Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
QADIMIY GAZLAMALARNI SAQLASH MUAMMOLARI
d https://doi.org/10.5281/zenodo.7369336
Saidova Ziyoda Mirvosilovna
Kamoliddin Bexzod nomidagi MRDI katta o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada turli matolardan tikilgan kiyimlar va kostyumlarni saqlash, kimyoviy va fizik xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilish jarayonlarini aniqlashga qaratilgan.
Kalit so'zlar: tadqiqot, omil, mato, mulk, saqlash, jarayon, harorat, namlik, tabiiy va sun'iy muqaddaslash.
Статья посвящена малоизученной проблематике, сохранения тканей и костюмов сшитых из разных тканей, проведения сравнительного анализа химических и физических свойств и выявления установки процессов сохранения.
Ключевые слова: исследование, фактор, ткань, свойство, хранение, процесс, температура, влажность, естественное и искусственное освящение.
Article is devoted to a poorly studied perspective, preservations of the fabrics and suits sewed from different fabrics, carrying out the comparative analysis of chemical and physical properties and identification of installation of processes of preservation.
Keywords: research, factor, fabric, property, storage, process. temperature, humidity, natural and artificial consecration.
Gazlamalarning kelib chiqish tarixi uzoq o'tmishga borib taqaladi. Buni biz arxeologik topilmalar, qadimiy tasviriy va amaliy san'at namunalardagi tasvirlardan bilishimiz mumkin. Qadimiy gazlamalarning o'zi esa, juda kam miqdorda bo'lib, faqat yaqin o'tmishga taalluqlilari bizning davrimizgacha yetib kelgan. Gazlamalar o'tmishda tabiiy tolalardan, hayvonlarning yungidan, qo'lda yoki to'quv dasgohlarida to'qilgan, pardozlangan va ular tez eskirish xususiyatiga ega.
MUHOKAMA
Jun va tabiiy ipak gazlamalarning tarkibida oqsillarga o'xshab, ko'pgina aminokislotalar birlashib tuzilgan bo'lib, ular pektid bilan bog'lanib yuqori
AННОТAЦИЯ
ABSTRACT
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
polimerlash makro molekulalar birikmasiga - ipak- fibroin, va jun kerotiniga aylanadi. Fibroin va kerotin organik eritmalar kislotalarga chidamli, lekin yorug'lik, bakteriya va zamburug'larga chidamsiz bo'ladi. Jun va tabiiy ipak gazlamalarning tarkibida oqsillarga o'xshab, ko'pgina aminokislotalar birlashib tuzilgan bo'lib, ular -CO-MH-pektid bilan bog'lanib yuqori polimerlash makro molekulalar birikmasiga - ipak-fibroin, va jun - kerotinga aylanadi. Fibroin va kerotin organik eritmalar va kislotalarga chidamli, lekin yorug'lik bakteriya va zamburug'larga chidamsiz bo'ladi.
Ipak fibroini esa yorug'likka juda ta'sirchan. O'simlik tolalarga paxta, kanop, kanoptola va boshqalar kiritiladi. Sellyuloza C6 H7 O2 (OH)3 - o'simlik tolalarni asosi. U shelog, namlik, quyosh nurlariga va organik eritmalarga chidamli lekin mineral kislotalar unga zarar keltiradi. Ipak fibroini esa yorug'likka juda ta'sirchanligi aniqlangan [1]. Gazlamalar mineral yoki o'simlik buyoqlar bilan bo'yalgan bo'lib, ular oltin, kumush, dur va qimmatbaxo toshlar bilan bezatilgan.
Tadqiqot jarayonida gazlamani saqlash jarayonlari o'rganildi. Buning uchun avvalambor gazlamalarning fizikaviy va kimyoviy xususiyatlari, qanday tayyorlanishi, turlari, ularning shikastlanishiga olib keladigan sabablar har tomonlama o'rganib chiqilishi lozimligi aniqlandi.
Ularni saqlash nihoyatda murakkab masalalardan hisoblanadi. Gazlamalarda doimiy ravishda eskirish jarayoni kuzatilishi tabiiy va uni to'xtatib bo'lmaydi, faqat buni sekinlashtirish va minimumga tushirish mumkin xolos. Saqlash jarayonida asosiy o'rinni iqlim egallaydi - bu xarorat, namlik yoritish va tozalik uyg'unligidir. Parorat - namlik tartibining beqarorligi, turli fasllarda keskin o'zgarib turishi gazlamalarning eskirish jarayonini tezlashtiruvchi asosiy omillardan biridir.
