Научная статья на тему '“PREZI” DASTURI YORDAMIDA TAʼLIM JARAYONINI TASHKIL ETISH'

“PREZI” DASTURI YORDAMIDA TAʼLIM JARAYONINI TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
14
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Prezi dasturi / ta’lim texnologiyalari / interfaol taqdimot / geografiya darslari / innovatsion yondashuv / multimedia texnologiyalari / o‘quv samaradorligi / ijodiy fikrlash / tahliliy fikrlash / dars ishlanmalari / elektron resurslar / Prezi software / educational technologies / interactive presentation / geography lessons / innovative approach / multimedia technologies / learning efficiency / creative thinking / analytical thinking / lesson planning / electronic resources.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Lufilloyev I.Sh., Doʻstiyeva Sh B., Juraxujayev D.D.

Mazkur maqolada Prezi dasturining ta’lim jarayonidagi roli va undan foydalanish usullari yoritilgan. Shuningdek, maqolada Prezi dasturidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma keltirilgan va uning geografiya darslarida qo‘llanilishi ham o‘rganilgan. Ushbu texnologiya ta’lim samaradorligini oshirish va innovatsion yondashuvlarni joriy etish imkonini beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ORGANIZING THE EDUCATIONAL PROCESS USING “PREZI” SOFTWARE

This article explores the role of the Prezi platform in the educational process and its usage methods. The paper includes a guide on using Prezi and examines its application in geography lessons. This technology enhances learning efficiency and supports the integration of innovative approaches in education.

Текст научной работы на тему «“PREZI” DASTURI YORDAMIDA TAʼLIM JARAYONINI TASHKIL ETISH»

UO'K: 37.026

Lufilloyev I.Sh.

Do'stiyeva Sh.B.

Juraxujayev D.D. O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

"PREZI" DASTURI YORDAMIDA TA'LIM JARAYONINI TASHKIL

ETISH

Annotatsiya: Mazkur maqolada Prezi dasturining ta'lim jarayonidagi roli va undan foydalanish usullari yoritilgan. Shuningdek, maqolada Prezi dasturidan foydalanish bo'yicha yo'riqnoma keltirilgan va uning geografiya darslarida qo'llanilishi ham o'rganilgan. Ushbu texnologiya ta'lim samaradorligini oshirish va innovatsion yondashuvlarni joriy etish imkonini beradi.

Kalit so'zlar: Prezi dasturi, ta'lim texnologiyalari, interfaol taqdimot, geografiya darslari, innovatsion yondashuv, multimedia texnologiyalari, o'quv samaradorligi, ijodiy fikrlash, tahliliy fikrlash, dars ishlanmalari, elektron resurslar

Lutfilloyev I.Sh.

Dustiyeva Sh.B.

Jurakhujayev D.D.

Uzbek-Finnish pedagogical institute

ORGANIZING THE EDUCATIONAL PROCESS USING "PREZI"

SOFTWARE

Annotation: This article explores the role of the Prezi platform in the educational process and its usage methods. The paper includes a guide on using Prezi and examines its application in geography lessons. This technology enhances learning efficiency and supports the integration of innovative approaches in education.

Keywords: Prezi software, educational technologies, interactive presentation, geography lessons, innovative approach, multimedia technologies, learning efficiency, creative thinking, analytical thinking, lesson planning, electronic resources.

Kirish. Ta'lim ta'limini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish hozirgi eng dolzarb masalalardan biridir. Fanlarni o'qitishda multimedia texnologiyalaridan foydalanish ta'lim jarayonini interfaol va qiziqarli qilishga yordam beradi [4]. Elektron dars ishlanmalar, videomateriallar va didaktik materiallarning keng qo'llanilishi o'quvchilar faolligini oshiradi hamda ijodkorlik va tahliliy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu

jumladan, Prezi dasturining ta'lim jarayonidagi o'rni ham alohida e'tiborga loyiqdir.

Asosiy qism. Prezi dasturi 2009-yilda Zui Labs kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, qisqa vaqt ichida global miqyosda mashhur bo'ldi. Prezi'ning asosiy g'oyasi an'anaviy taqdimotlardan farqli o'laroq, chiziqli bo'lmagan tuzilmani joriy qilishdan iborat edi [12]. Bu yondashuv foydalanuvchilarga taqdimotlarni vizual tarzda yangi usulda tashkil qilish imkoniyatini berdi. Prezi dasturining nomi lotin tilidagi prae- ("oldindan") va video ("ko'rish") so'zlaridan kelib chiqqan, ya'ni materiallarni oldindan ko'rish va taqdimotning umumiy tuzilishini tasavvur qilish imkonini beradi.

