Научная статья на тему 'Повышение математической грамотности учащихся начальной школы'

Повышение математической грамотности учащихся начальной школы Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
110
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
математическая грамотность / творчество / логическое мышление / нестандартная задача / способы развития логического мышления. / mathematical literacy / creativity / logical thinking / non-standard problem / ways of developing logical thinking.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Нурилло Алиев

В данной статье обсуждаются пути и средства повышения математической грамотности учащихся, творческого подхода к решению задач и навыков логического мышления посредством практических задач.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Improving the math literacy of primary school students

This article discusses ways and means of increasing students’ mathematical literacy, creative approach to problem solving and logical thinking skills through practical problems.

Текст научной работы на тему «Повышение математической грамотности учащихся начальной школы»

Жамият ва инновациялар -Общество и инновации -Society and innovations

Journal home page: https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Improving the math literacy of primary school students Nurillo ALIYEV1

Fergana State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2021 Received in revised form 20 March 2021 Accepted 15 April 2021 Available online 20 May 2021

Keywords:

mathematical literacy, creativity, logical thinking, non-standard problem, ways of developing logical thinking.

This article discusses ways and means of increasing students' mathematical literacy, creative approach to problem solving and logical thinking skills through practical problems.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.

This is an open access article under the Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining matematik savodxonligini oshirish

ANNOTATSIYA

Kalit so'zlar:

matematik savodxonlik, kreativlik, mantiqiy fikrlash, nostandart masala, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish yo'llari.

Ushbu maqolada o'quvchilarning matematik savodxonligini oshirish, masala yechishga kreativ yondashish, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish yo'llari va usullari amaliy masala-larga bog'langan holda yoritilgan.

1 Lecturer, Fergana State University. Fergana, Uzbekistan. E-mail: aliyevnurillo@gmail.com.

Повышение математической грамотности учащихся начальной школы

Ключевые слова:

математическая грамотность, творчество, логическое мышление, нестандартная задача, способы развития логического мышления.

АННОТАЦИЯ

В данной статье обсуждаются пути и средства повышения математической грамотности учащихся, творческого подхода к решению задач и навыков логического мышления посредством практических задач.

Matematika fani inson aqlini o'stiradi, diqqatni rivojlantiradi. Matematika fani bilan shug'ullanuvchi har bir insonda qafiyat va irodani tarbiyalaydi, kishida o'ziga bolgan ishonchni oshiradi. Kundalik hayotda bolayotgan jarayonlarda o'zi bilmagan holda har bir inson matematik masalalarni yechadi, tahlil qiladi. Tevarak atrofda bolayotgan voqea va hodisalarni matematik qonuniyatlar orqali ochishga intiladi, chunku bu kundalik hayot ehtiyoji sabab yuzaga keladigan jarayondir.

Hozirgi kunda 'Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi"da belgilangan vazifalarni ijrosi sifatida boshqa fanlar qatori matematika fanini ham o'qitishda xalqaro standartlarni joriy etish ko'zda tutilgan. Ta'limiy yutuqlarni baholash xalqaro uyushmasi tomonidan tashkillangan maktab matematika va tabiiy fanlar ta'limiy sifatining xalqaro monitoringi - PISA xalqaro tadqiqotlarida yurtimizning ishtirok etishi uchun tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi. Mazkur tadqiqotlar doirasida O'zbekiston Respublikasi o'quvchi-yoshlarining savodxonlik darajalari ilk bor sinab ko'rilar ekan, bunga o'ta mas'uliyat bilan tayyorgarlik ko'rish talab etiladi. Buning uchun, xalqaro tadqiqotlar talablariga mos ravishda ishlab chiqilgan topshiriqlar asosida tajriba sinovlar o'tkazish, o'quv jarayonlariga bosqichma-bosqich integratsiya qilib borish orqali o'quvchilarda maxsus ko'nikmalarni rivojlantirib borish muhim ahamiyat kasb etadi.