Harorat va namlik darajasining gazlamaga ta'sir kuchi va tavsifi, ko'plab omillarga bog'liq bo'lib, gazlama tayyorlangan material, uning tuzilishi, turgan muhiti shular jumlasidandir. Gazlama va undan qilingan buyumlar ham yuqori, ham past namlikdan talofat ko'radi. Bu narsalar saqlanayotgan joydagi havoni ifloslanishiga qarshi kurashish, shuningdek harorat-namlik tartibining zarur parametrlarini saqlab turish uchun havoni changsizlashtiradigan, tozalaydigan, haroratni, namlikni me'yorida ushlab turadigan zamonaviy uskunalardan foydalaniladi. Harorat-namlik tartibini nazorat qilish psixometr, gigrometr, termometr yoki o'zi yozuvchi uskunalar gigrograf va termograflar yordamida amalga oshiriladi.
Bizning davrimizgacha yetib kelgan gazlamalar orasida turli ko'rinishdagi gazlamalar va ulardan tikilgan liboslar mavjud. Gazlamalar iplarning o'rilishi, ularning eni, pardoz turlari, ishlatilishi bilan bir-biridan ajraladi va ularning pishiqlik,
NATIJA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
kirishuvchanlik, cho'ziluvchanlik, qalinlik xossalari bor. Gazlamalarning pishiqligi tanda va arqoq iplarining pishitilishi va o'rilishiga bog'liq [2].
Tadqiqot jarayonida aniqlanishicha, har xil turdagi gazlamalardan tashqari, har xil usulda ishlangan gazlamalar ham mavjud. Naqsh bilan bezatilgan, bo'yalgan gazlamalar, har xil chok uslublarida tikilgan kashtalar, kundalik va bayram kiyimlari uchun moslangan gazlamalar va xokazo.
Gazlamalar, ayniqsa kashtalarga ko'pincha yaltiroq iplar, munchoklar, qimmatbaho toshlar va boshqa bezaklar bilan ishlov berilgan. Gazlamalarning turi va ulardagi bezaklarning xilma xilligi tufayli ularni saqlashda tashqi muhitning ta'siri ham kuchli bo'ladi. Gazlama va ulardan tikilgan liboslarning shikastlanishiga olib keladigan sabablar har xil. Ulardan biri tolalarning yorug'lik va issiklik yordamida kislorod bilan okisni zamburug' va kuya kapalaklarni ta'siri va havodagi gazlar ta'siridan kelib chiqadigan destruktsiya xolati [3]. Bunday omillar ta'siridan gazlamalarning tolalari keyinchalik kukunga aylanishi mumkin.
Gazlamalarning tabiiy eskirishini oldini olish uchun, yorug'lik tartibiga ham rioya qilish zarur. Yorug'lik ta'sirida, ayniksa, ultrabinafsha nurlari ostida, gazlamalar bilan fotokimyoviy o'zgarishlar sodir bo'lishi ular oqarishi yoki rangsizlanishi mumkin. Ayniqsa, tabiiy yorug'lik ta'siri kuchli yemiruvchilik xususiyatiga ega. Yorug'lik tartibi gazlamaning rangi va saqlanganlik darajasiga qarab o'rnatiladi. Gazlamalar saqlanadigan xonaga 50-75 lyuks atrofida yorug'lik berish tavsiya etiladi. Yorug'likka eng ta'sirchan gazlama bu ipak, kanop tolalari hisoblanadi.
Gazlamalarni shikastlanishiga olib keladigan omillardan eng asosiysi-bu ultrabinafsha nurlariga boy bo'lgan quyosh nuri. Bu nurlar ta'sirida ozon va vodorod hosil bo'lib, tolalarni va ularni kimyoviy-fizikaviy xususiyatlarini o'zgarishga olib keladi. Buyoklardan esa anilik bo'yoqlar yorug'likka juda ta'sirchan bo'ladi. Anilik bo'yoqlar XIX asrning ikkinchi yarmidan ishlatilib kelinmoqda. By vaqtgacha bo'yoqlarni tayorlashda turli o'simlik va minerallar ishlatilar edi. Ular yorug'likka chidamsiz bo'lib, suvda tez yuvilib ketardi.
