UDC: 656.25(045)(575.1) EDN: https://elibrary.ru/xcwpsm
POYEZD MARSHRUTLARI MIKROELEKTRON BLOKINING YORDAMCHI RELELARI UCHUN PRINSIPIAL SXEMALAR ISHLAB CHIQISH
1texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), "Avtomatika va telemexanika" kafedrasi dotsenti ORCID: 0000-0003-0872-3599 e-mail: elnara.ametova.84@ mail.ru
2tayanch doktorant ORCID: 0009-0005-3573-9811 e-mail: [email protected]
3laborant
Toshkent davlat transport universiteti
Ametova Elnara Kuandikovna1, Qudratov Javohir Bahodir o'g'li2, Muqimov Pahlavon Egam o'g'li3
Annotatsiya. Ushbu maqolada poyezd marshrutlari uchun mikroelektron blokning yordamchi relelari dasturiy ta'minotini ishlab chiqish masalalari o'rganilgan. Mavzu temiryo'l transportining zamonaviy avtomatlashtirish tizimlarida, xususan, poyezdlar harakatini boshqarishda qo'llanadigan rele bloklarining ishonchliligi va samaradorligini oshirish zaruriyatiga ko'ra dolzarbdir. Maqolada, shuningdek, mikroelektron asosda ishlaydigan relelar konstruksiyasi va funksional jihatlari tahlil qilingan, mavjud tizimlardagi texnik va boshqaruv jarayonlarining muammoli jihatlari yoritilgan. Ish doirasida eksperimental va simulyatsiya usullari qo'llanib, NPM-69 modeli asosida yordamchi relelarning ishlash algoritmlari ishlab chiqilgan. Zamonaviy mikrokontrollerlardan foydalanish orqali ish samaradorligini oshirish va elektr energiyasi sarfini kamaytirish kabi texnik yechimlar taklif etilgan. Natijalar poyezd marshrutlarini tashkil qilish, boshqarish va xavfsizlikni ta'minlashga xizmat qiluvchi dasturiy ta'minot modeliniyaratish imkonini beradi. Tadqiqot natijalari temiryo'l avtomatlashtirish va telemexanika tizimlarida, shuningdek, transport boshqaruvi sohasidagi boshqa integratsiyalangan boshqaruv tizimlarini takomillashtirishda qo'llanishi mumkin. Olingan xulosalar yordamchi rele tizimlarining ishonchli modellari asosida temiryo'l transportida xavfsizlik darajasini oshirishga ko'maklashadi.
Kalit so'zlar: yordamchi relelar, elektromagnit rele, mikrokontroller, blok, prinsipialsxema, dasturiy ta'minot, statik analiz, dinamik analiz.
РАЗРАБОТКА ПРИНЦИПИАЛЬНЫХ СХЕМ ВСПОМОГАТЕЛЬНЫХ РЕЛЕ МИКРОЭЛЕКТРОННОГО БЛОКА МАРШРУТОВ ПОЕЗДОВ
гАметова Эльнара Куандиковна1, Кудратов Жавохир Баходир угли2, Мукимов Пахлавон Эгам угли3
Доктор философии по техническим наукам (PhD), доцент
2базовый докторант
3лаборант
Ташкентский государственный транспортный университет
Аннотация. В данной статье рассмотрены вопросы разработки программного обеспечения вспомогательных реле микроэлектронного блока для маршрутов поездов. Тема актуальна в связи с необходимостью повышения надёжности и эффективности релейных блоков, используемых в современных системах автоматизации железнодорожного транспорта, в частности при управлении движением поездов. В статье также анализируются конструктивные и функциональные аспекты реле, работающих на микроэлектронной основе, освещаются проблемные аспекты технических и управленческих процессов в существующих системах. В рамках исследования были разработаны алгоритмы функционирования вспомогательных реле на основе модели НПМ-69 с применением экспериментально-симуляционных методов. Были предложены такие технические решения, как повышение эффективности работы и снижение потребления электроэнергии за счёт использования современных микроконтроллеров. Это позволяет создать программную модель, которая служит для организации, управления и обеспечения безопасности маршрутов поездов. Результаты исследований могут быть применены в системах железнодорожной автоматики и телемеханики, а также при совершенствовании других интегрированных систем управления в области транспортного менеджмента. Полученные выводы
Iqtiboslik / Цитирование / Citation: Ametova, E. K., Kudratov, J. B. u., & Mukimov, P. E. u. (2024). Development of circuit diagrams of auxiliary relays of microelectronic block of train routes. (In Uzbek). Science and Innovative Development, 7(6), 75-82.
