Научная статья на тему 'PEDAGOGIKADA TARBIYA TIZIMI TAKOMILLASHTIRISH.'

PEDAGOGIKADA TARBIYA TIZIMI TAKOMILLASHTIRISH. Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

3847
324
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tarbiya tizimi / didaktik tizim / insonparvarlik / individuallashtirish / tarbiyaviy yondashuvlar. / educational system / didactic system / humanism / individualization / educational approaches.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — X. B. Rahmonqulova

Ushbu maqolada pedagogikada tarbiya tizimi takomillashtirish va ta’limda didaktik tizimi ta’lim maqsadlari, o‘qish mazmuni, uni tashkil etishning metod va shakllari yoritilgan .

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article describes the goals of improving the educational system in pedagogy and the didactic system in education, the content of training, methods and forms of its organization

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIKADA TARBIYA TIZIMI TAKOMILLASHTIRISH.»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-190-195

PEDAGOGIKADA TARBIYA TIZIMI TAKOMILLASHTIRISH.

X. B. Rahmonqulova

Jizzax davlat pedagogika instituti Maktabagacha ta'lim metodikasi kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTASIYA

Ushbu maqolada pedagogikada tarbiya tizimi takomillashtirish va ta'limda didaktik tizimi ta'lim maqsadlari, o'qish mazmuni, uni tashkil etishning metod va shakllari yoritilgan .

Tayanch so'zlar: tarbiya tizimi, didaktik tizim, insonparvarlik, individuallashtirish, tarbiyaviy yondashuvlar.

ABSTRACT

The article describes the goals of improving the educational system in pedagogy and the didactic system in education, the content of training, methods and forms of its organization

Keywords: educational system, didactic system, humanism, individualization, educational approaches.

KIRISH

Bugungi kunda barkamol inson tarbiyasi, ularni pedagogik-psixologik bilimlar bilan qurollantirish eng dolzarb masalasi hisoblanadi. Tarbiya jarayonining asosi o'qitish hisoblanadi. Tarbiya jarayoni didaktik vositalar bilan ko'rinaboshlaydi. Tarbiya tizimining tushunchasi didaktika ichiga qo'shib amalga oshiriladi.

Tarbiya jarayoni o'ziga hosligini saqlab qolish uchun "tarbiya?, tarbiya... tarbiya!"... Unda tarbiya tizimi didaktikadan iborat bo'lmaydi, balki bir tomondan pedagogik -psixologik, boshqa tomondan esa- ijtimoiy-pedagogik tizimdan iborat bo'ladi. Buda tarbiya tizimi o'quvchilarga faqat didaktik tizim sifatida emas, balki ijtimoiy omil sifatida ham ularni bizni o'rab turgan borliqqa jalb etish orqali ham ta'sir ko'rsatadi. Har bir ta'lim muassasalarida tashkil topadigan ma'lum psixologik muhit tarbiyaga albatta, ota-onalar, o'qituvchilar va o'quvchilar o'rtasida yuzaga keladigan munosabatlar orqali ta'sir ko'rsatadi.

Oliy ta'lim muassalarida ta'limning didaktik tizimi ta'lim maqsadlari, o'qish mazmuni, uni tashkil etishning metod va shakllari orqali ifodalanadi. Ma'lumki

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-190-195

pedagogikada «Didaktik tizim» tushunchasi ancha qadimdan shakllangan. Tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirishda, o'rganilayotgan material mazmuni, uni etkazish shakli va metodlari, hamda shu kabilarni belgilash orqali o'qitish jarayonida foydalaniladi. Yana bir tarafdan tarbiyaning ikkinchi tushunchasi mantiqida didaktik tizim -o'zi tarbiyaviy tizimining - didaktik tizimida ishtirok etadi, ya'ni uning tizimi hisoblanadi.

Shunday qilib, ijtimoiylashtirish insonning maqsadga muvofiq jarayonlar maktabgacha, maktab, maxsus pofessoinal ta'limlarida hamda tasodifiy omillar ta'siri ostida amalga oshiriladi. Bu ta'sir ko'rsatish tarbiya tizimi insonparvarlikni obro' e'tibor, nufuzi vositalar bilan amalga oshirilishi shart emas.Unda o'qituvchi va bolalar o'rtasida,insonparvarlik munosabatlari mavjud bo'lishi, qadriyatlar targ'ib qilinishi, guruhli va individual ijodkorlik elementlari tatbiq qilinishi mumkin.

Bundan tashqari, ta'sir ko'rsatish ushbu tarbiya tizimi o'zi tarbiya jarayoniga demokratik qadriyatlar va qoidalar kiritishi kerak. Tarbiyaning asosan to'rtta usuli mavjud. O'rnak namuna; Pand nasihat; Rag'bat; jazo.

