Научная статья на тему 'PSIXROANABIOZ USULIDA OLMA MEVASI SAQLASHNI TAKOMILLASHTIRISH CHORALARI'

PSIXROANABIOZ USULIDA OLMA MEVASI SAQLASHNI TAKOMILLASHTIRISH CHORALARI Текст научной статьи по специальности «Прочие технологии»

CC BY
6
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Psixroanabioz / tabiiy kamayish / xitozan / sirka kislotasi / Qaxrabo kislotasi / ximoya qobiy / saqlanuvchanlik.

Аннотация научной статьи по прочим технологиям, автор научной работы — Xolmirzayev Ilxomjon Xasanbayevich

Ushbu maqola olmani saqlashda texnologiyalar va innovastiyalarni kirish imkonining kamligi, olma etishtirishda ilg’or texnologiyalarni qo’llash fermerlar uchun murakkab yoki qimmat bo’lishi, olma saqlash samaradorlik va mahsulot sifatiga salbiy ta’sirni oldini olishdagi chora tadbirlar to’g’risida. Saqlash va logistika muammolari, olmani uzoq muddat saqlash uchun zamonaviy saqlash texnologiyalariga ehtiyoj qondirishga qaratilgan. Noto’g’ri sharoitlarda saqlanmagan olmalar tez buzilishi yoki sifatini yo’qotishi mumkinligi, olma etishtiruvchi fermerlar va agrar sektor bir qator muammolarga duch kelayotganligi, bu muammolar samaradorlikni pasayishi va mahsulot sifatini yomonlashtirishga olib kelayotganligi, olib borilayotgan ilmiy tajribalar ushbu muammoni echishda ma’lum darajada xizmat qilishi xaqidadir. Olma saqlashda biologik faol, ekologik xavfsiz, iste’mol qilsa bo’ladigan polimer qoplamaning meva vazn yo’qotishiga ta’siri xaqida ilmiy natijalarning ma’lum qismi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PSIXROANABIOZ USULIDA OLMA MEVASI SAQLASHNI TAKOMILLASHTIRISH CHORALARI»

PSIXROANABIOZ USULIDA OLMA MEVASI SAQLASHNI TAKOMILLASHTIRISH CHORALARI

Xolmirzayev Ilxomjon Xasanbayevich

Qishloq xo'jaligi fanlari falsafa doktori (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.13968680

Annotastiya. Ushbu maqola olmani saqlashda texnologiyalar va innovastiyalarni kirish imkonining kamligi, olma etishtirishda ilg'or texnologiyalarni qo'llash fermerlar uchun murakkab yoki qimmat bo'lishi, olma saqlash samaradorlik va mahsulot sifatiga salbiy ta'sirni oldini olishdagi chora tadbirlar to'g'risida. Saqlash va logistika muammolari, olmani uzoq muddat saqlash uchun zamonaviy saqlash texnologiyalariga ehtiyoj qondirishga qaratilgan. Noto'g'ri sharoitlarda saqlanmagan olmalar tez buzilishi yoki sifatini yo'qotishi mumkinligi, olma etishtiruvchi fermerlar va agrar sektor bir qator muammolarga duch kelayotganligi, bu muammolar samaradorlikni pasayishi va mahsulot sifatini yomonlashtirishga olib kelayotganligi, olib borilayotgan ilmiy tajribalar ushbu muammoni echishda ma'lum darajada xizmat qilishi xaqidadir. Olma saqlashda biologik faol, ekologik xavfsiz, iste 'mol qilsa bo'ladigan polimer qoplamaning meva vazn yo'qotishiga ta'siri xaqida ilmiy natijalarning ma'lum qismiyoritilgan.

Kalit so'zlar: Psixroanabioz, tabiiy kamayish, xitozan, sirka kislotasi, Qaxrabo kislotasi, ximoya qobiy, saqlanuvchanlik.

