*FIZIKA-MATEMATIKA VA TEXNIKA FANLARI* *ФИЗИКО-МАТЕМАТИЧЕСКИЕ И ТЕХНИЧЕСКИЕ НАУКИ* *PHYSICAL, MATHEMATICAL AND TECHNICAL SCIENCES*
UDK 656.8
POCHTA ALOQASIDA JO'NATMALARNI SARALASHNI SAMARALI TASHKIL ETISH YO'LLARI X.X.Axmadbekov* [email protected]
Kalit so'zlar: avtomatlashtirish, jo'natma, saralash, mexanizatsiya, konveyyer, oqim, tranzit, pochta, banderol, ishlov berish, lenta.
Kirish. Hozirgi vaqtda, jo'natmalarni avtomatlashtirilgan tarzda ishlov berish uchun mo'ljallangan mashinalar tizimi ishlab chiqilgan va joriy etilgan bo'lib, ular jo'natmani o'ichamlari va qattiqligi bo'yicha ajratuvchi, ustiga shtamp bosuvchi, manzil raqam kodi bo'yicha saralovchi avtomatlashtirilgan mashinalarni o'z ichiga oladi. Bunday mashinalar tizimini yaratishda texnikaviy masalalarni hal qilish bilan bir qatorda, pochta korxonalarini raqamli indeksatsiyalash tizimini ishlab chiqildi.
Pochta jo'natmalariga ishlov berish borasidagi asosiy va qo'shimcha ishlarni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish uchun mo'ljallangan maxsus pochtaga ishlov beruvchi mashinalar, mexanizmlar va qurilmalarga uchun mo'ljallangan avtomatik ajratuvchi, ustiga shtamp bosuvchi va saralovchi mashinalar, yarim avtomat mashinalar, qop tikuvchi, o'rovchi, manzil yozuvchi va boshqa mashinalar orqali amalga oshiriladi.
Shuningdek pochta aloqasi xizmatlarini ko'rsatish qoidalarining ikkinchi bobi pochta aloqasi operatorlari, provayderlarining huquq va majburiyatlari belgilangan bo'lib, uning 181-bandida pochta aloqasi xizmatlari ko'rsatish uchun zarur bo'lgan texnologik uskunalar, mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish va axborotlashtirish vositalariga ega bo'lishi[1] zarurligi belgilab o'tilgan.
Adabiyotlar tahlili va metodlar. Olim Verxova G.V. fikricha pochta aloqasini yangi loyihalashtirish, qurish, texnik qayta jihozlash va rekonstruksiya qilish, pochta aloqasini modernizatsiya qilish, zamonaviy mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish vositalarini joriy etish asosida logistika va transport aloqalari va vositalari tizimi, pochta aloqasini ilmiy ko'llab-quvvatlashni rivojlantirish, ilmiy-texnik bazani takomillashtirish va qayta qurish, texnologik taraqqiyotning istiqbolli yo'nalishlari, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish masalalarini hal qilishga imkon beradigan ilmiy-texnik bazani takomillashtirish va ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish[2] juda muhim bo'lib, bunda jarayonlarni to'g'ri tashkil etish, pochta aloqasini modernizatsiya qilish, zamonaviy mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish bugungi kunda muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Avtomatlashtirilgan loyihalash sistemasini ishlab chiqish korxonani hozirgi zamon hisoblash texnikasi bilan jihozlash va shu asosda programmalar bilan ta'minlashdan iboratdir. Ilg'or
* X.X.Axmadbekov - Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti mustaqil izlanuvchisi.
«Yosh olimlar axborotnomasi» - «Вестник молодых ученых» - «The bulletin of young scientists»
texnologiyaga asoslangan avtomatlashtirilgan loyihalash sistemalarini bunyod etish nazariy tadqiqot bilan ishlab chiqarishni birgalikda qo'shib olib borishni taqozo etuvchi murakkab muammodir.
Olim Garg N. fikricha pochta tizimi zaif simsiz tarmoqdan farq qiladi, pochta tizimi yuqori jo'natma kechikmasligi uning yuqori sifatini ta'minlaydi[3] deb ta'kidlab o'tgan. Bugungi kunda jahon tajribasi ushbu fikrni haqiqatdan to'g'ri ekkanligini ko'rsatmoqda.
"Rossiya pochtasi" pochta aloqasi bo'limlarini avtomatlashtirish uchun ularni dasturiy ta'minotga ega zamonaviy pochta kassa terminallari bilan ta'minladi. Qishloq joylardagi bo'limlarda pochta kassa apparatlarini avtomatlashtirish uchun 14 mingtadan ziyod nazorat kassa texnikasi qo'llaniladi, operatsiya darajalarini kompyuter kassa terminallari bilan jihozlashni 75% ga yetkazilgan[4]. Maqsad qishloq joylardagi istiqomat qilayotgan fuqarolarga pochta aloqasidagi mavjud xizmat turlarini aholiga taqdim etish hamda pochta aloqasi bo'limlari faoliyatini bosqichma-bosqich avtomatlashtirish hisoblanadi.
