Scientific Journal Impact Factor
0
PEDAGOG KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINING TALABALAR O'ZLASHTIRISH FAOLIYATIGA BOG'LIQLIGI
Amirov Nurbek Islamovich Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti katta o 'qituvchisi, amirov.qarshi@mail. ru
Annotatsiya: Ta'lim-tarbiya jarayonida pedagogning talabalar jamoasi bilan o'zaro muloqoti muhim ahamiyatga ega. Pedagog talabalar bilan qanday muloqotga kirishishi, uning faoliyati samarasini belgilaydi. Afsuski, bugungi ta 'lim amaliyotida pedagogik muloqot jarayonida o'qituvchilar tomonidan ko'pincha ehtiyotsizlik, shaxsiyatparastlik, suhbatdoshni ortiqcha majburlash, sustkashlik, o'zini juda yuqori yoki past qo 'yish, haddan tashqari jonbozlik ko 'rsatish kabi kamchiliklarga yo 'l qo 'yilishi ham sir emas. Pedagogik muloqot ruhiy-psixologik ta'sir kuchiga ega. Bu talabalarning bilim o'zlashtirish darajasiga ham ta'sir ko'rsatadi. Shu sababli uni tashkil etishda muloqot jarayonining ijobiy bo'lishini ta'minlash pedagogning zimmasiga katta mas'uliyatni yuklaydi. Agarda to'g'ri tashkil etilgan pedagogik muloqot talabada qo 'rquvning yuzaga kelishi, ishonchsizlikning tug'ilishi, diqqat, xotira va ish qobiliyatining susayishi, nutq me'yorining buzilishi kabilarga sabab bo 'lsa, bu o 'quvchilarning bilim o 'zlashtirish faoliyatiga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi, aksincha, nazariy-pedagogik va amaliy jihatdan to'g'ri tashkil etilgan muloqot yuqoridagi holatlarning aksini keltirib chiqaradi. Natijada talabalarda o 'qishga va mustaqil o 'rganishga, fikrlashga bo 'lgan qiziqish ortadi. Maqolada shular xususida fikrlar bayon qilingan.
Kalit so'zlar: pedagogik muloqot madaniyati, axborot almashinuvi, pedagogik odob, ijtimoiy jarayonlar, pedagogik relaksatsiya, paralingvistik tizim, ekstralingvistik tizim.
Abstract: The interaction of the teacher with the student body is important in the educational process. How the educator interacts with students determines the effectiveness of his activities. Unfortunately, in today's educational practice, it is no secret that in the process of pedagogical communication, teachers often allow shortcomings such as carelessness, selfishness, excessive coercion of the interlocutor, procrastination, putting oneself too high or low, overzealousness. Pedagogical communication has a powerful psychological effect. It also affects the level of knowledge acquisition of students. Therefore, the educator has a great responsibility to ensure that the communication process in its organization is positive. If properly
1583
Scientific Journal Impact Factor
0
organized pedagogical communication leads to fear, insecurity, impaired attention, memory and ability to work, speech disorders, etc., it has a negative impact on students' learning, but is theoretically, pedagogically and practically well-organized. communication is the opposite of the above. As a result, students become more interested in reading and independent learning, thinking. The article discusses these.
Keywords: culture of pedagogical communication, information exchange, pedagogical etiquette, social processes, pedagogical relaxation, paralinguistic system, extralinguistic system.
Pedagogga xos bo'lgan mahorat asosini tashkil etuvchi pedagogik muloqot madaniyati uning talabalar jamoasi, ota-onalar, hamkasblar hamda rahbariyat bilan uyushtiriladigan muloqot jarayonida namoyon bo'ladi. Bunda, ayniqsa, pedagogning talabalar jamoasi bilan o'zaro muloqoti muhim ahamiyatga ega. Pedagog talabalar bilan muloqotga kirishish, uning samarali bo'lishiga intiladi.
