Научная статья на тему 'PEDAGOGIK KOMPETENSIYANING TARIXI VA UNING O‘QITUVCHI FAOLIYATIDAGI O‘RNI'

PEDAGOGIK KOMPETENSIYANING TARIXI VA UNING O‘QITUVCHI FAOLIYATIDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
16
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kompetensiya / pedagogik jarayon / pedagog / pedagogik mahorat / ta’lim / ko‘mikma / malaka / nutqiy kompetensiya. / Competence / pedagogical process / pedagogue / pedagogical skills / education / support / competence / speech competence.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Kamolitdinova M.B., Aripov Sh.O.

Ushbu maqola kompetensiya tushunchasini keng qamrovli tarzda tahlil qiladi va uning ahamiyatini, turli xil turlarini va rivojlanish yo‘llarini yoritib beradi. Maqolada pedagogik kompetensiya muhim ahamiyatga ega ekanligi, sababi u o‘qituvchilarning samarali o‘qitish qobiliyatini, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynashini ta'kidlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE HISTORY OF PEDAGOGICAL COMPETENCE AND ITS ROLE IN TEACHER’S ACTIVITY

This article comprehensively analyzes the concept of competence and highlights its importance, different types and ways of development. The article emphasizes that pedagogical competence is important because it plays an important role in the effective teaching ability of teachers and the development of students' knowledge and skills.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIK KOMPETENSIYANING TARIXI VA UNING O‘QITUVCHI FAOLIYATIDAGI O‘RNI»

Kamolitdinova M.B. 1-kurs magistranti Fardu Pedagogika nazariyasi va tarixi

Aripov Sh. O.

Fardu Pedagogika kafedrasi p.f.b.f.d, (PhD) katta o'qituvchi

PEDAGOGIK KOMPETENSIYANING TARIXI VA UNING O'QITUVCHI FAOLIYATIDAGI O'RNI

Annotatsiya:Ushbu maqola kompetensiya tushunchasini keng qamrovli tarzda tahlil qiladi va uning ahamiyatini, turli xil turlarini va rivojlanish yo'llarini yoritib beradi. Maqolada pedagogik kompetensiya muhim ahamiyatga ega ekanligi, sababi u o'qituvchilarning samarali o'qitish qobiliyatini, o'quvchilarning bilim va ko'nikmalarini rivojlantirishda muhim rol o'ynashini ta'kidlanadi.

Kalit so'zlar:Kompetensiya, pedagogik jarayon, pedagog, pedagogik mahorat, ta'lim, ko'mikma, malaka, nutqiy kompetensiya.

Kamolitdinova M.B.

1styear master's student Fersu Theory and history of pedagogy

Sh. O.Aripov Phd senior teacher Fersu Pedagogical Department

THE HISTORY OF PEDAGOGICAL COMPETENCE AND ITS ROLE IN TEACHER'S ACTIVITY

Abstract:This article comprehensively analyzes the concept of competence and highlights its importance, different types and ways of development. The article emphasizes that pedagogical competence is important because it plays an important role in the effective teaching ability of teachers and the development of students' knowledge and skills.

Keywords: Competence, pedagogical process, pedagogue, pedagogical skills, education, support, competence, speech competence.

Kompetensiya (lotincha "competo" so'zidan olingan bo'lib, "erishaman, muvofiqman, mos kelaman" ma'nolarini beradi) — kishi egallagan muayyan bilim, ko'nikma, malakalar majmuasini anglatadi. Kompetensiya tushunchasi nisbatan yaqindan boshlab, 1960-yillarning oxiri va 1970-yillarning boshlaridan keng qo'llanila boshlandi.

Kompetensiya - ma'lum bir sohada samarali faoliyat olib borish uchun zarur bo'lgan mutaxassisning ta'limiy tayyorgarligiga qo'yilgan talabdir. U davlat ixtiyorida bo'lgan, oldindan belgilangan ijtimoiy talab bo'lib, u o'quvchi

(ishchi)ning muayyan sohada samarali faoliyat ko'rsatishi uchun zarur bo'lgan ta'limiy (professional) tayyorgarligiga nisbatan qo'yiladi. Kompetensiyalarni shakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim - o'quvchilarning egallangan bilim, ko'nikma va malakalarini o'z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo'llay olish imkoniyatidir. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta'lim o'quvchilarda mustaqillik, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo'lish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o'z faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, sog'lom raqobat hamda umummadaniy ko'nikmalarini shakllantiradi. Bundan tashqari, ta'limda har bir o'quv fanini o'zlashtirish jarayonida o'quvchilarda, shu fanning o'ziga xosligi, mazmunidan kelib chiqqan holda, sohaga tegishli xususiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi. Kompetensiyali yondashuv, inson faoliyatida har tomonlama kompetenlilikni shakllantirish hozirgi zamon jamiyati va ta'limining asosiy sharti hisoblanadi. Bu talab o'qituvchi-pedagoglar faoliyatiga ham bevosita daxldordir.

Bugungi kunda dunyo ta'limini yangilashning asosiy yo'nalishi ta'lim jarayonida faoliyatli yondashuv orqali dunyoni, hayotni, kasbiy faoliyatni yaxlit tizimli ko'ra olish, unda tizimli faoliyat ko'rsatish, yangi-yangi muammo va topshiriqlarni hal eta olish tajribasini shakllantirishdan iboratdir.

