Botirov Y.Z.
Qarshi davlat universiteti magistranti
QASHQADARYO VILOYAT SHAHARLARI RIVOJLANISHINING
TABIIY GEOGRAFIK VA GEOEKOLOGIK MUAMMOLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyati shaharlari rivojlanishining tabiiy geografik va geoekologik muammolari o 'rganilgan va tahlil qilingan. Qashqadaryo viloyati shaharlari rivojlanishini geoekologik muammolarini bartaraf qilish bo 'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: shahar, tabiiy geografik, geoekologik, urbanizatsiya, hududiy, ekologik muammo.
Baturov Y.Z.
Graduate of Qarshi State University
NATURAL GEOGRAPHICAL AND GEOECOLOGICAL PROBLEMS OF THE DEVELOPMENT OF RURAL PROVINCIAL
CITIES
Annotation: this article explores and analyzes the natural geographical and geoecological problems of the development of cities of the Kashkadarya region. Proposals and recommendations have been developed to eliminate geoecological problems of the development of the cities of the kashkadarya region.
Keywords: urban, natural geographical, geoecological, urbanization, territorial, environmental problem.
Urbanizatsiya-ijtimoiy, hududiy mehnat taqsimoti o'matilgan hamda dialektik va tarixiy chegaralangan va o'tish xarakteriga ega bo'lgan ko'pqirrali ijtimoiy-iqtisodiy va geografik jarayondir[2].
Fan-texnika taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish kabi jarayonlar ham urbanizatsiyaga ma'lum ma'noda ta'sir qiladi. Ayni vaqtda urbanizatsiya ekologik muhitga o'zining ta'sirini ko'rsatadi. Jumladan, bu jarayon rivojlangan mintaqalarda ekologik muhitning buzilishida kuzatiladi. Chunki, urbanizatsiya darajasi yuqori bo'lgan mintaqalarda sanoat korxonalari, zavod va fabrikalarning keng ko'lamda tashkil etilishi, ularning yuqori ko'rsatkichlarda hududiy mujassamlashuvi atrof-muhitga sezilarli ziyon keltiradi. O'zbekiston Respublikasi mustaqillik davrining dastlabki yillarda shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ayrim muammolar yuzaga keldi. Ayniqsa, bu muammolar yirik, asosan og'ir sanoat tarmoqlariga ixtisoslashgan shaharlarda biroz jiddiy tus oldi ularning iqtisodiy rivojlanish ko'rsatkichlari pasaydi, ijtimoiy va ekologik masalalarni hal etish ham muhim bo'lib qoldi.
Respublikada tabiiy geografik va geoekologik muammolar ko'zga yaqqol tashlanadi. Bu muammolarni bartaraf etish uchun bir qancha keng ko'lamli ishlarni amalga oshirilmoqda. Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Toshkent, Namangan, Andijon, Farg'ona viloyatlarida tabiiy geografik va geoekologik muammolar ularning sanoat shaharlarida uchrab turibdi. Qashqadaryo viloyatining shaharlarida toza ichimlik suvining yetishmasligi, Surxondaryo viloyatida esa, shamollarning ta'siri, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida ob-havoning noqulayliklari, Toshkent shahrida aholining zichligi atmosferaning ifloslanishi, shovqin-suron kunlarning ko'p bo'lishi, Toshkent viloyatida esa, sanoat korxonalaridan chiqayotgan chiqindilar, shahar infratuzilmasiga va aholiga juda ham yomon ta'sir ko'rsatmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshidagi sog'liqni saqlash Umumjahon tashkiloti dunyoda tinchlikni saqlash muammosidan keyin ikkinchi muammo -shahar muammosi deb xulosa qiladi. AQSHda 1960—1970 yillar ichida shahar aholisi taxminan 20 % ga ko'paydi. 1970-yili har to'rt amerikalikdan uchtasi shaharlik edi. Angliya, GFR, Yaponiya, Daniya, Shvetsiya, Niderlandiya va boshqa bir necha taraqqiy etgan kapitalistik mamlakatlarda shahar aholsining salmog'i 80 % dan oshib ketdi. Har yili ko'plab dehqon xo'jaliklari barbod bo'lmoqda va yuz minglab qishloq aholisi shaharlarga ko'chib kelmoqda.
