"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 1 / March 2022 ISSN 2181-063X
QO'QON SHAHAR MUSIQALI DRAMA TEATRI AKTYORI RAXMONJON
PO'LATOVNING IJRO TALQINI
Anvarov Otabek O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Usmonov Shamsiddin Yo'lchiboyevich O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining
Farg'ona mintaqaviy filiali
Annotatsiya: Ma'lumki Qo'qon shahri azal-azaldan san'atkorlar, yozuvchilar va hunarmandlar shahri hisoblanadi. Xo'qandi latif deb atalishi ham bejiz emas albatta. Latif kuy qo'shiqlari, latif askiyalari, o'ziga xos latif tarixi bunga yaqqol misol bo'la oladi. Ushbu latif shaharning teatr san'ati ham respublikamizda o'z o'rniga ega ekanligi hech kimga sir emas. Shaharning ko'rkiga ko'rk qo'shib turgan Qo'qon shahar musiqali drama teatri ham so'ngi yillarda davlatimiz tomonidan ilgari surilayotgan, yangi siyosat, xususan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasiga o'z hissasini qo'shgan xolda, ko'plab yangi, yetuk, milliy va chet-el klassik asarlariga qo'l urib, ijodiy izlanishlar olib bormoqda.
Kalit so'zlar: aktyor, obraz, ichki-psixik, psixofizik, xatti-harakat, musiqali drama, talqin, mahorat, rol, ijro, teatr, sahna, kechinma san'at, qayta gavdalantirish, pyesa, rejissyor, pafos.
KOKAND MUSICAL DRAMA THEATER ACTOR RAKHMONJON
POLATOV'S PERFORMANCE
Anvarov Otabek Uzbekistan State Institute of Arts and Culture Usmanov Shamsiddin Yulchiboyevich Fergana regional branch of Uzbekistna State Institute of Arts and Culture
Abstract: It is known that Kokand has always been a city of artists, writers and craftsmen. It is no coincidence that Khogandi is called latif. Latif melodies, latif askiyas, and latif history are good examples. It is no secret that the theatrical art of this delicate city also has its place in our republic. The Kokand Musical Drama Theater, which adds to the beauty of the city, has been conducting many new, mature, national and foreign classics in recent years, contributing to the new policy, especially the development strategy of Uzbekistan.
Keywords: actor, image, inner-psychic, psychophysical, action, musical drama, interpretation, skill, role, performance, theater, stage, experiential art, re-enactment, play, director, pathos.
Qo'qon shahar musiqali drama teatri respublikamizda o'ziga xos, ijodiy hamda ijro uslubi bilan yaqqol ajralib turadi. Buni aktyorlarning vodiyliklarga xos chapani, samimiy, emotsional ijrolari orqali ko'rishimiz mumkin. Aktyorlarga biror rol ishonib topshirilar ekan, har-bir aktyor mas'uliyat bilan o'zlarining vazifalarini bajarishga kirishadilar. Bunda asosan tajribali aktyorlarning o'rni muhim ahamiyat kasb etadi. Tajribali ustoz san'atkorlarning mahorat maktabi, yosh iste'dodli aktyorlarni tarbiyalashda ahamiyatli ekanligi bois teatrda ustoz-shogird an'anasiga ham katta e'tibor qaratilgan. Ustoz san'atkorlarning yoshlar bilan, doimo ijodiy hamkorlikda ekanligi bunga yaqqol misol bo'la oladi. Bu ham albatta teatr sahnasida, har jihatdan mukammal asarlar yaratilishiga turtki bo'lmoqda.
Har bir aktyor rol ijro etayotganda tahlil etilgan obraz maqsad-vazifasining muhim ekanligini yodda tutishi lozim. Aktyor ijro etayotgan har bir roli uchun u xoh ijobiy, xoh salbiy bo'lsin, ana shu rolning o'zigagina xos bo'lgan jest-mimikalar ifodasini yaratadi. Har bir obraz timsolida aktyor ana shu rolning hayoti bilan yashab, uning tili bilan so'zlashi lozim. Mazkur jarayonda uning fizik holati ham: yurish turishi, gapirish uslublari, harakatlari ham ana shu obraz qiyofasiga moslashib boradi. Bu borada Qo'qon shahar musiqali drama teatrining ustoz san'atkori Rahmonjon Po'latov o'ziga xosligi bilan ajralib turadi.
