Qo'ziboyeva G.S.
3-bosqich talabasi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat O'zbek tili va Adabiyoti Universiteti
QIPCHOQ DIALEKTIDA UNDOSH FONEMALAR TASNIFI
Annotatsiya: Ushbu maqolada "Qipchoq (Jizzax viloyati Baxmal tumani)" dialektidagi fonetikaga doir tasniflanishi va ularga misollar keltirilgan. Har bir dialektda fonetikasi, ularning tasnifi turlicha, bu ulardagi talaffuzga bog'liqligi ko'rsatilgan.
Kalit so'zlar: Dialekt, fonetika, tovush, jarangli, jarangsiz, undoshlar, unlilar, difton.
Koziboyeva G.S.
3rd year student uzbek language and literature Alisher Navoi Tashkent State University
CLASSIFICATION OF SUBJECT PHONEMAS IN KIPCHAK DIALECT
Annotation: This article gives a classification of phonetics in the dialect "Kipchak (Bakhmal district of Jizzakh region) " and gives examples. Each dialect has a different phonetics, different classifications, depending on their pronunciation.
Keywords: dialect, phonetics, sound, consonant, consonant, consonants, vowels, diphthong.
Dialektologiya, birinchidan, adabiy tilni boyitish, til tarixini va xalq madaniyatini o'rganish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ikkinchidan, u sotsiolingvistika bilan uzviy bog'liq: jamiyatda adabiy til va sheva munosabatlarini o'rganishga, ular atrofida yuzaga kelayotgan ijtimoiy munosabatlarni tushunishga yordam beradi. Prof.V.V.Reshetov, asosan, turk tillari tasnifi uchun ham asos bo'lgan ikki lahjani (qipchoq va o'g'uz lahjasini) tasnifi uchun asos qilib oladi. U uchinchi lahja sifatida qadimdan o'zbek xalqining shakllanish tarixida muhim rol o'ynagan qorluq, chigil va uyg'ur qabilalarining birligini ko'rsatib turadigan qorluq-chigil-uyg'ur dialektini e'tiborga oladi. Ularning lingvistik xususiyatlarini hisobga olib, ularni lahja atamasi bilan quyidagicha tarzda ataydi:
1. Qipchoq lahjasi.
2. O'g'uz lahjasi.
3. Qorluq -chigil-uyg'ur lahjasi.
O'zbek tilining qipchoq shevalari orasida "j'lovchilari bor (hamma qipchoq shevalari "j"laydi degan, keng tarqalgan fikr haqiqatga mos kelmaydi). Ba'zi hududlarda "j"lovchi sheva egalarini kamsitish, masxaralash holatlari uchraydi. Bu — dolzarb ijtimoiy masala. Ammo mening fikrimcha, har bir dialektning adabiy tilning rivojlanib va boyib borishida o'z o'rni bor degan fikrdaman. Bu barcha dialekt shu adabiy tilning bo'g'ini - tub ildizi hisoblanadi. Dialektologiya bu kabi masalalarni ochib beradi va ular hal etilishiga turtki bo'ladi. Dialektologiya barcha shevalar go'zalligini va o'zaro tengligini namoyish qiladi. Shunday qilib, u muhim amaliy vazifani bajaradi.
Shevalar adabiy tilning asosi hisoblanadi. Undagi har bir so' z adabiy tilida ma'no ifodalaydi, garchi uni shakli o'zgargan holatda bo'lganda, ularni biz faqat grammatik asosini tahlilga olamiz. Tilshunoslikda shevadagi so'zlarning tarkibini sintaktik jihatdan ham tahlilga olish, ulardagi asos tarkibidagi qo'shimchalarni ham tahlilga olish va ularning o'rganilish jabhasini kengaytiradi. Bu tilning qaysidir ma'noda tub ildiziga yanada chuqurroq yo 'l ochib beradi degan fikrdaman. Misol uchun adabiy tilimizdagi jarangli undoshlarning shevada jarangsizlanishini ko'rishimiz mumkin.