Bugungi kunda dunyoda juda ko'p mummolar uchramoqda. Shaharlarimizning bugungi kundagi muammolarini bartaraf etishda bir qancha qonun-qoidalarni ishlab chiqish va amalda tatbiq qilish bilan ifodalanadi. Shaharlarimizda dunyoda bo'layotgan tabiiy geografik va geoekologik muammolarning borligi bizning oldimizga bu muammolarni yechish masalasini qo'yadi. Hozirgi kunda shaharlarda atmosfera havosining ifloslanishi, shovqin-suronli kunlarning ortib borayotganligi, aholi o'rtasida irqiy mojarolarning kelib chiqayotganliklari, shaharlardagi sanoat korxonalaridan chiqayotgan zaharli birikmalarning haddan tashqari ortayotganligi, shaharda ahloqiy buzuqlik, jinoyatchilikning sonining kundan-kunga ortib, aholiga zarar keltirayotganligi, bugungi shaharlarning oldiga ulkan muammolarni yechish va ularga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifalarini qo'yadi.
Shahar va uning xo'jaligidagi zavod-fabrikalar, transport vositalari va boshqalarning atrof muhitga ta'siri juda kuchli bo'lishi tabiiy, bu hol shaharlarda shart-sharoitlarni ham tubdan o'zgartirib yuborishi mumkin. Aksincha, atrof-muhitning musaffo bo'lishi ijtimoiy mehnat samaradorligini ko'tarish va aholi farovonligini yaxshilashda muhim rol o'ynaydi. Atrof muhit musaffoligining, qisman bo'lsada, buzilishi, tabiiy boyliklarning chegaralanganligi shahar rivojiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Masalan, shahar uchun zarur bo'lgan hududning kamligi shaharning kengayishiga to'sqinlik qiladi, natijada turarjoy binolari zichlashib ketadi, bu esa shaharda geoekologik muommolarni ko'payishiga sabab bo'ladi. Shaharlarning rivojlanishiga antropogen omillarni ham ta'siri kuchayib bormoqda.
Qashqadaryo viloyati shaharlarida ekologik va tabiiy geografik muammolar talaygina. Bu muammolarni viloyatdagi barcha shaharlarda uchratish mumkin.
Ularning yechimini topishda bir qancha amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Bunday muammolar Kasbi, Koson, Mirishkor, Nishon, Muborak kabi shaharlarda yaqqol ko'zga tashlanadi.
Kasbi, Koson, Mirishkor kabi shaharlarda yangi o'zlashtirilgan yerlarni ishdan chiqishi bu tabiiy geografik muammolardan biri bo'lgan sho'rlanish, tuproqlarning eroziya uchrashi, botqoqlanish kabi muammolarni keltirib chiqarmoqda. Yangi o'zlashtirilgan yerlar tezda ishdan chiqmoqda. Bu esa shaharlarda o'z ta'sirini o'tkazmasdan qolmaydi. Buning oldini olish uchun shahar atrofida ko'kalamzorlashtirish ishlarini olib borish shahar atrofida daraxtzorlar va o'simliklarni ko'paytirish ishlarini amalga oshirish kerak bo'ladi. Bu shaharlardan ko'tarilgan tuzlar va changlar shahar atrof muhitiga juda katta salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Ekologik muammolarni bartaraf etish va ularga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Undan tashqari Muborak gazni qayta ishlash zavodi shaharning keng taraqqiy etishi shaharning turmush tarzini bir tarafdan yaxshilagan bo'lsa, ikkinchi bir tarafdan shahar atrofi va undagi aholiga zarar ham keltirmoqda. Muborak gazni qayta ishlash zavodidan chiqayotgan zaharli gazlar inson salomatligi uchun o'ta xavflidir.
