Matkarimova D. Q.
O'zDXA Urganch filiali, Pedagogika va psixologiya o'qituvchisi
PSIXOSOMATIK KASALLIK GURUHIGA KIRUVCHI OSHQAZON VA O'N IKKI BARMOQLI ICHAK YARASINI PSIXOLOGIK JIHATDAN
TADQIQ QILINISHI
Annatatsiya: Mazkur maqolada psixosomatika kasallik turiga kiruvchi, oshqazon yarasi va o'n ikki barmoqli ichak kasalliklarini keltirib chiqaruvchi psixologik omillar va o 'rganilganligi haqida ma 'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'z: Psixosomatika, psixologiya, oshqazon yarasi, o 'n ikki barmoqli ichak yarasi, emotsional holatlar, psixologik omillar.
Matkarimova D.
Teacher ofpedagogy and psychology Urganch branch of the Uzbek State Academy of choreography
PSYCHOSOMATIC STUDY OF GASTRIC AND DUODENAL ULCERS IN THE PSYCHOSOMATIC DISEASE GROUP
Annotation: This article contains information about the psychological factors that cause stomach ulcers and duodenal diseases, which belong to the type of psychosomatic diseases.
Key words: Psychosomatics, psychology, gastric ulcer, duodenal ulcer, emotional states, psychological factors.
Bugungi kunda psixosomatik kasalliklarni o'rganilish tarixiga nazar solsak juda ko'plab mutaffakkur olimlar asarlarida bu haqida aytib o'tganlariga guvoh bo'lamiz. Psixosomatika tushunchasi deyarli 200 yil oldin ilmiy qo'llanib boshlangan, garchi uni aniq bir shaklda sharhlash imkoni bo'lmasa-da. Yunon falsafasida ruh va ruhning tanaga ta'siri haqida juda keng tarqalgan fikr bor edi ''Harmid'' dialogida Aflotun Sokratga bosh og'rig'idan aziyat chekkan bir yigit haqida gapirib berdi: ''agar u ko'zlari bilan yaxshi bo'lsa, u ham yaxshi bo'ladi, agar u bosh bilan yaxshi bo'lsa, u butun tanaga yaxshi bo'ladi va tanani ruhsiz davolash mumkin emas. Chunki hamma narsa yurakdan chiqadi ham yaxshi, ham yomon, ham tanada, ham butun insonda... Va ruhni maxsus shifobaxsh suhbatlar bilan davolash kerak..».
Ibn Sino kasalliklarning kelib chiqishi asab tizimiga bog'liq, g'azab, qo'rquv, qattiq siqilish organizmni holsizlantirib, bunga sabab bo'lishini aytgan. Ibn Sinoning organizm faoliyatini boshqarishda asab tizimining ahamiyati haqidagi ta'limoti Yevropa olimlari tomonidan XX asr boshlarida yaratilgan nervizm ta'limotiga juda o'xshab ketadi[1].
Psixosomatik guruhiga kiruvchi kasalliklar hozirgi davrda o'ganish dolzarb masalalardan biridir. JSST ma'lumotlariga ko'ra, somatik shifokorlar kabinetlariga
tashrif buyuradigan barcha bemorlarning 38 dan 42 foizigacha psixosomatik bemorlar guruhiga kiradi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, psixosomatik yo'nalish mustaqil tibbiy soha emas - bu kasallikka olib kelgan sabablarning xilma-xilligini hisobga oladigan yondashuv.
Hozirgi davrda o'tkir va surunkali asab buzilishlaridan so'ng rivojlanadigan oshqozon-ichak sohasidagi buzilishlarga ta'rif berish uchun turli atamalar taklif qilingan: «abdominal ipoxondriya», «abdominal depressiya», «psixogen gastrointestinal sindrom», «somatogen depressiya» va hokazo
Oshqozon-ichak sistemasi faoliyati buzilganda nevropatolog yoki psixologga murojaat qilishmaydi. Buni tushunish mumkin, albatta, chunki odamlarning tasavvurida «oshqozon miyadan uzoqda joylashgan va ularning bir-biriga aloqasi yo'q». O'tgan asrning boshlarida mashxur nevrolog olimlardan biri«Dispepsiyalaming 70 foizi hissiy zo'riqishga bo'g'liq», degan edi[Shtryumpel A., 1902]. Ovqat hazm qilishning funksional buzilishlari, abdominalgiyalar, umumiy holsizlik, ishtahaning pasayishi kabi simptomlar, xuddi bosh og'rig'i va bosh aylanishi kabi nevrasteniyaning asosiy simptomlaridir[Silverberg M., 2002].