Rahmonjon Po'latov o'ziga xos ijro uslubiga ega bo'lib, xoh tarixiy, xoh zamonaviy asar bo'lsin aktyor ijrosida o'zgacha yondashuvni ko'rishimiz mumkin. Eng avvalo aktyorning o'ziga xosligi uning mas'uliyati, intizomi, jamoaviy ishda boshqalarga nisbatan faol va talabchan ekanligi bilan ajralib turishi lozim. "Muomalada shirinsuxan bo'lish, kundalik hayotda - kamtar bo'lish, jamoa ishida bir-biriga yelkadosh bo'lish, yurish- turishda oliftagarchilik qilmaslik va manmansiramaslik, o'zini ko'z-ko'z qilmaslik, tanqidiy fikrlarga sabrli bo'lish, o'zgalar fikri bilan hisoblashish, mashg'ulotlarda jiddiy intizom va fikrni bir joyga jamlash, kichik rollar yo'q, kichik aktyorlar bor, bugun - Gamlet, ertaga - sahna ishchisi ko'pchilik oldida, mahoratli aktyor uchun roldan voz kechish, teatr ijodiy hayotida har qanday qonunni buzish - bu jinoyatdir, kechga qolish, erinchoqlik, o'jarlik, asabiylashish, yomon xarakter, rolni bilmaslik, bir narsani ikki marotaba qaytarishga majbur qilish - ish uchun juda zararli bo'lib, uni ildizidan quritishi lozim.", deb ta'kidlaydi teatr asoschilaridan biri E. B. Vaxtangov. Aynan ushbu ko'rsatmalarga amal qilish bo'yicha xislatni R. Po'latov timsolida ham ko'rishimiz mumkin.
R.Po'latov o'zi uchun ishonib topshirilgan obraz ustida chuqur izlanish olib boradi. U eng avvalo pyesani ko'p marotaba o'qish orqali asarni mukammal o'rganadi. Aktyor pyesani mukammal o'rganib bo'lgach, muallif haqida ma'lumotlar to'playdi va uning boshqa asarlarini o'rganishga kirishadi. Bu jarayonda aktyor, rejissyor bilan muntazam ravishda suhbatlashib o'zi uchun kerakli ma'lumotlar to'playdi. Rejissyorning o'y fíkrlari bilan muntazam qiziqishi orqali o'zi uchun topshirilgan rolni qanday qayta gavdalantirish kerak ekanligini o'rganadi. Rejissyorning g'oyasi, asarni sahnalashtirishda qanday shakl va uslublardan foydalanishi bilan qiziqadi va o'zining takliflarini bevosita rejissyor bilan o'rtoqlashadi. Aktyor biror obraz ustida ishlar ekan rejissyor bilan do'stlashib olishga harakat qiladi. Bu esa aktyorning qaysidir ma'noda ayyorligidir. Bu ham albatta o'z mevasini beradi va aktyorning ijrosining o'ziga xosligiga sabab bo'ladi.
Ijodkor, pyesani mukammal o'rganib bo'lgach, rejissyorning talablarini birin-ketin amalga oshirishga kirishadi. Buni "stol atrofida o'qish" jarayonida kuzatish mumkin. "Stol atrofida o'qish" jarayoni bo'lar ekan, aktyor, har-bir so'zga alohida e'tibor bilan, diqqat qaratadi. Har-bir so'zning aniq, tushunarli va ta'sirchan chiqishini ta'minlashga harakat qiladi. Bu borada yosh ijodkorlarga ham o'zining ko'rsatma va tavsiyalarini berib borar ekan, yosh ijodkorlar ham bevosita unga ergashadi. Ammo aktyorning ijodi ham kamchiliklardan holi emas. Ba'zida ijodkor asardagi so'zlarni shevada talqin etadi. Bu holatga ba'zi rejissyorlar ko'z yumadi. Ba'zilari esa bu vaziyatni tuzatishini qat'iy talab etadi. Aktyorning rol ustida ishlashga nisbatan yondashuvining o'ziga xosligidan yana biri, bu, aktyor "stol atrofida o'qish" jarayoni bo'ladimi, yoki sahnada bo'ladimi, albatta qo'lida yozilgan pyesa so'zlariga tez-tez ko'z yuritadi. Bu holat, ijodkor har bir so'z uning uchun ahamiyatli ekanligini anglatadi. Albatta bu holat doim ham takrorlanmaydi. Asosan murakkab, salobatli va mas'uliyatli rollarni ijro etayotganda bunday holatga duch kelishimiz mumkin. "Stol atrofida o'qish" jarayoni davom etarkan R. Po'latov o'z ishiga jiddiy yondashib, qahramoni iztirob cheksa, iztirob chakadi, quvonsa, birga quvonadi. Bu ham albatta tahsinga sazovor bo'lib, shunchaki ijod qilish teatr san'atida mutlaqo mumkin emasligini anglatadi.