Cho'l bag'rida qad rostlagan bu shahar bugungi kunda eng yirik gazni qayta ishlash zavodi bo'lishiga qaramay, ekologiya juda katta miqdorda zaharli birikmalarning chiqib ketishiga sabab bo'lmoqda. Bu yerda aholining sog'ligi bilan bo'lgan muammolar juda qiynab kelmoqda. G'uzor shahridagi Sho'rtan neftni va gazni qayta ishlash zavodi shahar rivojlanishida juda katta turtki bo'ldi. Sanoatning rivojlanishi shaharning yanada barg urib rivojlanishiga va shakllanishiga turtki bo'lgan bo'lsa, uning shaharga beradigan salbiy oqibatlarini ham ko'zdan yiroqda qoldirmaslik kerak bo'ladi. G'uzor shahrida eng katta geokologik muammolardan biri suv muamosi, havoning ifloslanishi, sho'rlanishning yuqoriligi bilan alohida ajralib turadi. Sho'rtangaz zavodining qurilishi bir qancha qulayliklarning ketidan anchagina muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Eng katta muammolardan biri bu shahar havosining keraksiz zaharli gazlar bilan ifloslanishidir. Shaharlarda, birinchi navbatda, sanoat taraqqiy etgan yirik shaharlarda bosh ekolog lavozimini joriy etish kerak bo'ladi. Har bir shahar, har bir korxona atrof muhitni muhofaza qilishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilashi va ularning so'zsiz bajarilishi ustidan nazorat o'rnatish kerakligi. Atrof muhitni buzganligi uchun katta miqdorda jarimalar olish qator xorijiy mamlakatlarda qo'llanib kelmoqda. Bugun yuksalib borayotgan davlatlarda shahar atrof muhitini muhofaza qilish bo'yicha bir qancha ishlar amalga oshirilayotgani so'zimizning isbotidir.
Qashqadaryo viloyatidagi ko'pchilik shaharlarda ekologik muammo bu toza ichimlik suvi bilan bog'liqdir. Bu muammoni hal qilish uchun suvni chuchuklashtirish qurilmalarini amalga joriy qilish va ularni qo'llab shaharni toza ichimlik suvi bilan ta'minlash muammosini hal qilish birinchi vazifalardan biridir. Shahar havosining buzilishi yirik shaharlardagi haroratni birmuncha isitib yuborishi ham mumkin. Ko'p qavatli binolar va transport vositalaridan keladigan
issiqlikning tez tarqalib ketishining qiyinligi tufayli shunday hodisa yuz beradi. Shaharlarda atmosfera havosi va suv manbalarining ifloslanishi shaharda istiqomat qilish uchun zarur bo'lgan muayyan shart-sharoitlarni yomonlashtiradi, uning iqtisodiy taraqqiyot darajasini pasaytiradi, ijtimoiy soha tarmoqlari darajasini zaiflashtiradi. Shaharlarda tabiiy muhitning, qisman bo'lsa-da, ifloslanishi kishilar sog'ligiga, yashash sharoitiga, aholining farovonligiga katta ta'sir ko'rsatadi.
Jahon olimlari fikricha, katta shaharlardagi shovqin-suron inson umrini o'rta hisobda 8—12 yilga qisqartirar ekan. Yana shu narsa aniqlanganki, shovqin-suron kuchli bo'lgan ko'chalardagi maktablarda o'qiydigan bolalarning o'zlashtirishi shovqinsiz, tinch joylardagi maktab bolalarnikiga qaraganda ancha past bo'ladi. Shaharlarning rivojlanishida quyosh radiatsiyalarining, shamollarning, atmosfera havosining, havo massalarining ta'sir juda yuqori. Shaharlarni barpo qilishda har bir detalga diqqat qaratishimiz kerak bo'ladi. Mashhur nemis olimi Robert Kox "Bir zamonlar kelib inson vabo va o'latga qarshi qanchalik shavqatsizlik bilan kurashgan bo'lsa, shovqin-suronga qarshi ham ana shunday qatiyat bilan kurashadi', degan edi[1].
