PEDAGOGIKA FANINING ILMIY TADQIQOT METODLARI (5-SINFLAR
MISOLIDA)
To'lqin Nomozov
A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat O'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek tili va adabiyotini o'qitish fakulteti sirtqi bo'lim 213- guruh talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada bo'lajak o'qituvchilar maktabda o'quvchilarga ta'lim berish jarayonida keng foydalaniladigan, kasbiy faoliyatini rivojlantirishda qullanadigan uslublar yoritilga.
Tayanch so'zlar: metod, ilmiy tadqiqot usullari, o'qitish, muammo, ta'lim texnologiyasi.
Metod (lotincha metodas- yo'l so'zidan)- tadqiqot yo'li, nazariya, ta'limot deb tarjima qilinadi. Ilmiy tushuncha sifatida ,,metod'' so'zi keng ma'noda muayyan maqsadga erishish yo'lini, tor ma'noda tabiat va ijtimoiy hayot hodisalari va qonuniyatlarini bilish maqsadida qandaydir vazifasini hal etish usulini bildiradi.
Pedagogika fani o'z mazmun mohiyatini boyitishda, yangilashda mavjud pedagogik hodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan usullarbilan o'rganadi. Umuman,pedagogika amaliyotida,o'qitish usullari va metodlarining katta boyligi to'plangan.Ularni tanlashda turli sharoitlar, o'qitilayotgan fanning xarakteri,bolalarning yosh xususiyatlari, oldingi tayyorgarlik darajasi va boshqalar hisobga olinadi.
Ushbu ilmning ilmiy-tadqiqot usullari deganda yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va o'qitishning real jarayonlariga xos bo'lgan ichki yo'llari,uslublari va vositalari majmui tushuniladi.Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot usullari qanchalik to'g'ri tanlansa,ta'lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yuksaladi. Ammo shuni ta'kidlamoq lozimki, ilmiy-tadqiqot metodlari tizimi hozirgacha fanda to'la yaratilmagan, hal etilmagan.
Mavjud metod (usul)lar asosan quyidagilardir: adabiyotlarni o'rganish metodi; kuzatish metodi; suhbat metodi;
bolalar ijodini o'rganish metodi; maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi; eksperiment-tajriba metodi; test sinovlari metodi;
statistik ma'lumotlarni tahlil qilish metodi; Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 304
matematik va kibernetik usullar;
sotsiologik tadqiqot metodi.
O'qitish metodi o'qituvchi va o'quvchilar nazariy hamda amaliy bilish faoliyatining ta'limiy vazifalarini bajarishga qaratilgan yo'ldir,,-deydi professor R. A. Mavlonova. U o'qish metodlariga quyidagi muayyan talabalarni qo'yadi:
l.O'quv materialini o'rganishning o'qituvchi tavsiya etgan yo'li, fikrlashning dialektik- materialistik usuli, mustaqil qarashlarga, irodaviy xususiyatlar va xulqning shakllanishiga olib borishi kerak. Ana shu talab nuqtai nazaridan, metod tarbiyaviy tusda bo'lishi lozim.
2.O'qish metodining ilmiy asosi yaqqol va aniq bo'lishi zarur. Shundagina o'qituvchi mazkur metod orqali qanday masalalarni hal qilib bo'lmasligini, qanday masalalar qo'yilishi va hal qilinishi mumkinligini, qanday masalalarni hal qilib bo'lmasligini bila oladi.
3.O'qitishning tizimliligi uning samaradorligini belgilaydi.
4.O'qitish metodining tushunarliligi: o'qitishning yo'li o'quvchi uchun qabul qilinishi va qo'llanishi, o'quv materialini o'rganishning usuli esa bilimlarni o'zlashtirishning imkoniyatlariga muvofiq bo'lishi lozim.
5.O'qitishning onglilik faollik zaruriyati nihoyatda jiddiy talabdir.
6.Bilimlarning puxtaligi va asosliligiga e'tibor.
7.O'qitish metodikasida nazariy va amaliy hodisalarning muvofiqligi.
Har qanday metoddan biror maqsadga erishish ko'zda tutiladi va shuning uchun u qandaydir maqsad qo'yishni, unga erishish bo'yicha faoliyat usulini, ana shu faoliyatni amalga oshirishda yordam beradigan vositalarni bilishni taqozo etadi. Bir so'z bilan aytganda, o'qituvchi va o'quvchilarning xatti-harakatlariga asoslangan pedagogik metod natijasida o'quvchilar bilim, iqtidor va ko'nikmalarga ega bo'ladilar, o'z dunyoqarashini, tafakkurini va ma'naviyatini yuksaltirishga erishadilar.