Ammo shuni ham ta'kidlab o'tish joizki, besh qo'l barobar emas. Ayrim aktyorlar mas'uliyatni his etish o'rniga, o'zlariga topshirilgan roliga hafsalasiz, "qo'l uchida" munosabatda bo'ladilar. Ustoz aktyorlar ana shunday mas'uliyatsiz "artist"larga dakki berib, ularni to'g'ri yo'lga solib turishga harakat qiladilar. Darhaqiqat teatr san'atida bunday "artist"larga nisbatan aktyorlik san'ati maktabi darg'asi, K. S. Stanislavskiy shunday deydi: "Ijodga qiziqtirish juda qiyin, lekin bu ishtiyoqni o'ldirish juda ham oson. Butun bir guruhning ishini to'xtatishga hech
kimning haqqi yo'q. Jamoat ishida harbiychasiga po'lat intizom bo'lishi kerak. Aktyorlik ham harbiylar kabi temir intizomlikni talab etadi."1
"Stol atrofida o'qish" jarayoni bevosita sahnaga "sahnalashtirish" jarayoniga ko'chgach, R.Po'latov yanada o'zgacha ko'rinadi. "Stol atrofida o'qish" j arayonidagi "aktivlik" mutlaqo o'zgacha uslubda ya'ni og'ir, bosiqlikka almashadi. Ijodkor sahnada xatti-harakat qilar ekan og'ir, vazmin, kam harakat bo'lib qolganini ko'ramiz. Ammo bu ichki kechinmasida mutlaqo boshqa ekanligi ko'zlarida namoyon bo'ladi. Jest-mimikalardan juda kam, ammo o'rinli foydalanish aktyorning ayni rol talqinida namoyon bo'ladi. Tashqi ko'rinishidan kam harakat bo'lib ko'rinsa-da aktyorning ichki-psixik harakati, izchil va rivojlanib boradi. Bu borada ijodkor Stanislavskiyning aktyorlik san'ati maktabiga ko'proq amal qilishini anglashimiz mumkin. Jumladan, K.S.Stanislavskiyning quyidagi ko'rsatmalari yodimizga tushadi: "Sahnada qimirlamay o'tirgan kishi ham xatti-harakat qilayotgan bo'lishi mumkin. Lekin tashqi-jismoniy emas, balki ichki-psixik harakatdir. Binobarin jismoniy sokinlik ko'pincha kuchli ichki xatti harakat tufayli sodir bo'ladi, bu ijod qilishda juda muhim, juda qiziqarlidir. San'atning qimmati, uning ma'naviy mazmuni bilan belgilanadi. Shuning uchun sahnada ham jismoniy, ham ruhiy xatti-harakat qilmoq kerak."2 Demak R. Po'latovning ijrosida faqat ichki - psixik harakatning o'zi yetarli emas. Ijodkor albatta jismoniy xatti - harakatni ham o'z ijodiga tatbiq etishi muhim hisoblanadi.