D jarangli undoshi t jarangsiz undoshi singari talaffuz etilishi: Baland - ös^sht, qand - ksht, band - ösht, omad - omst, zavod - 3sbot, obod-oöoT, ozod -030, tushdi - TymTt, tortdi - TopiTb B jarangli undoshi p jarangsiz undoshi kabi talaffuz qilinishi: Maktab - MSKTsn, kitob - KtTon, yozibti - H03tnTt, hisob - xtcon, bob -
öon
m jarangli undoshi p jarangsiz undoshi kabi talaffuz qilishi:
qilyapman - qilyappan - KMHsnnsH kelyapman - kelyappiz - Ke^Hsnn^ o'qyapman - o'qyappan - oköannaH
v jarangli undoshi f jarangsiz undoshi kabi talaffuz qilinadi:
avtomat -aftomat - s^tomst, avliyo - afliyo - s^toho, avtobus - aftobus -a^Toöyc
Adabiy tildagi jarangsiz undoshlar shevada jarangli undoshga aylanishi:
Bizga ma'lumki, jaranglashish hodisasi adabiy tilda spontan o'zgarish atamasi bilan yuritiladi. Spontan o'zgarish biror tovush ta'sirida yuz bermaydi, balki u shevaning tarixiy rivojlanishi bilan bog'liq hodisa hisoblanadi. Bunda jarangsiz undosh tovush talaffuzda jaranglashadi.
So'z oxirida bazida q undoshi g undoshiga o'zgaradi. Masalan: Bayroq - bayrog' - ösfipoF, qayroq - qayrog' - kshpof, varoq - varog' -
bspof
qishloq - qishlog' - Ktm^OF, oriq - arig' - sptF p jarangsiz undoshning b jarangli undoshga o'zgarishi:
Gapdon - gabdon - tsö^Dh
F jarangsiz undoshi v jarangli undoshi singari talaffuz etilishi:
Afzal - avzal - эвзэл, afg'on - avg'on - sbfoh, afsun - avsun - эвсун tavsifnoma- tafsivnoma- тэфсъвнэмэ, safsata - savsata - сэвсэтэ K jarangsiz undoshi g jarangli undosh singari talaffuz etilishi (asosan so'z oxirida):
Suyak - suyag суйэг, yurak - yurag - йурэг, kurak - kurag - курэг, elak -elag- елэг, tilak - tilag - тълэг.
Adabiy tilda so'z boshida qatnashadigan undoshlar ma'lum bir ma'noda o'xshash tovushni ifodalaydigan birikmali harflar bilan o'zgarishligini kuzatishimiz mumkin. Misol uchun: S undoshi ch undoshi bilan almashadi: Sichqon - чъч^эн, soch - чэч, S undoshi sh undoshi bilan almashadi: Supurgi - шъпъргъ, seshanba - шешэмбэ, suvadi - шувэдъ. t jarangsiz undoshi d jarangli undoshi bilan almashadi: to'p - do'p - дэп, tovush - dovush - дэвуш, tutun - dut - дут Bo'g'iz undoshi H ga to'xtaladigan bo'lsak: H undoshi aksariyat shevalarda x undoshi fiziologik tabiatiga moslashadi, lekin shimoliy o'zbek shevalarida, qipchoq shevalarida bu undosh talffuzda bor. H undoshi Toshkent shevalarida qo'llanmaydi. H undoshi bizning 2-guruh j-lovchi shevamizda ham uchraydi.
Hamsoya - hsmsijs, handalak - hsndslsk- - xs^^sk, hazil- hszl. Bundan tashqari ushbu undosh tovushning o'rnida til orqa x undoshi talaffuz qilinishini ham kuzatishiz mumkin:
Hayot - xayot - xэйэт, havo - xavo - xsbo, - xs^^sk, hokim - xokim -
xOKbM.
Bo'g'iz undoshi H ham so'zi olmoshli birikma tarkibida kelganida, jarangli, til o'rta y undoshi bilan almashishi mumkin:
U ham - uyam - уйэм, bu ham - buyam - буйэм, bizni ham - bizniyam -бъзнъйэм, shuni ham - shuniyam - шунъйэм.