2015-yilda Prezi dasturi 60 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega bo'lib, bir milliarddan ortiq taqdimot yaratilgani haqida xabar berdi. Buning natijasida Prezi o'z platformasiga yangi funksiyalar qo'shib, taqdimot yaratish jarayonini yanada qulay va intuitiv qilishni maqsad qildi [7]. Prezi dasturi nafaqat taqdimotlar yaratish, balki o'quv jarayonini yangi, interfaol shaklda tashkil etishga imkon beradi.

Prezi dasturi ta'lim sohasida keng qo'llaniladi va o'quv jarayonini yanada samarali qilish uchun muhim vosita hisoblanadi. Ayniqsa, geografiya darslarida Prezi'ning imkoniyatlaridan foydalanish orqali dars materiallari jonli, tushunarli va qiziqarli ko'rinishga ega bo'ladi. Prezi yordamida o'quvchilar uchun geografik obyektlar, tabiiy resurslar yoki ekotizimlarning uch o'lchamli modellarini vizual tarzda ko'rsatish mumkin. Bu metod o'quvchilarning e'tiborini jalb qilishga, o'quv materiallarini yanada qiziqarli va interfaol tarzda taqdim etishga yordam beradi.

Shuningdek, Prezi dasturining o'quv jarayoniga moslashuvchanligi o'quvchilarning ta'limdagi ishtirokini va samaradorligini oshirishga imkon yaratadi. Prezi yordamida darslar interfaol va jozibador tarzda tashkil etiladi, bu esa o'quvchilarning o'qishga bo'lgan qiziqishini yanada kuchaytiradi [6].

Hozirgi kunda mazkur dastur orqali tayyorlangan fanga oid multimediali taqdimotlar keng tarqalmagan [2]. Chunki, texnologik infratuzilmaning yetarli emasligi, o'qituvchilarning dasturdan foydalanish bo'yicha malaka va tajribasining yetishmasligi, an'anaviy dasturlarga ko'proq moyillik, moslashtirilgan resurslarning cheklanganligi hamda dasturning ba'zi funksiyalari pulli ekanligi ushbu dasturdan keng foydalanishga o'z ta'sirini ko'rsatmoqda.

Yuqorida keltirib o'tilgan muammolarning ayrimlarini bartaraf etish uchun o'qituvchining o'zida xohish istak yetishmayotgan bo'lsa ba'zilarida xorijiy tilni bilmaslik bunga to'siq bo'lmoqda. Biz aynan ushbu muammoni bartaraf etish va dasturdan foydalanuvchilar auditoriyasini kengaytirish maqsadida ushbu dasturdan foydalanish yo'riqnomasini quyida qisqacha keltirib o'tamiz.

Prezi dasturidan foydalanish yo'riqnomasi

Prezi dasturidan foydalanish uchun avvalo prezi.com saytiga tashrif buyurib, ro'yxatdan o'tiladi va tizmga kiriladi. Kirganingizdan so'ng, ekraning yuqori o'ng burchagidagi "Create New Presentation" tugmasini bosiladi. Prezi sizga turli xil shablonlar (ta'lim, biznes, marketing va boshqalar) taqdim etadi. Kerakli shablonni tanlanadi yoki "Blank" ni tanlab, bo'sh bir taqdimot yaratish ham mumkin. Tanlangan shablon orqali taqdimotning umumiy dizayni avtomatik tarzda

shakllanadi. Siz kerakli elementlarni o'zgartirish yoki yangi dizayn yaratishingiz mumkin. Taqdimotga rasm, video, grafikalar yoki animatsiyalar qo'shish uchun menyudagi "Insert" (Qo'shish) tugmasini bosiladi. Bu yerda kerakli shakldagi fayllarni yuklab olish mumkin. "Text" tugmasi orqali yangi matnlarni qo'shish va har bir matnni o'zgartirib, kerakli ko'rinishga keltirish mumkin (masalan, shrift turi, o'lchami, rang). Rasm yoki grafikani qo'shish uchun "Insert" ^ "Image" tugmasidan foydalaniladi. Taqdimotga animatsiyalar qo'shish uchun "Animate" bo'limini tanlab, slaydlar orasidagi o'tish effektlarini va obyektlarga animatsiyalarni sozlash mumkin. Prezi'ga video va audio fayllarni qo'shish uchun "Insert" ^ "Video" yoki "Audio" menyularidan foydalanish mumkin, bunda videolar YouTube yoki lokal fayllardan yuklab olinadi. Agar taqdimotda diagrammalar yoki chizmalar yaratmoqchi bo'lsangiz, "Insert" ^ "Shapes" tugmasi orqali bu ishni amalga oshirasiz. Bularni matn bilan birga tartiblashtirish imkoniyatini beradi.

