Научная статья на тему 'PEDAGOGIK JAMOA EMOTSIONAL MUNOSABATLARI VA UNI SHAKLLANTIRISH YO'LLARI'

PEDAGOGIK JAMOA EMOTSIONAL MUNOSABATLARI VA UNI SHAKLLANTIRISH YO'LLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
8
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ta’lim / ta’lim muassasasi / o‘qituvchi / pedagogik jamoa / emotsional munosabat. / Education / educational institution / teacher / pedagogical team / emotional attitude.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Botirova Yorqinoy

Ushbu maqolada ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan jamoalarda sog‘lom muhitni yaratishning pedagogik va psixologik asoslari va uning tahliliga e’tibor qaratilgan. Jamoadagi emotsional munosabatlarning ijtimoiy-psixologik omillari haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EMOTIONAL RELATIONS OF THE PEDAGOGICAL TEAM AND WAYS OF ITS FORMATION

This article focuses on the analysis of the pedagogical and psychological foundations of creating a healthy environment in the community of educational institutions. The socio-psychological factors of emotional relations in the team are discussed.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIK JAMOA EMOTSIONAL MUNOSABATLARI VA UNI SHAKLLANTIRISH YO'LLARI»

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

EMOTIONAL RELATIONS OF THE PEDAGOGICAL TEAM AND WAYS OF ITS FORMATION

Botirova Yorqinoy

Trainee-teacher of Gulistan State Pedagogical Institute https://doi.org/10.5281/zenodo.10842071

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 12th March 2024 Accepted: 19th March 2024 Online: 20th March 2024

KEYWORDS Education, educational

institution, teacher, pedagogical team, emotional attitude.

This article focuses on the analysis of the pedagogical and psychological foundations of creating a healthy environment in the community of educational institutions. The socio-psychological factors of emotional relations in the team are discussed.

PEDAGOGIK JAMOA EMOTSIONAL MUNOSABATLARI VA UNI SHAKLLANTIRISH YO'LLARI

Botirova Yorqinoy

Guliston davlat pedagogika instituti stajor-o'qituvchisi

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 12th March 2024 Accepted: 19th March 2024 Online: 20th March 2024

KEYWORDS Ta'lim, ta'lim muassasasi, o'qituvchi, pedagogik jamoa, emotsional munosabat.

Ushbu maqolada ta'lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan jamoalarda sog'lom muhitni yaratishning pedagogik va psixologik asoslari va uning tahliliga e'tibor qaratilgan. Jamoadagi emotsional munosabatlarning ijtimoiy-psixologik omillari haqida fikr yuritilgan.

Kishilarda bir necha asrlardan buyon shakllangan munosabatlar hamda odatlarni albatta, birdan yo'q qilish uchun kishilarni sistemali ravishda jamoa ruhida tarbiyalab borish, ularda o'rtoqlarcha o'zaro yordam munosabatlarini hosil qilish zarurdir. Jamoa ruhida tarbiyalashda asosiy masala barcha kishilarda onglilikni yangi jamiyatimiz qurilishi talablari darajasiga ko'tarishdan iboratdir. Yuqorida berilgan ma'lumotlarga asoslanib, o'quvchi yoshlarni jamoa ruhida tarbiyalashning asosiy omillari sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin:

- eng ilg'or korxona jamoalarining ish tajribasidan, ahillik, ham jihatlik, jamoa va o'rtoqlarcha o'zaro yordamlashishda ibratli oilalar, ota-onalar hayotidan misollar keltirish;

- kishilarning hayotida jamoa bo'lib, bir-birlari bilan do'stona birodarlarcha munosabatda bo'lib yashashlari, mehnat va ijod qilishlari, hayot va turmushlarining doim go'zal va xushchaqchaq o'tishiga katta yo'l ochib berishni har tomonlama misollar asosida tushuntirish.

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

Aksincha, kishilar o'z hayotida jamoaga va uning qo'ygan talablariga to'g'ri baho bermay hayot kechirsalar, turmush ko'ngilsiz, shirasiz va ma'naviy boyliksiz o'tishini uqtirish.