Bundan tashqari mazkur shevada f undoshini lab-lab, portlovchi, jarangsiz p tarzida talaffuz qilish holatlari ko'p uchraydi:
Farosat - parosat - пэрэсэт, faqat - paqat - пэкэт, farq - parq - пэрк, Furqat - Purqat - Пуркэт, poyda - poyda - пэйдэ, aft - apt - эпт, taft - tapt -тэпт, insof - insop - ънсэп, isrof - isrop - ъсрэп, daftar - daptar - дэптэр, Abdulatif - Abdulatip - эбулэтъп, Shaftoli - shaptoli - шэптэлъ.
Diftonglashish. Diftong bu talaffuzda tovush ortishi hodisasi hisoblanadi, ya'ni talaffuzda tovush ekskursiyasida boshqa tovush unsurlari qo'shiladi va to'xtam hamda rekursiyasida asosiy tovush talaffuz qilinadi. Diftong hodisasi singarmonizmli shevalarda, asosan, qipchoq va o'g'uz lahjasida kuzatiladi. Diftong ikki xil ko'rinishda yuz beradi: l.So'z boshida tovush ortishi: 2.So'z o'rtasida tovush ortishi:
Doir - doyir - дэйър, shoir - shoyir - шэйър, orzum - orzuyim - эрзуйъм, oila - oyila - эйълэ, doimo - doyimo - дэйъмэ.
Bundan tashqari k undoshi jarangli g undoshiga almashishi adabiy tilda ham yuz beradi ammo, bu adabiy me'yordir. K undoshi so'z oxirida kelganda egalik va boshqa qo'shimchalar qo'shilganda g undoshiga o'zgaradi:
Yurak + im = yaragim - йурэгьм, tilak + ing = tilaging - тьлэгьц, eshik + I = eshigi - ешъгъ, etak + im = etagim - етэгьм, tiriklik + ing = tirikliging -търъклъгьц. Demak, bu so'zlarda spontan o'zgarish yuz bermayabdi.
Ma'lumki, til jamiyat a'zolari o'rtasida aloqa-aralashuv vazifasini, insonning fikrlash va fikr mahsulini og'zaki hamda yozma ravishda bayon qila olish, o'z ichki kechinmalarini ifodalash vositasi bo'lib xizmat qiladi. Tilimizning oldiga qo'yilgan bu ijtimoiy vazifa o'quvchilarni fikrlashga, o'zgalar fikrini anglashga va shu fikr mahsulini savodli bayon qila olishga, ya'ni kommunikativ savodxonlikni rivojlantirishga o'rgatishdan iborat. Shuning uchun ham bugungi kunda ona tili ta'limi oldiga mukammal shakllangan, savodxon shaxsni kamol toptirish maqsadi qo'yilgan. Shu sababli adabiy tilimizning tub ildizlari bo'lmish dialektlarni o'rganish muhim masalalardan biri xisoblanadi. Qachonki, til chetdan o'zlashgan so'zlardan emas, balki, adabiy tilning asosi bo'lmish shevalardan yangi so'z olsagina rivojlanadi. Har bir til o'z tomirlaridan suv olib, o'sib borishi kerak degan fikrdaman. Xulosa qilib aytadigan bo'lsam, xalq tilidagi harflar, harf birikmalari, olmoshlar bilan qo'llanganda ba'zi bir so'zlar tarkibidagi undosh tovushlarning o'rin almashinishini, boshqa tovushlarga o'zgarishini va ba'zi so'zlar tarkibi mutlaqo boshqa tarkibda ifodalanishini ko'rishimiz mumkin. Adabiy til bilan shevalar bir - biriga uzviy boqliq va so'z tarkibidagi o'zgarishlarni talaffuzda ko'rishimiz mumkin. Adabiy til- qoliplangan, ma'lum bir tarkida va hamma tushunishi uchun bir xil ko'rinishga keltirilgan bo'ladi, shevalar esa, o'sha hudud va ularning atrofidagi ma'lum bir hududgagina tegishli bo'lgan so'zlashuv jarayonida foydalaniladigan tildir. Shevalar insonlar uchun qulaylashtirilgan va ma'no ifodalashi osonlashtirilganligini ham ko'rishimiz mumkin. Bundan tashqari oliy ta'lim muassasalarida talabalarga o'tiladigan dars sifatini oshirish maqsadida har bir dialektning transkripsiyasidan tashqari ularning audio variantlarini yaratish ham dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Bunda dialektalogiya fanini o'rganishda transkripsiya qilish bu nazariyot bilan bog'liq bo'lsa, uning obozli yozib olingan varianti bilan ishlash amaliy ahamiyatini ochib beradi. Bu talabalarga qiyinchiliklarga duch kelishining oldini oladi.
