Научная статья на тему 'QANDLI DIABET. TURLARI VAETIOLOGIYASI'

QANDLI DIABET. TURLARI VAETIOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Медицинские науки и общественное здравоохранение»

CC BY
8
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Diabetik koma / insulin / glikozuriya / betta hujayralar / autoimmun kasalliklar / stress / qondagi qand miqdori. / Diabetic coma / insulin / glucosuria / beta cells / autoimmune diseases / stress / blood glucose levels

Аннотация научной статьи по медицинским наукам и общественному здравоохранению, автор научной работы — Valiyeva Shohida Nasirovna, Mukhutdinova Nilufar Akhrorovna

Mamlakatimizda o’rta tibbiyot xodimlarini tayyorlash, malakasini oshirish tibbiyot muassasalarida hamshiralik ishini xalqaro andozalarga mos tarzda tashkil etish borasida zamonaviy tizim yaratilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ 102-son 2022yil 26 yanvardagi “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko’lamini kengaytirish chora tadbirlari to’g’risidagi qaroroi ijrosini ta’minlash maqsadida yaratildi. Yurtimizda tibbiyot sohasiga yetarli darajada e’tibor berilmoqda. Sog’lom barkamol avlodni voyaga yetkazishda yetuk saloxiyatli tibbiyot hodimlari muhim rol o’ynaydi. Prezidentimiz tashabbuslari bilan barpo etilayotgan tibbiy muassasalarining soni kundan kunga ortib bormoqda. Rivojlangan mamlakatlar bilan o’zaro aloqalar mustaxkamlanib bormoqda. Shu jumladan “Respublika o’rta tibbiyot va farmasevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazida” ham rivojlangan mamlakatlar bilan o’zaro hamkorlik shartnomalari tuzilmoqda. Masalan: Turkiya, Germaniya,Yaponiya, Koreya, Hindiston, Rossiya, Qirg’iziston, Xitoy shular jumlasidandir

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DIABETESMELLITUS. TYPES AND ETIOLOGY

A modern system has been established in our country for the training and professional development of mid-level healthcare workers, organizing nursing work in medical institutions according to international standards. This was created in accordance with theimplementation of the decree of the President of the Republic of Uzbekistan PQ 102 dated January 26, 2022, “Measures for improving and expanding the scope of the endocrinology service”.Sufficient attention is being given to the healthcare sector in our country. Competent healthcare professionals play a crucial role in raising a healthy and well-rounded generation. The number of medical institutions being built with the initiatives of ourPresident is increasing daily. Collaborative ties with developed countries are strengthening. In particular, the “Republic Center for Advanced Training and Specialization of Mid-Level Medical and Pharmaceutical Workers”is establishing cooperation agreements with developed countries. Examples include Turkey, Germany, Japan, Korea, India, Russia, Kyrgyzstan, and China

Текст научной работы на тему «QANDLI DIABET. TURLARI VAETIOLOGIYASI»

IF = 7.921

EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center 921 www.in-academy.uz

INFO

DIABETES MELLITUS. TYPES AND ETIOLOGY

Valiyeva Shohida Nasirovna

Teacher at the Republican Center for Advanced Training and Specialization of Secondary Medical and Pharmaceutical Workers Mukhutdinova Nilufar Akhrorovna Teacher at the Republican Center for Advanced Training and Specialization of Secondary Medical and Pharmaceutical Workers https://doi.org/10.5281/zenodo.14498504

ABSTRACT

Received: 09th December 2024 Accepted: 15th December 2024 Online: 16th December 2024

KEYWORDS Diabetic coma, insulin, glucosuria, beta cells, autoimmune diseases, stress, blood glucose levels.

A modern system has been established in our country for the training and professional development of mid-level healthcare workers, organizing nursing work in medical institutions according to international standards. This was created in accordance with the implementation of the decree of the President of the Republic of Uzbekistan PQ 102 dated January 26, 2022, "Measures for improving and expanding the scope of the endocrinology service". Sufficient attention is being given to the healthcare sector in our country. Competent healthcare professionals play a crucial role in raising a healthy and well-rounded generation. The number of medical institutions being built with the initiatives of our President is increasing daily. Collaborative ties with developed countries are strengthening. In particular, the "Republic Center for Advanced Training and Specialization of Mid-Level Medical and Pharmaceutical Workers" is establishing cooperation agreements with developed countries. Examples include Turkey, Germany, Japan, Korea, India, Russia, Kyrgyzstan, and China.