способствуют повышению уровня безопасности на железнодорожном транспорте благодаря надёжным моделям вспомогательных релейных систем.
Ключевые слова: вспомогательные реле, электромагнитные реле, микроконтроллер, блок, принципиальная схема, программное обеспечение, статический анализ, динамический анализ.
DEVELOPMENT OF CIRCUIT DIAGRAMS OF AUXILIARY RELAYS OF MICROELECTRONIC BLOCK OF TRAIN ROUTES
1Doctor of Philosophy in Technical Sciences (PhD), Associate Professor
2Doctoral Student
3Laboratory Assistant
Tashkent State Transport University
Kelib tushgan/ Получено/ Received: 24.10.2024
Qabul qilingan/Принято/ Accepted: 28.11.2024
Nashr etilgan/
Опубликовано/Published:
14.12.2024
Ametova Elnara Kuandikovna1, Kudratov Javohir Bakhodir ugli2, Mukimov Pahlavon Egam ugli3
Abstract. The article reveals development of a software for auxiliary relays of microelectronic blocks for train routes. The topic is considered relevant due to the need to improve reliability and efficiency of relay blocks used in the up-to-date railway transportation automation systems, particularly, in train traffic control. The article also reviews constructive and functional aspects of relays operating on a microelectronic basis, highlights problematic aspects of technical and management processes in existing systems. As part of the study, algorithms for the functioning of auxiliary relays based on the NPM-69 model were developed using experimental and simulation methods. Such technical solutions as raising the efficiency of operation and reducing of power consumption through the use of modern microcontrollers have been proposed. This allows creating a software model that serves to organize, control and ensure safety of train routes. The research findings can be applied in railway automation and tele-mechanics systems, as well as in the improvement of other integrated control systems in the field of transportation management. The research conclusions contribute to improving the level of safety in railway transportation based on the use of reliable models of auxiliary relay systems. Keywords: auxiliary relays, electromagnetic relay, microcontroller, block, circuit diagram, software, static analysis, dynamic analysis.
Kirish
Transport jarayonlarini boshqarishda zamonaviy texnologiyalarni qo'llash nafaqat jarayon samaradorligini oshirish, balki xavfsizlikni ta'minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Temiryo'l transportida avtomatlashtirish va telemexanika tizimlari poyezd harakatini boshqarishning asosiy vositasi hisoblanadi.
Bugungi kunda temiryo'l infratuzilmasida mikroelektron qurilmalar yordamchi relelar tizimlarini avtomatlashtirish uchun qo'llanmoqda. Ushbu mavzu poyezd marshrutlarini boshqarishda ishlatilayotgan yordamchi relelar samaradorligi va ishonchliligini oshirish orqali xavfsizlikni ta'minlash zaruratiga ko'ra dolzarbdir. Shuningdek, ushbu sohada mikroprotsessor texnologiyalarini qo'llash dasturiy ta'minotning yangi algoritmlarini ishlab chiqishni talab qiladi.
Poyezd harakatini boshqarish sohasida ko'plab tadqiqotchilar avtomatlashtirish texnologiyalariga alohida e'tibor qaratgan. Jumladan, Miller (2019) mikroprotsessorli markazlashtirish tizimlarini tadqiq qilib, boshqaruv algoritmlari samaradorligini oshirishga e'tibor qaratgan. Johnson va Chen (2020) avtomatlashtirilgan diagnostika tizimlari yordamida signal va relelarning ishlash muddatini uzaytirish usullarini ishlab chiqqan. Ivanov & Sidorov (2021) yordamchi relelarning elektromagnit xususiyatlarini optimallashtirish bo'yicha fizik tahlil usullarini qo'llagan. Tadqiqotlarda yordamchi relelar funksional tahlil qilingan bo'lsa-da, ularning dasturiy ta'minotini rivojlantirish masalasi yetarlicha yoritilmagan.
Xususan, adabiyotlarni o'rganish natijasida quyidagi muammolar aniqlangan:
l.Yordamchi relelarning ishlash algoritmlari bo'yicha batafsil tahlil mavjud emas.
2.Mikroprotsessor asosidagi boshqaruv tizimlari uchun maxsus dasturiy ta'minot ishlab chiqish masalalari yetarli darajada o'rganilmagan.
