Iskandarov A.
QMII «Moliya» kafedrasi dotsenti Hamdamova N.
QMII «Moliya» kafedrasi magistranti
QISHLOQ XO'JALIGI KORXONALARIDA TAVAKKALCHILIKNI BOSHQARISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
Annotatsiya. Mazkur maqolada qishloq xojaligi risklarni boshqarish vositalari va uslubiy asoslari qo'rib chiqilgan. Korxonada risklarni boshqarish tajribasi tahlil qilingan. Qishloq xojaligi korxonalarida risklarni boshqarish tizimini shakllantirishning turli jihatlari keltirilgan. Risklarni miqdoriy va sifatli tahlil qilish usullari ko'rib chiqilgan, qishloq xojaligi korxonalari riskini boshqarish algoritmi ishlab chiqilgan. Ushbu usullarni amalda qo 'llash muammolari aniqlangan.
Tayanch so'z va iboralar: risk (ishlab chiqarish, moliya, tijorat, bozor, korporativ va qishloq xo'jaligi risklari), risklarni boshqarish va baholash metodlari, risklarga ta 'sir qilish usullari va bosqichlari.
Iskandarov A. associate professor «Finance» department KEEI Hamdamova N. graduate student «Finance» department KEEI
ISSUES AND SOLUTIONS OF RISK MANAGEMENT IN AGRICULTURAL ENTERPRISES
Abstract.This article examines agricultural risk management tools and methodological foundations. The experience of risk management in the enterprise is analyzed. Various aspects of forming a risk management system in agricultural enterprises are presented. Methods of quantitative and qualitative analysis of risks were considered, and an algorithm of risk management of agricultural enterprises was developed. Problems of practical application of these methods have been identified.
Key words and phrases: risk (production, financial, commercial, market, corporate and agricultural risks), methods of risk management and assessment, methods and stages of exposure to risks.
Kirish
Qishloq xo'jaligi sohasi eng xavfli sohalardan biri hisoblanadi, shu sababli qishloq xo'jaligi korxonalarining iqtisodiy faoliyati doimo risklarta'siri ostidadir. Odatda, qishloq tadbirkorlari xavfli vaziyatlarda qaror qabul qilishdan o'zlarini olib qochadilar, yuqori daromad olish mumkin bo'lgan hollar bundan mustasnodir. Hammaga ma'lumki, yuqori daromad to'g'ridan-to'g'ri yuqori risk darajasi bilan bog'liqdir. Shu sababli, riskli, ammo yuqori foyda keltiradigan vaziyatlarni boshqarishga talab oshib bormoqda. Agrosanoat majmui va umuman milliy iqtisodiyotga risklarning ta'sir darajasi, ayniqsa jahon miqyosida yuz berayotgan salbiy tendensiyalar (moliyaviy-iqtisodiy retsissiyalar, pandemiya) tufayli kelib chiqqan inqiroz sharoitida agrosanoat majmuasining risklarini qaytadan ko'rib chiqishni dolzarb masalaga aylantirdi.
Tahlil va natijalar
Iqtisodiy fan va amaliyotda risklarni yaxlit nazariyasi hali shakllantirilmagan. Ilmiy adabiyotlarda 50 dan ortiq turli riks mezonlari va 250 dan ortiq turlari keltirilgan. Birinchi marotoba, risk tushunchasi tadbirkorlikning funksional xususiyati XVII-asrda fransuz iqtisodchisi R. Cantillon tomonidan ilgari surilgan, u tadbirkorni noaniqlik sharoitida qarorlar qabul qiladigan va o'z manfaatlarini qondiradigan shaxs sifatida qaragan.
Risk va noaniqlik har qanday qaror qabul qilish uchun muhim bo'lgan ikkita turli atamadir. Bunda riskni nomukammal bilim sifatida aniqlash mumkin va yuz berishi ehtimoli mumkin bo'lgan natijalar ma'lumdir, noaniqlik esa ehtimoli mumkin bo'lgan hadisalar natijalarining noaniqligidir. Risk va noaniqlik qishloq xo'jaligidan muhimroq bo'lgan sohani tasavvur qilish qiyin. Bunda agrosanoat korxonalari risklarni boshqarishda yakka tartibdagi fermerlarga nisbatan keng imkoniyatlarga ega. Fermer esa risk va noaniqlik sharoitida qoladi va u uchun bu holatlarni yengib o'tish qiyin kechadi. Shu sababli ular faoliyatida risk menejmentini joriy etilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Riskning obyektiv mavjudligi sharoitida, korxonaning muvaffaqiyatli ishlashi uchun zaruriy shart bu riskning mavjudligini hisobga oladigan va bir tomondan uning korxonaga salbiy ta'sirini kamaytirishga imkon beradigan boshqaruv qarorlarini qabul qilish va amalga oshirish jarayoni sifatida belgilanadigan risklarni boshqarish tizimini shakllantirishdir, ikkinchi tomondan esa biznesning o'sishi va rivojlanishi uchun paydo bo'ladigan imkoniyatlardan samarali foydalanishdir.
