopiya qilinganda kasallik qo'zg'atuvchilari ko'rinishiga qarab aniqlandi.
Infeksion nekrotik gepatit kasalligi bo'yicha nosog'lom xo'jaliklardan ajratilgan qo'zg'atuvchilarni kultural-morfologik xususiyatlarini o'rganishda asosan Kitt -Tarotssi ozuqa muhiti, glyukozali qonli agar, klostridiozlar uchun maxsus agardan, jelatina, saxaroza, sut va dengiz cho'chqachalaridan foydalanildi. Qo'zg'atuvchining kultural-morfologik xususiyatlarini o'rganishda uning ozuqa muhitlarida o'sishi va ulardagi shakliga, joylashishiga, osilgan tomchida ularning harakatchanligiga, xivchinlari bor-yo'qligiga, shu bilan birga jelatina, saxaroza, sutga ta'siri, hamda toksin hosil qilishi, o'zidan gaz ajratishi, Gram usuli bo'yicha qanday bo'yalishiga, spora hosil qilishi va sporalarni joylashishiga e'tibor qaratildi.
Qo'ylarning infeksion nekrotik gepatit kasalligining ajratilgan mahalliy shtammlarini biologik xususiyatlarini o'rganishda, ushbu kasallikga o'ta ta'sirchan va sezgiri bo'lgan laboratoriya hayvonlaridan dengiz cho'chqachalaridan foydalanildi. Bunda qo'zg'atuvchilarni virulentligi, patogenligi aniqlandi.
Xususiy tadqiqotlar. Qo'ylarning infeksion nekrotik gepatit kasalligiga tashxis qo'yishda birinchi navbatda epizootik ma'lumotlar inobatga olininib, asosan semizligi o'rtacha va undan yuqori semizlikdagi 10 oylikdan 2-3 yoshgacha bo'lgan qo'ylarning barcha zotlari kasallanishi aniqlandi. Kasallanish mavsumiylikka bog'liq bo'lmasada, biroq yilning bahor va yoz oylarida, qish va kuz oylariga nisbatan ko'proq uchrashi ma'lum bo'ldi. Kasallik o'tkir va o'ta o'tkir shaklda kechishi, o'tkir shaklda kechganda, qo'ylarda ishtahani pasayishi va keyinroq yo'qolishi, harakat koordinatsiyasini buzilishi, surinish, yiqilish kabilar kuzatiladi. Ba'zida qo'ylarda bezovtalik va qo'rquv kuzatilib, oldinga qarab yugurishga harakat qilishi ba'zida sakrab-sakrab kiyikka o'xshab harakat qilishi, surinib yiqilishi va yana turib yugurishi, aksariyat holatlarda qo'ylar yonboshga yiqilmasligi, to'g'ri yotgan holatda yiqilib, shu holatda o'lishi aniqlandi. Kasallikda tana harorati 41,7 0C gacha ko'tarilishi, nafas olish va yurak urishi tezlashib, mos ravishda daqiqasiga o'rtacha 80 va 120 martani tashkil qilishi aniqlandi.
O'lgan qo'ylar patologoanatomik tekshirilganda og'iz va burun bo'shlig'idan qonli ko'piksimon seroz suyuqlik oqishi, jarohat joyida junni oson yulinishi, terini och qizg'ish tusdaligi va jorohat joydan qizg'ish suyuqlikni sizib chiqishi kuzatildi. Tana yorib ko'rilganda terini qiyin archilishi, qorin bo'shlig'i va ko'krak qafasida somonrang-qizg'ish suyuqlikni bo'lishi va tashqi muhit havosi ta'sirida quyuqlashib dirilloq holatga kelishi aniqlandi. Jag' oralig'i, to'sh sohasi, ko'krakda ham sariq-qizg'ish suyuqlikning bo'lishi va uni tashqi muhit havosi ta'sirida quyuqlashib, dirilloq hosil qilishi kuzatildi. Oshqozon va ichaklarda ozuqa qoldiqlari deyarli yo'q bo'lib,havo to'planishi kuzatildi.