O'zbekistonda dialektologik tadqiqotlar o'tkazish zarurati kun sayin oshib bormoqda. Bunda sovet davridagidek an'anaviy uslublardan bo'lgan ekspeditsiyalar o'tkazib, nazariy material to'plash bilangina cheklanib qolish kerak emas. Albatta, buning ham o'z o'rni bor — qaysi hududlarda qanday shevalar tarqalgani, bu shevalar qanday so'z boyligiga egaligini bilish foydali. Lekin zamonaviy, amaliy dialektologik tadqiqotlar ham o'tkazish lozim. Har bir hududning alohida -alohida dialektik lug'atlarini yaratish va ulardan so'zlarni tahlilga olib, chetdan o'zlashayotgan ayrim so'zlar o'rnida qo'llashni yo'lga qo'yish kerak. Ular shevalar tarixini, ijtimoiy va madaniy hayotdagi o'rnini
ko'rsatib beradi. Bugungi kundagi o'zbek tilining dolzarb muammolarida n biri ham o'zlashma so'zlarni o'zlashgandek emas balki tilimizda mavjud so'zlarga almashtirib iste'molga kiritishdir. Har bir o'zlashma so'zni xalq qabul qilmasdan ilgari uning o'zbekcha muqobilini topib joriy qilish tilimizning rivoji hamda sofligini saqlashga yordam beradi. Bunda bilamizki, dialektning ham o'rni beqiyosdir. O'zlashma so'zlar o'rnida qo'llamoqchi bo'lgan so'zlarni mahalliy dialektlardan olinsa: birinchidan - xalqning qabul qilishi osonroq bo'ladi; ikkinchidan - tilning sofligi saqlanib qoladi; uchinchidan - dialektlarning rivojlanishini ko'rishimiz mumkin. Hayotiy ozuqa olib turadigan asosi bo'lmasa, har qanday adabiy til vaqt o'tishi bilan o'lik tilga aylanadi. Shuning uchun ham shevalar har qanday adabiy tilning asosiy hamda rivojlanish poydevoridir. Bugungi kun nuqtayi nazaridan dialektlarimizning fonetikasi, leksikasi, so'z yasalishi, sintaksisini chuqur o'rganish, ilmiy nazariy qarashlarni takomillashtirish, ilmiy amaliy jihatlarini tadqiq etish lozim bo'lmoqda. Ehtimol, shevalarimizning yuqorida ko'rsatilgan jihatlari misollar vositasida qayta tahlil va talqin etilganda, ular to'g'risida sho'ro davridagidan ko'ra mukammal ilmiy xulosalarga kelish mumkin bo'ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Irisqulov M.T "Tilshunoslikka kirish", Toshkent - "Yangi asr avlodi" 2009
2. Xolmonova Z.T "Tilshunoslik nazariyasi", Toshkent - "Nodirabegim" 2019
3. Abduazizov A.A "Tilshunoslik nazariyasiga kirish", O'quv qo'llanma Toshkent - 2010
4. Tursunov U.M Muxtorov J., Rahmatullayev Sh., Hozirgi o'zbek adabiy tili. Qayta ishlangan, to'ldirilgan 3- nashri. - Т.: «O'zbekiston», 1992.
5. Решетов В.В. Кураминские говоры Ташкентской области. Фонетическая и морфологическая система.АДД. Академия наук УзССР. Т,1952.
6. Решетов В.В. Маргиланский говор узбекского языка. АКД.Т.1940. Решетов В. В. Узбек шеваларининг классификацияси // УТА. Т, 1966.
7. Egamov V. G'allaorol rayon jelanuvchi shevalari leksikasi bo'yicha kuzatishlar // SamDU. Asarlar. Yangi seriya. 102. S.,1960. 214-228-betlar.
8. Egamov V. O'zbek shevalarining sintaktik qurilishi // O'zbek tili so'zlashuv nutqi sintaksisi masalalari.S.,1973