PISA - 2021 topshiriqlari matematika fanining quyidagi to'rtta mazmun sohalari (bolimlari) bo'yicha taqsimlangan:

- miqdorlar;

- o'zgarishlar va munosabatlar;

- fazo va shakl;

- ma'lumotlar va noaniqliklar.

Tadqiqotlarda darsliklarimizdagi odatdagi matematik masala emas, balki biror kontekstda taqdim qilingan real hayotiy muammoli vaziyatlar beriladi, darsliklarimizdan o'rin olgan, odatdagi standart matematik masalada berilgan miqdorlar (ma'lumlar) va topish kerak bo'lgan noma'lum miqdor boladi. Noma'lumni berilgan ma'lumlardan foydalanib topish talab qilinadi. Bunda berilganlar noma'lumni topish uchun yetarli bolib, ular kam ham bolmaydi, ko'p ham bolmaydi. PISA topshiriqlari esa matematik masala emas, u matematik masaladan oldin keluvchi bosqich - muammoli vaziyatning tavsifi (kontekst)dan iborat. Topshiriq kontekstida tasvirlangan muammoli vaziyatni mulohaza yuritish orqali o'rganib, uni matematik tilga o'girib ifodalash, ya'ni matematik masalaga keltirish kerak bo'ladi. Shundan keyingina masalani matematikani qo'llab yechishga kirishiladi. Shunday qilib, PISA topshirig'i konteksti, bu - real hayotiy vaziyatlarning turli ko'rinishlardagi tavsifidan iboratdir. Kontekst qaysi hayotiy vaziyatni ifodalashiga qarab, 4 ta topshiriqlar turkumiga doir bolishi mumkin:

"S>haxsi/\ontekstda berilgan muammolar turkumiga tegishli topshiriqlarda:

- o'quvchining shaxsiy hayoti bilan bogliq, do'stlar bilan muloqot qilish, sport bilan shug'ullanish, dam olish kabi kundalik turmushdan olingan vaziyatlar;

- oila, do'stlar va tengdoshlar davrasiga aloqador kundalik maishiy vaziyatlar;

- kattalarning kundalik turmushi bilan bogTiq xaridlar, ovqat tayyorlash, sog'liq, shaxsiy ishlarni rejalashtirish va boshqa vaziyatlar tasvirlanishi mumkin.

PISA-2021 tadqiqotlari doirasiga matematik savodxonlik tushunchasiga daxldor bo'lgan 8 ta asosiy yo'nalish bo'yicha ko'nikmalarni baholash kiritilgan:

1. Tanqidiy fikrlash;

2. Ijodkorlik, kreativlik;

3. Tadqiqot va tahlil qilish;

4. Mustaqillik, tashabbuskorlik va qafiylik;

5. Ma'lumotlardan foydalanish;

6. Tizimli fikrlash;

7. Muloqot qilish;

8. Mulohaza yuritish.

Bu jihatlar o'quvchilarning matematik tayyorgarligini baholash mazmuni, ya'ni matematik savodxonlik tushunchasida o'z aksini topgan. Matematik savodxonlik - bu asosan shaxsning turli hayotiy vaziyatlar (kontekstlar) va masalalar ustida matematik mulohaza yuritish, berilgan muammoni matematika yordamida ifodalay olish, muammoni yechishda matematikani qollay olish va olingan natijalardan muammoning yechimini talqin qilish va baholashda foydalana olish qobiliyatini namoyon bo'lishiga zamin yaratadi. Berilgan topshiriqni bajarish orqali hodisalarni tavsiflash, tushuntirish va oldindan aytib berish uchun tushunchalar, algoritmlar, faktlar va vositalarni izlashga undaydi. Turli sharoitlarda berilgan real muammolarni yechish uchun matematika bilan faol munosabatga berilib, matematik mulohazalar yuritishni, xoh u induktiv, xoh u deduktiv bolsin, hamda tabiat va jamiyatda duch kelinadigan hodisalarni matematik belgi va timsollar yordamida, ya'ni matematika tilida ifodalash, hodisalarni tushuntirish va oldindan aytib berishda matematik mulohaza yuritish, matematikaga oid bilim, tushuncha, algoritm, fakt va vositalardan foydalanishni o'z ichiga oladi. Bu topshiriqlarning mazmuni, tuzilishi va shakli tadqiqot mohiyatidan kelib chiqib qabul qilingan muayyan talablarga javob berishi lozim boladi. Xalqaro tadqiqotlar talablariga mos ravishda ishlab chiqilgan topshiriqlar asosida tajriba sinovlar o'tkazish, o'quv jarayonlariga bosqichma-bosqich integratsiya qilib borish orqali o'quvchilarda maxsus ko'nikmalarni rivojlantirib borish muhim ahamiyat kasb etadi.