Taqdimot yaratishni tugatganingizdan so'ng uni saqlash uchun yuqori burchakdagi "Save" tugmasini bosiladi. Prezi bulutli saqlash tizimidan foydalanganligi sababli, barcha taqdimotlar avtomatik ravishda saqlanadi. Taqdimotni boshqalar bilan ulashish uchun, "Share" tugmasidan foydalaniladi. Bu orqali taqdimotni havola yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali ulashish mumkin.

1-rasmda mazkur dastur asosida Geografiya faniga oid mavzuda tayyorlangan taqdimotning saytdagi ko'rinishi keltirilgan.

1-rasm

Prezi dasturida Atlantika mavzusi bo'yicha tayyorlangan taqdimot

ATLANTIKA OKEANI

Subtitle here

Taqdimotni onlayn ko 'rish uchun havola: https://prezi. com/view/SSi W6x8CADFG5CIFa4ky/

Xulosa. Prezi dasturidan foydalanish ta'lim samaradorligini oshirishda katta ahamiyat kasb etadi. Bu texnologiyalar o'quvchilarning ijodiy va tahliliy fikrlash

qobiliyatlarini rivojlantirish, mavzuni chuqurroq tushunish va ta'lim jarayonini qiziqarli qilish imkonini beradi. Shu bilan birga, bunday yondashuv zamonaviy texnologiyalarni ta'lim jarayoniga integratsiyalash va ta'limni axborotlashtirishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Hafizhah D. et al. The Validity and Practicalily of Prezi Learning Media on the Role of Soil and Soil Organisms for Life Sustainability for Junior High School Students //Jurnal Penelitian Pendidikan IPA. - 2022. - Т. 8. - №. 2. - С. 481488.

2. Ibragimov N. Y., Xamroyeva F. A. GEOGRAFIYA DARSLARIDA MULTIMEDIALI TAQDIMOTLARDAN (PREZI DASTURI) FOYDALANISH IMKONIYATLARI //Экономика и социум. - 2023. - №. 11 (114)-2. - С. 120-122.

3. Juraxujayev D. D. et al. GEOGRAFIYA DARSLARINI TASHKIL ETISHDA FINLANDIYA TA'LIM TIZIMINI QO'LLASH //Экономика и социум. -2024. - №. 6-1 (121). - С. 183-187.

4. Khamroeva F. A., Ibragimov L. Z. The importance of educational portals on teaching natural geographical subjects //Наукаимир. - 2019. - Т. 1. - №. 2. - С. 35.

5. Moulton S. T., Turkay S., Kosslyn S. M. Does a presentation's medium affect its message? PowerPoint, Prezi, and oral presentations //PloS one. - 2017. - Т. 12. - №. 7. - С. e0178774.

6. Odil M., Iroda T. ONLAYN TAQDIMOT YARATUVCHI ZAMONAVIY DASTURLAR VA TA'LIM JARAYONIDA QO'LLANILISHI //Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences. - 2024. - С. 76-80.

7. Perron B., Stearns A. A review of a presentation technology: Prezi. - 2010.

8. Strasser N. Using Prezi in higher education //Journal of College Teaching & Learning (Online). - 2014. - Т. 11. - №. 2. - С. 95.

9. Umarov B. RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA PEDAGOGLARNING PROFESSIONAL KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH MAZMUNI //Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук. - 2023. - Т. 3. - №. 5. - С. 87-93.

10. Xamroyeva F. A. Juraxujayev DD Geografiyada fanlararo integratsiya Uslubiy qо 'llanma //Samarqand: SamDU nashriyoti. - 2023. - Т. 84.

11. Xu Y. Q. et al. Presentation facilitation : пат. 7640502 США. - 2009.

12. Chou P. N., Chang C. C., Lu P. F. Prezi versus PowerPoint: The effects of varied digital presentation tools on students' learning performance //Computers & Education. - 2015. - Т. 91. - С. 73-82.

13. https://blog.prezi.com/how-prezi-empowers-educators/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.