Buranova D.A.
Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalari instituti o^qituvchisi
QISHLOQ XO'JALIGI OLIY O'QUV YURTLARIDA TALABALARNI KASBIY-KOMMUNIKATIV TAYYORLASH
Ushbu maqolada bo'lajak qishloq xo'jaligi mutaxassislarida kasbiy kompetentlikni rivojlantirish, ularning kasbiy faoliyatida axborot texnologiyalarni joriy etishning ahamiyati va uning qay darajada muhimligi haqida so'z boradi.
Kalit so^zlar: Talim sohasi, agrosanoat kompleksi, mutaxassis, qishloq xo^jaligi sohasi, kasbiy faoliyat, kompetensiya, kasbiy kompetensiya, qobiliyat darajasi, raqamli texnologiyalar, raqamlashtirish.
Buranova D.A. teacher
Andijan Institute of Agriculture and Agrotechnologies
PROFESSIONAL-COMMUNICATIVE TRAINING OF STUDENTS IN HIGHER EDUCATION OF AGRICULTURE
This article talks about the importance and extent of the development of professional competence of future agricultural specialists, the introduction of information technologies in their professional activities.
Key words: Sphere of education, agro-industrial complex, specialist, agricultural sphere, professional activity, competence, professional competence, ability, level of abilities, digital technologies, digitalization.
Agrosanoat kompleksi Ozbekiston iqtisodiyotining eng muhim sohalaridan biridir. Agrar islohotning hozirgi bosqichi inqirozdan chiqish zaruriyati tufayli kadrlar siyosatiga alohida talablar qo'yilmoqda. Shu nuqtai nazardan, qishloq xo'jaligi sohasida oliyma'lumotli darajaga ega bo'lgan professional mutaxassis qanday bo'lishi kerak degan savol dolzarbdir. Bugungi kunda ish beruvchilar qo'l ostidagi xodimlariga qo'yiladigan talablarni belgilashda, o'z tanlovlarida talabaga o'qitilgan fanlar ro'yxatiga emas, balki uning qobiliyatlari va shaxsiy fazilatlari bilan birgalikda ega bo'lgan vakolatlarga asoslanadilar.
Zamonaviy qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida agrar soha mutaxassislariga borgan sari yuksak kommunikativ talablar qo'yilmoqdaki, ular qishloq xo'jaligi sohasi bo'yicha ma'lumotlar ola bilish va ularni qo'llay olishni bilishi, o'z sohasidagi turli-tuman odamlar bilan muloqot qila olishi, sheriklarning ishonchini qozona bilishi, yangi ish sharoitiga moslasha olishi va sherikchilik ish sharoitida odamlar bilan to'g'ri munosabat o'rnata olishi, o'rta zveno(bo'g'in)
rahbari sifatida zamonaviy tartzda ishni tashkil qila olish kabi sifatlarga ega bo'lishlari lozim.
Agrar sector mutaxassisining kasbiy-kommunikativ kompetentligi uning oliy o'quv yurtini tamomlab qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida ko'p turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishining maxsus jihatlari(xarakteristikalari) bilan belgilanadi deb hisoblaymiz.
Oliy o'quv yurtini tamomlagan mutaxassisning kasbiy-kommunikativ kompotentligi qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining maxsus(spetsifik) xarakter -xususiyatlaridan kelib chiqishi, ya'ni qishloq xo'jaligi mahsulotlotlari ishlab chiqarishdagi turli murakkabliklarni tushuna olishi(aqli yetishi) kerak bo'ladi. Ishlab chiqariladigan dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari turlarining ko'pligi, har bir holat haqida ishchi-hizmatchilarga tushunchalar berib borish, texnik vositalardan to'g'ri va unumli foydalanish, ularni asrashni o'rganishni talab etadi. Bundan tashqari ishlab chiqaruvchi sanoatchilar bilan til topish(kelishish)ning zarurligi, tabiiy iqlim sharoitining holati va uning o'zgarishi, ishchi-xizmatchilarni rag'batlantirish malakasi, ularni rag'batlantirish orqali qiziqishlarini orttirish kabi jihatlar kelgusi ish faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Xullas bu aytilganlarning barchasi qishloq xo'jaligi oliy o'quv yurti bitiruvchi-mutaxassislarining kasbiy komponentligini zaruriy shartlari va mazmunini aniqlab beradi. Bu esa agrar sektorining bo'lajak mutahassisining oliy o'quv yurtida olgan ma'lumotlari va tayyorgarligi natijalari bo'ladi.
Qishloq xo'jaligi oliy o'quv yurti talabasining kommunikati v tayyorgarligiga quyidagilar daxldor: agrar soha injeneri bo'lishi uchun ularning o'quv dasturlari, masalan bakalavr tayyorlashda ularga umumiy-madaniy, mantiqiy to'g'ri so'zlashnigina emas, balki kasbiy, boshqaruv-kompotensiyasini, ya'ni ish bosqaruv-kompetehsiyasini, jumladan ish boshqaruvchilikda ishni tashkil etish qobiliyatini, turli iqtisodiy-xo'jalik sharoitlarida boshqarishda to'g'ri yechim topish, jamoada ishni to'g'ri tashkil etish metodlarini topish(ayniqsa nostandart holatlarda) kabilar.
Bularning barchasi qishloq xo'jaligi oliy o'quv yurtlari talabalarini yetuk mutaxassis sifatida tayyorlashda ularning kasbiy kompetentliklarini optimal darajada shakllantirishda ta'lim jarayoni muammolarining ilmiy pedagogik asoslarini ishlab chiqish zaruriyatini taqozo etadi. Bu esa tadqiqotimiz vazifalarini aniqlab beradi.