3.O'zbekiston temiryo'l tarmog'ida qo'llanayotgan rele tizimlarining avtomatlashtirilgan boshqaruvga moslashuv darajasi bo'yicha ma'lumotlar yetishmaydi.
4.Zamonaviy mikroprotsessorli markazlashtirish tizimlarida yordamchi relelar uchun maxsus dasturiy algoritmlar ishlab chiqilmagan.
5.O'zbekiston sharoitiga moslashtirilgan mikroelektron bloklarning strukturaviy xususiyatlari bo'yicha tadqiqotlar yetarli emas.
Tadqiqotning asosiy maqsadi poyezd marshrutlari mikroelektron blokining yordamchi relelari uchun dasturiy ta'minot ishlab chiqish va uning samaradorligini oshirish, yordamchi relelarning ishlash algoritmlari va mikroprotsessor asosidagi boshqaruv tizimlari uchun mos dasturiy ta'minot yaratish, sinov va tahlil uchun virtual model yaratish va uning samaradorligini baholash, O'zbekiston sharoitiga moslashtirilgan boshqaruv tizimlarini loyihalashdan iborat.
Mazkur tadqiqot natijalari yordamchi relelar tizimini optimallashtirish orqali temiryo'l avtomatika va telemexanika sohasini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Material va metodlar
Tadqiqot Toshkent davlat transport universitetining "Avtomatika va telemexanika" kafedrasi bilan hamkorlikda olib borildi. Tajriba ishlari 2023-yilning sentabridan boshlanib, 2024-yilning mart oyigacha davom etdi.
Tajribalar temiryo'l avtomatikasi va telemexanika tizimlarida foydalaniladigan NPM-69 terish guruhi blokining yordamchi relelariga asoslangan. Tajriba obyekti sifatida yordamchi relelarning ishlash algoritmlari va ularning dasturiy ta'minoti tanlandi. Tajribalar laboratoriya sharoitida hamda temiryo'l stansiyasining avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarida simulyatsiya yordamida o'tkazildi.
Tadqiqot metodlari
Hozirgi vaqtda qo'llanayotgan rele tizimlarining texnik hujjatlari va xususiyatlari o'rganilishi natijasida blokli marshrutli-releli markazlashtirish tizimlarining strukturaviy sxemalari tahlil qilindi.
Sinovda statik analiz yordamida relelarning elektr parametrlari o'rganildi. Dinamik analiz yordamida yordamchi relelarning harakat va signalni uzatish tezligi aniqlandi. Virtual model asosida eksperimental tahlil olib borilib, ishlash algoritmlari samaradorligi sinovdan o'tkazildi. Olingan ma'lumotlar real sharoitlarda ishlaydigan rele tizimlari bilan taqqoslandi.
Simulyatsiya uchun STM32 va Arduino platformalari tanlandi. Ulardan foydalangan holda, yordamchi relelar uchun dasturiy algoritmlar ishlab chiqildi. Bu algoritmlar Python, C va C++ dasturlash tillari yordamida kodlash asosida sinovdan o'tkazildi.
Virtual model yordamida relelarning ishlash holati real vaqt rejimida kuzatildi va kamchiliklar diagnostika qilish jarayonida qayd etilib, tajriba natijalari qayta ishlandi. Matlab va SolidWorks kabi dasturlar yordamida natijalar statistik tahlil qilindi.
Tadqiqot obyekti NPM-69 terish guruhi bloki bo'lib, bu blok temiryo'l stansiyalarida poyezd marshrutlari xavfsizligini ta'minlashga mo'ljallangan. Bu blokda joylashgan yordamchi relelar, poyezd marshrutining yopish va ochish funksiyalarini boshqaradigan relelar tizimi asosiy o'rganish obyekti sifatida tanlandi.
Bu metodlar yordamida poyezd marshrutlari mikroelektron blokining yordamchi relelari uchun samarali va barqaror ishlaydigan dasturiy ta'minot ishlab chiqishga erishildi. Tadqiqot natijalari amaliyotga joriy qilish uchun real asos yaratadi.