Boshlangich sinf o'quvchilarini har bir o'tilayotgan darslar mazmunidan kelib chiqib, xalqaro tadqiqotlarga tayyorlab borish kerak Buning uchun mavzu doirasida o'quv topshiriqlari, testlar nostandart masalalardan foydalanish yaxshi samara beradi.

1. Jadvalda berilgan shakllar asosida quyidagi fikrni davom ettiring:

a) Agar shakl sariq rangda bo'lsa u ko'pburchak emas.

b) Havo rangdagi shakl bu...

d) Agar shakl bo'yalmagan bo'lsa, u olda u ...

e) Agar shakl oltiburchak bo'lsa, demak u........

f) Agar shakl yashil rangda bo'lsa, demak u ...

2. Aziz, Bobur, Karim va Dilshod bir jamoada o'ynashadi. Murabbiy ularga:"Agar Aziz ertaga kelmasa, Bobur uning o'rniga o'ynaydi. Kelsa Karim, Dilshod o'rnida o'ynaydi", - dedi. Xo'sh agar Bobur ertaga o'ynamasa qolgan uch boladan qaysi biri o'yinda ishtirok etadi?

a) Faqat Aziz

b) Faqat Dilshod

d) Aziz va Karim

e) Karim va Dilshod

3. Men kamera bilan birgalikda lenta va chip ham sotib olmoqchiman. Kamera va lenta $600, kamera va chip $450. Lenta va chip esa $250. Kameraning narxi qancha?

a) $50;

b) $200;

d) $400;

e) $650.

Izoh: bu yerda aytib o'tilgan uchala buyumni qo'shib, har bir 2 tasini sotib olish qancha turishini aniqlaymiz: 600+400+250=1300

Shuning uchun har bir buyumning bittasi uchun narx 1300:2=650$ bo'ladi. 650-250=$400 bu kameraning narxi.

4. Ona bolalari Doniyor va Anvar uchun sport oyoq kiyimlari sotib olmoqchi. Quyidagi jadvalda mavjud bo'lgan poyabzal berilgan.

Turi Mavjud olchamlar Mavjud ranglar Narxi

A oyoq kiyim 1-10 Oq $60

B oyoq kiyim 5-12 Qora, ko'k $50

C oyoq kiyim 3-8 Qora $55

D oyoq kiyim 2-6 Qizil, qora, oq $70

E oyoq kiyim 5-10 Ko'k, qora $40

Agar ona ikkala bolaga bir xil rangdagi poyabzal sotib olsa unda jami qancha to'lanadi.

a) $110;

b) 115; d) 120; e) 130.

5. Teatrda 12 mart chorshanbadan 29 mart chorshanbagacha tomosha bo'lishi kerak Har kuni kechqurun tomosha bo'ladi. Tushdan keyin ham tomoshalar rejalashtirilgan. Jami qancha tomosha uyushtiriladi?

a) 21;

b) 22;

d) 23;

e) 24.

Izoh: 12 mart chorshanbadan 29 mart shanba kuniga qadar 18 kun bor. 3 ta chorshanba va 3 ta shanba kunlari tushdan keyin jami ta tomosha bo'ladi. Demak, 18+3+3=24 ta tomosha o'tkaziladi.

