QARSHI CHO'LINI O'ZLASHTIRISH SABABLARI VA AHAMIYATI (1950-1980-yy.)
Raximov Asror Eshonqulovich
O'zMU, mustaqil tadqiqotchi https://doi.org/10.5281/zenodo.12620060
Ma'lumki, har qanday hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga uning tabiiy geografik joylashuvi ta'sir qiluvchi asosiy omillardan biri bo'lib hisoblangan. Qarshi cho'li tarixini, xo'jalik an'analarini bilish hamda o'zlashtirilish tarixini tadqiq etish, kelajakda mazkur hududda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning oldini olish yoki ularni bartaraf etish uchun muhim strategiyalarni ishlab chiqib, amaliyotga joriy qilish imkoniyatini berishi mumkin.
Tezisni tayyorlash jarayonida, tarix fanida ilmiy tadqiq etishning eng muhim bo'lgan-ilmiylik, tarixiylik, tarixiy jarayonlarga xolislik bilan munosabatda bo'lish, voqealar uzviyligi, faktlarni o'zaro qiyosiy taqqoslash, shuningdek, xulosa chiqarishda mantiqiy yondoshuv kabi metodlardan foydalanilgan holda, sovet hokimiyati yillarida Qarshi cho'lini o'zlashtirilishi sabablari va ahamiyati tadqiq etildi. Shuningdek, O'zbekiston Milliy arxivining R-2743-jamg'armasida saqlanayotgan manbalardan samarali foydalanildi.
O'zbekistonda qo'riq yerlarni o'zlashtirish va paxta yetishtirishga bo'lgan jiddiy e'tibor 1956-yildan Mirzacho'l qatorida Qarshi cho'lini o'zlashtirishga ham qaratildi. Mazkur masalada Sharof Rashidov KPSS Markaziy Komitetining 1962-yil mart oyi Plenumida "Qarshi cho'li bamisoli katta xazinadir. Ma'lumki, g'o'zani o'sishi uchun, asosan, ikki muhim shart: issiqlik va suv bo'lishi kerak. Qarshi cho'lida issiqlik ham, suv ham respublikamizning boshqa har qanday rayonlariga qaraganda ko'p [CHyrnHeB: 9-10]" degan edi.
"rnaecpeda3upcoexo3cmpou"ga (1957-1971 -yillar) rahbarlik qilgan, irrigator Akop Abramovich Sarkisov (1907-1971) Qarshi cho'lini o'zlashtirishning ahamiyati haqida 1966-yilda shunday degan edi: "Respublikada paxta yetishtirish uchun qo'riq yerlar orasida, tabiiy sharoitlariga ko'ra, Qarshi cho'li yerlaridan yaxshiroq yoki unga teng keladigan va kamroq xarajatlarni talab qiladigan yerlar yo'q, chunki eng yaxshi yerlar o'zlashtirilib bo'lingan. Qarshi cho'lini sug'orish katta xalq xo'jaligi ahamiyatiga ega, chunki u iqlim sharoitiga ko'ra mamlakatning ingichka tolali paxta navlarini yetishtirishga yaroqli asosiy obyektlaridan biri hisoblanadi [Y3MÂ, P-2743-^aMrapMa, 1-pyiïxaT, 581-HHFMa^H^g, 32-33-BapaK.ap]". Shuni ham ta'kidlab o'tdiki: "Qarshi cho'lining 200 ming gektar (birinchi navbatidagi) maydonini sug'orish, O'zbekistonning qadimdan sug'oriladigan hududlarida (Andijon, Farg'ona, Xorazm va boshqalar) paxta-bedani almashlab ekishni joriy etish va katta maydonlarda tuproq unumdorligining pasayishiga, ekinlarning vilt va boshqa kasalliklarga uchrashiga olib kelayotgan amalda shakllanayotgan paxta yakkahokimligini yo'q qilishda ham muhimdir [Y3MÂ, P-2743-^aMFapMa, 1-pynxaT, 581-HHFMa^H.g, 3-33-Bapa^.ap: 34]". Mirzacho'lni o'zlashtirish jarayonlarida tajriba va obro'ga erishgan A. Sarkisovning fikrlari, keyinchalik, Qarshi cho'lini o'zlashtirish jaryonlarida ahamiyatli bo'lgan.