Jamoatchilikning bu xususiyatlari va tamoyillarini pedagogik va psixologik jihatdan keng va teran sharhlab beradi. Odamning shaxsligi esa, uning o'zga odamlarga, jamiyat va jamoaga, vatanga, butun imkoniyatga munosabatlari bilan bog'liqdir.

Jamoaning umumiy manfaatlari va bolaning shaxsiy manfaati birlashib, uyg'unlashib ketadi. Va shu holda bola shaxsiy manfaatga nisbatan jamoaning maqsadi va manfaati muhimroq ekanligiga, bir kishi hammani (o'z jamoasidagi hamma odamlarni) o'ylashi, hamma (butun jamoa) esa, shu jamoadagi har bir odamni o'ylashi va g'amxo'rlik qilishi zarurligini tushunish bolalaning ongini o'stiradi.

Yanada muhimrog'i, jamoa a'zolarining o'zaro hurmati do'stlikka aylanadi. Endi bola yoki o'smir do'stlarsiz hayot juda zerikarli, mazmunsiz o'tishini anglaydi. Shunday ekan, har bir sinf rahbari o'z o'quvchilariga jamoani qanday qaysi yo'l va vositalar bilan shakllantirish mumkinligi, uning mohiyatini tushuntirishi maqsadga muvofiqdir. Bunda jamoatchilik va o'rtoqlarcha o'zaro yordam to'g'risida aforizm hamda hikmatli so'zlardanlardan foydalanish, kitoblar o'qish, voqealardan misollar keltirish, tadbirlar o'tkazish asosida o'quvchilarni jamoatchilik ruhida tarbiyalash muhim o'rin tutadi.

O'quvchilar jamoatchilikning mazmun va mohiyatini puxta bilgan taqdirdagina uni amalga oshirish uchun samarali kurashishlari mumkin. Buning o'qituvchi o'quvchilarga jamoatchilik, jamoa va shaxsning rivojlanishi uchun asosiy vosita ekanligini tarbiya jarayonida ishonarli va ta'sirli amalga oshirishi zarur.

Jamoa va shaxs muammosi yosh avlodni tarbiyalashning eng dolzarb nazariy va amaliy masalalaridan biri xisoblanadi. Shu jihatdan ham o'quvchilarni jamoatchilik ruhiyatiga, jamoa hayotiga, jamoa bo'lib uyushishga odatlantirish, malaka hosil qilish, jamoatchilik ongini shakllantirish umumiy o'rta ta'lim muassasalarining vazifasi xisoblanadi.

Shaxs faqatgina bir tomonlama rivojlangan bo'lib qolmasdan, balki u ijtimoiy faol bo'lishi, o'zining bor kuch va imkoniyatlarini Vatanga xizmat qilish uchun zo'r berish hamda jamiyatda o'rnini topa olishi kerak. Bundan tashqari shaxsning Vatanga xizmat qilishida uning shaxsiy imkoniyatlari va qobiliyatlaridan samarali darajada foydalaniladi.

Jamoa, ijtimoiy-foydali mehnat maktab o'quvchilarining do'stlashishiga, birlashishiga kuchli ta'sir ko'rsatadi va shu bilan birga, barcha o'quvchilarning umummaktab jamoasi atrofida mahkam jipslashuviga yordam beradi. O'quvchilarning ijtimoiy-foydali mehnatga qatnashishi ularda o'zaro munosabat, do'stlik, o'rtoqlik, hamkorlik hislarining o'sishiga yordam beradi. Shuni aytish kerakki, o'quvchilar bajaradigan ishning, vazifaning maqsadi qanchalik aniq bo'lsa, o'quvchilarning jamoa bo'lib bajarishi bilan o'sha ishidan qanoat hosil qiladi, sinf va maktab jamoasi oldida o'z burchini o'tagani bilan quvonadi. Binobarin, o'quvchilarda mehnatga, umumxalq ishiga qiziqish kuchayadi, yangicha ishlash va yashash, o'qish va o'rganishni hayotiy zaruriyat sifatida tobora chuqur anglay boradi.