Mintaqa urbanistik va hududiy urbanistik tarkibini takomillashtirish, turli miqyosidagi hududlarning shaharlar bilan ta'minlashini yaxshilash, qishloq joylar urbanizatsiyasini rivojlantirish; shaharlar funksional tuzilishini mustahkamlash va shu maqsadda ularni bozor sharoitiga moslashuvini jadallashtirish (investitsiya muhitini yaxshilsh, qo'shma korxonalar qurish, eksport salohiyatini ko'tarish), yangi shaharchalar, yangi agroshaharchalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta'minlash; shaharlarning murakkab hududiy tizimini, jumladan shahar aglomeratsiyalarini shakllantirish, viloyatlar va mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi faollashtirish maqsadida o'sish qutb va markazlarini aniqlashtirish; shahar hosil qiluvchi tarmoqlarni deversifikatsiyalash, ishlab chiqarish jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish; urboekologik muammolarni hal etish, shaharlar va yo'llar tizimini mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy negizi sifatida rivojlantirilishi va hokazo. Yuqoridagi shahar va urbanizatsiyaga tegishli iqtisodiy geografik muammolarni ilmiy asoslangan yechimi eng avvalo mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi va konsepsiyasini ishlab hamda ularni amalga oshirish bilan bevosita bog'liq.
Ayni vaqtda Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarning cho'l zonasi, ya'ni Qarshi va Surxon-Sherobod cho'llari namgarchilik va suv resurslarining yetishmasligi sababli aholi joylashuvi va shaharsozlik nuqtai nazardan qulay emas. Xususan, global iqlim o'zgarishi natijasida tobora isib borayotgan hududning jazirama issiq va quruq havosi shaharlar qurilishi va aholi yashashi uchun katta qiyinchiliklarni vujudga keltirmoqda. Shaharlarni tabiiy iqlim sharoiti keskin o'zgarib binolarni qurishda va ularni barpo etishda biroz qiyinchiliklarga duch kelmoqdamiz. Mamlakatimizning barcha shaharlarida yashil zonani tashkil qilish har bir shaharlarimizga ko'kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish bo'yicha bir qancha ishlarni qilish maqsadga muvofiq. Shaharlarimizda yashil
maskanlarimiz va daraxtzorlar maydonining qisqarib borishi, keng ko'lamli qurilish ishlari, avtomobillar va sanoat korxonalari tomonidan atmosferaga chiqarilayotgan karbonat angidrid gazining miqdori ortib borishi Termiz, Qarshi, Muborak, Koson, Yangi-Nishon va boshqa shaharlarda yoz oylarida harorat rekordlari har yili yangilanib bormoqda.
