Qurbonov P.R.
Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi dotsenti
Botirov Y.Z.
Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi magistranti
QASHQADARYO VILOYATI SHAHARLARI RIVOJLANISHIDA
IQLIMNING O'RNi
Annotatsiya: Qashqadaryo viloyatidagi shaharlarni rivojlanishida iqlimning ta'siri o'rganilgan hamda shaharlarni rivojlanishida iqlimning o'rni tahlil qilingan. Shaharlarni rivojlantirish uchun taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: Shaharlar, urbanizatsiya, iqlim, tabiiy sharoit, quyosh radiatsiyasi, shamol, tabiiy omillar, daryo
Gurbanov P.R.
Associate Professor, Department of geography
Karshi State University Baturov Y.Z.
Graduate of the Department of geography Karshi State University
THE ROLE OF CLIMATE IN THE DEVELOPMENT OF CITIES OF
THE KASHKADARYA REGION
Annotation: the effects of climate on Urban Development in the Kashkadarya region have been studied and the role of climate in urban development has been analyzed. Proposals and recommendations have been developed for Urban Development.
Keywords: cities, urbanization, climate, natural conditions, solar radiation, wind, natural factors, River
Har bir shahar rivojlanishida va shakllanishida albatta unga ta's ir etuvchi omillar bo'lishi tabiiy. Bu omillarning ta'siri shaharning iqtisodiy va siyosiy holatiga ta'sir etmasdan qolmaydi. O'z o'rnida shuni ta'kidlash joizki tabiiy sharoit shu shaharning iqlimi bilan bog'liq holatda rivojlandi. Dunyo miqyosida shaharlarning rivojlanishi va shakllanishi ham iqlimga shu yerning atmosfera bosimi, havo massalari, shamollar harakati bilan bog'liqdir. Dunyo miqyosidagi shaharlarning rivojlanishi va keng barg urib tarmoqlanib hududining kengayishiga iqlim o'zgarishlari bilan bog'liq holda rivojlanadi.
Shaharlarda turli maqsadlarda foydalanadigan muhandislik inshootlari, inson xo'jalik faoliyati iqlimga ta'sir qilib, o'ziga xos iqlimiy xususiyatlarni keltirib, chiqaradi. Bunday iqlimiy xususiyatlarni havoning namlik darajasi, shamollarning harakati, quyosh radiatsiyasi va albedo darajasida yaqqol kuzatish mumkin. Quyida mana shu iqlim elementlarini ko'rib chiqamiz. Shaharlar, odatda uni o'rab turgan
tabiiy va qishloq xo'jaligi yerlaridan farq qilib, suv o'tkazmaydigan yuzalar va kichik maydonlarda o'simlik qoplamlariga ega. Bunday qattiq yuzalarda yog'gan yomg'ir suvlari nisbatan kichik fursatda kollektor ariqlari va quvurlari bilan chiqarib tashlanadi. Shaharlarda yog'gan yog'in miqdori shaharlarning yo'llariga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Va bu yerda yana bir muammo tarkib topadi.
Quyosh radiatsiyaning ta'siri ham shaharning binolarini qurishda asosiy o'rinda turuvchi omillardan biridir. Dunyoda shaharlarda istiqomat qiluvchilarni aksariyati shaharlarda vujudga keladigan issiqlikdan aziyat chekadi. Chunki global iqlim o'zgarishi shaharlarning iqlimiga juda ham katta ta'sir qilib, aholining yashash tarziga va turmush holatiga o'zining ta'srini o'tkazadi. Baland binolarning qurilishida ham juda katta qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Buning oldini olish uchun shaharlarda atmosferaga kam iflos moddalarni chiqaradigan sanoat korxonlarni va zavod fabrikalarni qurish darkor. Bu esa juda katta mablag' talab etadi. Hatto shahar havosi ham ifloslangan bugungu kunimizda u yerdagi zavod va fabrikalardan chiqayotgan zararli birikmalar shahar havosini ifloslab, aholiga juda ham zarar yetkazmoqda. Issiq iqlimning yuzaga kelishida albatta antropogen landshaftlarning ham ta'siri bor. Bu ta'sir doirasida shaharlarning rivojanishi va iqlimning keskin o'zgarishlari bilan bog'liq holatda rivojlanadi.