Jahon va milliy ixtisoslashgan adabiyotlarda «risklarni boshqarish» («risk menejment») tushunchasi keng va tor ma'noda qo'llaniladi. Keng ma'noda, risklarni boshqarish bu risk sharoitida davlat apparati, ishlab chiqarish va iqtisodiy bo'limlar faoliyati yoki shaxsning hayoti uchun mavaffaqiyatli sharoitlarni yaratish san'ati yoki fanidir. Tor ma'noda risklarni boshqarish iqtisodiy riskni kamaytirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish jarayonidir. Bu har qanday tasodifiy yo'qotishlarni kamaytirish
dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish shaklida yoki qarorlar ko'rinishida amalaga oshirilishi mumkin.
Zamonaviy sharoitida talab va taklifning beqarorligi, valyuta kursining o'zgaruvchanligi, inflyatsiya jarayonlari, har bir mamlakat iqtisodiyotining hozirgi holatini belgilovchi ko'plab boshqa omillar, shuningdek, korxonalar o'z iqtisodiy faoliyati davomida duch kelishi mumkin bo'lgan bir qator risklar mavjuddir. Risklarni minimallashtirishning qo'yidagi asosiy usullari mavjud: sug'urtalash; deversifikatsiyalash; o'zini-o'zi sug'urtalashi; limitlashtirish; xedjdirlash; franchayzing va boshqalar. Bularning barchasi korxonaning bozorda izchil, barqaror va moliyaviy jihatdan mustaqil faoliyatni amalga oshirishga imkon beradi.
D.V. Bunkovskiy o'z ilmiy ishlarida korxona risklarini boshqarish muamolarini tahlil qilgan. Korxonada risklarni boshqarish tizimini shakllantirishning turli jihatlarini o'rgangan. Tadbirkorlik faoliyati xavfini miqdoriy va sifat tahlil qilish usullarini ko'rib chiqqan, ularni korxona faoliyatida qo'llash muammolarini aniqlagan. Shuningdek, muayyan korxona uchun risklarni boshqarish vositalaridan samarali foydalanish yoki maqbulini tanlash uning sanoat sohasi va faoliyat yo'nalishlariga bog'liqligidan kelib chiqadi degan xulosalarni shakllantirgan.
V.N. Xoxlovaning ilmiy ishlarida risklarni boshqarish jarayoni qo'yidagi asosiy bosqichlarga ajratilgan:
□ Riskning mohiyatini tahlil qilish, risk omillarini aniqlash, risklarni sifat va miqdoriy qo'rsatkichlar bo'yicha baholash;
□ riskga ta'sir qilish usullarini taqqoslash orqali ularning samaraligini tanlash;
□ qaror qabul qilish;
□ riskga ta'sir qilish (kamaytirish, saqlash, o'tkazish);
□ riskni boshqarish natijalarini nazorat qilish.
Tadbirkorlik faoliyatidagi risklarni boshqarish tizimi daromadlarni shakllantirish va xarajatlarni qisqartirish, ular o'rtasidagi muvozanatni ta'minlashga yo'naltirilgan korxonaning boshqaruv tizimining bir qismiga aylanishi kerak, ya'ni u korxonaning umumiy strategiyasiga, uning rejalari va faoliyatiga qo'shilishi, birgalikda olib borilishi lozim. Korxonaning strategiyasini ishlab chiqishda riskning mavjudligini hisobga olish kerak, aks holda u iqtisodiy rivojlanishni sekinlashtirishi mumkin, chunki salbiy ehtimoliy voqealarning ta'sirini hisobga olmasdan biznesni samarali faoliyatini yaratish mumkin emas.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Sagdiev R.S. (2020) Systematization and insurance of innovative risks. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, Vol. 24, Issue 04, Pages 3909-3915.
2. Hao Aimin. Uncertainty, Risk Aversion and Risk Management in Agriculture. Agriculture and Agricultural Science Procedia 1 (2010). Pages 152-156.
3. Panyagina A. YE. Osnovniye prinsipi i etapi upravleniya riskami organizatsii // Konsept. - 2013. - № 03 (mart). - ART 13050. - 0,5 p. l. - URL: http: //e-koncept.ru/2013/13050.htm.
4. G. V. Chernova Straxovaniye i upravleniye riskami: uchebnik dlya bakalavrov / pod red. G. V. Chernovoy. - 2-ye izd., pererab. i dop. - M.: Izdatelstvo Yurayt, 2014. — 768 s.
5. S.V. Romanova, M.A. Krutova Riski kak obyekt antikrizisnogo upravleniya predpriyatiyem: analiz i osnovniye metodi minimizatsii. Journal of Economy and Business, vol. 3-2 2019. - s. 82-86.
6. Bunkovskiy D.V. Instrumenti upravleniya predprinimatelskimi riskami // Voprosi upravleniya. 2019. № 1 (37). S. 65 - 76.
7. Xoxlov V.N. Upravleniye riskom. - M.: YUNITI-DANA, 2001. - 239 s.
8. D.A. Delaxov, N.D. Karatayev Risk-menedjment v predprinimatelskoy deyatelnosti. Diskussiya jurnal nauchnix publikatsii. №2 5(79) MAY 2017. - s. 3134.
9. Kochetkov V.N., Shipova N.A. Ekonomicheskiy risk i metodi yego izmereniya. Ucheb posobiye. - K.: Yevrop. Un-t finansov, inform. Sistem. Menedjmenta i biznesa, 2000. - 60 s.