Bu tekislik hududlarida barpo bo'lgan shaharlarning investitsion jozibadorligiga, ichki qishloq-shahar migratsiyasi jarayonlariga, aholi salomatligiga, iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Shaharlarda toza atmosfera muhitini yaratish maqsadida shaharlarimizda toza transport vositalarini ko'paytirish, shu jumladan keng jamoatchilik uchun qulay bo'lgan veloyo'lakchalar tashkil etish ishlarini yanada rag'batlantirish; Qashqadaryo viloyatidagi Qarshi, Muborak, Koson, Talimarjon, Beshkent, Yangi Nishon shaharlari va Mug'lon, Yangi Mirishkor, Po'loti, Jeynov kabi o'nlab shaharlarning qulay mikroiqlimini yaratish, tabiiy drenaj hisoblangan ko'p yillik daraxtlarni mutlaq kesilishini ta'qiqlash; keyingi yana bir masala barcha aholi maskanlarida suv resurslaridan oqilona foydalanish, jumladan, Qarshi, Koson, kabi yirik shaharlarda kanalizatsiya va sug'orish tizimlarida suvni qayta ishlab foydalnishni yo'lga qo'yish maqsadga muvofiqdir, Mamlakatimzdagi aksariyat shaharlarimizning muammolari tabiiy omillar bilan bog'liq. Shaharlarni ekologik toza muhitda rivojlantirmoqchi bo'lsak, birinchi navbatda shaharlarni toza transport vositalarini ko'paytirish kerak, undan keyin esa, shaharlarda insonlar uchun qulay bo'lgan veloyo'laklarini barpo etib, tabiatga bo'lgan ta'sirimizni biroz bo'lsada kamaytirish kerak. Bugungi dunyo yuzida rivojlanib borayotgan shaharlarning oldiga eng katta muammolardan biri dunyo yer yuzasining isib borishi eng yirik muammolardan biri sifatida shakllanishidir.
Bugungi kunda Koson, Muborak, Yangi Nishon, Mirishkordagi muammolar bir holatda emas, har bir shaharda har xil muammolar uchraydi. G'uzor, Kitob, Shahrisabz kabi shaharlarida esa muammolar umuman yangi yerlarni o'zlashtirilgan shaharlardan farq qiladi. Mamlakatimizda esa, bu geoekologik muammolar 12 viloyat va uning shaharlarida ta'sir doirasiga bog'liq holatda rivojlanmoqda. Yana shuni ta'kidlab o'tish joizki global iqlim o'zgarishi bilan bog'liq muammolar bu tabiiy iqlim sharoitining o'zgarishi, issiqxona samarasi, kabi muammolar bugungi dunyoning asosiy muammolaridan biri hisoblanmoqda.
Dunyoning shaharlarni kichik va o'rta shaharlarini taraqqiyoti oldida turgan muammolarni hal etishda, ayniqsa, ularda mavjud bo'lgan ishchi kuchlarini harakatga keltirish bunday shaharlarda yirik shaharlarda mavjud bo'lgan sanoat korxonalari va birlashmalarning ayrim filiallari hamda sexlarni tashkil etish va ishga solish maqsadga muvofiq bo'ladi. Shunday qilib mamlakatimizdagi barcha viloyatlaridagi shaharlarda bu kabi ishlarni olib borish va ularni amaliyotga tadbiq etish kerak bo'ladi. Viloyatda shaharlarni rivojlantirish ularni shakllantirish shaharning moddiy iqtisodiy bazasiga ham bog'liq.
Adabiyotlar
1. Ahmedov E. O'zbekiston shaharlari mustaqillik yillarida. T.: Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashr., 2002. -224 b.
2. Qurbonov P. R. Iqlim o'zgarishi sharoitida tekislik mintaqasi shaharlarining rivojlanish xususiyatlari (janubiy o'zbekiston misolida) //Экономика и социум. -2023. - №. 10 (113)-1. - С. 210-214.
3. Qurbonov P. O'zbekistonda urbanizatsiya jarayonlari nvojlanishmmg asosiy bosqichlari //Farg'ona davlat universiteti. - 2023. - №. 3. - С. 165-165.
4. Qurbonov P. R. Botirov YZ. Qashqadaryo viloyati shaharlari rivojlanishida iqlimning o'rni// Экономии и социум. - 2024. - №. 10(125)
5. Сaфaров И. Б., PacyroB Ф. Социaльно-экономические проблемы и перспективы pa3Bm^ городов Кaшкaдaрьинcкой облacти //Экономии и социум. - 2024. - №. 1 (116). - С. 1304-1311.
6. Safarov I. B., Rasulov F. I. Development of social spheres in the cities of Kashkadarya region //Educational Research in Universal Sciences. - 2024. - Т. 3. - №. 4. - С. 85-90.