Yuqorida takidlaganimizdek tarbiyaning usullaridan bir bu jazo bo'lib,tarbiyaviy tizim qandaydir jazo va majburlashlarsiz, mavjud bo'lishi mumkin emas.

ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYA

O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha 2017-2021 yillarga mo'ljallangan Harakatlar strategiyasining amalga oshirilishi davlat va jamiyat qurilishini izchil takomillashtirishni ta'minlash, ilg'or innovatsion va ilm-fan yutuqlariga asoslangan texnologiyalardan foydalangan holda zamonaviy ishlab chiqarishni yo'lga qo'yishga yo'naltirilgan ishlarga yangicha yo'l ochib berdi. Bu muhim maqsadlar yuqori malakali mutaxassislar, pedagog va ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini ilg'or xorij tajribasini o'rganish va uning eng yaxshi yutuqlarini davlat va jamoat tuzilmalari, iqtisodiyot tarmoqlarida tatbiq etish asosida jiddiy qayta ko'rib chiqish va takomillashtirish zaruratini taqozo etmoqda.

Mashg'ulot jarayonida talabalarni kichik guruhlarga birlashtirish hamkorlikdagi faoliyatda o'yin rollarini yaratish usullari; guruhni muhokamada prezentatsiyaga chiqish tartibi va boshqalar- bularning barchasi pedagoglarning aniq uslublariga misollar. Lekin ulardan hech biri, qandaydir aniq tarbiyaviy masala bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'liq emas, shuning uchun mana shu uslublarni turli xil texnologiyalarga kiritish mumkin.Jamoaviy yoki guruhli tahlilni tashkil qilish usuli

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-190-195

sifatida, muloqot mashqlar o'tkazish uslubi sifatida ham qo'llash mumkin. SHunga mos ravishda ishlab chiqilayotgan pedagogik yordam texnologiyalari, ilgari ma'lum bo'lgan uslublar yo'nalishidan iborat bo'lishi kuzatiladi. Pedagogik yordam texnologiyasi - bu o'sib borayotgan o'smirni boshqalardan farqli ekanini anglab etishga yordam beruvchi, o'zining bo'shligi va o'z kuchini- jismoniy, intellektual, ma'naviy, ijodiy vositalardan foydalanishi tizimidir.

Bu ta'lim olishda shaxsiy hayot yo'li va hayot mazmunini tanlash uchun zarurdir.

Texnologiyani amalga oshirish o'quvchining savolidan boshlanadi: «men kim bo'laman!», « qanday bo'lishim kerak?». O'qituvchi bilan birgalikda mana shu savollarni muhokama qilish, yana boshqa bir mustaqil savolni ham keltirib chiqaradi: «Qanday yashash kerak?» ... Bildirilgan maslahatlar yordamida o'quvchiga hos bo'lgan shaxsiy hayot tarzi, asta-sekin tuziladi, intelektual, emotsional, jismoniy yuklamalar qulay rejimi tanlanadi.

O'zini boshqarish bo'yruq bo'yicha yuzaga kelmaydi, balki uspirinlar qiziqishlari hamda fuqaro huquqlari ham o'z manfaatlarini o'zaro himoya qilishlari ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Ushbu o'zini boshqarish talim muassasasi doirasida talabalar qiziqishlarini birlashtiruvchi bo'lganida va maktabning o'zi fuqarolik jamiyati sifatida qurilganda paydo bo'ladi. O'zini boshqarishda qoidalar ishlab chiqarish majburiy element hisoblanadi. Talabalarning o'zlari yaratadigan qoidalar, qonunlar, huquq qoidalarining muhim ahamiyatga egaligi pedagogikada ancha avval ma'lum.

NATIJALAR

Pedagogning kasbiy pedagogik madaniyat - uning pedagogik kasbga ega bo'lgan, uning umumiy madaniyatini loyihalashtiradigan o'qituvchi shaxsining ajralmas sifati hisoblanadi. Bu pedagogning yuqori professionalligi va ichki xususiyatlarining sintezi, o'qitish usullarining mohirligi va madaniy va ijodiy qobiliyatlarning mavjudligida namoyon bo'ladi. Pedagogning kasbiy pedagogik madaniyat - insoniyat tomonidan to'plangan tajribani ijodiy o'zlashtirish va o'zgartirishning o'lchovidir. Pedagogik madaniyatga egalik deganda, pedagogik tafakkur va ongi yaxshi rivojlangan, ijodiy salohiyatga ega bo'lish tushuniladi

Tarbiyadan boshqa yondashish insonparvarlik tarbiyaviy tizimini yaratish bilan bog'liq. Bu yondashish birinchi navbatda, individuallashtirish jarayoni bilan mos keladi. Yana bir bor eslatib o'tamiz, individuallashtirish - bizning tushunishimizcha,-

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-190-195

bu o'quvchi yoshlarda mavjud yoki o'zining individual tajribasida egallagan yagona, alohida va o'ziga hosligini ta'minlab turish va rivojlantirish bo'yicha kattalarning hamda bolaning o'ziga tegishli bo'lgan faoliyatlari .