Ushbu ishda bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik, obyektivlik usulidan foydalanilgan bo'lib, mavzuni yoritishda tavsifiy, qiyosiy metodlardan foydalanilgan. Maqolada pedagog kommunikativ kompetentligining talabalar o'zlashtirish faoliyatiga bog'liqligi to'g'risida obektiv yoritilgan holda, mavzuning dolzarbligini bayon qilishda A.K. Markovaning "Professionalizm psixologiyasi" nomli kitobi metodologik manba sifatida olindi.
Bugungi ta'lim amaliyotida pedagogik muloqot jarayonida o'qituvchilar tomonidan ko'pincha quyidagi kamchiliklarga yo'l qo'yilishi kuzatiladi: -ehtiyotsizlik; -shaxsiyatparastlik; -suhbatdoshni ortiqcha majburlash; -sustkashlik;
-o'zini juda yuqori yoki past qo'yish; -haddan tashqari jonbozlik ko'rsatish.
Pedagogik muloqot madaniyati - deganda pedagogning talabalar jamoasi, ota-onalar, hamkasblar, rahbariyat bilan pedagogik odob hamda muloqot talablariga muvofiq holda uyushtiriladigan suhbati tushuniladi. Pedagogik muloqot quyidagi yo'nalishlarda tashkil etiladi (1.1-rasm):
KIRISH
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
MUHOKAMA VA NATIJALAR
1584
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4
educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
1.1-rasm. Pedagogik muloqot yo'nalishlari.
Pedagogik muloqot ruhiy-psixologik ta'sir kuchiga ega. Shu sababli uni tashkil etishda muloqot jarayonining ijobiy bo'lishini ta'minlash pedagogning zimmasiga katta mas'uliyatni yuklaydi. Agarda to'g'ri tashkil etilgan pedagogik muloqot talabada qo'rquvning yuzaga kelishi, ishonchsizlikning tug'ilishi, diqqat, xotira va ish qobiliyatining susayishi, nutq me'yorining buzilishi kabilarga sabab bo'lsa, bu talabalarning bilim o'zlashtirish faoliyatiga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi, aksincha bo'lsa ya'ni, nazariy-pedagogik va amaliy jihatdan to'g'ri tashkil etilgan muloqot yuqoridagi holatlarning aksini keltirib chiqaradi. Natijada talabalarda o'qishga va mustaqil o'rganishga, fikrlashga bo'lgan qiziqishi, bilim olishga ishtiyoqi ortadi.
Pedagogik muloqot o'ziga xos ijtimoiy-psixologik jarayon ham sanaladi.
Mazkur jarayonda quyidagi vazifalar bajariladi (1.2-rasm).
1.2-rasm. Pedagogik muloqot jarayonida bajariladigan vazifalar.
1585
Scientific Journal Impact Factor
O
Muloqot jarayonida talaba tomonidan bildirilayotgan fikrlar, uning qarashlari shaxsni yaqindan o'rganish uchun imkoniyat yaratadi. Talaba shaxsini yaqindan bilish, uning ichki kechinma- lari, o'y-fikrlari, his-tuyg'ulari, orzu-umid, maqsad va hayotiy intilishlaridan xabardor bo'lish pedagogik jarayonning metodik, ruhiy jihatdan to'g'ri tashkil etilishini ta'minlaydi. Zero, bu jarayonda pedagogik talaba shaxsiga xos yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlarni inobatga olgan holda faoliyatni tashkil etadi.
Muloqot jarayonidagi axborot almashinuvi talabaning o'zaro ijtimoiy jarayonlar, shaxs kamolotining kechishiga doir ma'lumotlar almashishini ta'minlaydi. Pedagog va talabalar o'rtasida hamkorlikni qaror toptirish esa har qanday vaziyatda ham ular o'rtasida o'zaro axborot almashinuvi samarali ro'y berishini uchun sharoit yaratadi. Bu jarayonda pedagog talabalarning eng yaqin maslahatchisi, yo'lboshchisi va rahbariga aylanadi. Muloqot chog'ida talabalar tomonidan o'z shaxsini, "meni"ni, qadr-qimmatini yetarlicha baholash va o'z oldilariga hayotiy maqsadlarni qo'ygan holda olg'a intilishlarini ta'minlashga jiddiy e'tibor qaratish lozim.