Ba'zan shunday aktyorlarga duch kelamizki ular sahnada biron bir obrazni gavdalantirayotganda uning sahnadagi xatti-xarakatlari tushunarsiz va maqsadsiz ekanligi ko'rinib qoladi. Aktyorning hattoki butun badani masalan qo'li, o'ziga bo'ysunmaydi. U qo'lini qanday ishlatishni bilmay, goh beliga taqab oladi, goh tushunarsiz ravishda jest-mimika qiladi. Bu esa aktyor o'zi gavdalantirayotgan obrazini timsolini ko'z oldiga keltirmay shunchaki "shunday qilishim kerak, shunda harakatsiz qolmayman" deb xatti-harakat qiladi. Buni esa mutlaqo sahna san'atiga zid deb aytishimiz mumkin.
Bunday aktyorlar sahnada, o'zini qanchalik achinayotgan, iztirob chekayotgan qilib ko'rsatmasin, tomoshabin buni darhol payqab oladi. Negaki, uning barcha urinishlari inson tabiatidagi qonunlarga zid bo'lib, tabiiy ravishda tug'ilmaydi. Aslida, boshiga falokat tushgan kishi o'z xohishi bilan iztirobga tushmaydi. Bunday kezlarda havaskor aktyor o'zini iztirob chekishga majbur qiladi. Zo'rlab ko'z yosh chiqazmoqchi bo'ladi. Aslida-chi? Xoxolab kulayotgan odam, juda ham kulishni istagani uchun kuladimi? Aksincha, u qanchalik qattiq kulmasin, shunchalik kulgisini tiyishga harakat qiladi. Havaskor aktyor esa o'zini zo'rlab kuldirmoqchi bo'ladi. Soxta kulgi hamisha nosamimiy va sun'iy ko'rinadi. R. Po'latovning ijodida ana
1 K. S. Stanislavskiy '
2 K. S. Stanislavskiy '
Aktyorning o'z ustida ishlashi" Aktyorning o'z ustida ishlashi"
Toshkent - "Yangi asr avlodi" - 2017 (14-bet) Toshkent - "Yangi asr avlodi" - 2017 (63-bet)
shunday soxtaliklarga deyarli duch kelmaymiz. U hamisha ijodiga professional nuqtai nazar bilan yondashadi va ijrosining ta'sirli va ishonchli chiqishiga erishadi.
R.Po'latov sahnada mizanssenalardan uncha yorqin tarzda foydalanmay balki asosiy e'tiborini yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek ichki-psixik harakatga qaratadi. Aktyorning ijodida Meyrxoldning "Biomexanika"sini deyarli uchratmaymiz, aksincha uning ijro mahoratining asosi "kechinma san'at"ga suyanadi. Bunday ijrolarni ko'plab, spektakllarda yaratgan obrazlari orqali tahlil qilishimiz mumkin. Masalan: R.Po'latov ijrosida "Qo'qonning o'n ikkinchi darvozasi" (Nurilloxoji Abdullayev ) tarixiy spektaklida, Qo'qon xoni, "Xudoyorxon" obrazining talqinida aktyor, ayni "kechinma san'ati"dan unumli foydalangan bo'lib, og'ir, bosiq, mulohazali hukmdor sifatida namoyon bo'lgan. Aktyor davlat arbobi sifatida sahnada xatti - harakat qilar ekan, qarama - qarshi kuchlarga nisbatan emotsional munosabatda bo'lishi, ortiqcha "pafos"ga berilmasdan sahnada real xatti - harakat qilishi, ijodkor ijrosining jozibadorligini oshirgan.