QANDLI DIABET. TURLARI VA ETIOLOGIYASI

Valiyeva Shohida Nasirovna

Respublika o'rta tibbiyot va farmasevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi o'qituvchisi Muxutdinova Nilufar Axrorovna Respublika o'rta tibbiyot va farmasevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.14498504

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 09th December 2024 Accepted: 15th December 2024 Online: 16th December 2024 KEYWORDS

Mamlakatimizda o'rta tibbiyot xodimlarini tayyorlash, malakasini oshirish tibbiyot muassasalarida hamshiralik ishini xalqaro andozalarga mos tarzda tashkil etish

IF = 7.921

EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center 921 www.in-academy.uz

Diabetik koma, insulin, glikozuriya, betta hujayralar, autoimmun kasalliklar, stress, qondagi qand miqdori.

borasida zamonaviy tizim yaratilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ 102-son 2022 yil 26 yanvardagi "Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko'lamini kengaytirish chora tadbirlari to'g'risidagi qaroroi ijrosini ta'minlash maqsadida yaratildi. Yurtimizda tibbiyot sohasiga yetarli darajada e'tibor berilmoqda. Sog'lom barkamol avlodni voyaga yetkazishda yetuk saloxiyatli tibbiyot hodimlari muhim rol o'ynaydi. Prezidentimiz tashabbuslari bilan barpo etilayotgan tibbiy muassasalarining soni kundan kunga ortib bormoqda. Rivojlangan mamlakatlar bilan o'zaro aloqalar mustaxkamlanib bormoqda. Shu jumladan "Respublika o'rta tibbiyot va farmasevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazida" ham rivojlangan mamlakatlar bilan o'zaro hamkorlik shartnomalari tuzilmoqda. Masalan: Turkiya, Germaniya,Yaponiya, Koreya, Hindiston, Rossiya, Qirg'iziston, Xitoy shular jumlasidandir.

Qandli diabet, qand kasalligi — organizmda insulin tanqisligi va moddalar almashinuvi buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasallik. Sharq xalq tabobat tarixida juda qadimdan ma'lum. Abu Ali ibn Sino bu dardga alohida e'tibor beradi Bu kasallik odam badanida issiqlikning oshib ketishi tufayli paydo bo'lishini bildiradi. Qand kasalligi tarixiy tibbiy manbalarga ko'ra, nasliy bo'lishi ham mumkin. Qandli diabetda qonda qand moddasi keskin ko'payib, siydik bilan chikib turadi (tarkibida qand moddasi bo'ladi), tashnalik, ozib ketish, quvvatsizlik, badan qichishishi va boshqalar alomatlar kuzatiladi.

Qandli diabetning turli xil turlari va uning kelib chiqish sabablari haqida bilimlarni o'rganish bu kasallikni tushunish va oldini olishga yordam beradi

Qandli diabet nima? Qandli diabet - bu tanadagi glyukoza miqdorini tartibga soladigan gormon - insulinning yetishmasligi yoki noto'g'ri ishlashidan kelib chiqadigan surunkali kasallik.

Glyukoza - bu tanamizning asosiy energiya manbai bo'lib, u ovqatdan olingan uglevodlardan hosil bo'ladi.

Qandli diabetning asosiy turlari

1-tip qandli diabet

Bu turdagi diabetda tananing insulin ishlab chiqarish qobiliyati buziladi.

2-tip qandli diabet

Bu turdagi diabetda tanadagi hujayralar insulinni samarali qabul qila olmaydi.

Gestatsion qandli diabet

Bu turdagi diabet homiladorlik paytida rivojlanadi va odatda tug'ilgandan keyin yo'qoladi.

1-tip qandli diabet

EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center 21 www.in-academy.uz

IF = 7.921

1-tip qandli diabetda tananing o'z insulinini ishlab chiqarish qobiliyati buziladi. Bu turdagi diabet odatda bolalik yoki yoshlikda rivojlanadi va hayot davomida insulinni qabul qilishni talab qiladi.

2-tip qandli diabet

2-tip qandli diabetda tanadagi hujayralar insulinni samarali qabul qila olmaydi. Bu turdagi diabet odatda kattalar yoshida rivojlanadi va ko'pincha vazn ortishi, jismoniy faollikning yetishmasligi va irsiy moyillik bilan bog'liq.

