Научная статья на тему 'QISHLOQ AHOLI PUNKTLARI YER RESURSLARIDAN FOYDALANISHNI BOSHQARISH ISHLARINI TAKOMILLASHTIRISH'

QISHLOQ AHOLI PUNKTLARI YER RESURSLARIDAN FOYDALANISHNI BOSHQARISH ISHLARINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
243
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qishloq / aholi punktlari / yer resurslari / Obod qishloq / yerdan oqilona foydalanish / xo‘jalik. / село / населенные пункты / земельные ресурсы / зажиточное село / рациональное использование земли / хозяйство.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Yusupov, Yunus Jumabek Ogli

Maqolada har yili xalq xo‘jaligining turli tarmoqlari uchun yerga bo‘lgan ehtiyoj ortib borayotgani qayd etilgan. Bundan tashqari, bu jarayonning o‘sishi aholi o‘sishiga mutanosib emasligi o‘rganiklgan va aniqlangan. Bu borada ham shahar, ham qishloq aholi punktlarida yer resurslaridan foydalanishni faollashtirish masalasi ayniqsa dolzarbdir. Ularning resurs salohiyatini tortib olingan yerlar miqdorini ko‘paytirish orqali emas, balki mavjud hududlardan yanada samarali va oqilona foydalanish orqali aniqlash zarurligi xulosa qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ УПРАВЛЕНИЯ ЗЕМЕЛЬНЫМИ РЕСУРСАМИ СЕЛЬСКОГО НАСЕЛЕНИЯ

В статье отмечается, что потребность в земле для различных отраслей народного хозяйства с каждым годом увеличивается. Кроме того, изучено и определено, что рост этого процесса непропорционален росту населения. В связи с этим особенно актуален вопрос активизации использования земельных ресурсов как в городских, так и в сельских поселениях. Сделан вывод, что определять их ресурсный потенциал необходимо не за счет увеличения количества изымаемых земель, а за счет более эффективного и рационального использования имеющихся территорий.

Текст научной работы на тему «QISHLOQ AHOLI PUNKTLARI YER RESURSLARIDAN FOYDALANISHNI BOSHQARISH ISHLARINI TAKOMILLASHTIRISH»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

QISHLOQ AHOLI PUNKTLARI YER RESURSLARIDAN FOYDALANISHNI BOSHQARISH ISHLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Yusupov Yunus Jumabek o'g'li ANNOTATSIYA

Maqolada har yili xalq xo'jaligining turli tarmoqlari uchun yerga bo'lgan ehtiyoj ortib borayotgani qayd etilgan. Bundan tashqari, bu jarayonning o'sishi aholi o'sishiga mutanosib emasligi o'rganiklgan va aniqlangan. Bu borada ham shahar, ham qishloq aholi punktlarida yer resurslaridan foydalanishni faollashtirish masalasi ayniqsa dolzarbdir. Ularning resurs salohiyatini tortib olingan yerlar miqdorini ko'paytirish orqali emas, balki mavjud hududlardan yanada samarali va oqilona foydalanish orqali aniqlash zarurligi xulosa qilingan.

Kalit so'zlar: qishloq, aholi punktlari, yer resurslari, Obod qishloq, yerdan oqilona foydalanish, xo'jalik.

АННОТАЦИЯ

В статье отмечается, что потребность в земле для различных отраслей народного хозяйства с каждым годом увеличивается. Кроме того, изучено и определено, что рост этого процесса непропорционален росту населения. В связи с этим особенно актуален вопрос активизации использования земельных ресурсов как в городских, так и в сельских поселениях. Сделан вывод, что определять их ресурсный потенциал необходимо не за счет увеличения количества изымаемых земель, а за счет более эффективного и рационального использования имеющихся территорий.

Ключевые слова: село, населенные пункты, земельные ресурсы, зажиточное село, рациональное использование земли, хозяйство.

KIRISH

Bugungi kundagi dolzarb bo'lgan muammolar qatoriga aholi punktlarida amaldagi xo'jalik mexanizmining jiddiy kamchiliklaridan biri yer bozorining sust rivojlanganligi, uning iqtisodiy salohiyatini to'liq ro'yobga chiqarishga imkon bermayotganligi, bu esa mablag'larning tizimli ravishda yetishmasligiga olib keladi. Bu muammoni hal qilish uchun aholi punktlarida mavjud yer munosabatlari tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish zarur. Bular yer uchastkalarining past narxlari, yer uchastkalari va boshqa ko'chmas mulk obyektlarini kadastr baholash usullarining nomukammalligi, yerdan foydalanish sohasidagi me'yoriy-huquqiy bazaning nomuvofiqligi va boshqalar. Bu bosqichda asosiy e'tiborni yer munosabatlari va yer tuzishni takomillashtirish, qishloq hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy

521

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

rivojlantirish, yerdan oqilona foydalanish va muhofaza qilish, shu jumladan, undan foydalanishni faollashtirishning eng muhim yo'nalishlariga qaratish zarurligi bilan bog'liq.