Yuqorida aktyorning mizanssenadan yorqin tarzda foydalanmasligi haqida fikr yuritgan edik, ayni "Xudoyorxon" obrazida bunga guvoh bo'lishimiz mumkin. R. Po'latov ushbu obrazni gavdalantirish chog'ida asosiy e'tiborini obrazning jismoniy hatti-xarakatiga emas balki o'z uslubida ya'ni ichki-psixik harakatga qaratgan. Shu bois sahnada aktyor o'zi uchun ajratilgan, taxti ravonda, qimirlamay o'tiradi va partnyorlari bilan psixologik munosabatda bo'ladi. Faqatgina so'ngi daqiqalarda avanssenaga chiqadi va tomoshabinga yuzlanib, so'ngi so'zlarini aytadi. Bu ijro qaysidir ma'noda zerikarli bo'lib tuyilishi mumkin. Ammo R. Po'latov talqinida, bu obrazning yorqin qirralari ochib berilgan desak mubolag'a bo'lmaydi. Sababi aktyor, taxti ravonda tashqaridan qaraganda shunchaki hech qanday harakatsiz, o'tirgandek tuyiladi. Ammo voqealar rivojida tomoshabin ko'z o'ngida, xon savlatli taxtda emas, aksincha igna ustida, nochor, vatanidan ayrilayotgan, hamda sotqinlarning xoinligidan azob chekib o'tirgan, oddiy vatan o'g'loni sifatida, namoyon bo'ladi. Ijodkorning so'ngi daqiqalarda, vatan qadri, vatanni sevish kabi tuyg'ularni uyg'otuvchi monologi tomoshabin qalbining nozik torlarini chertadi. Aktyorning ushbu ijrosi orqali, K.S.Stanislavskiyning "kechinma san'ati" unsurlari yaqqol namoyon bo'lganligini anglaymiz. Chunki aktyor sahnada juda kam harakat qilgan bo'lsa-da, uning butun vujudi faol xatti-harakatda bo'lib turadi. Aktyor sahnada yurmaydi, qimirlamaydi, ammo uning ichki dunyosida, fikrlarida, katta kurash kechayotganini tomoshabin yaqqol anglab, tushunib turadi. U bilan birga yashaydi, birga qayg'uradi, birga iztirob chekadi. Bu esa R. Po'latovning aktyorlik mahorati yorqin darajada ekanligini anglatadi.
"Shuni unutmasligimiz lozimki, aktyor rejissyorning ish quroli bo'lishi bilan birga, u jonli shaxs va ijodkordir. Ya'ni aktyor ijodkor sifatida rejissyor san'atining materiali hisoblanadi. Aktyorning ijodiy dunyoqarashi, badiiy g'oyalari, fantaziya va
tasavvuri, hissiyoti va ijtimoiy tajribasi, hayotiy bilimi va ko'nikmalari, did, temperament, yumor hissi, sahnaviy layoqati - bularning barchasi rejissyor ijodiyotining qurolidir. Aktyor va rejissyor o'rtasidagi ijodiy hamkorlik nafaqat rejissura san'ati, balki zamonaviy teatrning ham asosi hisoblanadi."3 R. Po'latov ham o'z ijod yo'lida, ana shunday ijodiy hamkorlar bilan, ko'plab ijodiy ishlarni amalga oshirgan. Yuqorida ijodkorning, ana shunday ijodiy ishlaridan birini tahlil qilib ko'rdik. Bu tahlil tarixiy asarda R. Po'latovning o'z vazifasiga yondashuvi haqida bo'ldi. Ana endi, R. Po'latovning zamonaviy, bugungi kungi dolzarb muammolarni o'z ichiga olgan asarlarda, yaratgan obrazlarining tahlilini ko'rib chiqsak.
"Aktyor qanday obraz yaratishidan qat'iy nazar, o'z nomidan, o'z hissiyoti, kechinmasidan kelib chiqib ish ko'rishi kerak. U biron bir rolda o'zligini yo'qotib qo'yar ekan, oqibatda tabiiy hissiyot, kechinmadan ayrilgan obrazi organikligini ham yo'qotadi. Har qanday obrazning tabiiy hissiyotini aktyorning o'zigina bera oladi. Shu tufayli aktyor har qanday qahramonni o'z nomidan, muallif tomonidan berilgan shart-sahroitga ko'ra ijro etishi kerak."4 Shu bois ko'plab rejissyorlar teatrga asar olib kelar ekan, hayotiy tajribasi yuqori bo'lgan aktyorlar bilan ishlashni asosiy maqsad qilib oladi. R. Po'latov ana shunday hayot tajribaga ega aktyor bo'lganligi sababli, unga doimo, aktyorning o'zidan kelib chiqib obraz yarata oladigan rolni taqdim etadilar. Ana shunday asarlardan biri "Qo'ng'iroq" (Ilhom O'rmon) spektaklida "Po'lat" obrazi bo'lib, asar voqealari, uzoq muddat bir maktabda ishlab, yetuk shogirdlarni tarbiyalagan halol va samimiy ustoz haqida hikoya qiladi.