Gestatsion qandli diabet

Gestatsion qandli diabet homiladorlik paytida rivojlanadi va homiladorlik davrida tanadagi gormonlarning ta'siriga bog'liq. Bu turdagi diabet odatda tug'ilgandan keyin yo'qoladi, ammo keyinchalik 2-tip qandli diabetga aylanish xavfi yuqori.

Qandli diabetning har ikkala turida ham davolashdan asosiy maqsad iloji boricha qondagi qand miqdorini sog'lom kishilardagi ko'rsatkichga yaqinlashtirish, ya'ni kompensatsiya holatiga erishishdir. Qondagi qand miqdorini me'yorida saqlab turishning asosiy yo'li qondagi glyukozani iloji boricha teztez aniklash; bunday nazorat Qandli diabetning insulinga bog'liq lturida juda zarur. Uy sharoitida mustaqil holda qondagi glyukoza miqdorini aniqlashda maxsus reaktiv qog'ozlardan foydalanish mumkin. Buning uchun ukol igna yordamida barmoqdan bir tomchi qon reaktiv qog'ozga olinadi (qon qog'ozni bir chetidagi chiziqchalarga tushiriladi). Bir daqiqadan so'ng qog'ozdagi qon paxta bilan artib tashlanadi va yana bir daqiqa o'tgach, reaktiv qog'oz rangi shkala bilan solishtiriladi. Rangi eng yaqin bo'lgan shkala ko'rsatkichi shu qondagi glyukoza miqdorini mmol/l (mg%) da ifodalaydi. Xuddi shunday usulda uy sharoitida siydikdagi qand miqdorini ham bemorlarning o'zlari mustaqil maxsus reaktiv qog'ozlar yordamida aniqlashlari mumkin. Agarda qonda yoki siydikda glyukoza miqdori baland bo'lsa, darhol tegishli davo muolajalarini amalga oshirish lozim. Bulardan tashqari, bemorlar tana vaznlarini ham haftada bir marotaba nazorat qilishlari hamda uni o'z bo'yi, yoshi va kasbiga mos bo'lgan me'yorda saqlab turishlari kerak.

Qandli diabetning kelib chiqish sabablari

Genetika. Qandli diabetga moyillik irsiy bo'lishi mumkin.

Semirish. Ortiqcha vazn yoki semirish 2-tip qandli diabet xavfini oshiradi.

Turmush tarzi. Noaktiv turmush tarzi va noto'g'ri ovqatlanish 2-tip qandli diabet xavfini oshiradi.

Qandli diabetning klinik belgilari

Doimiy charchoq. Charchoq - bu glyukoza tanaga yetkazilmaganligi sababli paydo bo'ladi

Ko'p ichish. Tanadagi glyukoza siydik bilan chiqariladi, bu esa suv yo'qotilishiga olib keladi

Tez-tez siyish. Glyukoza siydik bilan chiqariladi, bu esa siydikning miqdorini ko'paytiradi

Ko'rishning buzilishi. Qondagi glyukoza miqdorining yuqori bo'lishi ko'rishning buzilishiga olib kelishi mumkin.

Qandli diabetda davo har bir bemorning umumiy ahvoli, kasallik alomatlari, qon, siydik tahlili va boshqalarga qarab tayinlanadi, u bosqichmabosqich olib boriladi. Davolanish muddati kasallikning og'ir yoki yengilligi, o'tkazib yuborilgan yoki yangiligi va turiga bog'liq.

IF = 7.921

EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center 21 www.in-academy.uz

Qandli diabetning oldini olish bo'yicha dasturlar ishlab chiqilgan. Masalan, AQShda Diabetni Oldini Olish Dasturi (DPP) diabet rivojlanish xavfi yuqori bo'lgan odamlarda kasallikning oldini olishda samarali bo'ldi. Bu dasturda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va qondagi shakar darajasini nazorat qilish asosiy yo'nalishlar sifatida belgilangan.

References:

1. Balabolkin M.I. Состояние и перспективы борьбы с сахарным диабетом. Проблемы Эндокринологии. 1997;43(6):3-9.

2. Klyuyeva К.Е. Сахарный диабет: история и современность. Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки» Журнал. Бюллетень медицинских интернет-конференций. 2016

3. Vakhidova A. M., Khudoyarova G. N., Khudzhanova M.A., Alimova O.B. «Pathoanatomic Changes in Helminthic Diseases of Karakul Sheep» Cell Biology 2022; 10(1): 25-30.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.