Shuningdek olim Gudova Ye.A. fikricha pochta yig'imlarini to'lashning muqobil shakllari, pochta markalari, frankirlash mashinalari va elektron markalarini chiqaradigan avtomatlar hisoblanadi. Pochta korxonalarida avtomatlashtirishning keng joriy etilishi pochta markalarining sotilishiga yangi yondashuvni taklif etadi. Hozirgi vaqtda pochta xizmatlari tomonidan pochta bo'limlarida tayyor pochta markalari va butun buyumlarni sotish uchun avtomatlar samarali ko'llaniladi. Bunday avtomatlardan ko'p mamlakatlarda foydalanib kelinmoqda.
Butun dunyo bo'ylab pochta aloqasi operatorlari bugungi kunda jiddiy muammolarga duch kelmoqdalar. Masalan ichki raqobat, xususiy kompaniyalar va kurerli xizmatlari[5] bugun barcha sohada aholi tomonidan talab va takliflar ortib bormoqda. Bu esa pochta aloqa tizimida mavjud xizmatlarni rivojlantirishga alohida e'tibor berish kerakligini ko'rsatmoqda.
Pochta foydalanuvchilarining ehtiyojlari va ularga xizmat ko'rsatuvchi pochta tizimlari o'zgarmoqda. Mijozlar va korxonalar tomonidan yuborilgan pochta jo'natmalar soni pasayishda davom etmoqda, ammo posilkalar hajmi yildan yilga o'sib bormoqda. Covid-19 pandemiyasi ushbu tendensiyalarni tezlashtirdi va Buyuk Britaniya bo'ylab doimiy mijozlar va korxonalar uchun pochta xizmatlarining muhimligini ta'kidladi. Bu esa pochta operatorlarining rivojlanishiga olib keldi. Pochta xizmatlari uchun ayniqsa onlayn xarid qilish buyurtmalarini bajarish uchun raqobat kuchaydi. Bu iste'molchilarning o'zgaruvchan ehtiyojlariga javoban innovatsiyalarni rag'batlantiradi. Bugungi kunda misol uchun "Royal mail" tomonidan boshqa operatorlar singari, o'z biznesini rivojlantirib, shu bilan birga universal pochta xizmatini aholiga taqdim etishni davom ettirmoqda[6]. Hozirgi kunda, jo'natmalarni jo'natish havo transporti orqali Turkiya, Estoniya, Litva, Singapur, Fransiya, Belgiya, Shveysariya, Daniya va Gollandiya davlatlaridan, yer usti transporti orqali esa Latviya, Xitoy, Estoniya, Gruziya davlatlaridan O'zbekistonga yuborilmoqda.
Natijalar. Har bir pochta jo'natmasi jo'natuvchidan oluvchiga qadar yagona ishlab chiqarish jarayonining bir qancha majburiy bosqichlaridan o'tadi. Buning natijasida pochta aloqasi xizmatiga berilgan buyurtma pochta aloqasi mahsulotiga aylanadi. Yagona ishlab chiqarish jarayonini har bir pochta korxonasi uchun o'ziga xos bo'lgan va ularda to'la bajariladigan alohida jarayonlarga ajratish mumkin. Ularda chiqayotgan, kirayotgan va tranzit pochta jo'natmalariga ishlov berish jarayonlari qamrab oladi.
Pochta jo'natmalariga ishlov berish, mijozlardan qabul qilib olingan yoki boshqa aloqa korxonalaridan kelib tushgan pochta jo'natmalarini belgilangan manzil bo'yicha jo'natish va topshirishga tayyorlashni ta'minlovchi ishlab chiqarish jarayonlari majmuasi hisoblanadi. Bu jarayonda tabiiyki jo'natma manzilga yetib borishda bir qancha jarayonlardan o'tib ba'zan uning kechikishiga sabab bo'ladi.
Jo'natmalarni saralash uskunalarining funksional sxemasi tarkibiga ishga tushirish qurilmasi, taqsimlash konveyyeri va yig'gichlar orqali amalga oshiriladi.
Ishga tushirish qurilmasi operatorning ish joyi hisoblanib, yuklarni taqsimlash konveyyeriga uzatish mexanizmlari va klaviatura mujassamlashgan. Klaviatura tugmalari yordamida
«Yosh olimlar axborotnomasi» - «Вестник молодых ученых» - «The bulletin of young scientists» 11
boshlang'ich ish stolidan yukni chiqarish vaqtida sinxronlashtirish datchikli tomonidan vaqt belgilanadi va bu vaqtdan boshlab boshqarish tizimi yukni tegishli yig'gichga yo'naltirish borasidagi ishlarni boshlaydi. Zarur hollarda ishga tushirish qurilmasida yuklarni tashqi o'lchamlari bo'yicha nazorat amalga oshiriladi, odatda, tashish yo'nalishi bo'ylab yuklarning uzunligi nazorat qilinadi.