Shahrisabz, Kitob va Yakkabog' shaharlaridagi iqlim sharoiti aholi yashash uchun juda muhim maskanlardir. Bu yerdagi tabiatning tuhfasi so'lim maskanlar shaharlarning yanada ham rivojlanib, go'zal maskanlarga aylanib, borishini ta'minlaydi. Undan tashqari iqlimning ta'siri bu shaharlarda ijobiy holatda ekanligi shaharlarda aholining yaxshi yashashi va turmush tarzining juda ham qoniqarli holatda ega ekanligini ko'rsatadi. Qulay iqlim sharoitida yashayotgan shahar aholisining uzoq umr ko'rish davri barqaror bo'ladi. Bundan kelib, chiqadiki, shahar rivojlanishi va shakllanishi uchun birinchi navbatda iqlim sharoiti qulay ta'siri ko'rsatgan bo'lishi kerak. Iqlim sharoiti noqulay bo'lgan shaharlarimizda bor. Bularga Koson, Mirishkor, Kasbi, Yangi-Nishon kabi shaharlarimizdir. Bu shaharlarning rivojlanishida iqlim juda muhim rol o'ynaydi. Tabiiy sharoitning noqulayligi ham shaharlarning rivojlanishida katta ahamiyatga ega. G'uzor, Chiroqchi va Qamashi hududlarida ham iqlim u darajada yaxshi emas. Shaharlar rivojlanishida bu yerda katta maydonlarning sho'rlanganligi bo'lsa, boshqa sababdan bu shaharlarda suv muammosi ham birinchi o'rindagi muammolardan. Buni bartaraf etishda bir qancha chora-tadbirlar ko'rilmoqda. Shahar havosining buzilishi yirik shaharlardagi haroratning birmuncha isitib, yuborishi ham mumkin.
Ko'p qavatli binolar va transport vositalaridan vujudga keladigan issiqlikning tez tarqalib ketishining qiyinligi tufayli shunday hodisa yuz beradi. Atmosfera havosi va suv manbalarining ifloslanishi shaharda istiqomat qilish uchun zarur bo'lgan muayyan shart-sharoitlarni yomonlashtiradi, uning iqtisodiy taraqqiyot darajasini pasaytiradi, ijtimoiy soha tarmoqlari darajasini pasaytiradi va zaiflashtiradi. Shaharlarda tabiiy muhitning, qisman bo'lsa-da, ifloslanishi kishilar sog'ligiga, yashash sharoitiga, aholining farovonligiga katta ta'sir ko'rsatadi.
Uzoq vaqt mobaynida olib borilgan kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, ishlab chiqarishda band bo'lgan har bir kishi faqat havo, suvning ifloslanlanganligidan, oziq-ovqat mahsulotlarida esa nitratlarning haddan tashqari ko'p bo'lishidan o'rta hisobda yiliga 10 kun kasal bo'lar ekan. Shahar aholisining ishdan tashqari vaqtdagi ahvoli, ya'ni bo'sh vaqtini qanday o'tkazishi ham atrof-muhitning qay ahvolda ekanligi bilan bog'liq. Ayniqsa, urbanizatsiya jarayoni kuchayib borayotgan bir sharoitda, xususan, insonning tabiat bilan munosabatlarida uning o'ziga xos ekologik ehtiyojlari shakllana boradi. Oddiygina bir Orol dengizining suv sathi keskin tushib ketishi tufayli ekologik murakkab vaziyat tus oldi. Va shakllangan shaharlar iqlimida ham yashash sharoitida ham o'zgarishlar bo'ldi. Orol dengizi hududidagi Mo'ynoq, Qo'ng'irot, Chimboy kabi shaharlar ko'p aziyat chekmoqda. Bir vaqtlar baliqchilik bilan nom chiqargan Mo'ynoq shahri aholisining ko'pchiligi ishsiz bo'lib qoldi. Shahar rivoj topib turgan paytlarda boshqa joylardan kelgan aholi ekologik talofat tufayli yana o'z yurtlariga qaytib ketdi. Birgina iqlimning ta'sri va Orol dengizining qurishi juda ham katta zarar yetkazdi. Bu yerdagi aholining boshqa yerga ko'chib ketishi albatta iqlimning ta'sir tufayli yuzaga keladigan holatlardan biridir.