Аннотация. В данной статье рассматриваются проблемы недостаточной доступности технологий и инноваций в хранении яблок, сложности или высокая стоимость применения передовых технологий выращивания для фермеров, а также меры по предотвращению негативного влияния на эффективность хранения и качество продукции. Рассматриваются вопросы логистики и хранения, направленные на удовлетворение потребности в современных технологиях для длительного хранения яблок. Отмечается, что при неправильных условиях хранения яблоки могут быстро портиться или терять свои качественные характеристики. Фермеры, занимающиеся выращиванием яблок, и аграрный сектор сталкиваются с рядом проблем, которые приводят к снижению эффективности и ухудшению качества продукции. Проводимые научные исследования в определённой мере способствуют решению этих проблем. В статье также освещены научные результаты, касающиеся влияния биологически активного, экологически безопасного и пригодного для употребления полимерного покрытия на потерю веса плодов при хранении яблок.

Ключевые слова: Психроанабиоз, естественная убыть, хитозан, уксусная кислота, янтарная кислота, защитное покрытие, сохранность.

Abstract. This article discusses the issues of limited access to technologies and innovations in apple storage, the complexity or high cost of using advanced growing technologies for farmers, and measures to prevent the negative impact on storage efficiency and product quality. It addresses storage and logistics problems, focusing on the need to meet modern storage technologies for long-term apple storage. It highlights that apples, when stored under improper conditions, can spoil quickly or lose their quality. Apple-growing farmers and the agricultural sector face several challenges that lead to reduced efficiency and lower product quality. Ongoing scientific research contributes to solving these problems to some extent. The article also presents scientific results on the effect of biologically active, environmentally safe, and edible polymer coatings on the weight loss of apples during storage.

Keywords: Psychroanabiosis, natural decrease, chitosan, acetic acid, succinic acid, protective coating, shelf life.

Olmada vitaminlar, minerallar va antioksidantlar juda ko'p bo'lib, ular inson salomatligi uchun foydali. Uning tarkibida C vitamini, kalstiy, temir va boshqa moddalar mavjud. Xalqaro bozorda talab yuqori bo'lishiga sabab tarkibida vitaminlar va minerallarga boy bo'lgani, olma salomatlikka foydali ekanligi bilan tanilgan. Shu sababli, uning xalqaro bozorda talab yuqori. Olma jahon miqyosidagi sog'lom oziq-ovqat sifatida tan olingan. U dietik va kundalik rastionning muhim qismi hisoblanadi. Davomiy etishtirish va iqlimga moslashuvchanlik olmaning agrotexnik sohasida ahamiyati beqiyosdir. Olma turli iqlim va tuproq sharoitlariga mos keluvchi mahsulot hisoblanadi, bu esa uni etishtirishning global darajada muhimligini oshiradi. Olma etishtirish va saqlash jahon qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sanoatida muhim ahamiyatga ega hamda iqtisodiy jihatdan daromad manbai bo'lib xizmat qiladi. Olma etishtirish qishloq xo'jaligi bilan shug'ullannuvchi fermerlar va mintaqalar uchun katta iqtisodiy daromad manbaidir. Bu soha turli mamlakatlar uchun eksportdan katta daromad olish imkonini yaratadi. Natijada olma bog'lari va ularni qayta ishlash sanoati ko'plab ish o'rinlari yaratdi. Olma ko'p mamlakatlarda eksport qilinuvchi asosiy mahsulotlardan biri bo'lib, eksport salohiyati yuqori mamlakatlardan Xitoy, AQSh, Turkiya va boshqa mamlakatlar egallaydi. 2023 yilda dunyoda olma etishtirish bo'yicha etakchi mamlakatlardan Xitoy Er yuzidagi eng yirik olma etishtiruvchi davlat bo'lib, jahon miqyosida olma ishlab chiqarishning katta qismini ta'minlaydi. Xitoyda olma bog'lari katta hajmda va turli xil iqlim zonalarida joylashgan. AQSh Olma ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda ikkinchi o'rinda turadi. Xususan, Vashington shtati Amerikada eng yirik olma etishtiruvchi mintaqa hisoblanadi. Hindiston esa Osiyodagi yirik olma ishlab chiqaruvchi mamlakatlardan biri bo'lib, asosan Himolayning quyi hududlarida etishtiriladi. Turkiya Olma etishtirishda muhim o'rin tutadigan Evropa va Osiyo o'rtasidagi mamlakat. Turkiyaning iqlimi olma etishtirishga mos bo'lib, har yili katta hajmda olma eksport qiladi. Polsha Evropadagi eng yirik olma ishlab chiqaruvchi mamlakatlardan biri. Polshada olma bog'lari katta hajmda mavjud va bu mamlakat jahon bozoridagi etakchi olma eksportchilaridan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, Rossiya, Italiya, Franstiya, Eron va Chili kabi mamlakatlar ham olma etishtirishda muhim o'rin tutishadi. Bu esa mamlakatlar iqtisodiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bugungi kunda ilm-fan va tadqiqotlar olma etishtirishda yangi turlar va usullar tadqiq qilib, bu mahsulotni etishtirish va saqlash samaradorligini oshirishga yordam beradi. Olma bog'lari ekologik barqarorlikka hissa qo'shadi Ular atmosferadan uglerod dioksidini yutib, havoni tozalashga yordam beradi va biologik sof saqlashga xizmat qiladi.