Taqsimlash konveyyeri saralanayotgan yuklarni tegishli yig'gichga yetkazib berish uchun mo'ljallangan. U yuk tashish trassasidan iborat bo'lib, har bir yig'gich yonida o'rnatilgan yuk tushirgichga kelib yetgan vaqtda boshqaruv tizimi buyrug'i asosida ishga tushadi.
Yig'gichlar bir yo'nalishda ketayotgan yuklarni to'plash va vaqtinchalik saqlash uchun mo'ljallangan. Ular 50 taggacha pochta yuklarini sig'dira oladigan gravitatsiya yoki mexanizatsiyalashgan sig'imlardir. Jo'natma, nashr, banderollar kabi pochta yuklarini saralash jarayoni xatlarni saralash jarayonidan tubdan farq qiladi. Pochta yuklarining massasi xatlarning massasidan o'rtacha 1000 marotaba kattadir. Bu ularning tashish tezligini ancha cheklanishiga sabab bo'ladi. Hozirgi saralash qurilmalarida tezlik 2 m/s dan oshmaydi. Bundan tashqari, saralanayotgan yuklar massasining kattaligi tushirgichlar tezligini ham cheklaydi. Ko'rsatib o'tilgan cheklashlar taqsimlash konveyyerining yetarlicha uzunligida pochta yuklarini saralashning silliq usulini qo'llashga imkon bermaydi. Chunki bunday usulda ishlovchi saralash qurilmalarining samaradorligi kichik bo'ladi. Shuning uchun jo'natma, nashr va banderollarni saralovchi barcha qurilmalar oqim usulida ishlaydi.
Oqim ishlovchi qurilmaning samaradorligi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
P = 3600*V/a = 3600*V/(L+D)
Bu yerda: V — yuklarning tashilish tezligi, m/s; a — yuklar qadami; L — yuklarning tashilish yo'nalishidagi uzunligi; D — yuklar orasidagi masofa.
Shunday qilib, saralash qurilmasining samaradorligi yuklarning tashilish tezligiga to'g'ri proporsional va yuklar orasidagi qadamga teskari proporsionaldir. Bundan ko'rinadiki, saralash qurilmasining samaradorligini yuklarni tashish tezligini oshirish hisobiga yoki ular orasidagi qadamni qisqartirish hisobiga ko'paytirish mumkin.
Muhokama. Kiruvchi jo'natmalarni yig'ish, tashish va avtomashinalarga topshiriladi. Chiquvchi va tranzit jo'natmalar solingan konteynerlarni tashish va topshirish esa quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Konteynerlar ombor liniyalaridan konveyyerlar orqali tartibga solish doiralari deb ataluvchi joyga chiqariladi. Bu doiralardan konteynerlar pochta vagoni yukxonasiga joylashtirish tartibiga muvofiq ravishda ketma-ket tanlab olinadi va konveyyerning tushirish bo'lmasi yordamida pochta vagoni yonidagi platformaga o'rnatiladi. Bu yerdan konteynerlar vagon krani orqali yukxonaga joylanadi.
Konveyyerlar, asosan, pochtani qayta ishlashda operatsiyalar transport ishlarida va pochta korxonalarida hamda turli xil pochtani qayta ishlovchi mashinalarning tarkibiy elementlari sifatida ham keng qo'llaniladi. Konveyyerning turli xil ko'rinishlari ayrim pochta korxonalararo pochtani tashishda kerak bo'ladigan yuklash va tushirish ishlarida qo'llaniladi.
Lentali konveyyerlar to'xtovsiz harakatdagi keng tarqalgan transport mashinalari bo'lib, konstruksiyasining oddiyligi, Yuklar uchun yuklash quribnalari
ishonchliligi, tovush chiqarmasligi va yuqori ish unumdorligi bilan ajralib turadi.
Yuklovchi qurilmalar lentali konveyyerning xohlagan joyiga mo'ljallangan bo'lishi mumkin. Biroq lentali konveyyerlar ko'pincha barabanining dum qismida ko'proq yuklaniladi. Ularning konstruksiyasi tashiluvchi yuklar va yuklarni tushirish usullariga bog'liq.
Donali yuklar (posilkalar, banderollar va shu kabilar) bir necha kichik lentali va rolikli konveyyerlar yordamida yuklanadi. Quyida donali yuklar uchun yuklash qurilmalari quyidagi rasmda keltirilgan:
- qiyalik tushirish;
- rolik.