R.Po'latov ushbu obrazni talqiniga rejissyorning talabi bilan, o'zgacha uslubda yondashdi. Endi aktyor mizanssenalarda faol bo'lishga intildi. R. Po'latov har bir repetitsiya jarayonida yangidan yangi dalillar, xatti-harakatlar, fikr-g'oya, vazifalar aniqlab, kashf etib bordi. Ijodkor asarni sahnalashtirish jarayonida, har bir harakatdan tabiiylik, haqiqiylik, mantiqni qidirib topa boshladi. Aktyorning bu obrazida ham ichki - psixik harakat birinchi o'rinda ekanligi ko'rinib turadi. Shu bilan birga aktyor sahnada faol psixofizik xatti-harakat qila boshladi.
R.Po'latov "Qo'ng'iroq" spektaklida yaratgan obrazini asosan, o'zining hayotiy tajribalari orqali talqin qilgan. Aktyor asosiy e'tiborini qahramonning avtobiografiyasiga qaratdi. O'zi yaratmoqchi bo'lgan qahramonining tarixini ishlab chiqdi. Bunda asosan asar muallifining fikrlaridan keng foydalandi, masalan muallif qahramoni haqida, atrofdagilar u haqda, o'zi-o'zi haqida, kabi savollarga javob berish orqali kerakli xarakter izladi. Natijada yuqorida aytib o'tganimizdek o'z kasbining fidoiysi, sodda, samimiy, halol, talabchan, kabi xislatlarni o'z qahramoniga tatbiq eta oldi. Avtobiografiyasiga esa, Avg'on qatnashchisi bo'lganligi sababli, ko'plab
3 M. Abdullayeva "Dramatik teatr va kinoda aktyorlik mahorati" - "Tafakkur qanoti" nashriyoti Toshkent - 2014 (18-bet)
4 M. Abdullayeva "Dramatik teatr va kinoda aktyorlik mahorati" - "Tafakkur qanoti" nashriyoti Toshkent - 2014 (134-bet)
qiyinchiliklarga duch kelganligi, shu sababdan, garchi matematika o'qituvchisi bo'lsa ham, o'quvchilariga, o'z vatani tarixini mukammal bilish, uni sevish, ko'z qorachig'idek asrash kerakligini anglatuvchi, vatanparvar o'qituvchi, sifatida kiritdi.
Aktyor sahnada hatti-xarakat qilar ekan, voqealar rivoji bilan birga rivojlanib bordi. Qarama-qarshi kuchlar, g'oyalar, fikrlar bilan faol kurashlar olib bordi. Ijodkor har bir harakati jonli va organik chiqishiga erisha oldi desak mubolag'a bo'lmaydi. Eng muhimi tomoshabin, ijodkorning kechinmalariga beixtiyoriy ravishda ergashib, u bilan birga yashadi. Shu bilan birga, aktyorning ushbu spektaklda yaratgan obrazi, tomoshabin qalbida yaxshi sifatlari bilan joy oldi.
R.Po'latov ana shunday ko'plab ijod mahsullarini yarata olgan tajribali aktyor sifatida teatr san'atida o'z o'rniga ega bo'lgan san'atkordir. Uning talqinida ko'plab, yorqin xarakterli obrazlar yaratildi va tomoshabinlar qalbida iliq ta'sirot uyg'ota oldi. R.Po'latovning ijro uslubiyatini tahlil qilish yosh aktyorlarga, kelgusida rol ustida ishlashda bevosita maktab bo'lishiga ishonchimiz komil.