Zamonaviy sharoitda malakali ilmiy yondashuv kasb-hunar ta'limining zamonaviy talablariga javob beradigan innovatsion xususiyatga ega bo'lib, aholining yangi avlodini shakllantirishda ta'limning rolini oshirishga xizmat qiladi, deya ta'kidlaydi Fijerald L. Fabeliko, o'zining "O'quv dasturini qayta ko'rib chiqish: pedagogik malaka va akademik tayyorlov o'qituvchilarining faoliyati haqida tushunchalar" nomli ilmiy maqolasida. Kompetensiyaga asoslangan yondashuvni amalga oshirishning mohiyati ta'limni modernizatsiya qilishda (ta'lim va tarbiyaning o'zaro ta'siri), uni sifat jihatdan o'zgartirishda, ta'limning ustuvor yo'nalishi sifatida insoniy qadriyatlarning yangi tizimini yaratishda namoyon bo'ladi. Biror bir mamlakat o'z aholisiga taqdim etayotgan ta'lim darajasi jahon miqyosida raqobatbardoshlik qobiliyatining eng yaxshi ko'rsatkichidir.

O'qituvchilarning pedagogik mahorati ta'lim sifatini oshirishda anchagina qo'l keladi. Ta'lim sifatining asoslaridan biri o'qituvchining pedagogik malakasidir va u kurs hamda professional imkoniyatlar davomida ham shaxsiy, ham professional o'sish jarayonlari orqali rivojlantiriladi. Bugungi madaniytda ta'limning muhim o'zgarishlarga ehtiyoji borligini ko'rsatuvchi eng katta belgilardan biri bu, o'qtuvchiar bilimi inflatsiyasi dilemmasidir. Maktabdagi baholashlar o'z-o'zini tarbiyalash bilan faol shug'ullanadigan va o'z shogirdlariga to;g'ri namuna bo'la oladigan o'qituvchilarni qo'llab-quvvatlashdan kelib chiqishi kerak. Davomli shaxsiy, ijtimoiy, va kasbiy rivojlanish hamda bilim, malaka, kompetensiya bog'liqligisiz hech bir o'qituvchi kelajakda muvaffaqiyatga erisha olmaydi (Greathouse va boshqalar, 2019; Mohamed va boshqalar, 2016).

O'qituvchining pedagogik kompetensiyasi deganda tajriba, tushuncha va bilimlarning kombinatsiyasi va, real sharoitlarda javob bera olish qobiliyatini kafolatlaydigan layoqat tushuniladi. Shu nuqtai nazardan qaralganda, kompetensiya so'zi tushunchalar, layoqatlar va e'tiqodlar kabu tubdan sodda tuzilishga ega pedagogik va protsessual elementlarni ifodalaydi. O'rganish, shuningdek, uni amalga oshiradigan konseptual va amaliy unumdorlik xususiyatlari kompetensiya orqali namoyon bo'ladi. O'zgaruvchan muhitga moslashish va kelajakni qobiliyat hamda o'z-o'zini anglay olish orqali o'zgartish qobiliyatlari barqaror kompetensiyani ifodalaydi. Albatta bu barqaror pedagogik kompetensiya har bir o'qituvchida bo'lishi muhimdir. Chunki ular barqaror jamiyat yaratishda muhim o'ringa egadirlar.

Ko'rinib turibdiki, kompetensiya keng qamrovli va juda chuqur tushuncha va albatta pedagogik jarayonni to'g'ri tashkil etish etishda alohida hamiyatga egadir.

Qisqacha qiladigan bo'lsak esa, pedagogik kompetensiya - bu o'qituvchining o'quv jarayonini samarali boshqarish va o'quvchilarga bilim berish uchun zarur bo'lgan bilimlar, ko'nikmalar, qobiliyatlar va xususiyatlarining to'plami. Bunda quyidagi muhim 5 ta muhim turlarini saralashimiz mumkin:

1. Didaktik kompetensiya: o'quv jarayonini rejalashtirish, o'qitish usullarini tanlash, o'quv materiallarini tayyorlash va baholash qobiliyati.

2. Kommunikativ kompetensiya: o'quvchilar bilan samarali muloqot qilish qobiliyati.

3. Psixologik kompetensiya: o'quvchilarning psixologik xususiyatlarini tushunish va ular bilan samarali ish olib borish qobiliyati.

4. Innovatsion kompetensiya: ta'lim jarayoniga yangiliklar kiritish qobiliyati.

5. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kompetensiyasi: ta'limda texnologiyalarni samarali qo'llash qobiliyati.

Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, kompetensiya - bu shaxsning o'zgaruvchan sharoitlarda muvaffaqiyatli harakat qilish uchun zarur bo'lgan bilimlar, ko'nikmalar, qobiliyatlar va xulq-atvor xususiyatlarining to'plami. Ular nazariy bilimlar bilan cheklanmaydi, balki amaliy ko'nikmalar, muammolarni hal qilish qobiliyati va ijtimoiy-shaxsiy xususiyatlarni ham o'z ichiga oladi.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. Aliev, A. (2019). Pedagogik kompetensiya: Tushunchalar, tarkibi va rivojlanish yo'llari. "O'qituvchilik san'ati" jurnali, 1(1), 43-52.

2. Asqarova, N. (2017). Pedagogik kompetensiya: Zamonaviy talablar. "O'zbekiston maktabi" jurnali, 5(11), 48-53.

3. Qosimov, M. (2015). O'qituvchilik kasbiga oid kompetensiyalar. "O'qituvchilik san'ati" jurnali, 2(2), 22-27.

4. Mirziyoev, Sh.M. (2017). O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi. Toshkent: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati.

5. Sharipov, Sh. (2018). O'qituvchilik kompetensiyasi: Zamonaviy talablar. "O'qituvchilik san'ati" jurnali, 4(3), 37-42.

6. Fitzgerald L. Fabelicol and Bonimar T. Afalla Cogent Education (2023). Revisiting the curriculum: Insights from pedagogical competence and academic performance of preservice teachers.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.