Yordamchi relelar funksiyasi NPM-69 blokida yordamchi relelar harakatlanuvchi elementlar (masalan, yo'llar, svetoforlar va poyezdlar) orasidagi boshqarishni amalga oshirish
uchun javob beradi. Ushbu relelar orqali svetofor va boshqa signalizatsiya qurilmalarining ishlash holatlari nazorat qilinadi. Yordamchi relelar marshrutni boshqarish jarayonida signal va ko'rsatmalar berish uchun ishlatiladi. Masalan, svetoforni yoqish va o'chirish, yo'l ochiqligini aniqlash, shuningdek, marshrutni to'liq va to'g'ri boshqarish uchun muhimdir (Ametova & Azizov, 2019; Azizov & Ametova, 2019b).
NPM-69 blokidagi yordamchi relelar prinsipial sxemalarini ishlab chiqish bosqichlari eskirgan elektromexanik sxemalar bilan birga zamonaviy mikroelektronika va raqamli boshqarish modullari ishlatishni o'z ichiga oladi. Elektromagnit relelardan voz kechish uchun ularning vazifasini to'liq bajara oladigan mikroelektron optorelelar bilan joriy blok sxemasi tuzib chiqildi va 2024-yilning 1-yarmida Toshkent davlat transport universiteti ilmiy laboratoriyasida virtual ko'rinishda sinovdan o'tkazildi. Sinov natijalari muvaffaqiyatli yakunlandi.
Tadqiqot natijalari
Tadqiqot obyektini tavsiflovchi asosiy ko'rsatkichlar dinamikasi tahlili doirasida poyezd marshrutlari mikroelektron blokining yordamchi relelariga doir quyidagi ko'rsatkichlari aniqlanib, dinamikasi o'rganildi:
a) ishlash tezligi (o'zgaruvchan yuk sharoitida): yordamchi relelarning javob berish tezligi dastlabki sinovlarda o'rtacha 12 ms ni tashkil etdi. Algoritmni takomillashtirish natijasida bu ko'rsatkich 8 ms gacha qisqardi, bu esa tizimning reaksiya vaqtini 33 % yaxshilaydi;
b) energiya sarfi: yordamchi relelarning dasturiy ta'minoti optimallashtirilgach, elektr energiyasidan foydalanish 15 %ga kamaydi. Bu mikroelektron blok samaradorligini oshirdi va ortiqcha issiqlik ajralishini pasaytirdi;
d) samaradorlikning dinamik ko'rsatkichlari: relelarning uzluksiz ishlash holatida ishonchliligi (MTBF - ishlash oralig'idagi o'rtacha vaqt) 10%ga oshdi. Bu uzoq muddatli ekspluatatsiya uchun muhim ko'rsatkich bo'lib, ularning xizmat ko'rsatish intervalini uzaytirishga imkon berdi;
e) tizimning diagnostika imkoniyatlari: diagnostika tizimida aniqlangan nosozliklarning dinamik tahlili shuni ko'rsatdiki, dasturiy ta'minotning yangi algoritmlari kichik nosozliklarni aniqlash va ularni avtomatik bartaraf etish ko'rsatkichlarini 25 %ga yaxshiladi.
Tadqiqot natijalari tahlili
Yordamchi relelar uchun ishlab chiqilgan dasturiy ta'minot har bir rele uchun alohida boshqaruv algoritmini taqdim etib, tizimni samarali va xavfsiz boshqarishga imkon berdi. Dasturiy ta'minotning algoritmik modeli yordamida tizimning real vaqt rejimida ishlashi ta'minlandi, bu esa avvalgi rele tizimlariga nisbatan katta afzallikdir. Mikroelektron texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan yangi dasturiy ta'minot marshrutlarni avtomatik ravishda tuzish, yopish va ochish jarayonlarini tezkor va barqaror amalga oshiradi.
Olingan natijalar asosida marshrut-releli markazlashtirish tizimlarida yordamchi relelar ishonchliligi 20 %ga oshirildi. Tizimning xavfsizlik darajasi ham sezilarli darajada oshdi. Bu esa poyezd harakati xavfsizligini ta'minlash uchun muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Tajriba natijalari simulyatsiya va laboratoriya sharoitida amalga oshirilgan real ishlash ko'rsatkichlari bilan solishtirildi. Olingan ma'lumotlar mosligi 95 % aniqlikni ko'rsatdi.