Xulosa qilib aytganda, teatr sahnasi har bir aktyor mahoratini charxlovchi haqqoniy maydon hisoblanadi. Aktyorlik mahorati negizlarini yorituvchi ustoz san'atkorlarning tajriba maktabi san'atning muhim poydevori hisoblanmish aktyorlik kasbi rivoji uchun, sezilarli ravshda, hissa qo'shadi deb umid qilamiz. Shuningdek teatr san'atida ko'p yillik tajribaga ega aktyorlarning ijro talqinini o'rganish, ularning ijod yo'lini doimiy kuzatib borish, bugungi yosh aktyorlarni tarbiyalash masalasida ko'makchi bo'la olishi mumkin. Bo'lajak aktyorlarning etikasi, estetikasini shakllantirishda albatta tajribali aktyorlarning, tajriba maktabi bevosita muhim o'rin egallaydi. Shuningdek, rol ustida ishlash, o'z ishiga mas'uliyatli bo'lish, kasbiga sodiqlik, hamisha izlanishda bo'lish kabi xislatlarni uyg'otishda tajribali aktyorlarning ijod yo'li, muhim ahamiyat kasb etishi, tahlillarda namoyon bo'ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. K. S. Stanislavskiy - "Aktyorning o'z ustida ishlashi" (T. Xo'jayev tarjimasi) Toshkent - "Yangi avlod"- 2017
2. M. Abdullayeva "Dramatik teatr va kinoda aktyorlik mahorati" "Tafakkur qanoti" nashriyoti Toshkent - 2014
3. M. Abdullayeva. "Sahna mahorat maktabi" "Chashma print" nashriyoti Toshkent - 2011
4. M. Abdullayeva. "Rejissura" "Adabiyot uchqunlari" nashriyoti Toshkent -
2016
5. R. Usmanov "Rejissura" "Fan" Toshkent - 1997
6. J. Mahmud "Aktyorlik mahorati" o'quv qo'llanma Toshkent - 2005
7. Boltaboeva, U., & Madaminov, S. (2021). FACTORS OF DEVELOPMENT OF UZBEK TRADITIONAL THEATER. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 32-40.
8. Boltaboeva, U. (2021). The Art of Directing: Composition and Scales. International Journal of Culture and Modernity, 11, 16-24.
9. Болтабоева, У. (2021). Булажак актёрларни тарбиялашда педагогик ёндашувлар. Oriental Art and Culture, 2(3), 88-98.
10. Boltaboeva, U., & Xalilov, Y. (2021). Teatr san'atining o 'ziga xos xususiyatlari. Oriental Art and Culture, 2(3), 40-48.
11. Boltaboyeva, U., & Yu, K. (2021). The director's work on monologue and mise-en-scenes. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 7177.
12. Хатамова, Ё., & Болтабоева, У. (2019). Нутд техникасини такомиллаштиришда хал; огзаки ижодидан фойдаланиш усуллари. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 50-52.
13. Болтабоева, У., & Дехдонов, Р. (2021). Хдётийлик ва хаддонийлик драматик асар, режиссура, актёрлик махорати асоси. Oriental art and culture, 2(3), 134-141.
14. Болтабоева, У. (2020). КУГИРЧОК ТЕАТРИ ГУРУХЛАРИДА САДНАВИЙ НУТКНИНГ АДАМИЯТИ. Oriental Art and Culture, 1(5), 85-92.
15. Болтабоева, У. (2021). МУСЩАЛИ ДРАМА ТЕАТРЛАРИНИНГ РИВОЖЛАНИШИДА ТАРИХИЙ АСАРЛАРНИНГ РОЛИ. Oriental Art and Culture, (6).
16. Эргашев, К., & Болтабоева, У. (2021). УЧИНЧИ РЕНЕССАНС ЁШЛАР НИГОХИДА. Oriental Art and Culture, (6).
17. Усмонов, Ш. Ю. (2021). РЕЖИССЁРНИНГ РАССОМ БИЛАН ИШЛАШИ. Oriental Art and Culture, (6).
18. Usmonov, S., & Talaboyev, A. (2021). Work of the director with an artist. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 24072410.
19. Abdunazarov, Z. (2021). Features of Theatrical Art. International Journal of Culture and Modernity, 11, 1-7.
20. Abdunazarov, Z. (2021). Hamza hakimzoda niyoziy dramaturgiyasi. Oriental Art and Culture, 2(3), 170-178.
21. Абдуназаров, З. (2021). ИЖОДИЙ СИНТЕЗ ЖАРАЁНЛАРИНИ ТАШКИЛ ЭТИШДА РЕЖИССЁРНИНГ РОЛИ. Oriental Art and Culture, (6).
22. Boltaboeva, U., Abdunazarov, Z., & Usmonov, S. (2021). The balance of language and speech in the Uzbek theater. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 10(4), 788-792.