A. Sarkisov: "Qurilish muddati 10 yildan ortiq bo'lgan yerlarni sug'orish va o'zlashtirish obyektlarini loyihalash tajribasi shuni ko'rsatdiki, birdaniga butun hudud uchun loyiha vazifasini tuzish maqsadga muvofiq ish emas. Tig'iz muddatlarda loyihalar dala tadqiqotlari va tadqiqot ma'lumotlari bilan yetarli darajada asoslanmagan bo'lib qoladi, loyihalarning o'zi esa o'ta beso'naqay bo'lib chiqadi, qabul qilingan ko'rsatmalarning aksariyat qismi eskirib, o'zgarishlarni talab qiladi", deb ta'kidlagan. Qarshi cho'lini o'zlashtirilishi tarixida A.
Sarkisovning o'rni alohida bo'lib, cho'lni o'zlashtirish jarayonlarida uning yuqori tashkilotlarga bergan takliflari amalda Markaz tomonidan qo'llab-quvvatlangan. Qarshi cho'lini o'zlashtirilish jarayonlari uzoq muddat vaqt talab qilishini hisobga olgan holda, ma'lum bir vaqt oralig'ida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar uchun alohida loyihalar ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etib borilgan.
Ta'kidlash joizki, 10 yil ichida (1966-1976-yy.) Qarshi cho'lida 200 ming gektar yangi yerni qishloq xo'jaligi aylanmasiga kiritish rejasi respublika uchun o'ta murakkab va dolzarb vazifa bo'lgan bo'lsa-da, "Sredazgiprovodxlopok" instituti Qarshi cho'lida sug'orish va yerlarni o'zlashtirishning birinchi navbati loyihasini ishlab chiqqan [C.Â3H30b: 3].
SSSR Gosplanining Davlat ekspert komissiyasining 1966-yil 2-iyuldagi 13-son "Qarshi cho'li yerlarini sug'orish va o'zlashtirishning Bosh sxemasi" to'g'risidagi Qarorida Qarshi cho'lining yuqori hududidagi 200 ming gektar yerni (o'zlashtirilishi rejalashtirilgan yerlarning birinchi navbati) Amudaryodan suv bilan ta'minlash imkoniyatidan kelib chiqib, shuningdek, mahalliy mehnat resurslarining mavjudligini hisobga olgan holda 1976-yilgacha sug'orish va o'zlashtirishni tavsiya qilgan [Y3MÄ, P-2743-^aMrapMa, 1-pyßxaT, 581-HHFMa^H.ng, 32-33-Baparç.nap: 80].
KPSS MK va SSSR Ministrlar Sovetining 1966-yil 16-iyundagi 465-sonli Qarorida "Don va boshqa qishloq xo'jalik ekinlaridan yuqori va barqaror hosil olish uchun melioratsiyani keng rivojlantirish to'g'risida" O'zbekistonda 1966-1970 va 1971-1975-yillarda sug'orish irrigatsiya-melioratsiya tayyorgarlik ishlari olib boriladigan yangi sug'oriladigan yerlarning quyidagi maydonlari ko'rsatilgan: (ming gektarda).
1966-1970-yy. 1971-1975-yy.
Jami (ming gektar) Sholi ekishga (ming gektar) Ittifoqqa bo'ysunuvchi tashkilotlar bajaradigan (rnaecpeda3upcoexo3cmpoü) Jami (ming gektar)
500 50 200 600-700 o'rtacha 650
Mazkur qarorda 1971-1975-yillarda O'zbekiston bo'yicha sug'orish va o'zlashtirish ko'zda tutilgan 650 ming gektar yangi yer maydonlarining 400 ming gektarini respublika Gosplani dastlabki rejalariga ko'ra, "rnaecpeda3upcoexo3cmpoü" tomonidan O'zbekiston hududidagi ikki obyekt-Mirzacho'l va Qarshi cho'lida rejalashtirgan [Y3MÄ, P-2743-«aMFapMa, 1-pyiïxaT, 581-HHFMa^H.ng, 32-33-Baparç.nap: 81]. Yuqoridagi jadvalda ko'rinib turibdiki, respublikada 1970-1980-yillarda Qarshi cho'lini o'zlashtirish paxtachilikning rivojlanishida dolzarb ahamiyat kasb etgan. Aynan bu hududda paxtachilikni rivojlantirish imkoniyatlarini boshqa hududlar bilan taqqoslab bo'lmas edi.