Shaxsni individuallashtirish uning «o'zligirn» rivojlantirish, shunday qilib, keng ma'noda insonparvarlik tarbiyaviy tizimini tashkil etadi. Tarbiyada bunday yondashishning maqsadi, bolalarga, ularning «sub'ektiv mavjudliklarini» tashkil etishda yordam ko'rsatish hisoblanadi. Buning uchun ushbu tarbiyaviy tizimda, insonga o'zini anglash va o'zini amalga oshirishda yordam beruvchi maxsus vositalar ishlab chiqiladi. Insonparvarlik tarbiyaviy tizimining sub'ekti endi faqat pedagog emas, balki bolalarning o'zlari ham hisoblanadi. Bunda o'qituvchilar ham, talabalar ham oliy talim muassasasi oldida turgan maqsadlarini birgalikda aniqlashtiradilar, ularni amaliy vazifalar darajasiga ko'taradilar va birga amalga oshiradilar. Insonparvarlik tarbiyaviy tizimi samaraliligini muhim sharti, talabalar va kattalarni umumiy jamoaga birlashtirish hisoblanadi. Bolalar va kattalarning o'zaro munosabatlari, ma'lum munosabatlarni yuzaga keltiradi, ular birinchi navbatda tizimning tarbiyaviy imkoniyatlarini belgilaydi.

MUHOKAMA

Bilamizki oly ta'lim muassasining tarbiyaviy vazifasi talabalarda, o'zini shu dunyoda anglab etish, jamiyatda o'z o'rnini topishi, dunyoga, madaniyatga, atrof-muhitga, qadriyatlarga munosabatni shakllantirishdan iborat. Afsuski bu vazifani faqat ta'lim muassasasida dars jarayonida amalga oshirib bo'lmaydi: Buning uchun o'quvchini individual manfaatlarini qondirish bilan bog'liq, ijodiy faoliyati, mehnati, dam olish doirasidagi o'yin, qiziqarli mashg'ulotlar bilan ham olib borishni taqazo qiladi. Demak bularni amalga oshirishda, ta'lim jarayonida tarbiya tizimi innovatsiyalarini o'rganish imkoniyati vujudga keladi. Tarbiya tizimi innovatsiyalarini yaratish va rivojlantirish jarayonida, oldiniga ayrim masalalarni hal etish kerak

Bularga bolalarda dunyoning yaxlit va ilmiy asoslangan ko'rinishini shakllantirish, o'z-o'zini anglashni, vatan tuyg'usinitarbiyalash, yurt taqdiri uchun javobgarlikni shakllantirish, umuminsoniy qadriyatlarga jalb etish, ular orasida mana shu qadriyatlarga mos bo'lgan xulqni shakllantirish, o'sib kelayotgan kelajak avlodda, ijodkorlikni, yordam ko'rsatishni shakllantirish kabi masalalarni kiritish mumkin. Sanasak ro'yxatini yana davom ettirish mumkin. Lekin har qanday holatda

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 \ ISSUE 12 \ 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-190-195

ham, mana shu vazifalarning o'zi yuqorida sanab o'tilgan tarbiyalash vazifalarining alohidaligini ko'rsatadi.

Bunda tarbiya - bu o'ziga hos mazmunga ega bo'lgan bola shaxsiga ijtimoiy belgilangan va maqsadga muvofiq ta'sir ko'rsatishga asoslanadi. Bunday tarbiya ma'lum shakllarda yakka turda, jamoada, guruxlarda ma'lum metodlar asosida amalga oshiriladi. Bu yondashish biz ilgari keltirib chiqargan ijtimoiylashtirish kategoriyasi bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'liq, bunda biz tarixiy ishlab chiqilgan ijtimoiy qoidalarni, qadriyatlar, munosabatlar, ma' naviy va moddiy madaniyat bilan munosabat usullarini, inson tomonidan o'zlashtirilishi jarayonini tushunamiz.

Insonparvarlik tarbiyaviy tizimi aniq tizim hisoblanadi. Tarbiyaviy tizimlar ikki turini ya'ni ta'lim tizimi va insonparvarlik tarbiya tizimi, ularninig predmeti mazmunida ham farq qilishini ko'rib chiqamiz.