Psixosomatik tibbiyot muammolarini rivojlanishiga quyidagi ilmiy maktablar katta hissa qo'shgan:
1. Amerikada psixoanalitik tushunchalar asosida psixosomatikaning nazariy asoslarini ishlab chiqilgan (F. Aleksandr, X.F. Dunbar, I. Vays va G. Engel);
2. Germaniyada psixosomatikaning falsafiy asoslarini tadqiq qilgan (V.Von Krehl, fon Vayszaker, fon Bergman);
3. Rassiyada psixosomatik kasalliklarni o'rganish I.P.Pavlov ta'limotiga asoslangan (Pavlov oliy nerv faoliyati to'g'risida)[2].
Psixosomatik qayg'uning og'irlik markazi har doim inson ongida organizmning hayoti uchun eng zaif va muhim bo'lgan organdir. "Organni tanlash" stressli vaziyatlarda parchalanish kuchayib borayotgani sababli zararli ta'sir ko'rsatadigan himoya va moslashuvchan mexanizmlarning ustun yo'nalishini ko'rsatadi.
Organni tanlashda tashabbus har doim hissiy po'stloq osti apparatlarga ta'sir qiluvchi dasturlangan aloqalarga tegishli bo'lib, stressli vaziyatda muayyan organlarning ishtirok etish darajasini dasturlashtiradi. Hissiy qo'zg'alishning periferiyasiga erishish uchun qanday effektor yo'li afzalroq bo'lishi, yakuniy tahlilda, ma'lum bir hissiyotning xususiyatlariga, odamning asab konstitutsiyasining xususiyatlariga va uning butun hayotiga bog'liq.
Oshqozon yarasi aqliy va fiziologik omillarning o'zaro ta'siri natijasi bo'lgan klassik psixosomatik kasalliklarni anglatadi. Mahalliy va umumiy mexanizmlar ishtirok etadi. Birinchisi, gastroduodenal zonaning tartibga solish funktsiyalarining buzilishi, vosita buzilishlari va shilliq qavatning qarshiligining pasayishi. Umumiy - psixo-emotsional stressning yuqori darajasi.
Aynan inson psixikasi sodir bo'layotgan salbiy o'zgarishlar uning tanasida ham ahamiyatli oqibatlarni yuzaga keltirib, bu turli psixosomatik kasalliklarda namoyon bo'ladi. Psixosomatik kasalliklar insonni ruhiy iztiroblar, doimiy charchoq, emotsiyalarning muvozanatlashmaganligi va shu kabi sabablar natijasida
paydo bo'lib, bunga oshqazon va o'n ikki barmoqli ichak yarasi kasalliklarini keltirish o'rinli. Bu toifadagi bemorlarga malakali to'liq yordam ko'rsatish faqat maxsus tibbiy choralar bilan cheklanib qolishi kerak emas. Qiyinchilikni boshdan kechirayotgan bemor davolanishning barcha bosqichlarida yetarli psixologik yordam va psixologik qo'llab-quvvatlovga muhtoj. Faqat tananing fiziologik jarayonlariga qaratilgan tibbiy usullar bilan tiklanish va reabilitatsiyaga erishish mumkin emas.
Oshqazon va o'n ikki barmoqli ichak yarasi tashxisli bemorlarda emotsional holatlarining o'ziga xosligini o'rgangan xorij olimlaridan F.Aleksander. V.X.Vasilenko, A.L.Grebenev, A.A.Sheptulin, V.T.Ivashkin, Ye.K.Baranskaya, V.V.Marilov va boshqalar tomonidan o'rganilgan. Mamlakatimiz psixologlaridan G'.Shoumarov, E.G'oziyev, B.Qodirov, V.Karimova, Z.Nishonova, Z.Ibodullayev, Sh.Baratovlar salomatlik psixologiyasi, psixofiziologiya, psixogigiena, tibbiy psixologiya, turli sohalarda psixologik xizmat masalalari bo'yicha, shuningdek, D.Urazbayeva, M.Karamyan, D.Ilxamovalar turli xil kasalliklarda bemorlar psixikasining o'zgarish holatlarini tadqiq qilganlar[3].
Demak, yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa qilar ekanmiz, insonlarning ijobiy emotsiya holatlarda bo'lishi, insonlardagi kasalliklarni paydo bo'lishini oldini oluvchi omillardan biri hisoblanadi. Shuning uchun har bir inson ijobiy kayfiyatda bo'lishi asosiy o'rinda turishi lozim. Psixosomatik kasallik turiga kiruvchi oshqazon va o'n ikki barmoqli ichak yarasi kasalliklarni psixologik jihatlarini o'rganish muhim ahamiyatga egadir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.
1. Ibodullayev.Z "Tibbiyot psixologiyasi " Toshkent ''Yangi asr avlodi'' 2009
2. Asosiy psixosomatik kasalliklar. Maqola. Stressga qarshi dastur. O'z-o'zini bilish.ru * Oila va bolalar (perestanovki.org)
3. http://re-search.uz/index.php/uzresearch/article/view/287