Ta'lim-tarbiyaga taalluqli xatti-harakatlarni tafakkurga asoslanib tahlil qilish pedagogika va didaktikada yagona usul hisoblanadi.
O'quv-tarbiya jarayoni haqida jiddiy xulosa chiqarish uchun muntazam ravishda olib borilgan kuzatishlar, tajriba, faktlarga asoslangan emperik tadqiqotlar natijalariga asoslanish zarur.
Adabiyotlarni o'rganish metodi-pedagogik adabiyotlarni o'rganish jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni aks ettiruvchi mutafakkir va ma'rifatparvar pedagog olimlarning asarlari, mustaqil O'zbekistonning iqtisodiyotiga, mafkurasiga va ma'naviyatiga doir adabiyotlar, O'zbekiston Prezidenti I. A. Karimov asarlari tadqiqot mavzusiga doir pedagogik-psixologik tadqiqotlar, dessertatsiyalar o'rganiladi.
Kuzatish metodlari-kuzatish adabiyotlarni o'rganishdan boshlanadi. Kuzatishni tadqiqotchi biror maqsadni ko'zda tutib tashkil etadi. Kuzatish rejalashtiriladi, uning dasturi tuziladi. Bunda kuzatish tezligi, soni, manzili, vaqti, vaziyatni kuzatish,
materiallarni qayd qilish muddatli belgilanadi. Kuzatish, muddatiga ko'ra ikki turga ajraladi: qisqa va uzoq muddatli kuzatish.
Qisqa kuzatish -obyekning kundalik faoliyatidagi o'zgarishlaridan ma'lum xulosaga kelish. Uzoq muddatli kuzatishda qo'yilgan maqsad, reja va dastur asosida olib borilib, ma'lum ilmiy, yakuniy xulosaga kelinadi. Kuzatish metodidan to'g'ri foydalanish o'quv-tarbiya jarayonining samaradorligini oshiradi, yangi ijobiy faoliyatga boshlaydi.
Suhbat metodi-taraqqiyot mavzusini biror tomoni yoki hodisalari haqida bilib olish maqsadida maxsus shaxslar bilan og'zaki savollar berilib, ulardan axborot olish jarayonidir. So'roqlar mavzu doirasida mantiqan mazmunli, tartibli, aniq ifodaga ega bo'lishi lozim va uni to'g'ri yoki noto'g'riligiga qarab, tuzib, natijasi aniqlanadi.
Pedagogik eksperiment -har qanday pedagogik taraqqiyotning asosidir. Pedagogik eksperiment yordamida ilmiy farazlarning ishonchliligi tekshiriladi, pedagogik jarayonlarning ayrim elementlari o'rtasidagi bog'liqlik va munosabatlar aniqlanadi. Pedagogik eksperiment ikki turga bo'linadi: qayd qiluvchi va shakllantiruvchi. Qayd qiluvchi eksperiment orqali ta'lim yoki tarbiya jarayonidagi mavjud muammolar aniqlanadi. Shakllantiruvchi eksperimentda esa zaruriy ma'lumotlar o'quvchilarda shakllantiriladi. Pedagogik jarayonni aniqroq o'rganish maqsadida eksperimentator o'zi tashkil etgan jarayonni kuzatai. U pedagogik jarayonga aralashadi, tarbiyalanuvchilar bilan tarbiyachi faoliyatining muayyan sharoitlarini yaratadi. Quyidagilar pedagogik eksperimentning bosqichlari hisoblanadi: eksperiment o'tkazish va natijalarni sharhlash, rejalashtirish, eksperiment maqsadi va vazifasini belgilash, eksperiment natijasiga ta'sir etuvchi omillar va ular darajasining miqdorini aniqlash, kerakli kuzatishlar soni, eksperiment o'tkazish tartibi, olingan natijalarni tekshirish metodlarini qo'llash. Eksperiment o'tkazish ishonchlilik tamoyiliga javob berishi uchun quyidagi shartlarga rioya qilish kerak, ya'ni:
1.Tekshiruvchilar soni va tajribalar miqdorining aniq bo'lishi.
2.Tadqiqot metodlarining ishonchliligi.
3.Farqlarning statistik jihatdan ahamiyatliligini hisobga olish.