Mamlakatimiz aholisining 49 foizi yashaydigan qishloq joylarda salmoqli demografik, mehnat va iqtisodiy salohiyat jamlanishiga qaramasdan, ular uchun zaruriy sharoitlar yaratib berilmagan, turmush darajasi va sifatini oshirishga yetarlicha e'tibor qaratilmagan. Jumladan, so'nggi yillarda paxta, g'alla va boshqa qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirishda hissasi yuqori bo'lgan dehqon-fermerlarning va boshqa toifadagi aholining hayotiy-maishiy extiyojlari to'liq ta'minlanmagan. Bunday holat qishloq aholi punktlarini tubdan qayta yangilamasdan va uni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirmasdan, mamlakatimizni zamonaviy rivojlangan davlatga aylantirishga to'siq bo'lmoqda. Xususan, hududlarni o'rganishlar jarayonida joylardagi haqiqiy ahvol bilan tanishish, bevosita mahalla va xonadonlarga kirib borish hamda aholi bilan muloqot natijalari quyidagi tizimli muammolar mavjudligini ko'rsatmoqda.

"Davarxitektqurilish" qo'mitasining hududiy organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan shaharsozlik me'yor va qoidalariga amal qilmagan holda, bino-inshootlar va uy-joylarni tartibsiz va o'zboshimchalik bilan qurish holatlariga chek qo'yilmayapti. Qurilish ishlarining qishloq va mahalla darajasida kompleks yondashuvlar asosida olib borilmasligi oqibatida qishloq aholi punktlarining me'moriy qiyofasi eskicha ko'rinishda qolmoqda.

Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligi, "O'zbekenergo" AJ va "O'ztransgaz" AJning quyi tizim korxonalari tomonidan qishloq aholi punktlarida ichimlik suvi, gaz va elektr tarmoqlari, transformator punktlarini ekspluatatsiya qilish qoniqarsiz ahvolda olib borilishi oqibatida zarur infratuzilmalar eskirgan va yaroqsiz ahvolga kelib qolgan.

Shaharsozlik me'yor va qoidalari hududlarning o'ziga xos xususiyatlariga moslashtirilmaganligi oqibatida qishloq aholi punktlarining me'moriy qiyofasini yaxshilash, xususan, mazkur hududlarda avtomobil yo'llari va yo'l bo'yi infratuzilmasi barpo etish, obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish va irrigatsiya tizimlarini barpo etish tartibsiz ravishda olib borilmoqda.

NATIJALAR VA ULARNING MUHOKAMASI

Shu boiz xalq xo'jaligining turli tarmoqlari uchun yerga bo'lgan ehtiyoj ortib borayotganini inobatga olib shahar va qishloq aholi punktlarida yer resurslaridan foydalanishni samadorligini oshirish, ularning resurs salohiyatini tortib olingan yerlar miqdorini ko'paytirish orqali emas, balki mavjud hududlardan yanada samarali va

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

oqilona foydalanish uchun "Obod qishloq" dasturi to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi PF-5386-sonli Farmoni loyihasi ishlab chiqildi va qabul qilindi.

Mamlakatimizning boy va qadimiy tarixidan ma'lumki, ajdodlarimiz tomonidan mahallalarni obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish eng bebaho qadriyat va an'analardan hisoblanadi. Mazkur qadriyatlarimizni izchil davom ettirgan holda keng ko'lamli bunyodkorlik ishlarini barcha hududlarda amalga oshirish orqali qishloq aholisi uchun munosib sharoitlar yaratish va ularning turmush madaniyatini yanada yuksaltirish, eng asosiysi, yoshlarni xayrli ishlarga da'vat etish alohida ahamiyat kasb etilishi "Obod qishloq" dasturining asosiy mezoni etib belgilangan.

"Obod qishloq" dasturining e'tiborli tomoni shundaki O'zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo'mitasi tegishli loyiha institutlari bilan birgalikda "Obod qishloq" dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlarining bosh rejalarini batafsil rejalashtirish loyihalari bilan oldindan ishlab chiqiladi. Ya'ni har bir qilinadigan ishlar yer resurslaridan foydalanishni boshqarish takomillashganligidan dalolat beradi. Bundan tashqari qishloq aholi punktlari me'moriy qiyofasini yaxshilash tizimini takomillashtirish maqsadida shaharsozlik me'yor va qoidalariga o'zgartirishlar kiritish, zarur hollarda yangi standart va mezonlarni ishlab chilgan. Har bir ob'ekt bo'yicha loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan o'tkazilishi va qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazorati o'rnatilishini ta'minlangan.

shunday qilib, qishloq aholi punktlarida yerdan foydalanishni faollashtirish shaharsozlik yutuqlari va ilg'or tajribalarni qo'llash, aholining turmush sharoitini yaxshilash asosida hudud birligiga ortib borayotgan rivojlanish hajmlarini joylashtirish asosida ularni izchil rivojlantirish jarayonidir. infratuzilmani rivojlantirish orqali aholini yashash sharoitini yaxshilash va qishloq aholi punktlari yer resurslaridan foydalanishni boshqarish ishlarini takomillashtirish mumkin.