Muloqot jarayonida axborot almashish vazifasining hal qilinishi quyidagi vositalar asosida ro'y beradi: -nutq orqali;
-paralingvistik tizim (yun. "pará" - "yaqin", muloqot tarkibida so'zli, g'oyaviy ma'lumotlarni so'zsiz vositalar bilan uzatilishi);
-ekstralingvistik tizim (ingl. "exterior" - "tashqarida", nemischa "lingvistik" - gapirayotgan shaxs tomonidan nutqning bevosita ijtimoiy vazifalar bilan bog'liq holda tashkil etishi
-nutqiy tanaffuslar, kulgu, yo'talish, nafas olish, yig'lash, tutilish va b.); -muloqotning tashkiliy ko'lami va vaqti; -ko'z qarashlar yordamida tashkil etiladigan aloqa; -belgilarning optik-kinetik tizimi (mimika, pantomimika,jestlar - qo'l va oyoq harakatlari)
Pedagog rahbarligi yoki uning yo'l-yo'riqlari, ko'rsatmalariga asosan o'quv mashg'ulotlari va tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda ham muloqot muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni shu vaqtda muloqotning faoliyatni tashkil etish vazifasini namoyon bo'ladi. Yaqin-yaqingacha faoliyatni tashkil etishda pedagogning yetakchiligi, uning bevosita rahbarligi ustuvor omil bo'lgan bo'lsa, zamonaviy sharoitda rollar almashinuvi yetakchi o'ringa chiqdi. Endilikda aksariyat hollarda talabalarning o'zlari ta'lim va tarbiyaviy jarayonlarni mustaqil uyushtirish imkoniyatiga ega
1586
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4
educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
bo'ldilar. Biroq, bu degani, ta'limiy va tarbiyaiy ishlarni tashkil etish davrida pedagogning o'rni va roli mutlaqo aks etmaydi, degani emas. Pedagog bu jarayonda rahbar, yetakchi, maslahatchi, ekspert sifatida namoyon bo'ladi va talabalarni pedagogik jarayonlarni ilmiy-nazariy, tashkiliy-metodik jihatdan to'g'ri uyushtirishga yo'naltiradi.
Pedagogik muloqotni tashkil etishda, ayniqsa, pedagog yordamiga muhtoj o'quvchilarga alohida e'tibor berishi, har bir o'quvchida turli o'quv fanlari asoslarini o'zlashtirishga nisbatan qiziqtirish usullarini, hamkorlik va ijodkorlikka asoslangan mehnatni tashkil etishni oldindan o'ylab qo'yishi lozim.
Milliy va jahon ta'limi amaliyoti pedagog, o'qituvchilar tomonidan tashkil etilayotgan muloqotni bir necha turga ajratish mumkinligi ko'rsatadi. Ular quyidagilardir (1.3-rasm):
1.3- Pedagogik muloqot turlari.
"Fan-texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida, ishlab chiqarish munosabatlarining jadallashuvi, xalq xo'jaligining turli jabhalarida yangi texnologiyalarning joriy etilishi va shu kabi qator omillar inson ruhiyatiga oldingilariga qaraganda ko'proq jismoniy, ruhiy zo'riqishlar bermoqda". Pedagog faoliyatida ruhan yoki jismonan toliqqan talabalarda ruhiy hamda jismoniy charchoqlarni bartaraf etishga ham e'tibor qaratish talab qilinadi.
Pedagogik relaksatsiya - talabalarning hissiy faoliyati, ruhiy- jismoniy quvvati va ishchanlik qobiliyatini qayta tiklash demakdir.