Shaharlarda iqlimning o'ta qizib ketishi bir qancha kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bu kasalliklarning yuzaga kelish sabablari oddiy issiq iqlim insonning tanasiga kuchli ta'sir o'tkazadi va shaharlardagi binolarning qizishiga sabab bo'ladi. Shaharlarda issiq iqlimning oldini olishning bir usuli bor. Shaharlarda ekologik vaziyatni sog'lomlashtirish va barqarorlashtirishda daraxtzorlar va ko'kalamzorlarni ko'paytirish lozim. Daraxtzorlar va ko'kalamzorlar chang-to'zonni, shovqin-suronni to'sib qoluvchi tabiiy vosita, zamonaviy shaharlarning ajralmas bir qismidir. Daraxtzorlarni barpo etish va ko'kalamzorlashtirish ishlari shaharlarnigan qanday joylarda o'rnashganligi, bu zonalarning tabiiy-geografik sharoiti, qanday sanoat korxonalri mavjudligi yerli aholining bu boradagi an'analari kabi qator xususiyatlar to'g'ri hisobga olingan holda olib borilsa, uning foydasi har tomonlamakatta bo'ladi, qolaversa, shahar arxitekturasi husniga-xusn qo'shadi.
Qashqadaryo viloyatining shaharlarida shamollarning ta'sir ham juda yuqori baholanadi. Bu yerdagi shahar atrofida kuzatiladigan shamollar ta'siri aholiga binolarnign tom qismida chang-to'zonning ko'tarilishi va shaharda yashayotgan shahar aholisinign sog'ligiga juda yomon ta'sri ko'rsatmoqda. Bu esa bir qancha kasalliklarning vujudga kelishida zamin yaratmoqda. Shamollarning ta'siri, havo massalarining ta'siri quyosh radiatsiyasining ta'siri shahar va shahar atrofi xo'jaligiga o'z ta'siri o'tkazmasdan qolmaydi. Mamlakatimizning shaharlari rivojlanishi bir qancha omillardan iborat. Bu omillarning barchasi shahar rivojlanishi va uning shakllanishida muhim rol o'ynaydi.
Qashqadaryo viloyatining aksariyat shaharlari Koson, Nishon, Kasbi, Mirishkor va Muborak kabi hududlarda katta maydonlarni egallagan cho'l maydonlari hududlari kengaydi. Shaharda yashaydigan aholining ekologik vaziyati o'zgarib ketdi. Kasalliklarning ortib ketishi va shahar tashqi ko'rinishiga ta'sir ortib ketishi olib keldi. Aholi o'rtasida kasalliklarning ortib ketishi iqlimning ta'sir natijadadir. Barcha viloyatlarimizdagi vaziyat tubdan farq qiladi. Bu holatlar
atmosferaga zararli moddalarnin ko'plab chiqib ketishi natijasida sodir bo'ladi. Buning oldini olish shaharlarda ekologik vaziyatni yaxshilash borasida bir qancha ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Birinchi navbatda shaharlarda sanoat korxonalarini aholidan yiroq joyda joylashtirish, ikkinchi navbatda esa, daraxtzorlarni ko'paytirish va ko'kalamzorlashtish ishlarini amalga oshirish lozim. Ko'pincha bizda qurilgan zavod fabriklarimiz iqlimning o'zgarishini hisobga olmasdan bunyod qilingani bugungi kunda ana shunday vaziyatlarga olib kelmoqda.
Qashqadaryo viloyatidagi shaharlarning ham rivojlanishida iqlimning va tabiiy sharoitning ta'siri juda yuqori bo'lgani bilan bu yerda antropogen landshaftlarning ta'siri ham bor. Antropogen landshaftlar shahar tuzilishi va rivojlanishida o'zining ijobiy va salbiy holatlarini namoyon qilgan. Iqlimning shaharlar tashkil topshida va rivojlanishida ta'siri yuqori bo'lib, ayniqsa havo harorati va namligi shamol rejimi va yo'nalishi, atmosfera yog'inlari singari iqlimning eng muhim elementlarini o'rni katta. Qashqadaryo viloyati iqlimining shakllanishida eng asosiy omil quyosh radiatsiyasi bo'lib, ushbu omil iqlimshunos olimlar tomonidan mamlakatimiz hududini cho'l-dasht, tog'oldi, tog' iqlim mintaqalariga ajratilishida asosiy mezon sifatida xizmat qilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Qurbonov P. R. Iqlim o'zgarishi sharoitida tekislik mintaqasi shaharlarining rivojlanish xususiyatlari (janubiy o'zbekiston misolida) //Экономика и социум. -2023. - №. 10 (113)-1. - С. 210-214.
2. Qurbonov P. O'zbekistonda urbanizatsiya jarayonlari rivojlanishmmg asosiy bosqichlari //Farg'ona davlat universiteti. - 2023. - №. 3. - С. 165-165.
3. Сaфaров И. Б., Рaсулов Ф. Социaльно-экономические проблемы и перспективы pa3Brnra городов Кaшкaдaрьинской облaсти //Экономии и социум. - 2024. - №. 1 (116). - С. 1304-1311.