6. 28 qismdan iborat bolgan multfilmni televidenie orqali haftada 4 qismi namoyish etiladi. Hamma qismini ko'rish uchun necha hafta kerak bo'ladi?

7. Qaysi kasr qolganlariga teng emas?

Yuqoridagi 6 ta geometrik shakllardan quyidagilarni qaysi birini tuzsa bo'ladi?

c.

D.

Shuningdek boshlang'ich sinf matematika darslarida grafik ko'rinishdagi obyektlar ustida ishlashga doir bir nechta mavzular yoritilgan bo'lib, unda berilgan ma'lumotlar grafik va ustunli diagrammalar asosida tasvirlash talab etiladi yoki aksincha.

1-masala. Doiraviy diagrammada berilgan ma'lumotlar asosida to'g'ri ko'rsatilgan ustunli diagrammani belgilang

LAVLAGI

KAEAM

a).

d).

e).

2-masala. Quyidagi diagrammada maktab sinflari haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Maktab sinflari

35

30

С 25 О

<Л 20 = 15

О 10 >

§■5 О 0

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

1-sinf 2-sinf 3-sinf 4-sinf 5-sinf

sinflar

Har bir sinfga 30 nafardan o'quvchi sig'adi. Qancha o'quvchi yetishmayapti?

a) 20;

b) 25;

d) 30;

e) 35.

Xulosa qilib aytganda, matematik savodxonlik har bir kishiga matematika olamini tushunishga, uning inson hayotida tutgan o'rni va ahamiyatini anglashga, faol, mulohazali va ishning ko'zini biladigan har bir inson uchun zarur bo'lgan, asosli mulohazalar yuritish orqali maqbul qarorlar qabul qilish qobiliyatlarini o'zida shakllantirishga yordam beradi. Matematik savodxonlik maxsus tuzilgan topshiriqlar yordamida baholanadi va tadqiq qilinadi. Bu topshiriqlarning mazmuni, tuzilishi va shakli tadqiqot mohiyatidan kelib chiqib qabul qilingan muayyan talablarga javob berishi lozim bo'ladi. Shunday ekan boshlang'ich sinf matematika darslarida o'quvchilarni bunday topshiriqlarni berish orqali dars jarayonida egallagan bilim va ko'nikmalarini real hayotda qo'llay olish, matnlarni talqin qilish, matematik muammolarni yechish kabi malakalarini shakllantirish zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Jumayev M.E, Tadjiyeva Z.G'. Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi. (OCY uchun darslik). Toshkent. "Fan va texnologiya" 2005.

2. Xalillayev A., Xudoynazarov E. boshlang'ich sinflarda masala yechishga o'rgatish metodikasi. (metodik qo'llanma), Urganch, 2010.

3. S. Burhonov, O'. Hudoyorov va boshqalar. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 3-sinfi uchun darslik "SHARQ". Toshkent. 2019.

4. N. Abdurahmonova, L. O'rinboyeva. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 2-sinfi uchun darslik 'Yangi yo'l Poligraf Servis" Toshkent. 2018.

5. N.U. Bikbayeva, E. Yangabayeva, K.M. Girfanova. To'rtinchi sinf matematika darsligi. Toshkent. "O'qituvchi". 2017.

6. Jumayev M.E, Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasidan praktikum. (OO'Y uchun o'quv qo'llanma) Toshkent. "O'qituvchi". 2004.

7. M. Ahmedov, N. Abdurahmonova, M. Jumayev. Umumiy o'rta ta'lim maktab-larining 1-sinfi uchun darslik "Turon-iqbol". Toshkent. 2018.

8. N.U. Bikbayeva, R.I. Sidelnikova, G.A. Adambekova. Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi. (metodik qo'llanma) Toshkent "O'qituvchi". 1996.

9. Н.Б. Истомина Матeматика. Учeбник для 3 класса общeобразоватeльных учрeждeний. Смолeнск Ассоциация ХХ вeк. 2013.

10. www.pedagog.uz.

11. www.edu.uz.

12. www.ziyonet.uz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.