Agrar soha, ya'ni qishloq xo'jaligi mutaxassisining o'quv yurtida egallagan bilim, ko'nikmalari natijasi sifatidagi kasbiy-kompotentligi mazmuni uning qishloq xo'jaligi amaliyoti va uning turli sohalariga tegishli ishlab chaqarish masalalarini yechishga qaratilgan kommunikativ kompotentsiyalari kompleksidan iborat: fikrlash madaniyati, o'simlikshunoslik, chorvachilik, shuningdek, masalan qishloq xo'jaligi texnikasi kabi sohalarga aloqador ma'lumotlarni tahlil eta bilish, umumlashtira olish qobiliyatiga ega bo'lishi lozim; mahalliy va xorijiy fermerlarning innovatsion tajribalaridan foydalangan holda
vazifalarni belgilash va bu vazifalarning bajarilishiga erishish; so'zlashda ham og'zaki va yozma nutqlarni mantiqiy asoslay bilishi, ya'ni shu soha ishchisiga ilmiy ma'lumotlarni uning saviyasiga mos holda tushunarli qilib yetkazish; hamkasblar bilan hamkorlik qila bilish; nostandart holatlarda tashkiliy-boshqaruv qarorlarini to'g'ri qabul qila bilish; har qanday holatda ham, kerak bo'lsa agar, butun mas'uliyat va javobgarlikni o'z zimmasiga ola bilish - bu esa mutaxassis kasbiy kommunikativ kompotentligini yadrosi hisoblanadi.
Hozirgi zamon jamiyati qishloq xo'jaligi oliy o'quv yurtlari bitiruvchilaridan qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi sohasida chuqur nazariy va amaliy bilimlarni talab qilmoqda. Sivilizatsiyalashgan, yuqori darajada rivojlangan qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini shakllantirish va rivojlantirish muvaffaqiyati ko'p jihatdan ularning kasbiy mahoratiga, shaxsiy va ijtimoiy yetukligiga bog'liq. Shu jumladan tarmoqning rivojlanish darajasi bilan birga qishloq xo'jaligi mutaxassislariga qo'yiladigan talablar darajasi ham ortib bormoqda, bu esa mutaxassislar tayyorlash strategiyasini jiddiy o'zgartirmoqda. Bu esa, ayniqsa, chuqur inqirozlarini boshdan kechirayotgan qishloq xo'jaligi sohasida dolzarblik kasb etadi.
Zero, xalqimiz dehqon boy bo'lsa, davlat ham boy bo'ladi deb bejiz aytmagan. O'zbekistonda qishloq xo'jaligini rivojlantirish strategiyasi hayotiy va aniq vazifalarga boy ekanligi, mana shunday ezgu maqsadlarga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Dilfuzakhan Anvarovna Buranova. "Issues of the development of professional competences in the education of agricultural specialists". International Journal of Education, Social Science & Humanities. Finland Academic Research Science Publishers ISSN: 2945-4492 (online) | (SJIF) = 7.502 Impact factor Volume-11| Issue-5| 2023 Published: |22-05-2023|. https://doi.org/10.5281/zenodo.7960592.
2. Qulmatova, B. A., Buranova, D. A. (2022). The role of digital technologies in agriculture. ISJ Theoretical & Applied Science, 04 (108), 362-365. Soi: http://s-o-i.org/1.1/TAS-04-108-46 Doi: https://dx.doi.org/10.15863/TAS. Scopus ASCC: 1700.
3. B.Qulmatova. D.Buranova."Avtomatlashtirilgan ofis texnologiyalari (Automated office technologies)". Global Congress of Contemporary Study virtual conference 2020 Multidisciplinary International Scientif c Conference Pune, M.S, India www.econferenceglobe.com. November 7 th, 2020.
4. B.Qulmatova. D.Buranova. "Ta'lim jarayonida elektron ta'lim va ananaviy ta'limning integrasiyasi".NamDU ilmiy axborotnomasi. 2020.2-son. 366-373 bet.
5. Н.Каримов, Б.А.Кулматова, Д.Буранова. "Аклли кишлок хужалигини юритишда ракамли технологияларнинг жорий этиш масалалари" «The XXI Century Skills for Professional Activity» International Scientific-Practical Conference. UZBEKISTAN, TASHKENT 2021, MARCH 15.
6. Б.Кулматова, З.Запаров, Д.Буранова, "Способы защити от интернет-мошенничеств". Научно-методический журнал "Academy". Россия. 2019 декабрь.
7. Б.Кулматова, Д.Буранова, "Требования к созданию электронных образовательных ресурсов и технологии их использования". Научно -методический журнал "Academy". Россия. 2019 июль.
8. Н.Каримов, Б.А.Кулматова, Д.Буранова. "Кишлок хужалигида ракамли технологияларнинг жорий этиш масалалари". Academic research in educational sciences volume 2 | issue 3 | 2021.
9. B. Qulmatova. D.Buranova. "Problems of mathematical modeling in the cultivation of agricultural products" Academic research in educational sciences volume 2| issue 6|2021.Issn: 2181-1385. Scientific journal impact factor (sjif) 2021:
10. B. Qulmatova. D.Buranova. "Oliy ta'limda zamonaviy ta'lim texnologiyarini qo'llashning afzalliklari". МуFаллим х,эм Yзликсиз билимлендириу3. Nukus. 3/4-2022 жыл. ISSN 2181-7138. Илимий-методикалык журнал. 56-59 betlar.