Dasturiy ta'minot real temiryo'l stansiyalari sharoitida sinovdan o'tkazilganda, uning samaradorligi va ishlash barqarorligi to'liq tasdiqlandi. BMRM tizimiga kiruvchi "NPM-69" mikroelektron bloki yordamchi relelarining prinsipial sxemalarini ishlab chiqishda rele va kontaktlar o'rniga PVG-612 fototranzistorlar qo'llanadi. Relelar o'rniga qo'yilgan PC-817 fototranzistor birinchi oyoqchasidan tok kirib, ikkinchisidan chiqishi natijasida bazaga tok borib, kollektordan emitter tomonga tok oqib o'tadi va bu rele kontakti
ko'tarilganini bildiradi. Rele o'rnida qo'llanadigan PC-817 fototranzistorining birinchi va ikkinchi oyoqchalaridan tok oqib o'tishi relening patok qilishini bildiradi. Baza ochilib, kollektordan kelayotgan tok emitterdan chiqib, kontakt o'rnida qo'llangan PC-817 mikroelektron elementlarining birinchi va ikkinchi oyoqchalarini tok bilan ta'minlab, bazalarini ochib beradi. Bu holatda tuzilgan zanjirdan to'liq tok o'tishi yuzaga keladi (Azizov et al., 2023b; Kamenev, 2011).
PVG-612 12V dan 48V gacha bo'lgan o'zgaruvchan tok yoki doimiy tok manbalarining yuqori toklarini izolyatsiyalangan almashtirish uchun juda mos keladi. PVG-612 seriyali rele 6-pinli, qolipli DIP paketi yoki teshikli yoki sirtga o'rnatilgan (g'altak qanoti) oyoqchalardan tashkil topgan. Xususiyatlari: buzilishsiz ishlash, yuqori tok oqimi quvvati, chiziqli AC/DC ishlashi, 4000 VRMS I/U izolyatsiyasi, yuqori ishonchliligi.
PVG-612 ning elektr texnik xususiyatlari (-40 C<TA < +85 oC )gacha haroratda ishlay oladi. PVG-612 ning kirish xususiyatlari: minimal nazorat oqimi: 5,0 A; o'chirilgan qarshilik uchun maksimal nazorat oqimi TA = +25 oC da: 0,4A; boshqarish oqimi diapazoni (oqim chegarasi kirish LED): 5,0 dan 25 A gacha; maksimal teskari kuchlanish: 0,7 V.
lOOom
+5V
PVG-612
1-rasm. PVG-612 ning ichki tuzilishi
PC-817 elementi xususiyatlari va kommutatsiyasi ko'rib chiqiladi. Uning asosi SMD korpusida joylashgan svetodiod va fototranzistordan tuzilgan. Bu izolyatsiyalangan qayta aloqa pallasida ko'pincha kommutatsiya quvvat manbalarida qo'llanadigan va ideal galvanik izolyatsiyani talab qiladi. So'nggi paytlarda Arduino kabi arzon kontrollerlar bilan birgalikda elektron rele o'rniga kuchsiz tokli tizimlarda signallarni boshqarishni yoqish, o'chirish uchun keng qo'llanadi. Uchinchi va to'rtinchi chiqishlar mos ravishda fototranzistorning emitter va kollektori. Qurilmaning so'nggi versiyalari UL1577 xalqaro xavfsizlik standarti va 94V-0 yonuvchanlik sinfiga muvofiqligi uchun muvaffaqiyatli sinovdan o'tkazildi. Ular fizik bog'lanmagan. Qurilma parametrlari ichki LED (kirish) va fototranzistor (chiqish) xususiyatlari bilan o'rnatiladi. PC-817 ning pinlarini aniqlash oson. U to'rt pinli DIP korpusida (DIP-4) ishlab chiqariladi. Ham sirtga, ham teshikka o'rnatish uchun mavjud. Pinlardan biri ichki LED ning anodiga ishora qiluvchi chuqurlashtirilgan nuqta bilan belgilangan. Oyoqlar soat strelkasiga qarshi raqamlangan. Ular ma'lum bir elektr asbobida elementi ishlatish imkoniyatini aniqlaydi.
Mutlaq maksimal PC-817 parametrlarining maksimal qiymatlarini ko'rib chiqamiz (Ta = +25°C da): umumiy quvvat sarfi chegarasi (PTOT) 200 mVt gacha; izolyatsiya kuchlanishi (VO 5000 V gacha; harorat: ish (T0PR) -30 dan 100 oC gacha; saqlash (TSTG) -30 dan 125 oC gacha; payvandlash (T ) 250 s gacha (10 s gacha); kirish (input) uchun: oqim: to'g'ridan-to'g'ri (I¡) 50 mA gacha; maksimal (I ) 1 A gacha (impuls davomiyligi < 100 mks va ish aylanishi 0,001 bilan); teskari kuchlanish (V_) 6 V gacha; quvvat sarfi (P) 70 Vt gacha, chiqish
(output) uchun: kollektor-emitter kuchlanishi (VCEO) 35 V gacha; teskari (Veco) 6 V gacha; 33 kollektor toki (IC) 50 mA gacha; kollektorda (PC) quvvat 150 Vt gacha sarflanadi.