"Obod qishloq" dasturi doirasida joriy yilda 159 ta tumandagi 386 ta qishloqda qurilish-obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ushbu qishloqlarda 142 mingta yakka tartibdagi uy va mingdan ziyod ko'p qavatli uy, 3 ming kilometr yo'llarni ta'mirlash, 2,5 ming kilometr elektr energiyasi, 2 ming kilometr ichimlik suv tarmoqlarini qurish va qayta tiklash, 2 ming 400 ta bozor va boshqa infratuzilma obektlari qurish belgilab olingan.

XULOSA

Xulosa o'rnida ta'kidlash joizki O'tkazilgan yer islohoti natijalari qishloq xo'jaligi korxonalarini isloh qilish va yerlarni qayta taqsimlash to'g'ri yer tuzish

523

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

nazoratisiz, huquqiy, iqtisodiy va ekologik asossiz amalga oshirish nafaqat Respublikaning iqtisodiga zarar yetkazadi balki Insonlar yashash farovonligini qashshoqlik sari yetaklaydi.

Maqolada qishloq aholi punktlarida yerlarning kadastr qiymatiga bir qator sifat va miqdoriy ko'rsatkichlarning ta'sirini baholash modeli taklif etiladi, ularning yechimi neyron tarmoqlari texnologiyasidan foydalangan holda amalga oshiriladi. Ishlab chiqilgan metodologiya aholi punktlari va aholining amaldagi tizimining yerlarning kadastr qiymatiga ta'sirini ob'ektiv baholash imkonini beradi.

Hozirgi holat va tarixiy tajriba tahlili shuni ko'rsatadiki, yerdan foydalanishda tartib o'rnatish va yer munosabatlarini tartibga solish, hududlarni qayta tashkil etishning yagona mexanizmi faqat yer tuzish bo'lishi mumkin, bu esa huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy masalalarni kompleks hal etish imkonini beradi. hududiy va ekologik muammolar yechilishiga ham asos bo'lib xizmat qiladi.

REFERENCES

1. https://uz.drunkentengu.com/zemli-naselennyih-5725

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 iyundagi "Qishloq xo'jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PF- 5742-sonli farmoni.

3. Berlyant A.M. Kartografiya. - M.: Aspekt Press 2002

4. Mirzaliev T., Safarov E.Yu., Egamberdiev A., Qorabaev J.S. Atlas kartografiyasi. O'quv qo'llanma. -Toshkent.: «Universitet», 2015

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 17.06.2019 yildagi PF-5742-son (https://lex.uz/uz/docs/-4378526)

6. Komil X. et al. ZAMONAVIY GAT DASTURLARI ORQALI QISHLOQ XO'JALIGI YERLARIDAN FOYDALANISH KARTALARINI TUZISH //INTERNATIONAL CONFERENCES ON LEARNING AND TEACHING. - 2022. - Т. 1. - №. 3. - С. 278-283.

7. Holbayev B. SANOAT YERLARI KADASTR VA UNDAN FOYDALANISH USLUBLARINI TAKOMILLASHTIRISH //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 6. - С. 472-477.

8. AHHeHKOBa Е.Ю. Ведение личного подсобного хозяйства как фактор интенсивного использования земель сельских населенных пунктов / Е.Ю. AHHeH^Ba // Вклад молодых ученых в развитие аграрной науки в начале XXI века: Материалы научно-практической конференции. Ч.1. - Воронеж: BrAY, 2003. — С. 184-185.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

9. Анненкова Е.Ю. Возможности использования нейронных сетей при проведении кадастровой оценки земель поселений / Е.Ю. Анненкова // Геодезия, кадастр и землеустройство: Сб. науч. Трудов. Вып. 1. — Воронеж, 2002. -С.803.

10. Анненкова Е.Ю. Земельные преобразования в России / Е.Ю. Анненкова, А.А. Харитонов // Актуальные направления стабилизации и развития агропромышленного производства: Материалы LI студенческой научной конференции. — Воронеж: Воронеж, гос. агр. ун-т, 2000. — С. 111 — 112.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.