Jigar biroz kattalashgan kulrang, sarg'ish tusda, yuzasida yoriqlar va kichik nekrozga uchragan joylar borligi aniqlandi. O't pufagi o't suyuqligiga to'la va 2-3 barobar kattalashgani, taloq qoraygani, buyraklarda qon quyulishlar borligi, siydik
pufagi siydikka to'laligi kuzatildi. O'pka alveolalari, bronxlar qonli ko'piksimon seroz suyuqlikka to'laligi, yurakda qon quyulishlar borligi va bo'shashganligi aniqlandi. Kasalliklarning kechishidagi anqlangan ma'lumotlar, klinik belgilar hamda patologoanatomik o'zgarishlar qo'ylarning anaerob kasalliklaridan infeksion nekrotik gepatit kasalliklariga xos bo'lib, ushbu ma'lumotlarga tayangan holda infeksion nekrotik gepatit kasalliklariga birlamchi tashxis qo'yishga asos bo'la oladi.
Infeksion nekrotik gepatit kasalligini xarakterli belgilaridan bu jigarda qon quyulishlar va ko'p miqdorda kulrang tusdan sarg'ish mayda 1-2 sm gacha o'lchamda nekroz o'chog'chalar bo'lishi hamda jigar yuzasida yoriqlarni kuzatilishi aniqlandi. Yuqorida keltirilgan qo'ylarning infeksion nekrotik gepatit kasalligini kechishi, klinik belgilari, patologoanatomik o'zgarishlariga asoslangan holda ushbu kasallikka birlamchi tashxis qo'yish o'zlashtirildi.
Kasallikka yakuniy tashxis qo'yish uchun laboratoriyaviy tekshirishlarga asoslanib, patologik namunalardan qo'zg'atuvchi ajratildi. Ushbu ajratilgan qo'g'atuvchini kultural-morfologik xususiyatlaridan ularni oddiy GPQ, GPA ozuqa muhitlarida o'smasligi, glyukozali qonli agar, klostridiozlar uchun maxsus agarda C.novyi kulrang, oqishrang ko'rinishda, g'adir-budir, momiqsifat, gemolizli hududga ega shaklda o'sishi, GPJQ ni loyqalatishi, havo pufakchalari paydo qilishi, qo'lansa hid chiqarishi kabi hamda qo'zg'atuvchini yakka, juft-juft va 4-5 ta batsilalar birlashib kalta zanjircha shaklda joylashgan, chetlari aylana shaklidagi to'g'ri tayoqchalardan iboratligi va oval shaklda, qo'zg'atuvchining markazida yoki chetida joylashgan spora hosil qilishi, grammusbat, harakatchan, jelatinani 5-7 kunda suyultirishi, sutni ivitishi kabi xususiyatlari aniqlangandan so'ng ushbu kasallikka yakuniy diagnoz qo'yish mumkinligi aniqlandi.
Xulosa. Shunday qilib, to'plangan epizootologik ma'lumotlar, klinik belgilar va patologoanatomik o'zgarishlarga asoslangan holda qo'ylarning infeksion nekrotik gepatit kasalligiga birlamchi hamda laboratoriyada bakteriologik, biologik tekshirishlar natijalariga asoslanib yakuniy diagnoz qo'yish mumkinligi amalda isbotlandi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Salimov, X.S., A.A. Qambarov, and I.X. Salimov. "Epizootologiya va infeksion kasalliklar." Darslik Toshkent-2020 yil.
2. Хакимов, Шорасул, and Илхом Салимов. "Эпизоотология инфекционно-некротического гепатита овец." Перспективы развития ветеринарной науки и её роль в обеспечении пищевой безопасности 1.1 (2022): 195-198.
3. ^акимов, Ш., and И.Х. Салимов. "МИНФЕКЦИОН НЕКРОТИК ГЕПАТИТ КАСАЛЛИГИНИ КЛИНИК БЕЛГИЛАРИ" AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTIILMIY JURNALI 2.5 (2023): 62-64.
4. Салимов, Илхом Хаитович. "КУЙЛАРНИ ИНФЕКЦИОН НЕКРОТИК ГЕПАТИТ КАСАЛЛИГИ ЭПИЗООТОЛОГИЯСИ Хдкимов Шорасул." ВЕТЕРИНАРИЯ ФАНИНИНГИСТИ^БОЛЛАРИВА УНИНГ ОЗЩ-ОВКАТХАВФСИЗЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШДАГИ УРНИ 1-цисм (2022): 195.