Mazkur talab salbiy ruhiy omillar ta'siri kuchaygan, katta hajmdagi axborotlar bilan to'qnashish ro'y berayotgan mavjud sharoitda ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Talabalarda ruhiy va jismoniy toliqishlarni bartaraf etishga qaratilgan
1587
Scientific Journal Impact Factor
О
pedagogik faoliyat "relaksopediya" (lot. "relaxation" - quvvatsizlik, zaiflashish, ruhan yoki jismonan holda toyish; holdan toyishni bartaraf etish pedagogikasi) deb nomlanadi. So'nggi yillarda jahon ta'limi amaliyotida ushbu pedagogika imkoniyatidan keng foydalanilmoqda.
Murakkab vaziyatlar (imkoniyati cheklangan, fanlarni o'zlashtira olmaydigan yoki tarbiyasi og'ir talabalar bilan ishlash)da relaksopediyaning pedagogik, psixologik imkoniyatlaridan o'rinli, maqsadli, samarali foydalanish kutilgan natijalarni beradi. Relaksatsiya sharoitida bugungi kunda keng ommalashgan trening va avtotreninglar ijobiy muhitning hosil bo'lishini ta'minlaydi. Ulardan foydalanish vaqtida talabalar tashqi va ichki ta'sirlardan himoyalangan bo'lib, ularga faqatgina pedagogning ishontiruvchi ovozigina eshitiladi. Bu esa pedagogning ta'siri va uning samarasini yanada oshiradi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Relaksatsiya jarayonida talabalar pedagogning qo'llab-quvvatlashlarini his etishlari, uning mehr-muhabbatidan bahramand bo'lishlari, hamdarligini his qilishlari lozim. Shundagina talabalardagi ruhiy zo'riqish, jismoniy toliqishlarni bartaraf etish uchun psixologik muhit yuzaga keladi.
Mushaklar relaksatsiyasi (ya'ni mushaklarni bo'shashtirish) davrida o'z-o'zini ishontirish va axborotga ta'sirchanlik yuqori bo'ladi. Shuning uchun ham o'z-o'zini ishontirishga yo'naltirilgan trening va avtotreninglarni uxlash va uyqudan turishdan oldin qo'llash samarali hisoblanadi. Mushaklar relaksatsiyasining samarali kechishi uchun o'qituvchi mushaklarni bo'shashtirishga yordam beradigan metod va vositalardan xabardor bo'lishi darkor.
Talabalarning ruhiy zo'riqish va jismoniy toliqishlarini bartaraf etish maqsadida relaksatsiya asoslarini nazariy jihatdan o'zlashtiribgina qolmay, ulardan amaliy jihatdan foydalanishni ham bilishlari zarur.
1. Маркова А.К. Психология профессионализма. - М.: Знание, 1996.
2. Муслимов Н.А. Булажак касб таълими укитувчиларини касбий шакллантириш / Монография. - Т.: Фан, 2004.
3. Муслимов Н.А., ва бошкалар. Касб таълими укитувчиларининг касбий компетентлигини шакллантириш технологияси/ Монография. - Т.: "Фан ва технология" нашриети, 2013.
4. Муадддинов А.Г. Укув жараенида нутк фаолияти. - Т.: Укитувчи, 1995.
XULOSA
ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1588
Scientific Journal Impact Factor
О
5. Барышева Т.А., Жигалов Ю.А. Психолого-педагогические основы развития креативности - СПб.: СПГУТД, 2006.
6. Башина Т.Ф., Ильин Е.П. Психология творчества, креативности, одаренности. - СПб.: Питер, 2009.
7. Джуринский А.Н. История педагогики / Учебное пособие. - Москва: ГИЦ Владос, 1999. - 430 с.
8. Иванов Р.И., Зуфарова М.Э. Умумий психология / Педагогика ва психология бакалавриат таълим йуналиши талабалари учун дарслик. - Тошкент: Узбекистон Файласуфлари миллий жамияти нашриети, 2008. - 480 б.
9. Mirzoulug'Mirsaidovich, M., & Buriniyozovna, E. S. (2021). OLIY TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH MASALALARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(3), 100-404.
1589