SSSR Gosplanining Davlat ekspert komissiyasi ma'lumotlarida: "O'zbekiston SSR tarkibida paxtachilikni yanada rivojlantirish uchun sug'orishni rivojlantirish mumkin bo'lgan yirik obyektlardan eng qulayi va yetarlicha o'rganilgani Qarshi cho'lidir" deb ta'kidlangan [Y3MÄ, P-2743-^aMFapMa, 1-pyMxaT, 581-HHFMa^H.ng, 32-33-Baparç.nap: 81]. Shuningdek, Qarshi cho'lida sug'orish rejalashtirilgan birinchi navbatdagi 200 ming gektar maydonni o'zlashtirish mahalliy mehnat resurslari bilan ta'minlanganligi, bu esa ushbu obyekt yerini o'zlashtirishda aholini ko'chirish ishlari qo'shimcha qiyinchiliklar tug'diradigan boshqa obyektlardan foydali ravishda ajralib turgan [Y3MÄ, P-2743-^aMFapMa, 1-pyMxaT, 581-HHFMa^H^g, 32-33-Bapa^^ap: 82].
Qarshi cho'lidagi 200 ming gektar maydonni o'zlashtirishning birinchi navbati uchun xo'jaliklar ichki daromadlari hisobi bo'yicha kapital mablag'larning o'zini qoplash muddati 8 yilni tashkil etishi qayd etilgan, paxtani qayta ishlashdan davlat daromadlari hisobi buyicha
kapital mablag'larning o'zini qoplashi muddati 3-4 yil deb ko'rsatilgan [УзМА, Р-2743-жамгарма, 1-руйхат, 581-йигмажилд, 32-33-вараклар: 82].
KPSS Markaziy Komiteti va SSSR Ministrlar Sovetining 1965-yil 1-apreldagi 264-sonli qarori bilan mamlakatda 1966-1970-yillarda paxta yetishtirishning umumiy hajmi 28,1 mln tonna bo'lishi belgilangan, jumladan O'zbekiston SSRda 19,6 mln tonna-bu umumiy yetishtiriladigan paxtaning 70% ni tashkil etgan [УзМА, Р-2743-жамгарма, 1-руйхат, 581-йигмажилд, 32-33-вараклар: 83].
Paxta xomashyosi xaridining o'sishida Qarshi cho'liga muhim o'rin ajratilgan. 1966-1970-yillarda respublikada sug'orish va yangi yerlarni o'zlashtirish uchun tayyorlangan 500 ming gektarda va 1971-1975-yillardagi 600-700 ming gektarda Qarshi cho'lining ulushi 200 ming gektardan ziyod va shunga muvofiq xarid qilinadigan paxta xom ashyosining 20% ni tashkil etishi ko'rsatilgan [УзМА, Р-2743-жамгарма, 1-руйхат, 581-йигмажилд, 32-33-вараклар: 84].
Xulosa o'rnida shuni qayd etish joizki, sovet davlati O'zbekistonda paxtachilikni rivojlantirish uchun Qarshi cho'lini o'zlashtirishni o'z navbatida kechiktirib bo'lmas va uni boshqa obyekt bilan almashtirib bo'lmas darajada ahamiyatli deb bilgan.
Sovet hukumati Qarshi cho'lini o'zlashtirish hisobiga sug'oriladigan maydonlarining ko'payishi, almashlab ekishni joriy etish orqali paxta hosildorligini oshirish bilan bog'liq respublikadagi vaziyatni, ayniqsa, uzoq yillar davomida almashlab ekishsiz paxta yetishtirilgan Farg'ona vodiysi, Buxoro, Toshkent va boshqa viloyatlarning bir qator tumanlarida paxta yerlarini sog'lomlashtirish orqali tubdan yaxshilash imkonini berishni rejalashtirgan bo'lsa-da, amalda bunday bo'lmagan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Азизов С. Каршинская степь крупнейший объект советской ирригации // Гидротехника и мелиорация журнал.-№ 11. Ноябрь, 1968.-С. 3.
2. Йулчиев С. Бугун чул, эртага бустон // "Фан ва турмуш" журнали.-№ 9. Сентябрь, 1962. 9-10-бетлар.
3. УзМА, Р-2743-жамгарма, 1-руйхат, 581-йигмажилд, 32-33-вараклар.