Atrof-muhit harorati ko'tarilgach, bu ko'rsatkichlar keskin kamayadi. Shuni ham ta'kidlash kerakki, Sharp PC817x seriyali elementlarining so'nggi versiyalari maksimal chiqish kuchlanishini (VF) 80 V ga, quvvat sarfini (PTOT) 200 Vt gacha oshirdi. Elektrooptik parametrlar barcha PC817 seriyasining elektrooptik xususiyatlari bilan bir xil (Ametova & Azizov, 2019c; Ametova et al., 2024).
+5V
2-rasm. PC-817 ning ichki tuzilishi
Relelarning turli ishlash holatlarini kuzatish uchun rele kontaktlari va ularning mantiqiy ulanishlari asosiy ahamiyatga ega. PC-817 mikroelementlarga rele va rele kontaktlarini o'zgartirib chiqadi. Har bir rele ma'lum shartlarga asoslanib, ma'lumotlarni boshqaradi va signal uzatadi (Azizov et al., 2023a).
Yordamchi relelar boshqa blok va qurilmalar bilan o'zaro bog'liq holda ishlaydi. Bu sxemalarda har bir aloqa liniyasi, kuchlanish manbayi va zaxiralash usullari ko'rsatiladi (Ubaydullayev, 2022a).
П-
1A3 MKdan R3 BK MKdan R3 KH0
n6 1 l~ n5 1 l~
Pvg-612 Pvg-612 'W-ED- Pvg-612
MK dan | R3 til —□ ■iHUH
R3[ MK dan -1 n4
hmHi1
3-rasm. VK relesining prinsipial sxemasi
4-rasm. VKM relesining prinsipial sxemasi
Yozilgan kodning xavfsizlik talablariga mosligini tekshirish juda muhim jarayon bo'lib, bu orqali yordamchi relelar uchun ishlab chiqilgan dasturning ishonchliligi va to'g'ri ishlashini tasdiqlash mumkin. Relelar tezkor reaksiya va yuqori darajadagi ishonchlilikni ta'minlashi kerak, bu esa poyezd harakati xavfsizligini ta'minlashda muhimdir.
Sinov natijalariga asosan, KDR turdagi relelar kontaktlarini PVG 612 turidagi optojuftliklar bilan almashtirish mumkinligi amalda isbotlandi. Mikroelektron qurilmalar asosida yaratilgan yangi blokning dasturiy ta'minoti uchun "Temiryo'l avtomatikasi va telemexanikasida poyezd marshrutlari mikroelektron blokining yordamchi relelarining dasturiy ta'minoti" nomli patent yaratilib, № DGU42509 raqamli hujjat bilan patentlandi.
Xulosalar
NPM-69 blokining yordamchi relelari poyezd boshqaruvi tizimlarida markaziy ahamiyatga ega bo'lib, relelarning sxemalari va dasturiy ta'minoti yaxshi ishlab chiqilgan bo'lishi kerak. Bu sxemalar poyezdlarning harakatlanish xavfsizligini ta'minlash, avtomatik boshqaruv tizimlarini samarali ishlatish va signalizatsiya tizimlarini boshqarish uchun zarurdir. Relelar va sxemalar elektromagnit maydonlarga chidamli bo'lishi lozim, bu boshqa elektron uskunalar bilan interferensiyani kamaytiradi.
Elektromagnit relelardan mikroprotsessorli boshqaruv tizimlariga o'tish temiryo'l transportining xavfsizlik, ishonchlilik va samaradorligini oshirishda katta ahamiyatga ega. O'tkazilgan tajribalarga asoslanib, releli turdagi bloklarni mikroelektron elementlar yig'ilgan mikroprotsessorli boshqaruv bloki bilan almashtirish imkoni borligi isbotlandi. Mikroelektron elementlardan yasalgan blok mantiqiy amallarni tezkor bajaradi, energiya tejamkor va bu turdagi zamonaviy bloklar mahalliylashgan, ya'ni mamlakatimiz hududida ishlab chiqariladi. Poyezd marshrut turini aniqlash, bloklarni yangi mikroprotsessorli bloklar bilan almashtirish poyezdlar harakatini nazorat qilishni ancha soddalashtiradi.