Turli metodlarning o'zaro qo'shib olib borilishi pedagogik tadqiqotlarning samaradorligini va sifatini oshirishga imkon beradi. Bunga matematik metodlarning hamda hisoblash -yechish qurilmalari yordamidagi eksperiment natijalarining pedagogikaga kirib kelishi ham yordam beradi.
Maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi-pedagogik hodisalar va faktlarni tekshirishda maktab hujjatlarini mukammal va chuqur o'rganmoq lozim. Maktab hujjatlarini tahlil qilishda ta'lim qonuniga amal qilinmog'i kerak. Maktab hujjatlarini tahlil qilishda o'quvchilarning ijobiy faolligi va mustaqilligini, uning iqtidorini hamda ilg'or pedagogik tajribalarning umumlashtirilishi va joriy etilishini ko'rsatgan taqdirdagina to'liq qiymatga ega bo'ladi.
Bolalar ijodini o'rganish metodi-maktab o'quvchilari ijodini hamda ularning turli -tuman ishlarini o'rganish va tahlil qilish pedagogik tadqiqotning samarali metodlaridan biridir. Iqtidorli o'quvchilar aqliy qobilyatlari, oliyjanob axloqiy qiyofalari, estetik didlari, sinchkovliklari va qiziquvchanliklari bilan ajralib turadi. Pedagogik fani bolalar ijodining manbalari va omillarini chuqur bilishga hamda ularni yanada taraqqiy ettirish va takomillashtirishning to'g'ri yo'llarini ko'rsatib berishga qaratilgan.
Statistik ma'lumotlarni analiz va sintez qilish metodi-pedagogik tadqiqotning kerakli statistik ma'lumotlarini ma'lum bir maqsad bilan tizimli o'rganish, mustaqil O'zbekistonda fan, madaniyat, ta'lim-tarbiyaning taraqqiy etishiga salmoqli hissa qo'shadi.
Xalq ta'limi sohasidagi, jumladan, ajratilgan mablag'larning doimiy o'sib borishi, darslik va o'quv qo'llanmalari, ko'rgazmali qurollar, o'qituvchi kadrlar tayyorlash, maktab qurilishi, xo'jalik shartnomalari va ulardan tushadigan mablag'lar statistika usuli orqali aniqlanadi.
Anketalar metodi-o'quvchilardan so'rash usuli bo'lib, u o'quvchilar jamoasining bilimlari to'g'risidagi kerakli ma'lumotlarni olish, ularning fikrlari va qarashlarini aniqlash hamda kasbga yo'llashni belgilash uchun maxsus shaklda ishlangan bo'lmog'i lozim. Anketada ko'zlangan maqsadga muvofiq savollar bo'lib, ularning javoblaridan pedagogik natijalar kelib chiqishi ko'zda tutiladi.
Yozma javoblarni ommaviy ravishda yig'ib olish metodi anketa metodi deb ataladi. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi anketalar mazmuniga, berilgan savollar shakliga, to'ldirilgan anketalar soniga bog'liq bo'ladi.
Sotsiologik tadqiqot metodi-anketa savollari kiritiladi. Bundan maqsad tala-yoshlarning kasb-hunarga bo'lgan munosatlarini, talabalar orasidagi do'stlik munosatlarini aniqlash, o'zi ta'lim-tarbiya olayotgan oliy o'quv yurtidagi shart -sharoitlarni bilish, yutuq va kamchiliklarni, yoshlar orasidagi munosatlarini, dinga (xususan, tasavvufga) bo'lgan qiziqishlarini aniqlash, talabalarning ma'naviy sifatlari darajasini, bilim olishga ishtiyoqi, adabiyotlar bilan ta'minlanganlik darajasi, ilmiy va kasbiy mahoratlarini olishdagi mashg'ulotlar turi, stepindiyalar miqdori, ota-onalarning moddiy yordami, ularning ma'lumoti, ish joyi, talabalarning yashash joyi, ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda ta'sir etuvchi omillar, ularning onglilik darajasi jarayoni, ma'naviy sifatlar, komillikka erishish uchun tezroq qutilish kerak bo'lgan salbiy sifatlarni aniqlashdir.
REFERENCES
1. J. Hasanboyev, X. A. To'raqulov, I. Sh. Alqarov, N. O'. Usmonov. Pedagogika 2011y.
2. X. Ibragimov, Sh. Abdullayeva. Pedagogika nazariyasi 2008 y.
3. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).
4. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).
5. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).
6. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.
7. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.
8. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).
9. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).
10. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).
11. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).
12. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).
13. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).
14. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).
15. Хдйдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухаммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).