Olmani to'g'ri saqlash texnologiyalari yil bo'yi uni iste'mol qilish imkonini beradi. Uning uzoq muddat saqlanishi eksport va ichki bozorda barqaror mahsulot ta'minlashga yordam beradi. Olma mahsulotlarining qayta ishlanishi qo'shimcha iqtisodiy qiymat yaratadi. Qayta ishlangan mahsulotlar mahalliy va xalqaro bozorlarda katta talabga egadir. Shu sababli, olma etishtirish va uning saqlanishi qishloq xo'jaligi, iqtisodiyot, salomatlik va ekologiya uchun juda muhim hisoblanadi. Uzoq muddatli transport jarayonlari, sust infratuzilma va qayta ishlashning yo'qligi hosilning buzilishiga olib keladi. Moliyaviy va bozor muammolaridan moliyaviy resurslarning yo'qligi, Fermerlar va agrar korxonalarga sarmoya va moliyaviy yordam etishmasligi ularning faoliyatini cheklaydi. Xususan, ilg'or uskunalar va texnologiyalarni xarid qilish, kasalliklardan himoya qilish uchun sarmoya zarur. Raqobat va narxlardagi o'zgarishlari jahon bozoridagi narxlar o'zgarishi fermerlarning daromadini kamayishiga olib keldi. Hatto ichki bozorda ham raqobat yuqori bo'lishi va bu fermerlarga salbiy ta'sir qilishi qildi. Ilmiy

asoslangan yondashuvlarsiz samarali olma etishtirish murakkabligi sababli muammolarni bartaraf etish uchun agronomiya sohasida innovastion texnologiyalardan foydalanish, ilmiy tadqiqotlar, fermerlarga bilim va ko'nikmalar berish, shuningdek, moliyaviy qo'llab-quvvatlash muhim ahamiyatga egadir. Ming mashaqqat bilan etishtirilgan mevaning yil bo'yi saqlab aholining ehtiyojini qondirish uchun olmani saqlash usullaridan biri psixroanabioz usulida saqlash, ya'ni sustli refrijerastiya orqali saqlash, yaxshi sifatni va uzoq muddatli saqlanishni ta'minlash uchun foydalaniladi. Bu usulda olmani past xarorat 0 °C dan +5 °Cda saqlash jarayonini ko'rsatadi. Psixroanabiozning asosiy jihatlari Olmani yaxshi sifatda saqlash uchun optimal temperatura -1 °C dan +4 °C gacha bo'lishi shart. Bu diapazon namlikni yaxshi ushlaydi va biokimyoviy xususiyatlarini saqlashga yordam beradi. Olmani saqlashda namlik darajasini ko'pincha 85-90%