Har bir sinf kichik jamoa bo'lib, o'z faollariga ega bo'lsa-da, bu jamoa maqsadlarning birligi va umumiy ishlarni tashkil etish bilan bog'liq bo'ladi. Shuning uchun har bir o'qituvchi tarbiyaviy ishni sinfdagi jamoa munosabatlarining rivojlanish darajasi(bosqichi, davri)ni aniq

é

Ws,

belgilashdan boshlaydi. Sinf rahbari jamoasining o'z ish uslubi bilan rivojlanishiga to'sqinlik qilmasligi uchun vaqti-vaqti bilan jamoasining rivojlanishi darajasini aniqlab turadi.

Pedagogik jamoalarda psixologik muhitning ijobiyligi va uni ta'lim-tarbiya sifatini yaxshilashga xizmat qiluvchi muhim komponentlardan biri ekanligi nazariy va amaliy jihatdan inkor etib bo'lmaydigan faktdir. Jamoada ijobiy psixologik muhit mavjud boisa, nafaqat pedagogik majburiyatlar, balki har qanday mehnat jamoasi oldiga qo'yilgan vazifalar sifatli bajarilishiga zamin tayyorlanadi. Masalaning yana bir muhim tomoni ham borki, u ham bo'lsa, mehnat jamoasi a'zolarining o'z kasbini sevishi va qoniqishligidir. Chunki, jamoada ijobiy muhit bo'lishi uchun, jamoa a'zolari o'zidan, ayniqsa, o'z kasbidan qoniqqan bo'lishlari zarur.

Pedagogik jamoalarda psixologik muhit masalasi bu bir tomondan muayyan mehnat jamoasidagi psixologik muhit sifatida talqin qilinishi mumkin, yana boshqa tomondan pedagogik jamoaning o'ziga xosliklaridan kelib chiqib, murakkab ijtimoiy psixologik va pedagogik jarayonlar zamirida yuzaga keladigan, pedagog shaxsidagi shahsiy xususiyatlar turli psixologik fenomenlarga boy serqirra ilmiy-amaliy tadqiqodlar uchun ob'ektdir.

Jamoani ijtimoiy-psixologik muhiti - guruhning eng ajralmas psixologik xarakteristikasi hisoblanadi, bu guruhning birgalikdagi hamkorlikdagi faoliyati bilan bevosita bog'liq bo'lgan alohida ob'ektlarni (hodisalarni, jarayonlarni) namoyon ettirishning o'ziga xos xususiyatlari bilan bog'liq ijtimoiy jarayondir.

Guruh faoliyatining rivojlanganligi va samaradorligi jamoaning ijtimoiy- psixologik muhitining holatiga bog'liq.

Jamoadagi ijtimoiy-psixologik muhit

Sog'lom ijtimoiy- psixologik muhitning eng muhim belgilari quyidagilar:

- guruh a'zolarining bir-biriga bo'lgan ishonchi va yuqori talabchanligi;

- o'zaro do'stona va konstruktiv tanqid qilish;

- butun jamoaga tegishli masalalarni muhokama qilishda o'z fikrini erkin ifoda etish;

- menejerlarning bo'ysunuvchilarga bosimining yo'qligi va ularning guruh uchun muhim bo'lgan qarorlarni qabul qilish huquqini tan olishlari;

- jamoa a'zolarining vazifalari va ularni amalga oshirishdagi ishlar holati to'g'risida yetarli darajada xabardorligi;

- jamoa a'zolarida jamoaga tegishli bo'lganidan mamnunlik hissiyoti;

- jamoaning har qanday a'zosida ko'ngilsizlik holatini keltirib chiqaradigan holatlarda (aldanish, umidsizlik, rejalarni buzish) yuqori darajada hissiy ishtirok etish va o'zaro yordam;

- guruhning har bir a'zosi tomonidan ishlarning holati uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olish va boshqalar.