REFERENCES
1. Ametova, E. K., & Azizov, A. R. (2019a). Theory of Petri nets in development and research of mathematical model of NSO block. (In Russian). Scientific and Technical Journal of Fergana Polytechnic Institute, 5, 93-98.
2. Ametova, E. K., & Azizov, A. R. (2019c). Research of the button relay circuit model of the microelectronic block of NSS. (In Russian). Descendants of Muhammad al-Khwarizmi, 3 (9), 75-77. Tashkent University of Information Technologies named after Muhammad al-Khwarizmi
3. Ametova, E. K., Qudratov, J. B., Namozov, N. N., & Muqimov, P. E. (2024). Software support for auxiliary relays of the microelectronic unit of train routes in railway automation and telemechanics (UZ Patent No. DGU42509 TR: DGU202410327). Ministry of Justice of the Republic of Uzbekistan. https://im.adliya.uz/
4. Ametova, E., Azizov, A., & Muratovich, Yu. (2020). Microprocessor technology in the devices railway automation and telemechanics. Asian Journal of Research in Chemistry,10, 3-12. https://doi. org/10.37057/2433-202x-2020-4-6-1
5. Azizov, A. R, & Ametova, E. K. (2019b). Creation of microelectronic block of NSS. (In Uzbek). Bulletin of the Tashkent Institute of Railway Transport Engineers, 2, 155-160.
6. Azizov, A., Ametova, E., & Shakirova, F. (2023b). Integrated microelectronic pulse shaper for automation and telemechanic systems in railway transport. E3S Web of Conferences,402, 03005. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202340203005
7. Azizov, A., Ametova, E., Nuriddinov, Q., & Ubaydullayev, S. (2023a). Development, research of a model and an algorithm for organizing data transfer in a monitoring device. E3S Web of Conferences, 371. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202337103069
8. Azizov, A. R. (2023). Microelectronic device for determining telecontrol signal pulse quality. E3S Web of Conf., 458, 09020. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202345809020
9. Csanyi, E. The essentials of necessary auxiliary relays in tripping and control applications (2024). Electrical Engineering Portal. Serbia: Nova Pazova. https://electrical-engineering-portal.com/ auxiliary-relays-tripping-control-applications
10. Gordon, M. A., Movshin, A. A., Kovkin, A. N., Abramov, O. A., & Sedykh, D. V. (2019). Application of Modern Microelectronic Technology in Marshalling Process of Railway Stations. Proc. 2019 IEEE East-West Design & Test Symposium (EWDTS) (pp. 1-6). Batumi, Georgia. https://doi.org/10.1109/ EWDTS.2019.8884384.
11. Johansson, I., Palmqvist, C.-W., Sipila, H., Warg, J., & Bohlin, M. (2022). Microscopic and macroscopic simulation of early freight train departures. Journal of Rail Transport Planning & Management, 21, 100295. https://doi.org/10.1016/j.jrtpm.2022.100295
12. Kamenev, A. Yu. (2011). Peculiarities of the experimental methods application to prove the safety of the microprocessor signal centralisation systems. (In Russian). Information and Control Systems on the Railway Transport, 4, 104-111.
13. Ubaydullayev, S. Q. (2022a). Study of the work of the NPM-69-M block compatibility scheme. (In Uzbek). Journal of Advanced Research and Stability, 02 (01), 13-16. https://www.researchgate.net/ publication/357671916_3_NPM-69-M_Blokning_Muvofiqlik_Sxemasi_Ishini_Tadqiq_Etish
14. Ubaydullayev, S. Q. u. (2022b). Methods for implementing the microelectronic operation of the automatic push-button circuit and the arrow control circuit and the control block NPM-69-M. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10 (2), 303-307. https://internationaljournals.co.in/ index.php/giirj/article/view/1260
15. Yusupov, Z., Azizov, A., Ametova, E., Ubaydullaev, S. (2024). Model of Circuits of Anti-repeat Relays of Train Routes. In: Aliev, R.A., et al. 12th World Conference "Intelligent System for Industrial Automation" (WCIS-2022). WCIS 2022. Lecture Notes in Networks and Systems, 718. Springer, Cham. https://doi.org/10.1007/978-3-031-51521-7_21