23. Tursunova, G. (2021). Russian Music in the First Half of the XIX Century, A Look at the Cultur e. International Journal of Culture and Modernity, 11, 76-82.
24. Boltaboeva, U., Andunazarov, Z., & Tursunova, G. (2020). Importance of tongue twisters and proverbs in overcoming speech defects. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2902-2905.
25. Tursunova, G., & Karimov, B. (2020). Factors that should be considered in musical theater actors education. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 57-61.
26. Tursunova, G. (2021). BALET RAQS SAN'ATINING O'RNI VA TARIXIY TARAQQIYOTI. Oriental Art and Culture, (6).
27. Akbarova, M., Tursunova, G., & Abdunazarov, Z. (2020). Pedagogical aproaches to the formation of musical literacy of students in the sytem of Higher Education. European Journal of Arts, (1), 125-128.
28. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.
29. Haydarov, A. (2021). A LOOK AT RUSSIAN MUSICAL CULTURE IN THE SECOND HALF OF THE XIX CENTURY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 24-31.
30. Haydarov, A. (2019). AKTYORLIK SAN'ATIDA VOKALNING O 'RNI. Интернаука, (19-4), 55-56.
31. Haydarov, A. (2020). QOSHIQLAR ORQALI O'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH. Oriental Art and Culture, (IV).
32. Haydarov, A. (2021). The role of Uzbek folklore in the aesthetic development of youth. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 1973-1977.
33. Akbarov, T. (2020). Vocal performance role in performing art. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 77-80.
34. Dadaboev, Y., & Dehqonov, R. Hordo Structures in Central Asian Architecture.
35. Болтабоева, У., & Дехдонов, Р. (2021). Хдётийлик ва хаддонийлик драматик асар, режиссура, актёрлик махорати асоси. Oriental art and culture, 2(3), 134-141.
36. Дехдонов, Р. (2020). СОГЛОМ АВЛОДЛАРНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА ХАЛК УЙИНЛАРИ ВА АНЪАНАЛАРИНИНГ ТУТГАН УРНИ. Oriental Art and Culture, (V).
37. Madaliyev, A. (2021). Dramaturgy of Traditional Uzbek Puppet Theater. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 37-43.
38. MaganneB, A. (2021). HO£AB.TAT K^FHPTOK TEATP-TAPH^A AKTEP.THK CAHLATH MACA.TA.nAPH. Oriental Art and Culture, (7), 37-48.
39. MaganneB, A. (2021). KYfhPhOK Tearpn aKTepHHHHr nnacTHK HMKOHH^TnapH. Oriental Art and Culture, (7), 49-57.
40. MaganneB, A. (2021). KyFHPHOK Tearpn Tapnxnra Ha3ap. Oriental art and culture, 2(3), 125-133.
41. Umarova, X. (2021). AKTYOR IJODIDA SO'ZLASHUV MUNOSABATLARINING O'RNI. Oriental Art and Culture, (6).
42. YMapoBa, X., & KypSoHOB, M. (2021). KC CTAHHCHABCKHH TAL^HMOTH^A AKTEPHHHr CAXPABHH TAPBH^CH. Oriental Art and Culture, 2(3), 76-87.
43. HyngarneB, K. (2021). PE^HCCYPA BA AKTEP.THK MAXPPATH OAH.TAPHHH HHABA^OH YKHTHm. Oriental Art and Culture, 2(3), 114-124.
44. Juraeva, M., & Gofurova, B. (2021). FURKAT AND THEATER. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 118-124.
45. Fo^ypoBa, B. (2020). AKTEPHHHr HYTKHHH TAKOMHT-TAfflTHPHmAA HHHOBAUHOH TEXHO^OrH^^APHHHr A^AMH^TH. Oriental Art and Culture, (V).
46. nynaroB, P. (2020). «MHP3O Y.TYFBEK» TPATEAH^CHHHHT ^PATHTHmH TAPHXH. Oriental Art and Culture, (V).
47. O'Taganov, R. J. (2020). TA'LIM USLUBINING ASOSIY AFZALLIKLARI. Oriental Art and Culture, (V).