Ushbu dasturni amalga oshirishda quyidagi qushimcha tadbirlarni amalga oshirish zarur:

1) rahbarlarning kasbiy mahoratini oshirish, mehnat jamoasini boshqarish va psixologik muhitni holatini normallashtirish bo'yicha adabiyotlarni o'rganish, tashkiliy va tarbiyaviy ishlar usullari va uslublari;

2) personal malakasini oshirish, kasbiy malakasini oshirish, xodimlarning karera rejalashtirish imkoniyatlarini ta'minlovchi kadrlarni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish;

3) jamoa bilan qo'shma tajribalarda yutuq va muvaffaqiyatsizliklarni aniqlash;

ё

ш

UIF = 8.1 | SJIF = 7.899

www.in-academy.uz

4) agar kerak bo'lsa, rahbarlik uslubini o'zgartirish orqali tashkilotdagi sog'lom ijtimoiy-psixologik muhitni yanada takomillashtirish;

5) psixologik muvofiqligi asosida jamoani shakllantirish;

6) boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonida xodimlarning salohiyatidan foydalanish;

7) xodimlar o'rtasidagi rasmiy va norasmiy aloqalar chastotasining ko'payishiga ko'maklashish, ularning afzalliklarini ko'rsatib, ularning kasbiy o'sishiga ko'maklashish;

8) jamoaning bo'sh vaqtlarini birgalikda tashkil etish va o'tkazish:

- sport musobaqalarini o'tkazish;

- teatrlarga, kinolarga, konsertlarga qo'shma tashriflarni tashkil etish;

- maxsus ayramlar, sanalar va marosimlar uchun ziyofatlar tashkil etish;

9) jamoa a'zolarining havaskor chiqishlarida ishtirok etish;

10) jamoa uchun psixologik yengillashtirish xonasini yaratish;

11) xodimlar o'z takliflarini kiritishlari mumkin bo'lgan guruh ishini yaxshilash uchun "takliflar va istaklar qutisini" yaratish;

12) tashkilotning psixologi tomonidan davriy va doimiy psixologik treninglar.

Xulosa qilib aytish mumkinki, Pedagogik jamoa emotsional munosabatlarini optimal psixologik muhit shakllanishi, ta'lim muassasalaridagi ta'lim sifatini oshirish, pedagogik jamoaning psixologik va umumiy salomatligini mustahkamlash, pedagoglarning emotsional-hissiy kuyish holatlarini oldini olishga yordam berishi mumkin.

References:

1. Safarova R. O'quvchilarda o'zaro do'stona munosabatlarga asoslanib hamkorlikda faoliyat ko'rsatish ko'nikmalarini shakllantirishga oid nazariy-amaliy yondoshuvlar. T.: Fan-texnologiya. 2012.

2. Turopovna, Baratova Nasiba. "PEDAGOGIK JAMOA VA UNI SHAKLLANTIRISH YO'LLARI, USLUBLARI." INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL 3.5 (2022): 283-290.

3. Abdurazzokovna, S. A. (2023). FOREIGN EXPERIENCE IN DEVELOPING PEDAGOGICAL SKILLS OF FUTURE PRIMARY CLASS TEACHERS USING VIRTUAL TECHNOLOGIES. MODELS AND METHODS FOR INCREASING THE EFFICIENCY OF INNOVATIVE RESEARCH, 3(29), 304309.

4. Abdusamatova, Osiyo Olimjanovna, and Mekhriddin Mukhiddin Ugli Xusniddinov. "PEDAGOGLAR JAMOASINI BOSHQARISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI." Academic research in educational sciences 2.Special Issue 1 (2021): 343-348.

5. Мусурмонова, Ш. И. (2019). Инсонларнинг табиатга эстетик муносабатини шакллантиришда экологик таьлим тарбиянинг роли. Интернаука, (37), 91-92.

6. Suvankulova, A. (2024). FOREIGN EXPERIENCE IN DEVELOPING PEDAGOGICAL SKILLS OF FUTURE PRIMARY CLASS TEACHERS USING VIRTUAL TECHNOLOGIES. Science and innovation, 3(B1), 44-47

7. Qizi, S. A. A. (2021). Content, form and means of formation of basic competences in primary school students. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(10), 1494-1497.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.