Namlik yuqori ko'rsatkichni ko'rsatganda tolani buzilishiga havodagi xlor, ammiak na oltingugurt gazlar sababchi bo'ladi. Oltingugurt gazi tosh ko'mirni yonishida hosil bo'lib, suvda erigandan keyin oltingugurt kislotaga aylanadi. Bunday kislota ayniqsa o'simlik tolalari va buyoklarga zarar yetkazadi. Yuqori namlik ham tolalarni shikastlanishga olib keladi. Namlik yuqori bo'lganda yorug'lik ham kuchliroq zarar yetkazadi. Yuqori namlik chang, mog'or va hashoratlarni paydo bo'lishiga olib keladi. Agar havoni nisbiy namligi 80% bo'lsa gazlamalarni tolasi
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
kengayadi va mustaxkamligi pasayadi, nisbiy namlik pasaysa, tolaning "qurishiga" olib keladi va bunday holatda tolalarni yumshoqligi, egiluvchanligi yuqoladi. Gazlamalarni mikroorganizmlar, hashoratlar va kemiruvchilar ham shikastlantirishi mumkin, shuning uchun biologik tartibga ham rioya qilish zarur. Harorat namlik tartibining buzilishi, chang, oziq-ovqat omborxonalarining gazlama va liboslar saqlanadigan binoga yaqin joylashgan bo'lishi, qayta ishlov berilmasdan qabul qilingan, zararlangan gazlamalar-biologik zararkunandalarning ko'payishiga olib keladi.
Mikroorganizmlar-bakteriyalar va mog'or ko'p turdagi gazlamalarni yemiradi. Mog'orning barcha turlari ketkazish qiyin bo'lgan dog' hosil qiladi, ba'zilari esa tolalarni yemiradi. Ayniqsa, namlik 70%, harorat +20°s bo'lsa mog'orlash jarayoni tezlashadi. Mog'or zamburuglarini yuqtirish, zamburug' bo'laklari va havo orqali o'tadigan sporalar yoki zararlangan gazlamalar bilan aloqada bo'lganda sodir bo'ladi. Shuning uchun mog'orlangan gazlama alohida saklanadi. Mog'orlashni oldini olish maqsadida formaldegidning 2% spirtli aralashmasdan foydalaniladi. Agar havoni nisbiy namligi yuqori bo'lsa gazlamalar mog'orlashni boshlaydi. Mog'orni paydo bo'lishi uchun gazlamalar tolasidagi birikmalar changdagi va mineral tuzlar asos bo'ladi. Ular gazlamalarda paydo bo'lgandan keyin tolalarni shikastlantiradi va gazlamalar o'z xususiyatini yo'qotadi (rangi o'zgaradi va mustaxkamligi yo'qoladi). Havoning nisbiy namligi o'zgarib tursa, gazlamalarning tolalari shikastlanadi va tez eskiradi.
Gazlamalarning orasida yig'ilib qoladigan chang organik va mineral zarrachalardan iborat bo'lib, yuqori namlikni oksid yoki qotishmalar hosil qilib, tolalarga nojuya ta'sirini yetkazadi. Bu unsurlar tolalarda hashoratlarni paydo bo'lishiga olib keladi. Ulardan eng ko'p uchraydigan turi kuya kapalak hisoblanadi. Gazlamalardagi chang vaqt o'tgan sari ketmaydigan dog'ga aylanadi. Quruq, yaxshi yoritilgan va tez-tez shamollatib turilgan xonalarda mog'or paydo bo'lmaydi. Zang va yog'dan qolgan dog'lar ham tolalarni shikastlanishiga olib keladi.
Gazlamalarni o'zining og'irligi ham tolalarni mexanik shikastlashga olib keladi. Agar turli gazlamalardan tikilgan liboslar osilib turgan holatda saqlansa, ularni asosiy tolalari cho'zilib mustaxkamligini yuqotadi. Lekin, tolalar mexanik harakat natijasida paydo bo'lgan o'zgarishlarni bartaraf etib, o'z holatiga qaytadigan xususiyatga ega. Shuning uchun libos yoki gazlamalarni vaqti vaqti bilan olib gorizontal holatda saqlansa ular o'z holatiga qaytadi. Juda qadimgi tilla va kumush kashtalar bilan bezatilgan gazlama va liboslar faqat gorizontal holatda saqlanishi va namoyishiga qo'yilishi kerak.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
XULOSA
Tadqiqot natijalari asosida, qadimiy, noyob va nodir gazlamalarni fizikaviy va kimyoviy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, harorat-namlik va yorug'lik tartibini yaratib berib, eskirish jarayonlarini sekinlashtirish mumkinligi aniqlandi.
REFERENCES
1. Насирова С. Проблемы хранения текстиля в музей фонда в XXI веке/Статья в сборнике конференции «Толстовские чтения» М., 2020. С. 409-
2. Громина Т. Применение оптических методов для исследования степени деструкции волокон в музеях тканиx Исследование, консервация и реставрация тканей и ковров. Науч сем. Тезиси докладов. М., 1989, с.29.;
3. Zaripova, M. А. (2021). Tolali moddalardan tayyorlangan muzey kollektsiyalarining tadqiqot jarayonlari. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(Special Issue 2), 34-49.
414.