atrofida ushlab turish kerak, chunki bu ularning postini suvsizlanib qolishini va fizik xossalarini yo'qotishini oldini oladi. Olmani psixroanabiozda saqlash uchun kontroli atmosfera (CO2, O2) bilan birga qoldirish ham muhim. Olmani to'g'ridan to'g'ri nazorat qilingan qutilarida yoki plenka paketlarda saqlash, mevalarni juda yuqori sifatda saqlashga yordam beradi. Psixroanabioz usulida olmani saqlash, hosil qilingan mahsulotlarning (olma shirasi) xususiyatlarini yuqori darajada saqlashga yordam beradi. Olmani saqlash jarayonida, ularning organoleptik, ximik va fizik xossalari vaqt o'tgan sari tekshirilishi kerak. Bu usulning samaradorligini baholashga yordam beradi. Psixroanabioz usuli olmani yuqori sifatda va uzoq muddat saqlash uchun juda foydali. Ammo omborlarda psixrofil mikroorganimlarning faoliyati keyingi davrlardi psixroanabioz usulini takomillashtirishni talab etmoqda. Toshkent davlat agrar universiteti olimlari bu borada o'zlarining ilmiy izlanishlari olib borishdi. Saqlanayotgan olmalarga biologik faol, ekologik xavfsiz polimerlar bilan ishlov berib ximoya qobiq xosil qilib saqlash, ombordagi psixrofil mikroorganimlarning qo'zg'atuvchilarining faoliyatini chegaraladi. Ximoya qobiq xosil qiluvchi materialning fizik xossalaridan biri yarim o'tkazgich bo'lganligi sababli olmaning nafas olishidan meva talab etadigan kislorodning yarim qismini o'tkazdi hamda ichki omil bo'lgan fermentlarning aktivligini esa haroratni pasaytirish orqali kamaytirishga erishildi. Natijada olma mevalarining tabiiy kamayishi ikki barobir kam yo'qotilishiga amalda erishildi.

Tajriba uchun tanlangan ishchi eritmalar 0,2%li xitozan eritmasini organik kislotalarning suvli eritmalarida 1:1, 1:2 va 2:1 nisbatida 24 soat davomida 25 °C haroratda eritib tayyorlandi. Xitozan plyonkasi bilan qoplash uchun namunaviy tizim sifatida olma navlari foydalanildi. Olma mevalari navlaridan Renet Simirenko, Farangiz, Fudji Kiku, Namanganskaya krasnaya, Golden delishes, Grenni Smit, Golden super navlari tanlab olindi. Tanlangan olma mevasi navlaridan Golden super 11 oydan so'ng, Golden delishes 12 oy, Grenni Smit 12 oy, Renet Simirenko 11 oy, Farangiz 8oy, Fudji Kiku 7 oy, Namanganskaya krasnaya 9 oyda tabiiy kamayishi nazoratga nisbatan oylarda solishtirib foizlarda ifodalandi.

Xulosa qilib aytganda Xitozan 0,2% sirka kislotasi 0,2% bilan 1:2 nisbatdagi eritmasida ishlov berib saqlangan Renet Simirenko navi nazoratga nisbatan 4,3% kam vazn yo'qotdi. Xitozanning 0,2%, gilistirrizin kislotasi 0,01% kompleksining 1:1 nisbati nazoratgan nisbatar tanlangan tajribalar ichida eng yaxshi natijaga ega nav ekani aniqlandi. O'z navbatida olma mevasining Grenni Smit navi Xitozanning 0,2%li va qaxrabo kislotasining 0,25% bilan 2:1 nisbatdagi hosilalari preparatida ishlosh berilganda nazoratga nisbatan 3,3% kam suv yo'qotishi kuzatildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Билай В.И. Методы экспериментальной микологии, Справочник. 1982.

2. Валентас К. и др. Пищевая инженерия: Справочник с примерами расчетов. СПб.: Профикс, 2004.

3. ГОСТ 33310—2015 29 карбоксиметилцеллюлоза: Загуститель пищевого продукта.

4. ГОСТ 3414-2917 Яблоко свежие, реализуемые в розничной торговле. Техническая условия

5. ГОСТ 4815-76 Кислота аскорбиновая пищевая.

6. ГОСТ 61-75 (СТ СЭВ 5375-85) Реактивы. Кислота уксусная. Технические условия.

7. ГОСТ 6341-75 Реактивы. Кислота янтарная. Технические условия.

8. ГОСТ 908-2004 Кислота лимонная моногидрат пищевая.

9. ISO 11023:1999 - Liquorice extracts (Glycyrrhiza glabra L.)

10. O zDSt ISO 1212: 2010 (C 39) Olma. Sovutilgan holda saqlash. (ISO 1212:1995,IDT)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.