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24
5. Salimov, Ilkhom, et al. "Specific prevention of emphysematous carbuncle of cattle and sheep." BIO Web of Conferences. Vol. 95. EDP Sciences, 2024.
6. Газнакулов, Т. К., Орипов, А. О., Сафаров, А. А., Хушназаров, А. Х., Давлатов, Р. Б., Абдухакимов, Ш., & Мавланов, С. (2023). ХС Салимов, МК Бутаев, ЗЭ Рузиев,-Биохавфсизлик.
7. Газнакулов, Т. К., Орипов, А. О., Сафаров, А. А., Хушназаров, А. Х., Давлатов, Р. Б., & Абдухакимов, Ш. & Мавланов, С.(2023). ХС Салимов, МК Бутаев, ЗЭ Рузиев,-Биохавфсизлик.
8. Газнакулов, T. К., Орипов, А. О., Сафаров, А. А., Хушназаров, A. X., Давлатов, P. Б., Абдухакимов, H. I., & Мавланов, C. (2023). XC Салимов. MKБутаев, ЗЭРузиев,-Биохавфсизлик.
9. Элмуродов, Б., Салимов, Х., Давлатов, Р., Камбаров, А., & Тоиров, Ж. (2014). Защитим молодняк и цыплят от колисептицемии. in Library, 4(4).
10. Ахмадалиева, Л. Х., Элмуродов, Б. А., Орипов, А. О., Салимов, Х., Рузимуродов, М. А., & Исматова, Р. А. & Улугмуродов, АД (2021). ПРАВОВАЯ ОХРАНА ЗДОРОВЬЯ ЖИВОТНЫХ И ЭКОСИСТЕМ В НИИ ВЕТЕРИНАРИИ. Проблемы трансформации естественных ландшафтов в результате антропогенной деятельности и пути их решения, 378-382.
11. Ахмадалиева, Л. Х., Элмуродов, Б. А., Орипов, А. О., Салимов, Х., Рузимуродов, М. А., Исматова, Р. А., ... & Улугмуродов, А. Д. (2021). ПРАВОВАЯ ОХРАНА ЗДОРОВЬЯ ЖИВОТНЫХ И ЭКОСИСТЕМ В НИИ ВЕТЕРИНАРИИ. In Проблемы трансформации естественных ландшафтов в результате антропогенной деятельности и пути их решения (pp. 378-382).
12. Мамадуллаев, Г., Ахмадалиева, Л., Салимов, Х., Орипов, А., Элмуродов, Б., Исматова, Р., ... & Абдуалимов, С. (2018). Правовая охрана объектов интеллектуальной обственности в нии ветеринарии. in Library, 18(2), 27-29.
13. Мамадуллаев, Г., Ахмадалиева, Л., Салимов, Х., Гафуров, А., Элмуродов, Б., Исматова, Р., ... & Орипов, А. (2019). Правовая охрана объектов интеллектуальной собственности в нии ветеринарии. in Library, 19(4), 228-232.
14.
15. Давлатов, Р. Б., Насимов, Ш. Н., Ниёзов, Х. Б., Жабборов, Ш. А., Худжамшукуров, Ш. А., & Сафаров, Х. А. (2019). Парранда касалликларини профилактикаси ва даволаш буйича ТАВСИЯЛАР. Тошкент-2019, 21-26.
16. Давлатов, Р. Б., Салимов, Х. С., & Худжамшукуров, А. Н. (2018). Парранда касалликлари" укув кулланма Самарканд.
17. Давлетов, Р. Б., Салимов, Х. С., & Тоиров, Ж. Э. (2019). ЧУВСТВИТЕЛЬНОСТЬ КОЛИБАКТЕРИОЗА ПТИЦ К АНТИБИОТИКАМ. In СОВРЕМЕННОЕ СОСТОЯНИЕ, ТРАДИЦИИ И ИННОВАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В РАЗВИТИИ АПК (pp. 39-44).
18. Butaeva, I. М., Salimov, H. S., & Davlatov, R. B. (2020). On The Diagnosis Of Mixed Bacterial Infections Of Birds. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(9s), 2308-2315.