Birinchisi, dunyoning ijtimoiy ko'rinishini o'rganadi. Ikkinchi tizim, o'zi-o'zini o'rganish usulini o'rganadi. Ma'lum ijtimoiy qoidalarni,qadriyatlarni, munosabatlarni etkazib ta'sir ko'rsatish tarbiya tizimi, bolalarda o'zini anglashga qobiliyatni rivojlantirish masalasi - bu uning predmeti hisoblanmaydi.

Insonparvarlik tarbiyaviy tizimi-bu boshqa gap. Inson tanlab olish sub'ekti sifatida ishtirok etar ekan, u bu tanlovni o'ziga nisbatan amalga oshirishi ko'zda tutiladi, demak o'zini anglash jarayonisiz, bu tizimni amalga oshirish mumkin emas. SHuning uchun turli insonparvarlik tarbiyaviy tizimlar, hozirgi kunda, aynan mana shu yo'nalishda rivojlanmoqda.

Pedagogik yordam erkinlik, ijodkorlik, kattalar va bola o'rtasida haqiqiy demokratiya va insonparvarlikda yuzaga keladigan tarbiya xisoblanadi. Tarbiya maqsadini pedagogik yordam sifatida tarbiya tizimini falsafiy jihatdan qaralganda, innovatsiya hisoblanadi. Bu esa maqsadga mos yangi tarbiya texnologiyasini ishlab chiqishga olib keladi.

Tarbiya texnologiyasi bu tarbiyaning ma'lum maqsadlariga erishishga qaratilgan maxsus pedagogik uslublar tizimi. Har qanday tarbiya metodikasi, tarbiya texnologiyalaridan tashkil topadi. Masalan, o'smirlar bilan aloqa o'rnatish, jamoani rejalashtirish, pedagogik diagnostika texnologiyasi va boshqalar.

Texnologiya- tarbiya metodikasining yakunlangan qismi bo'lsa, uslub esa o'z navbatida bu umumiy yoki shaxsiy pedagogik madaniyatda qayd etilgan tarbiya texnologiyasiga nisbatan yakunlangan elementdir. Uslub biror bir tarbiya masalasi bilan barqaror bog'liq bo'lsa, demak u oddiy tarbiyaviy texnologiya bo'lib qoladi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-190-195

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, o'qituvchining umumiy madaniyati uning malakasi va kasbiy o'sishi uchun tayanch nuqtasida namoyon bo'ladi. O'qituvchi shaxsining umumiy rivojlanishida etakchi o'rinlardan birini uning axloqiy xususiyatlari egallaydi, bu insonning tashqi dunyo bilan aloqasini yaxshilik va yomonlik mezonlari asosida belgilaydi.

Talabalar hayot muammolarini demokratik hal etishga imkon beradi. Bunday qoidalar erkinlik va mas'uliyatlilik doirasini belgilab beradi. Ushbu holatni intizomlilikni rivojlantirish kuchli vositasi sifatida tushunib, ko'pchilik hollarda tadqiqotlarimiz davomida kuzatishlarimiz natijasida aytim maktablarning tirishqoq izlanuvchi pedagoglari tomonidan o'zlarining qonunlarini, o'rtoqlik Nizomlarini yaratmoqdalar. SHuni unutmaslik kerakki, ushbu uslubda ham ma'lum xavfli tomonlari mavjud. O'qituvchi pedagog, ba'zi bolalar boshqalar ustidan nazoratchi bo'lib qolmasliklarini, liderlik, otomonlik tushunchalari avj olib ketmasligini kuzatib borish zarur. Bunday holatda bolalar jamoasida adovat ham yuzaga kelishi va bolalar qonunni bajaruvchilar va ularga qarshi kuzatuvchilarga ajralib qolishlari mumkin. SHunday qilib, yuqorida tasvirlangan uslublar to'plami yangi maqsad, pedagog yordam uchun texnologiyani belgilab beradi. Va mana shu mazmunda innovatsion texnologiyadan iborat bo'ladi.

REFERENCES

1. Tumalev V,V. Uchitelstvo v situatsii sotsialno - politicheskixperemen CH.Z. InnovatsionnnY potensial sovremennogo uchitelya. SP b, 1995.

2. «Xamsa». A.Navoiy o gumannosti.

3. Xomeriki O.G. Innovatsii v praktike obucheniya. Pedagogika, - 1993.№2.

4. XomerikiO.G.,Potashnik M.M., Lorensov A.V. Razvitie shkol kakinnova-sionnoy protsess. - M., 1994

5. SHiyanov E.N. Gumanizatsiya pedagogicheskogo obrazovaniya sostoyanie iperspektiva. - Moskve - Stavropol, 1991.

6. Norquziyeva, M. (2020). The role of educational technology in shaping the professional stability of students. Arxiv Nauchnbix Publikatsiy JSPI.

7. 10.Abdurakhmonovna, N. M. (2020). Methodology of giving professional knowledge to future teachers. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(5), 1378-1383.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.