Sochiluvchi yuklar uchun lentaning ust qismida 3 ta qiyalik, devorli metall lotoklar joylashgan bo'ladi. Lotokdan chiquvchi yuklar eni lenta enidan kabi bo'ladi. Bu esa yuklarni lentalardan tushib ketish oldini oladi.
Xulosa. Xulosa o'rinida shuni ta'kidlab o'tish lozim pochta jo'natmalarni ishlov berishda avtomatlashtirilgan ishlov berish uchun mo'ljallangan mashinalar orqali saralash jarayonlarini amalga oshirish maqsadga muvofiq.
Shuningdek, pochta aloqasida tashish va yuklash tushirish ishlarini bajarishda turli xil ko'tarish tashish asbob-uskunalari qo'llanilishi maqsadga muvofiq. Bularga quyidagilar kiradi:
- jo'natmalar, nashr o'ramlari, biror burchak ostida yoki vertikal tekislikda tashish imkonini harakatlanuvchi va statsionar tasmali, zanjirli konveyyerlar va ko 'targichlar;
- avtomashinalar va pochta vagonlariga pochtani yuklash va tushirish uchun ishlatiladigan bo'limlari suriluvchi, qiyalik burchagi o'zgaradigan harakatlanuvchi va statsionar tasmali konveyyerlar;
- korxona ichida, pochta vagonlariga yoki vagonlardan orqaga pochta solingan qoplarni, jo'natmalarni va elektr shataklagach, tirkama va qo'lda boshqariladiganpochta arxivlari;
- vokzal va aeroportlar qoshidagi pochta tashish bo'limlari, shahar aloqa korxonalari va nashriyotlar orasidagi pochta almashish hamda shahar ichida tashish uchun g'ildirakli va g'ildiraksiz konveyyerlar;
- bino qavatlari orasida pochta tashish uchun yuk liftlar.
Natijada bu tashkilotlar markalar sotib olish va yopishtirishdan ozod bo'ladi, bu esa markalar sarfini kamaytirishga, konvertlarni (xatjildlarni) markalash jarayonini mexanizatsiyalashga va pul hisob-kitoblari tizimini ancha soddalashtirishga olib keladi. Bundan tashqari, markalovchi mashinalar qo'llanganda pochta korxonasiga kelib tushgan jo'natmaga shtamp bosish zarurati yo'qoladi, ajratish ishlaridan so'ng u bevosita saralashga o'tkaziladi, natijada ishlov berish jarayonini tezlashtirishga xizmat qiladi.
Adabiyotlar:
1. O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2011 -yil 22-fevraldagi "Pochta aloqasi xizmatlarini ko'rsatish" qoidalari. https://lex.uz/docs/1772402.
2. Верхова Г.В. Системный анализ, управление и автоматизaция технологических процессов в системах почтовой связи. Автореферат диссертaци на соискание ученой степени доктора технических наук. 2005 Б.3-4
3. Garg N.A. Postal system based digital network and a distance learning application. A dissertation presented to the faculty of Princeton university in candidacy for the degree of doctor of philosophy.
- S., 2006 Б. 126.
4. https://eww.russianpost.ru/
5. Гудова Е.А. Процессуалный подход к анализу организaционных изменений на примере фгуп "Почта России": на соискание ученой степени кандидата социологических наук НИУ ВШЭ (PhD HSE) диссертaция. М. 2018 Б. 20.
6. Review of Postal Regulation. Statement Publication date: 18 July, 2022 Б. 3.
POCHTA ALOQASIDA JO'NATMALARNISARALASHNI SAMARALITASHKIL ETISH YO'LLARI
Ushbu maqolada pochta aloqasida boshqaruv jarayonlarini tashkil etishda saralash jarayonlarining o'rni, jo'natmani saralash uchun vaqt normasini hisobga olish, bu borada xorijiy olimlarning fikr-muloxazalari asosida jo'natmani manzilga yetkazib berishning o'ziga xos yo'llariga to'xtalib o'tilgan.
СПОСОБЫ ЭФФЕКТИВНОЙ ОРГАНИЗАЦИИ СОРТИРОВКИ ОТПРАВЛЕНИЙ В ПОЧТОВОМ ОТДЕЛЕНИИ
В данной статье рассматривается роль сортировочных процессов в организации управленческих процессов в почтовой связи, учет нормы времени на сортировку отправления, конкретные способы доставки отправления к адресату на основе отзывов зарубежных ученых по этому поводу
WA YS TO EFFECTIVELY ORGANIZE THE SORTING OF SHIPMENTS A T THE POST OFFICE
This article focuses on the role of sorting processes in organizing management processes in postal services, taking into account the time standard for sorting items, as well as specific methods of delivering items to the address based on the opinions of foreign scientists on this matter.